Суббота, 23.11.2024, 13:24
Hush kelibsiz Mehmon | RSS

Niyat (Sokina yozgan hikoya) - Giyos/FORUM

[ Yangi izohlar · Qatnashchilar · Forum qoidasi · Izlash · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Niyat (Sokina yozgan hikoya)
SokinaДата: Пятница, 19.10.2012, 10:15 | Сообщение # 1
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Hamma voqea Dilbar xususiy firmaga ishga kirgandan keyin boshlandi.

Добавлено (08.10.2012, 19:27)
---------------------------------------------
Asqar ham shu firmaga ishga joylashganiga uncha köp bölmagandi.Dilbarni kördiyu,uning halovati yöqoldi.Qizni zimdan kuzatib ötiradigan odat chiqardi.Uni hammadan qizg'anar,kiygan kiyimlaridan ga'shi kelib bir-ikki marta boshqa qizlar misolida gapirib ham kördi.Dilbar uni eshitib turib,hammaning erki öz qölida,deya kulib javob berdi.Asqarga uning gapi yoqmadi.Shunday bölsada,baribir qizni yoqtirardi. Ishga biroz kech qolaversa,intiq bölib uni kutardi.Qöli ham ishga bormasdan bot-bot derazadan tashqariga qarayverardi.Dilbar kirib kelgani zahoti tinchlanardi... . Dilbar tabiatan shöx-shaddod qiz bölsada,gapirayotgan gapi qayoqqa qarab ketayotganini juda yaxshi fahmlardi.Avvaliga yangi jamoani biroz kuzatgach,söngra hamma bilan tezda til topishib ketdi.Asqar bilan ham hamkasb sifatida salom-alik qilar,gohida ish yuzasidan maslahat sörab turardi.Asqar bunday paytlarda bajonidil yordam berardi.Hamma joydagi kabi,bu jamoa dagilarning ham yangi kelganlarga qiziqishi katta edi.Asqar ham avvaliga bu qiz yangi kelgani uchun shunaqa qiziqayapman,deb öylab özini chalg'itishga harakat qilib yurdi.Ammo,hamkasbi Azizbekning bir gapidan keyin jon-poni chiqib Dilbarni himoya qilishga kirishdi va niyati maqsadga aylandi... . Hamkasb yigitlar birgalikda tushlikka chiqishganda Azizbek,bu Dilbar deganlari ketadiganlardan ekan.Suzilib-ochilib yurishidan ham bilsa böladiku-ya,yana özini osmondagi oydek tutishini-chi,deya özining gapiga özi zaharxanda kulib qöydi.Uning qilig'idan Asqar negadir asabiylashib,ichi qizib yonib ketgandek böldi.-Nima qilasan qiz bolani g'iybat qilib ,uyam bir musulmonni bolasi.Ota-onasi bor tarbiyalaydigan.Ayol kishining avratiga qarash köz zinosiga kiradi bilsang,deya jahl bilan javob qaytardi. Garchi,ich-ichidan Dilbarning shunday yaxshi qiz böla turib,bunaqa kiyimlarda yurishidan hazar qilsada,uni himoya qilish burchi ekanligini fahmlab shu gaplarni aytayotgandi.Azizbek,qölini köksiga qöyib,xöp böladi qori domla.Körgan közlarimiz olayib,aytgan gapimizga og'zimiz qiyshayib qolsin,deya piching qilib atrofdagilarga közlarini olaytirib,labini qiyshaytirib qiliq qilib körsatdi. Hamkasblari baravariga kulib yuborishdi.Azizbek paytdan foydalanib otni qamchiladi.-Senda bir gap borga öxshaydi,ha nima böpti qarasak avrat,deysan ochilib yurgandan keyin qaraymizda.Köz nima uchun berilgan,og'ayni.Bunaqalardan zavqlanish kerak,gunoh degani unga yoziladi,deya yana xoxolab kuldi. Azizbek qizlarga suyagi yöq yigit edi.Bir kuni Dilbarning kalta yubkasiga ishora qilib,qochiriq gap qilganda qiz uni jerkib berdiyu,ammo bu voqeadan xulosa chiqarmay ochiq-sochiq kiyimlarini kiyib ishga kelaverdi.Azizbek,öshandagi alamini qizni yomonotliq qilib olmoqchi bölayotgandi.Umuman olganda u harom-halolni farqlamasdiyam,özini tög'ri yashaydiganlar safida deb bilardi...

