Суббота, 23.11.2024, 13:06
Hush kelibsiz Mehmon | RSS

Ezgulik (Sokina yozgan hikoya) - Giyos/FORUM

[ Yangi izohlar · Qatnashchilar · Forum qoidasi · Izlash · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Ezgulik (Sokina yozgan hikoya)
SokinaДата: Воскресенье, 14.10.2012, 22:25 | Сообщение # 1
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Qoraköz tug'ilganda qishning qoq chillasi edi.

Добавлено (08.10.2012, 20:55)
---------------------------------------------
Bötaköz yangi tug'ilgan qulunining junidan yalab,uni tumshug'i bilan dam-badam turtib joyidan turg'azishga harakat qilardi.Qahraton qish avjiga olganu,tunning bor ayozi otxonaga kirib qolgandek,qulun dir-dir titrar,oyoqqa turishga majoli yetmay yotardi.Eshikka bor böyiga eski gilam qoqilgan bölsada,göyoki ayoz bostirib kirayontgandek tuyulardi.Otxonaning bir chetiga bog'langan Boychibor esa sevinchli ohangda har zamonda kishnab-kishnab qöyardi.Bötaközning niyati tezroq qulunini oyoqqa turg'azib emizish edi.Ayni damda uni shundan boshqa narsa qiziqtirmayotgandi.U Boychiborga mungli közlari bilan qarab,qulunga ishora qilgandek böldi va yana kallasini bolasi tomonga burib oldi.Bötaközning xavotiri Boychiborga ötganday böldiyu,jon-jahdi bilan arqonni uzgudek holatda joyida sakrab bezovta pishqirib kishay boshladi. U uy egasini yordamga chaqirardi... . Sulaymon chavandoz nogoh Boychiborning pishqirig'ini eshitib,uyg'onib ketdi.Tönini yelkasiga ildi-yu,saysxonaga qarab chopdi. Otxona eshigining tirqishidan Bötaközning qulunlaganini fonus yorug'ida kördiyu,ötinxonaga ötib bir quchoq ötin olib chiqdi.Otxonaga kirganda Bötaköz unga tashvishli qarab tahdid qilgandek kallasini sarak-sarak qilib jangovor nigohda qarab qöydi.Sulaymon ota uning yonidan ehtiyotkorlik bilan chetlab ötib pechka yoniga bordi.Pechka kattakon saysxonaning örtasiga qurilgandi.-Savil,chög'i qolmabdiku,deya ötinlarni pechkaga taxlab,atrofdagi xas-xashaklardan yig'ib tutantiriq qilib,pechkaga öt yoqdi.Quruq ötin bir pasda chirsillab tutasha boshladi.Olov gurullab yonib ketganda,Sulaymon chavandoz peshma-pesh pechkaga ötin tashlayverdi. Otxona ichi ancha-muncha ilib qolganda,qulun örnidan qözg'alib onasini ema boshladi.Sulaymon chavandoz tuqqan biya juda havfli bölishini bilgani bois yana Bötaközning yonidan ehtiyot bölib ötayotgan edi,Bötaköz közlarini olaytirib unga qarab,tishlanib pishqirdi.Sulaymon chavandoz hay,jonivor-ey ,deya eshikka ikki hatlab yetib oldiyu,özini tashqariga otdi.Bunaqa paytda epchillik bilan ehtiyotkorligini qilmasa bölmaydi.Biya bolasini qizg'anib atrofiga biror jonzotni yaqinlashtirmaydi. Ayrim biyalar hatto öz egasiniyam tishlab ,oyog'i ostiga olib öldirib tashlashi ham mumkin.Yaxshiki,Sulaymon chavandozning baxtiga Bötaköz egasini avayladi.Sulaymon chavandoz uyga kirdiyu,tashqarining qahratoni yodiga tushganday,biram ayoz tushibdiki,deya yelkasini qunishtirib bir siltandi.Rafiqasi Noznigor uyqusirab nimadir ,deb qöydi.Sulaymon chavandoz ayolining yoniga sekin borib,hoy Noznigor suyunchi ber,Bötaköz qulunladi,deya sevinchi ichiga sig'may shivirladi.Noznigor sekin közlarini ochib,Bötaköz qulunlabdi,dedingizmi?,deya közlarini ishqalab söradi.Ha,suyunchi ber Boychiborim ota böldi,turaqol endi, issiq atala pishir,jonivor mahtal bölmasin ,deya rafiqasini turishga undadi.Noznigor har doimgidek hazil aralash,gap bilan chaqib olgisi kelib öpkaladi. -Namuncha,özingiz ota bölganingizdayam bunchalik quvonmagandirsiz.-E,qöysang-chi shunday gaplaringni onasi,Boychibor döstim,hamrohim bölsa.Bötaköz qulunlasa rözg'orga nafku.Bolalarga sog'ib bersang,oqarsini koni foyda,deya Sulaymon chavandoz taqmoqlab javob berdi...

