Суббота, 23.11.2024, 13:25
Hush kelibsiz Mehmon | RSS

Ajdar uyasi (Sokina yozgan ertak) - Giyos/FORUM

[ Yangi izohlar · Qatnashchilar · Forum qoidasi · Izlash · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Ajdar uyasi (Sokina yozgan ertak)
SokinaДата: Воскресенье, 14.10.2012, 20:49 | Сообщение # 1
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Bir bor ekan,bir yöq ekan.

Добавлено (08.10.2012, 21:13)
---------------------------------------------
Qadim ötgan zamonda,Chin-Mochin degan tomonda bir podshohlikda odamlar boy-badavlat,tökin-sochin,shodu-xurram umrguzaronlik qilishar ekan.Alqissa,bu yurtning odamlari g'am-tashvishu,qashshoqlik nima ekanini bilmas ekan.

Добавлено (11.10.2012, 23:12)
---------------------------------------------
Ittifoqo,bir kuni podshoh xalqimning ahilliginiyam bir sinovdan ötkazay-chi,degan öyda bir xiyla öylab topibdi.

Добавлено (14.10.2012, 13:53)
---------------------------------------------
Vazir bilan kengashib,bechorahol kiyimlardan toptirib kelib kiyib olibdi.Sartaroshini chaqirib soqol-möyloviniyam boshqacharoq shaklda oldiribdi.Qiyofasi butkul kambag'al qiyofasiga kirgach,qasrdan chiqib tög'ri bozorga boribdi.Hamma töq-farovon emasmi,podshohning juldur kiyimidan ijirg'anganlar ham bölibdi.Haligi "kambag'al" ham qaddini biroz bukchaytirgancha bozor oralab yuraveribdi.Kim unga yaxshi muomulada böldi,kim mensimaslik qildi,hammasining hisobini özicha hisoblab ketaveribdi.Nö'monboy degan saxiyligi bilan dong chiqargan savdogarning yoniga boribdi.- Davlatingning hisobini hatto ustasi farang chötchilar ham hisoblay olishmasmish,shu gap rostmi,birodar?,deya savol beribdi.Haligi boy ham sodda maqtanchoqlik qilib,ha albatta mening boyligim hatto podshoh mulkidan ham ziyoda,deya javob beribdi.Podshoh ichida hap,senimi qarab tur,deya nari ketibdi.Yana bir Isroil degan degan savdogarning oldiga boribdida,sizning boyligingiz No'monboyning boyligi oldida chaqa bölib qolarmish,shu gap chinmi?,deya sörabdi. Isroilboyning bu gapdan g'azabi kelibdi,hey sen qashshoq qayerdan kelib,nimalar deyapsan mening boyligim podshohnikidan ham köp , kerak bölsa podshohda yöq bisot menda bor,Nömonboying kim böpti,deya mensimaslik qilib maqtanishga tushibdi.Podshoh bunga ham ichida,hap senimi shoshmay tur,deya nari ketibdi.Yana bir savdogarning yoniga boribdi,sening boyliging barcha boylarnikidan eng kami ekan,nega kambag'al bölib qolgansan,deya achinganday bölib sörabdi.Haligi savdogar pinaginiyam buzmay,bölsa bordir,deb qöyibdi.Podshoh uning ichiga hasad ötini yoqishga harakat qilib,seni odamlar hurmat qilmasa kerakda,sendan xarid qilishmasa ham kerak.Shunga kambag'alsan,debdi.Savdogar bamaylixotir javob beribdi,bölsa bordir.Podshoh endi rosmana hayratlanibdi.Seni Nö'monboy bilan Isroilboy jinni deyishgandi,shu gap rost ekanda-a?,deb taqmoqlab sörabdi.-Bölsa bordir,menga nima,senga nima,deya ishini davom ettiraveribdi.Podshoh uning bunchalar befarq odamligidan ichi qizib,hap senimi deya nari ketibdi...Bir chetga ötib,ötgan ketganlarni kuzata boshlabdi.Kim nima deyapti,kim nima yeyapti,yana kim nima xarid qilayapti.Hammasining chamai-chötini qilib ötiribdi.Qorni och qolib somsapazdan tekinga bitta somsa sörabdi.Somsapaz ham savob böladi,deya tekinga beribdi."Kambag'al"ning qorni töymagach,yana sörabdi.Somsapazning rahmi kelib yana beribdi.Yana sörabdi,ey yøq birodar,bola-chaqamni shuning orqasidan boqayapman,debdi somsapaz.Podshoh qorni töymagani uchun hamyonidan pul chiqarib somsa sotib olibdi.Somsapaz ranjibdi,seni bechorahol desam,g'irt muttaham ekansanku.Podshoh og'zida somsa bölgani uchun javob bermabdi,ammo ichida hap senimi,deb qöyibdi... . Keyin u boshqacha savollar öylab topibdi.Bir savdogarning yoniga borib ,mollaringni qayerdan olib kelasan?,deya özini qiziqtirgan savolni beribdi.Ajdar uyasidan!, bir qölida tasbeh,bir qölida kitob tutgan savdogar shunday javob beribdi.Podshoh bu savdogar xöp oqil kishiga öxshaydi,degan öyda uni yana savolga tutibdi. Ajdar uyasi qayerda,birodar?,deya hayron sörabdi.