Добавлено (11.10.2012, 23:03)
---------------------------------------------
Asqar qizning sha'ni uchun kim bilan bölsayam talashib-tortishib zimdan Dilbarni sinab,kuzatib yuraverdi. Dilbar bu voqealardan mutlaqo bexabar yurgan kunlarning birida onasi unga,sen birga ishlaydigan Asqar degan boladan sovchi keldi,deb hayron qoldirib qöydi.

Добавлено (14.10.2012, 12:39)
---------------------------------------------
Dilbar ishxonaga kelganda , hamma hasharga chiqsin,deya shovqin solib yurgan kotibaning gapidan söng,sumkasini xonaga qöyib,orqa eshikdan korxona hovlisiga chiqdi.Asqarga közi tushishi bilan onasining gapi yodiga tushib duv qizarib ketdi.Asqar uni körib,sekin yoniga keldi.-Salom Dilbar,sizda muhim gapim bor.- Salom,nima gap?,Dilbar közlarini chetga olib savol berdi.-Uydagilarga siz haqingizda aytdim... Shu payt qayerdandir Azizbek paydo böldi-yu,yigitning gapi ichida qoldi. -Haa, Layli-Majnunlar,nimalar haqida gaplashayapsilar?,deya Dilbarga qarab öshshayib istehzoli tirjaydi. Dilbar indamay nari ketdi.Asqar esa ijirg'anib,senga nima dediyu ichkariga kirib ketdi.Hashar deganiyam nari-beri bir soat davom etdi.Hamma xona-xonasiga sekin-asta tarqalgach,hovli sathi biroz chiroy ochib yorishganday böldi.Asqarning qöli ishga bormasdi,tezroq ish vaqti tugasayu,Dilbar bilan biror kafega borib holi gaplashib olsa.U Dilbarni köz qiri bilan kuzatib ötirardi.Eh,xudoyim özing kechir,bu qiz buncha chiroyli bölmasaya,kuni kecha köz zinosi haqida va'z öqiyotgandim,endi özimning ahvolimga nima dey?!,deya miyasiga kelgan öylardan közlarini olib qochar va yana beixtiyor qizga qarab ötirganini sezmay qolardi.Shu taxlit kun kech böldi,ish vaqti tugab Dilbarning saranjomini olishini kutib turdi.Sumkasidan böyanchiqlarini chiqarib,közguga qarab labini böyayotganda,Asqarning g'ujuri kelib ketdi.-Shundog'am chiroylisiz,aynan sizga bunaqa narsalar kerakmas,sizga aytsam,deya muloyim ohangda gapirdi.Dilbar unga bir öqrayib qaradiyu,taqir-tuqur qilib narsalarini sumkasiga betartib tez-tez joylashtirib tashladi.Xonadan tars-tars qadam bosib chiqib ketdi.Asqar ham uning orqasidan yetib olib,namuncha achchiqlandingiz.Rostimni aytdim-da,shunga shunchami,dediyu qiz bilan yonma-yon ketaverdi.