Добавлено (08.10.2012, 23:21)
---------------------------------------------
Noznigor birpasda katta qozonni töldirib atala pishirdi.Sulaymon chavandoz xursandligidanmi yoki Noznigor og'rinmasin,dedimi ishqilib ayoliga ötin-pötin tashib yordam berib turdi.Shu orada eshikka qoqilgan gilamning tög'risidagi tirqishdan qarab Bötaköz va qulunidan ham tez-tez xabarlashib turdi.Atala pishgach qishning izg'irinida iliq holga keltirish uncha vaqtni olmadi.Chelakdagi atalani kötarib otxona tomon yöl olgan Sulaymon chavandozning orqasidan ,ayoli xavotirlanib,boxabar böling-ay özingizga,deya tayinlab qoldi.Chavandoz chelakni Bötaköz tomonga sekingina surib qöyarkan,biya qulunini yalayotgan joyidan töxtab,chelakka közi tushdi.-Ichaqol,jonivor,Boychiborimding vafodori ichaqol,deya chelakni yana ot tomon surdi.Bötaköz tuyoqlarini bir-bir bosib yaqin keldida,atalani simirib ichib bir zumda chelakni böshatdi.Egasiga minnatdorchilik bildirgandek,kallasini irg'ab qöydi.-Hay jonivoray,yana ob kelsam icharakansan,deya zuvillab borib yana bir chelak olib keldi.Ikkinchi chelakni yarimlatgan Bötaköz quluni yoniga borib,bolasini yuvib-tarashini davom ettira boshladi.Sulaymon chavandoz chelakni olib chiqib,qolgan atalani tovuqlarning idishiga tökdi.Chelakni tozalab yuvib,qolgan atalani qozoni bilan ag'dardi.Boychiborning haybati töpori bölsada,ta'bi nihoyatda nozik edi. Qolgan sarqitni ochlikdan ölib qolsayam yemaydi. Shu boisdan Sulaymon chavandoz ham nihoyatda e'tiborli,otni erkalatgan ham uning özi.Boychiborga olib borib tutib,ot atalani ichguncha yolidan silab,hay Boychiborim qonatim-ay.Mana oradan yillar ötib ikkovmizam ota böldig-ay.Shukur,xudoyim shukur.Shu Bötaközga oshiq bölganingdi sezib edim,sirdoshim,deya Bötaközni sotib olishidan oldingi voqealarni esladi...

Добавлено (08.10.2012, 23:45)
---------------------------------------------
Bötaköz qöshni qishloqlik Sobir közaning oti edi.Uning uzun-uzun tuyoqlari,xipcha beli va terisining tarang tekisligi bir tomondan maqtovga loyiq bölsa,junining yaltirab turishiyu ,peshanasidagi bir tutam qashqasi yana uzun yoli otga özgacha zeb berib turardi.Ot ham tuyoq bosganida huddi atay qilgandek orolanib yurardi.Sulaymon chavandoz otni kördiyu,bu ot Boychiborimding jufti bölishi kerak,degan qat'iy qarorga kelib Sobir közani otni sot,deya qistovga ola boshladi.Sobir közayam tajang odam emasmi,sotmayman deb oyoq tirab turib oldi.Bahorda otlarni ötloqqa qöyib yuborishganda Boychibor ham egasini anglagandek,Bötaközga egalik qilib,boshqa otlarni yaqiniga ham yölattirmadi.Shu orada nima böldiyu,Sobir közaga katta miqdordagi pul kerak bölib qoldi.Sulaymon chavandozga odam yuborib,otimni olmoqchi bölsa falon pul olib kelsin,deb tayinlab yubordi.Sulaymon chavandoz ham bir pasda,aytgan pulini berib otga egalik qildi.-Boychiborim qonatim,mana endi yoring har mahal yoningda böldi,deya quvonib yurdi.Bötaköz ning qulunlaganidan bag'oyat shodlanayotdi.U otga ishqiboz shinavanda odam emasmi,hechqachon Boychiborni hayvon örnida körmasdi.Unga shu darajada mehr bergandiki,eng yaqin döstlaridan ham otini afzal körardi.Hozir ham qulunli bölganiga mulkim köpaydi,deb emas Boychiborim ota böldi,deb sevinchi ichiga sig'mayotgandi...