Добавлено (14.10.2012, 14:16)
---------------------------------------------
Ertaga kechqurun kelsang körsataman,deb yana kitob öqishda davom etibdi.Hoy birodar,seni kim deydilar?,deya savdogarning ismini sörabdi.Meni Hidoyatboy,deyishadi.Podshoh öylangancha nari ketibdi,yana bir savdogarning yoniga boribdi.- Mollaringdan yaroqsizlari ham chiqib turadimi?-Ha! -Qancha?- Ajdar uyasicha!-Sening isming kim?-Iymonboy!-Hidoyatboyga kim bölasan?-Akasibölaman, nima edi?,deya zardali javobidan seskanib ketdi. Hech gap yöq,deya uning vajohatidan qörqib nari ketibdi.O'zicha öylabdi bunga yana savol beraversam,abjag'imni chiqarishiyam hech gap emas.Axir,bu juldur kiyimimda tuqqan onam ham tanimaydiku,deb bozordan chiqib qasrga ravona bölibdi.Shohona liboslarini kiyib,taxtda ötirgancha,bölib ötgan voqealarni vaziriga sözlab berib,ikkalasi tahlil qilishibdi.Vazir:podshohi olam,bir qoshiq qonimdan kechingu,ammo bozordagi tört-beshta savdogar bilan xalqning ahilligini aniqlab bölarmikan?,deya ösmoqchilab savol beribdi.Podshoh da'fatan,Hidoyatboyning ertaga kechqurun kelsang,ajdar uyasini körsataman,degan gapini eslab xayoli bölindi.Ammo,bu haqda vazirga lom-lim demadi. -Ertaga yana qasrdan chiqaman,dedi.Dono vazir podshohning yuz qiyofasidagi kutilmagan özgarishni sezdiyu,özicha mushohada qilib qöydi.