Добавлено (15.10.2012, 13:21)
---------------------------------------------
Asqar gapni nimadan boshlashni bilmay ketaverdi.Shunda Dilbar, nima demoqchi edingiz?,deya vaziyatni yumshatish uchun savol berdi. -Yuring yaxshisi biror joyda ovqatlanamiz.Ösha yoqda bafurja gaplashamiz. Asqar qizning dadilligidan kuch olganday böldi.Ular yöl chetida joylashgan kafelarning biriga kirishdi.Yeguliklarni buyurtma qilishdi.Asqar barmoqlarini öynab gapira boshladi.-Xullas,siz menga judayam yoqasiz.Sizni ogohlantirmay uyingizga odam yubordim.Agar rozi bölsangiz kelajagimiz haqida gaplashib olsak...Dilbar yigitning gapini bölib,niyatingiz jiddiymi?,deb söradi.Asqar qizga yana bir bora hayron qoldi va ichida,haa hozirgi qizlardan hamma narsani kutsa böladi,deb öylab qöydi.-Ha,jiddiy. -Agar jiddiy bölsa,unda gaplashamiz,deya Dilbar jilmayib qöydi.Uning dadilligi endi Asqarga ötdi.-Dilbar,siz judayam yaxshi qizsiz,lekin nega ochiq kiyimlar kiyib yurasiz? Dilbar bunaqa gapni kutmagan ekan shekilli,qoshlarini chimirib javob berdi: a mne nravitsya! -Muslimamisiz?Dilbar hayron qoldi,u muslima deganda faqatgina hijobda yuradiganlarni tasavvur qilardi,shuning uchun közlarini katta-katta ochib,Yööq!,dedi.Uning javobidan qörqib ketgan Asqar,siz diningizni özgartirgan bölsangiz,men sizga uylanmayman!,deya biroz dag'al ohangda javob berdi. - Voy,nimalar deyapsiz,islom dinidaman,deya qiz azbaroyi kuyinib javob berdi.-Islom dinidagi ayollar muslima deyiladida,Dilbar buni bilmasmidingiz? -Yöq bilmasdim,faqat musurmonligimizni bilaman.-Musurmon emas,musulmon deng.- E,nima farqi bor,öshada. -Dilbar,bilasizmi inson e'tiqodsiz yashab bölmaydi.Ayniqsa,musulmonlar. Haqiqiy muslimalardek öranib yurishga qizlarimizga nima halaqit beradi? Siz avrat nimaligini bilasizmi? Qiz kipriklarini hayron pirpiratdi.-Yöq,nima u?- Sizga soddaroq tushuntiraman.Masalan,biror qiz yelkalari,qorni yoki etagi ochiq kiyimlarni kiyib,begona odamlar orasida yursa,uning otasi,aka-ukalari yoki eri, musulmonchilikda dayus hisoblanadi.Dayuslar,islom dinida xaromi deya chöchqaga qiyoslanadi.Qiyomatda ayollari uchun javob berishadi.Shuning uchun,agar taqdirimizda nikoh bor bölsa, dayus bölib qolishni istamaganim uchun ham sizning yopiq kiyimlar kiyishingizni judayam istayman.Shuni men uchun qila olasizmi? Dilbar yigit nima haqida gapirayotganiga tushunmasdi.U musulmonlarni ikki toifaga ajratardi.Haqiqiy musulmonlar va "zamonaviy" musulmonlar.Shunga köra,ularga nisbatan talablar ham har xil,deb tushunardi.- Bilasizmi,siz shunaqa gaplar gapirayapsizki,bu hatto qörqinchli.Qiyomat haqida eshitganman.Agar sizni yaqindan tanimaganimda,hamma joylarni portlatib yuradiganlardan,deb öylardim.Asqarning bu gaplardan rosmana jahli chiqdi.Uning xayolidan,bu qiz senga arzimaydi,fikr qilishgayam ojiz "muslima"!,degan fikrlar ötdi.- Siz birorta hijobdagi muslima tanishingiz bilan suhbatlashing,yaxshisi. Shunaqa dugonalaringiz bordir?!,uning kesatib aytgan istehzoli pichingi Dilbarning yuragini tilka-pora qilib yubordi.Qiz Asqarning nega jahli chiqayotganini unchalik ham anglab yetmayotgandi.Negadir xörligi kelib,közlaridan yosh sizib chiqdi.U örnidan dast turib,Asqarni tashlab ketib qoldi.Asqar uning orqasidan bormadi,hatto joyidan ham jilmay ötiraverdi.U ikki öt orasida qolgandi.Aqliga böysinsinmi yoki qalb amriga? Shu taxlit taomni ermak qilib titkilagancha uzoq vaqt öylanib ötirdi."Eh,Asqar muslima deysan,özing-chi haqiqiy musulmonmisan?! Ha,musulmonsan lekin,amali yöq musulmonsan.Sen ham köpchilik jöralaring kabi,yolg'onchi musulmonsan!,u shu öylaridan qahri kelib qölidagi sanchqini tarelkaga siltab yubordi.Chinnining jaranglagan ovoziga atrofdagilar u tomonga qarab qöyishdi.O'zining qilig'idan xijolat tortib,hisobni qilib sekin kafedan chiqib ketdi.