Добавлено (11.10.2012, 22:55)
---------------------------------------------
Sulaymon chavandoz kuni bilan otlari atrofida parvona böldi.Bötaközga yaqinlashib böynidan qashlab silar,shu orada qulunga ham sekin-sekin yaqinlashib otning közini köniktira boshladi.Qoraközim,deya qulunni erkalab ham qöyardi.Dam-badam ötinxonaga ötib ötin olib kelar,lovullab turgan chög ustiga ötin tashlab qöyardi.Otxona ichi issiq bölsada,negadir qulun jonlana olmayotgandi.Chavandoz uzun arqonga Bötaközni bög'ladiyu,Qoraközni kötarib pechka yoniga yaqinlashtirib qöydi.U Qoraköz sovuqda uzoq vaqt qolib ketgan,deya özini aybdor qilardi.Nega vaqti bemahal xabarlashib turmadim,deya bosh chayqab qöyardi.Noznigor otxonaga kirib kelganda qulunni sinchiklab kuzatib,voh,deb yubordi.

Добавлено (14.10.2012, 11:59)
---------------------------------------------
Qulunning qorin tarafiga sim kirib qolgan ekan. Köz bilan körganda unchalik ham ilg'ab bölmaydigan simga chavandoz e'tibor qilmagandi.Qöli bilan paypaslab kördi,qulun bezovtalandi.Noznigor xavotirli ohangda,bu sim qay gördan kirdiykan-ay,deya chavandozga qarab gapida davom etdi,Bötaköz sim yutibdimikan, yo bömasa sög'in kirdimikan?,deya savol nazarida qarab turdi.Sulaymon chavandoz ham sarosimada qoldi,simdi ob tashlash kerak,bömasa qulun ölib qoladi.Shokir dökonchinikiga borib aroq ob kelay,yöl-yölakay Adham duxtirdiyam ob kelaman.Sen bunga köz-quloq böp tur.Köp qimirlamasin,deya shoshib chiqib ketdi.Noznigor qulunning qornini sekin paypaslab kördi. Baxt tavakkal Qodir xudo,özing quvvat ber.Mening qölim emas,Luqmonu Hakimding qöli,deya qadalib turgan simni chaqqonlik bilan tortib oldi.Qulun qattiq seskandi,Bötaköz vahimali pishqirdi.Noznigor chöntagidan römolchasini chiqarib,jarohatga bosib ,römolchani közdan kechirdi.Qon yuqi sizib chiqibdi,demak jarohat havfli emas.Qulunning közlariga sinchkovlik bilan nazar tashlab,og'riqning kuchli yoki kuchsizligini bilmoqch i bölib qarab turdi. -Hayriyat,faqat etingga kirgan ekan,dömbog'im,deya köngli xotirjam bölib,otxonadan chiqib öchoqboshiga bordi.Olovda yonaverib pishib ketgan öchoq kesagidan olib,maydalab tuydi.Böyimadoron,na'matak,novvot va limon pöstini qaynatib giyohli damlama tayyorlab,dokadan suzdi.Damlamani shishaga soldi va shisha uchiga sörg'ich kiygazdi.Achchiqtoshdan ham malham tayyorlagach,otxonaga qarab yöl oldi.Qulun yotgan joyidan qimirlamabdi,sekin yoniga ötirib,maydalangan tuproqni jarohatga sepdi,söng achchiqtosh malhamini ham obdon surib qöydi.Qulunning boshini xiyol kötarib,damlamani amallab ichirdi.Pechkaga ötin tashlayotgan paytda,qölida bitta aroq tutgancha,halloslab Sulaymon chavandoz kirib keldi. -Savil,shu paytda Adham döxtiram narigi qishloqqa ketib qopti. -Siqilmang otasi,qulunimizga hech balo bömagan ekan,deya qilgan muolajalarini aytib berayotgan Noznigorga anqayib qarab qolgan chavandoz minnatdorchilik ohangida,Hay barakalla Noznigorim-ay,xudoyga shukur peshanamdi besh qarich qilganiga shukur-ay,deya hayqirib gapirib sevinchdan közlaridan yosh chiqib ketdi.Uning qalbidagi xavotirdan asar ham qolmagandi.Noznigor unga qaramay ösmoqchiladi, xudoyga shukur deysizu,halol davo turganda xaromga qarab chopasiz.Közim körmasin shu shayton suvingizdi.Toza rözg'orimga xaromdi aralashtirmay,dökonchiga tez qaytib bering.Xarom davoga muhtojimiz yöq,bömasinam,deya labini burdi.-Höp-da, mana bir og'iz sözing,sadag'ang ketay senday xotinga,deya Sulaymon chavandoz ortiga qaytib chiqib ketdi.Noznigor qulunni turishga undadi.Qulun gavdasini sekin kötarib qimirlay boshlaganda qöli bilan tirgak bölib yordamlashib yubordi.Qulunning tuyoqlarini birpas silab yurishga undadi.Qulun yurib Bötaköz tomonga ketayotganda,xayoliga töyi bölishidan avval aytgan gapi yodiga tushdi.O'shanda yangasiga,Sulaymon chavandoz deganlari Boychibordi suyadi, umrim otxonada ötsinmi,deya nozlanib gap bergandi.Sulaymon chavandoz uni otxonaga yaqinlashtirmadi. Hatto,özi uyda bölmagan paytda ham aka-ukalariga tayinladiyu,Noznigorga otlarga qara,deb majbur qilmadi.Uning özi öz xohish-istagi bilan otlarga mehr bergandi va bu taqdirdan chin dildan rozi edi...

