Вторник, 03.12.2024, 22:15
Hush kelibsiz Mehmon | RSS

Tafovut (Sokina yozgan hikoya) - Giyos/FORUM

[ Yangi izohlar · Qatnashchilar · Forum qoidasi · Izlash · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Tafovut (Sokina yozgan hikoya)
SokinaДата: Воскресенье, 14.10.2012, 19:33 | Сообщение # 1
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Vasila bolaligidan ham diniy ham dunyoviy ilmga havasmand.

Добавлено (19.09.2012, 07:28)
---------------------------------------------
Negaki,uning oilasida shunaqa tarbiyaviy muhit hukmron edi.Ilmga chanqoqligi uni tengdoshlaridan köra ilgariroq maktabga yetakladi.Psixologlarning ming bitta chig'irig'idan ötgan Vasila maktabda ham bilimi,kuchli xotirasi,zehnu-farosati bilan tezda öqituvchilar tiliga tushdi.U deyarli köpchilik uchun sevimli qizaloq edi.Sinfdoshlari ham uning odobiga,bilimdonligiga havas bilan qarashardi... . Shu taxlit kunlar,oyu-yillar ötaverdi.Köz ochib yumguncha,bolalik onlari shöx-shodon qiyqiriqlari bilan orqada qolib ketdi.O'smirlikning ancha özgaruvchanligi,ruhiy-hissiy tarqoqligi va hakoza his-tuyg'ulardan iborat hayotiy bosqich ularni eshik ochib kutib oldi. Maktab hayoti,ustozlarning bilim berish darajasidagi tafovutniyam öquvchilar allaqachon anglab yetgandi.Shunga köra,talabchan va bilimni puxta biladiganlar,ya'ni qadrli hamda öziga ishonmagan,bilimi past ya'ni qadrsiz ustozlarni ham toifaga ajratib olishgandi.Bitiruv sinfida ular uchun "qadrsiz" toifaga taalluqli ustozlari ulardan bilim talab qilishsa,tengma-teng tillashadiganlar ham aynan Vasilaning sinfidan edi.Ustozlari esa ularni tarbiyasizlikda ayblashardi. Vasila ham öz örnida gap mavridi kelganda,bir og'iz gap bilan öz haqiqatini aytardi ,qöyardi.Uning gapi esa köpincha,bu bahs-munozaralarga oxirgi nuqtani qöygandek bölardi. Haligi öqituvchining jon joyidan ötib ketib,unga qarshi biror gap aytolmasdi.Chunki,shu paytgacha bu öquvchi sha'niga biror nomaqbul gap-söz eshitmagani uchun,undan nima ayb topishni bilmay qolardi.Bundan tashqari uning aytgan gaplari vijdon sörog'iga savoldek jiddiy ta'sir körsatardi.Köpchilik sinfdoshlari öqituvchining aytgan vazifasi böyicha ham,Vasilaning fikri bilan albatta hisoblashardi.Tadbirlarda ham u yozgan stenariylar böyicha tayorgarlik körishib,doimo g'oliblikni qölga kiritishardi.Shunday qilib,maktabni tamomlagach,sinfdoshlarning hammasi har yoqqa tarqab ketishdi.Vasila ham kollejga hujjat topshirdi.Uning nazarida,yangicha hayot, qöshimcha bilimlar,yangi ustozlar maktabdan köra biroz viqorliroq bilim maskani uni kutayotgan edi...