Добавлено (15.10.2012, 20:40)
---------------------------------------------
Ertasiga xuddi kelishib olishgandek Asqar ham Dilbar ham ishga bormadi.Indiniga dam olish kuni edi.Undan keyingi kun ham Dilbar borishni istamadi.Ishxonaga kasalman,deya bahona topib qöng'iroq qilib qöydi. Dilbar ösha kundan buyog'iga Asqar bilan bölib ötgan suhbat xususida bosh qotirardi.U ham Asqarga befarq emasdi.Xayoliga har xil shubhalar örmalay boshlaganda,chalg'ish uchun sekin köchaga chiqdi.Köchadagi örindiqda ötirib ötgan-ketganni kuzata boshladi.Uzoqdan hijobli qiz köringanda da'fatan miyasiga kelgan fikridan yuz-közlari yashnab ketdi.Bu qiz besh-oltita uy naridagi qöshnisining qizi Vasila ekan.Uning yöliga chiqdi.Qalaysan Vasila,deya jilmayib hol söradi.- Salom,Dilbar.-Agar vaqting bölsa,biroz gaplashsak,sendan bir-ikkita narsa söramoqchi edim.Vasila soatiga qaradi,yaxshisi yur biznikida gaplashamiz,asrga kech qolmay...Dilbar darrovda rozi böldi... Ikkalasi Vasilaning xonasiga kirishdi.U namoz öqiydigan ohorli kiyimini kiyganda,Dilbarning biram havasi keldi-ki,buni yuz-közlaridan anglash qiyin emasdi. Joynamozni yozib asr namozini pichirlab öqiy boshlaganda hayratlanib tikilib qoldi.Vasilaning harakatlari unga g'ayritabiy körinardi,u umrida namoz öqiyotgan odamni yaqindan körmagan.Qizni kuzata turib uzun etagiga chalkashmasdan yengillik bilan bajarayotgan amallaridan hayron qolayotgandi.Qölini duoga ochgach,qöl ochish kerakmi yoki yöqmi bilmay qoldi.Vasila uy kiyimlarini kiyib olganda köz öngida umuman boshqa qiz paydo bölgandi.-Uyda hijobda yurmaysanmi? -Yöq,uyda nomahramlar bölmasa öranmasayam bölaveradi,Vasila shunday deya uni mehmonxonaga taklif qildi.-E yöq ,shartmas yur oshxonaga choyingni ichvolasan,deya iltifotni rad etgan Dilbar oshxona tomon keta boshladi.U qachonlardir töy qilishganda bu hovliga kirganini esladi.Bu oila haqida fikri ijobiy. Dilbarning onasi ishlagani uchun rözg'or ishlari,ukalariga köz-quloq bölish Dilbarning zimmasida edi.Shuning uchun ham , köpchilik qatori Vasila bilan ham köcha-kuyda duch kelib qolsa salom-alik qilib ötib ketardi.Uning özidan katta qizlar bilan dugonaligidan ham xabardor edi... Oshxonada qizlar choy ustida pishir-kuydirdan gap ochib suhbatlashishdi... Dilbar gapni nimadan boshlashni bilmay bosh qotirib turganda Vasila savol berib qoldi.- Dilbar,onang bilan sirdoshmisizlar? -Yöq,unchalikmas.-Sirdosh dugonang-chi, bormi? Dilbar kulgancha javob berdi.-Yöq desam ham böladi.Qiz bola qiz bolaga kamdan kam döst böladi.Vasila bu gapga hayron qolmadi,lekin fikr ham bildirmadi.Dilbar gapida davom etdi,boya namoz öqiyotganingda etagingga chalkashib qolmaganingga hayron qoldim.Men uzun,keng kiyimda yurolmayman.Vasila uning gaplaridan mazza qilib kuldi,söng ohistalik bilan javob qaytardi.-Örganib qolgansanda,agar bolaligingdan keng uzun kiyimga örganganingda tor,kalta kiyimlarni kiyolmasding.-Ha tög'ri,lekin hozir hijob kiysam örganarmikanman?Nima deb öylaysan? -Bu özingning ichki xohish-istagingga bog'liq,menimcha.Hijob,muqaddas libos uni moda emas, farz deb tan olib kiyish kerak.- Bitta yigit menga uylanmoqchi,agar hozirgidaka kiyinib yursang,dayus bölib qolaman,deyapti.Shunga boshim qotgan,uni juda yaxshi köraman,voz kechgim kelmayapti.Nima qilishni,kimdan maslahat sörashniyam bilmay qoldim..., -Dilbar öylaganicha bu gaplarni mayuslashib aytdi.