Добавлено (14.10.2012, 21:18)
---------------------------------------------
Bahor atrofga yam-yashil gilamini yoyib,yer yuzini öz gözalligi bilan bezaganda qishloq ahli otlarni yana dalaga haydashdi... Bir kuni Sulaymon chavandoz otlardan xabarlashib kelamiz,bahonada bahri diling ochilib yayrab kelasan,deya Noznigorni qöyarda qöymay dalaga olib chiqdi.Noznigor avvaliga rözg'orim qolib ketdi,deya xarxasha qilgan bölsada,dalaga yetib borishganidan söng fikri özgardi.Atrofni zavq bilan kuzatar ekan,bu joylarga bolaligidan közi singib ketgan bölsada,tabiy manzaradan hayrati oshgandan oshardi. Xuddi, özini begona joyga kelib qolgandek his qilardi.Sulaymon chavandoz unga termulib qarab turarkan,Noznigor rözg'or-rözg'or,deb rosa dimiqib ketibsanku gözalim,shu yerga tashlab ketaymi,seni.Boychibording uyuriga qarab yurasan,deya jig'iga tegib hazillashdi. Noznigor labini chöchaytirib burib qöydi.- Shu yerga Boychiboringizdi deb kelib edik haliyam.Uning javobidan Sulaymon chavandoz zavqlanib qah-qah otib kuldi.Uning kulgusidan tevarak-atrof jaranglab ketganday böldi. Noznigor qöllarini yozgancha keng ötloq uzra yugurib tepalikdan pastga qarab ketdi. Chavandoz baland ovozda: Boychibor-aaayyy,deya otini chaqirdi.Uzoqdan otning shodlanib kishnagan ovozi eshitildi. Sal vaqt ötib olisdagi tepalik ortidan otlar uyuri körindi.Ular qator-qator saf tortgancha,shu tomon yelib kelardi.Eng oldinda Boychibor yollari shamolda tölqinlangancha,öqday uchib kelardi.Uning ortidan butun uyur uning tuyoqlariga hamohang tarzda yelayotgani esa,dupur-dupur tovushlar tog'lardan qaytgan aks-sado bilan quloqqa yetib kelardi. Bötaköz quluni Qoraköz bilan sal orqaroqda, uyurni chetlab yugurib kelayapti. Sulaymon chavandoz yana bir bora Boychiborim-aaayyy ,deya bor ovozda hayqirdi.Otning unga javoban hayqirib kishnashidan köksida faxr tuyg'usini his qilardi.Noznigorga qaradi,u baland tepalik ustiga chiqib olgancha,Bötaköööz,deya zavqlanib,yosh qizaloqlardek sakrab,sevinib qichqirardi.Sulaymon chavandoz qulochlarini havoda osmonga qaratib keng yozgancha hayqirdi: xudayjonim-aaayy senga shukur-aay!!! Uning ovozi uzoq-uzoqlarda aks-sado berib ancha payt jaranglab turdi...

Добавлено (14.10.2012, 21:25)
---------------------------------------------
Xotima. Mavjudligingiz bilan zavqlanib yashang...


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
LoadingДата: Понедельник, 15.10.2012, 00:46 | Сообщение # 2
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Репутация: 7
Статус: Offline
TXT doc qilib oldim. O'qib chiqib fikrimni etaman.

Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
 
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:
Flag Counter