Добавлено (14.10.2012, 19:17)
---------------------------------------------
Ertasiga podshoh yana juldur kiyimini kiyib,asr namozidan söng qasrdan chiqib ketibdi.Vazir ham yoniga ikkita navkarni olib,qadamma-qadam podshohni kuzatib boraveribdi.Podshoh köchalarda sekin kezib yurib-yurib,oqshom tushganda bozorga kirib boribdi.Tög'ri Hidoyatboyning oldiga borib,mana men keldim,debdi.Hidoyatboy,unga qarab,qara-ya axiyri keldingmi,seni kutib turgandim.Qani yur buyoqqa,deya uni ergashtirib ketaveribdi.Ularni kuzatib vazir va navkarlar ham özlarini sezdirmasdan izma-iz ketaveribdi.Yurib-yurib,yöl yursa ham möl yurib,bir katta g'orga kelishibdi.Podshoh mug'ombirona kulib qöyibdi,ichida nega xalqim töq-farovon yashaydi desam,sir buyoqda ekanda.G'orda bekitilgan xazina bor ekanu,men bexabar ekanman,deya xafa ham bölib qöyibdi.G'or ichida masha'lalar yonib turgan ekan.Hidoyatboy,qani taqsir marhamat qilsinlar,degan chog'da,"kambag'al"ning boshiga kimdir qop kiygazibdi. - Qani,endi ayt-chi,bizning yurtlarga seni kim yubordi? Qaysi mamlakatning ayg'oqchisisan?,deya söroqqa tutibdi. Podshoh jonholatda,hoy men shu yurtning podshohi bölaman,deb dod solganiga qaramay,uning duch kelgan joyiga ketma-ket musht tushiraveribdi.Hidoyatboy,muttaham ayg'oqchi podshoh bölib qoldingmi endi,deya ayamay tepishga tushganda,g'orga vazir va navkarlar hay-haylagancha kirib kelib qolishdi.Vazirni körgan Hidoyatboy,mana buni kecha xöp kuzatdim,hammani birma-bir söroqlab bir-biriga chaqib chiqdi.Iymonboy bilan ikkalamiz gapni bir joyga qöyib,buni özga yurtning ayg'oqchisi,deb öyladik.Hech zamonda kambag'alning aft-basharasi bunday bölmaydi.Buning nozik qöllariyam umrida mehnat qilmagan,deya vazirga bölgan voqeani qisqacha tushuntiribdi.Ungacha,navkarlar podshohni qopdan ozod etishibdi.Vazir,podshohga qarab, podshohim bu sinov sizga qimmatga tushdi-yov ,deya mehribonlik qilib,tönini yechib beribdi.Hidoyatboy va Iymonboy hayron bölib qarab turishanda,podshoh qah-qah otib kulib yuboribdi.- Obbo,Hidoyatboy-ey ayg'oqchi deng.Sizdek sergak,ziyrak insonlar bor ekan,xalqim orasidan ahillik yöqolmaydi,deya ularni ertaga qasrga boringlar,deya tayinlab g'ordan chiqib ketibdi.Hidoyatboy bilan Iymonboy esa nahotki,podshohimiz bølsa-ya,degancha qolaverishibdi.

Добавлено (14.10.2012, 19:49)
---------------------------------------------
Ertasiga aka-uka ming bir xijolatda podshoh qasriga borishibdi. Podshoh ularni ochiqköngillilik bilan kutib olibdi.Zarbof tön kiygazibdi.Söngra,Hidoyatboyga qarab,ajdar uyasi,deganda nimani nazarda tutdingiz?,deya savol beribdi.-Podshohim,avvalo qilgan adabsizligimiz uchun sizdan uzr söraymiz.Sizning bozorga kirib kelganingizdan egningizdagi juldurni körib shubha ostiga oldim.Söng,yordamchimni ortingizdan kuzatishga qöydim.U har bir kishi bilan bölgan suhbatingizni bizga yetkazib turdi.Shubham yanada ortdi va yonimga kelganingizda yuzingizga qöllaringizga qarab butkul ishonch hosil qildim.Ajdar uyasi,deb nafsi buzuqning jazosi öt bilan jazolanadi,deb sizga kinoya qilgandim.Sizni rostdanam aygoqchi,deb öylab ajdar uyasiga qiziqtirib qöydik va kelsang aniq jazolaymiz ,degan ma'noda aytgandik,deya batafsil tushuntirib yana bir bor uzr sörab,qasrni tark etishibdi.Ertasi kuni podshoh,boshqa boylarni ham chaqirib,Hidoyatboy va Iymonboy voqeasini aytib berib,ularni rosa mulzam qilibdi.Somsapazga esa,sen uylanmagan yigit böla turib,meni bola-chaqa boqaman,deb aldading,deya uyaltiribdi.Ular ham sidqidildan uzr sörashibdi... .Shunday qilib,odil podshoh xalqining ahilligiga iymoni komil bölibdi.Dono vazir bilan gohi-gohida xalq orasida bölishar ekan.Xalqining töq-farovon,baxtu-saodatda yashayotganidan bag'oyat shodlanarkan.Odamlar ularni tanisada,bir-birlariga qarab indamay kulib qöyisharkan...Shu bilan ertagim ham tugadi.Men ham yetay murodga,Siz ham yeting murodga.


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
GiyosДата: Воскресенье, 21.10.2012, 18:12 | Сообщение # 2
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Ertakwunos bo'b ketinge))) super
 
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:
Flag Counter