Добавлено (17.10.2012, 19:56)
---------------------------------------------
- Agar u yigitga köngling bölsa,turmush qurish niyatida hijoblanishing qanday bölarkan? Kuni kelib köngling qolsa-yu,boshqacha fikrlaydigan yigitga köngil bersang keyin nima qilasan? -Ana shunisini öylamabman,u yigitni gaplarini tushunmadim.Endi xafa qilib qöydimmikan deb öylayapman.Öziyam tushunarsiz gapirdi-da,Dilbar ikkilanib gapida davom etdi,sen nima maslahat berasan? -Menimcha,u yigit bilan nikohing bölmasa,u senga hozir hech kim emas... Kiyinishga kelsak,bunaqa kiyimlardan tösatdan hijobga ötsang özing ham moslasha olmaysan.Sen avvaliga yopiq kiyimlardan kiyib boshla,keyinchalik bu kalta-kultalaringni kiyging ham kelmay qoladi.Ana shunda öz-özidan haqiqiy hijoblanging kelib qoladi,Vasila bu gaplarni samimiy ohanda gapirib jilmayib qöydi.Uning quvnoq kayfiyati Dilbarga ötganday böldi. - Voy,rahmat senga. Qara-ya,xayolimga kelmaganini.Men tentak bölib öylab yotibman.Qanday qilib hijob kiysam ekan deb jinni bölayozdim.Dilbar özini yelkasidan yuk tushgandek his qilayotgandi.- Yopiq, uzun etakli yubka,uzun yengli kofta seni gavdangga chiroyli ketadi,bilasanku dizaynerlikdan xabarim bor. -Rostdanmi?deya Dilbar sevinib söradi. -Ha,albatta judayam yarashadi.Yigitinggayam birdan hijoblana olmasligingni tushuntir,agar sabri yetib chidasa shu,chidamasa özi biladi.Özingni qadringni bil.Sening ra'yingga qarab hurmat qilmasa,niyati jiddiy bölmaydi. Bu borada faqat qalbingga quloq sol.Agar qöygan sharti seni foydangga bölmaganda,özingni xor qilma,shartni qiz bola qöyadi,degan bölardim. Qizlar barabar kulib yuborishdi.Dilbar özini kulgudan töxtatolmay,sening xaraktering bunaqaligini bilmas ekanman,köchada jimgina yurasanku,deya Vasilani sekin turtib qöydi.- Köchada senam jimgina yurasanku,tög'ri-da nikohida bölganingdayam boshqa gap edi,unga javoban Vasilaning aytgan gapidan qizlar yana miriqib kulishdi.Keyin Dilbar yigit haqida batafsilroq gapirib berdi.Endi yoningga tez-tez kelib turaman,deya joyidan qözg'algan Dilbar tösatdan nimadir esiga tushgandek,ha aytgancha senda avrat haqida diniy kitoblar bormi?,deya söradi.Ha albatta bor, deya javob bergan Vasila unga Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning bir-ikkita risolalaridan öqishga berdi.Dilbar ketish oldidan Vasilaning yuzidan öpib qöydi.- Rahmat senga,senam ötgin biznikiga.Uyda hech kim bölmaydi,zerikib ketganimdan qöshiq eshitib ötiraman.-Köp qöshiq eshitma,kitob öqi,deya kulib xayrlashgan Vasila uni darvozagacha kuzatib qöydi.

Добавлено (17.10.2012, 23:44)
---------------------------------------------
Kechqurun onasi ishdan kelgach, Dilbar niyatini aytdi.Onasi tutaqib ketdi,söng vajohatli asabiylashdi.-Nimalar deyapsan,aqlingni yebsan.Kim ongingni zaharladi.Tavba,hijob kiyarmish,namoz öqirmish,deya istehzoli labini burdi.- Hijobmas,hozircha shunchaki uzun,yopiq kiyimlarda yurmoqchiman.Mana bu kitobni,juda hurmatli bir inson yozgan ekanlar.Öqib nihoyatda ta'sirlandim.Siz ham ishga borganda yopiq kiyimlarda borsangiz bölardi,Dilbar shunday deya Vasiladan olgan kitobini onasiga tutqazdi.Onasi kitobni uning qölidan yulqib olib otib yubordi.Dilbar yugurib borib kitobni oldi-da,baland ovozda qahr bilan baqira boshladi. - Siz hech qachon meni tushunmagansiz.Hatto,öz qizingizni qandayliginiyam bilmaysiz.Hech kim zaharlamadi.Men baxtli bölishni istayman!,Dilbar onasiga zarda qilib alam bilan baqirardi.-Ax-xaa,mana kim seni aynitibdi,ösha yigit ekanda.Shoshmay tursin hali u chalamulla,odamlarni qizini paranjiga tiqarmishmi,onasi shunday deya battar tutaqdi. -Onajon,nega tushunmaysiz.Aytdimku,kitobdan ta'sirlandim,deb.U yigitda hech qanday ayb yöq.Hamma ayb özimda,aslida hamma ayb, ana shu oilada tug'ilganimda.Agar baxtli bölishimni istamasangiz,uydan qochib ketaman!,deya qiz jahl aralash baqirib,ökirib yig'lab yubordi. Dilbar bu gapni bolaligidan beri, yillar böyi bu xonadonda tez-tez jaranglagani uchun qulog'iga singib ketgani uchun ham beixtiyor aytib yuborgan bölsa ham ajab emas.Ota-onasi urush qilishganda,onasi doimo,uydan qochib ketib dushmanlaringizga tegaman,deya baqirib shallaqilik qilardi.Onasi uning bu gaplaridan yuziga tarsaki tushgandek böldi.Jon achchig'ida qizini qarg'ab döpposlay ketdi.Dadasi kirib kelib qolmaganda,biror joyiga qattiq jarohat yetkazishi ham tayin edi.Onasi endi zahrini unga qarab sochdi. -Mana qizingni ahvolini kör,tarbiya qilolmagansan.Men buni zamonaviy qiz bölsin,deb qanchalik tirishsam.Bu shöring qurg'ur,shunchalik bir balolarga öxshab paranjiga kiraman,deydi-ya! Dadasi norozi ohangda töng'illadi:yana nima böldi? Dilbar dadasiga kitobni tutqazib,yig'i aralash yana gapira boshladi.-Mana, dadajon bu kitobni öqib chiqing,sizam musulmonsizku.Dadasi og'ir uf tordiyu,kitobni qöliga olib varaqlagan kishi böldi. -Qizim,sen boraqol onang charchagan.Özim bu bilan gaplashaman,deya janjalni tinchitishga harakat qilib,qizini xonadan chiqarib yubordi.Dilbar hovliga chiqqanda ota-onasining janjalli shovqin-suroni eshitilib turardi...

Добавлено (17.10.2012, 23:58)
---------------------------------------------
Ertasiga yig'layverib qovoqlari shishib,közlari qizarib ketgan Dilbar ishxonaga bordi.U bisotidagi eng uzun köylagini kiyib borgandi.Tushlikdan söng Asqar undan hol-ahvol söradi. Tumov bölib qoldim,deya qilgan bahonasiga yigit ishonmadi.Undan ösha kungi qöpolligi uchun astoydil kechirim söradi.Dilbar arang özini bosib turgan ekan,höngrab yig'lab yubordi.Asqar özini özi yomon körib ketdi:shunday yaxshi qizni yig'latdim! Uni chalg'itishga harakat qilib amallab ovutdi.Ishdan söng yana yaqin qadrdonlardek qadamlarini bir-bir bosib uyga qaytishayotganda,Dilbar hamma voqealarni Asqarga hikoya qilib berdi.-Men uchun shunchalar azob chekdingmi,Asqar beixtiyor senlab yubordi.-Yöq,onamlani xarakteri umuman tushunarsiz,deya xörsinib qöydi. Ular uzoq suhbatlashishdi.Asqar uyiga borib yana sovchilarni yuboradigan böldi.Ungacha Dilbar onasi nima desa,xöp deb turadigan böldi...

Добавлено (18.10.2012, 18:13)
---------------------------------------------
Shu orada Dilbar olgan kitoblarini qiziqib öqib chiqdi.Öziga yopiq kiyimlar sotib oldi va kalta-kulta kiyimlardan butunlay voz kechdi.Qur'on oyat-suralarini ham sekin-astalik bilan yod ola boshladi.Uning qalbida yorug'lik,xotirjamlik va shuning barobarida hadik aralash allaqanday qörquv ham paydo bölgandi.U shu paytgacha gunohning uyasi bölib yurgan ekanman deya,öylab-öylab özini yomon körib ketgan paytlarda Vasilaning yoniga borardi.Vasila uni bir pasda tinchlantirar,Alloh mehribon va kechirimli,asosiysi niyat.Niyatingga qarab beradi,deya köp bora takrorlar va iymon bobidagi kitoblardan öqishga berardi.Dilbar esa unga minnatdorchilik ohangida,yaxshiyam Allohim seni menga duch keltirdi.Men uchunam duo qil, namozlaringda Asqar aka bilan baxtli bölishimizni Allohdan söragin,deya iltimos qilardi. Vasila esa,albatta men doimo hamma insonlar uchun duo qilaman,deya samimiy javob qaytarardi. Asqarning sovchilari ikki-uch marta qatnagandan söng,onasiyam insofga kelib töyga rozi böldi.

Добавлено (19.10.2012, 08:23)
---------------------------------------------
Dilbar özini hayotga yangi kelgandek his qila boshladi.U asta-sekin xarom va halolni ajrata boshladi.Iymon shartlarini örgandi va umuman olganda u endi tamoman boshqacha fikrlay boshladi.Bu dunyoda har kimga tanlash imkoni berilganini anglab yetdi.Ukalariga ham bu haqda uqtirib borardi.Oilasi uchun birinchi qilgan xayrli amali,xarom deya buyurilgan chöchqa göshtidan tayyorlangan har qanday mahsulotdan voz kechdi.Buning uchun esa,bozor-öcharniyam özi qiladigan böldi.Ukalariga kino körgandan köra,kitob öqiymiz,deya kitoblar öqib beradigan böldi.Oradan bir oy ötib,Asqar bilan Dilbarning töyi böldi.Dilbar ham oq köylak kiydi,ammo köpchilik qizlar qayta-qayta almashib kiyadigan omonat g'arbona kelin köylak emasdi. Ataylab,sidirg'agina oppoq matodan chiroyli qilib,öziga yarashiqli hijob köylak tiktirdi.Uning odob bilan turishi bu libosda yanada körkamroq körinardi. Uni körib,ancha vaqtlardan beri körmagan tanish-bilishlari hayron qolishdi.Biri,shu özimizning Dilbarmi,desa,boshqasi Dilbarimizga hijob yarashibdi,deya sevinch bilan qarab turardi.Dilbar bu xitoblarni eshitarkan,öz-özidan rozi bölib faxr tuyg'usini his qildi va chin dilidan,Alhamdulilloh,muslimaman,deya shivirlab qöydi...

Добавлено (19.10.2012, 08:51)
---------------------------------------------
Dilbar özini hayotga yangi kelgandek his qila boshladi.U asta-sekin xarom va halolni ajrata boshladi.Iymon shartlarini örgandi va umuman olganda u endi tamoman boshqacha fikrlay boshladi.Bu dunyoda har kimga tanlash imkoni berilganini anglab yetdi.Ukalariga ham bu haqda uqtirib borardi.Oilasi uchun birinchi qilgan xayrli amali,xarom deya buyurilgan chöchqa göshtidan tayyorlangan har qanday mahsulotdan voz kechdi.Buning uchun esa,bozor-öcharniyam özi qiladigan böldi.Ukalariga kino körgandan köra,kitob öqiymiz,deya kitoblar öqib beradigan böldi.Oradan bir oy ötib,Asqar bilan Dilbarning töyi böldi.Dilbar ham oq köylak kiydi,ammo köpchilik qizlar qayta-qayta almashib kiyadigan omonat g'arbona kelin köylak emasdi. Ataylab,sidirg'agina oppoq matodan chiroyli qilib,öziga yarashiqli hijob köylak tiktirdi.Uning odob bilan turishi bu libosda yanada körkamroq körinardi. Uni körib,ancha vaqtlardan beri körmagan tanish-bilishlari hayron qolishdi.Biri,shu özimizning Dilbarmi,desa,boshqasi Dilbarimizga hijob yarashibdi,deya sevinch bilan qarab turardi.Dilbar bu xitoblarni eshitarkan,öz-özidan rozi bölib faxr tuyg'usini his qildi va chin dilidan,Alhamdulilloh,muslimaman,deya shivirlab qöydi...

Добавлено (19.10.2012, 09:15)
---------------------------------------------
Xotima. Odamlarga yoqarmikanman deb emas,Allohga yoqarmikanman,deya mulohaza qilib yashaganga nima yetsin?! Allohni seving!U körguvchi va bilguvchi zotdir!


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:
Flag Counter