Добавлено (08.10.2012, 22:06)
---------------------------------------------
Vasila kollejga borishga negadir unchalik oshiqmadi, oyog'i tormayotgandi.Dadasining qistovi bilan bazör öqishga jönadi.Yetib borguncha kechikkanini bildiyu,ammo shundayam shoshilmadi. Guruhini topib,xonaga kirganda ,allaqachon dars boshlanib ketgandi.Labini qip-qizil qilib böyab olgan kalta sochli öqituvchi ayol unga boshdan oyoq razm solib,machitga keldingizmi yaxshi qiz,deya pisanda qilib labini burdi.Vasila hayron qoldiyu,javob bermay indamay turaverdi.Uning örniga orqa partada ötirgan bir bola,darsga kelgan,deya zarda qilib baqirib javob berdi.O'qituvchining ingichka lablari yanada ingichkalashib ketgandek böldi. -Sendan söramadim chog'imda,etagini sudrab kampirlarga öxshab römol öranib olgani yoqib ketdimi deyman,deya terilaverib bitta chiziq holiga kelib qolgan qoshlarini haligi bolaga qarab chimirdi.Haligi bolayam Vasilani oxirigacha himoya qilishga qaror qildi shekilli dadil-dadil gapira boshladi. - Qani etagi sudralgani yöqku,undan keyin hecham kampirga öxshamaydi,bip-binoyidek qiz.Nima sizga öxshab yarimyalang'och kelsinmi,unda?,deya pisanda qilib zaharhanda kuldi.Uch-törtta qizlar ham,ustoz kiyimiga nima qipti,örangani öziga yarashganku,deya öqituvchiga e'tiroz bildirishdi.Bu gaplar unga yoqmadi shekilli baland ovozda öshqirdi.- Tur joyingdan,chiq yöqol dunyoni senga öxshaganlar buzayapti özi,deya haligi bola tomonga qarab yura boshladi.Vasila endi uning kiyimiga nazar tashladi.Yubkasi kaltaligi kamdek,orqasida yirtig'i ham bor ekan.Shu darajada torki,da'fatan qanday qilib kiydi ekan,degan savol kelishi tabiy hol.Koftasining matosining nafisligidan ich kiyimi bemalol körinib turardi.Bola turmadi,yonidagi bolaga nimadir,deb qöydi.O'qituvchi poshnasini qarsillatib tez yurib,oxirgi partaga yetib oldi.Shu payt bolayam örnidan turdiyu,qölini chalkashtirib köksiga yig'ib bepisandlarcha qarab turib:dunyoni menga öxshaganlar emas,sizga öxshaganlar buzayapti,deya öqituvchining koftasining yoqasidan barmoq uchi bilan ushlab,gapini davom ettirdi.Bu maykaning materialidan desam,maykayam xijolatku,deya öqituvchiga juda yaqin borib qulog'iga nimadir,deb shivirladi.-Ahmoq,itdan tarqagan deya,sökinish barobarida,shapaloqning chalsillagan ovozidan hamma bir chöchib tushdi.Vasila özi uchun bu mojoralar bölayotganidan xijolat tortib andishadan yig'lab yubordi.Uning miyasida bir savol qayta-qayta takrorlanardi,aybim nima?!...

Добавлено (11.10.2012, 20:38)
---------------------------------------------
Öqituvchi va guruhdoshi bir-biri bilan gapdan qolmasdan og'zidan shallaqi sözlar chiqib,dahanaki jang qilishardi.Vasila bu tekin tomoshani kuzatib turishga ortiq toqati qolmadi.Ikkalasiyam aqlini yegan ekan,deb qat'iy qarorga kelgach,köz yoshlarini tezda artdiyu, sinfdan chiqib ketdi.Kollej darvozasidan chiqayotganida ikkita öqituvchining norozi ohangda,ertadan paxtaga haydasharkan,degan gapini eshitib qoldi.Ichida ,juda yaxshi ekan,bu ajinaning turqini ancha payt körmas ekanman,deb jilmayib qöydi. U darvozaga yetguncha, onasidan örgangan autotrening mashqlari bilan özini özi allaqachon tinchlantirib olgandi.Vasila bu öqituvchining hulqi-ma'naviyati past ekan degan xulosaga kelib,uni tafovut hukmidagi beqadr ustoz toifasidan, deb baholadi.Maktabdagi "beqadr" ustozlari safidan ham ötkazib birinchi öringa loyiq deb topdi.Bu voqeani boshqa eslamayman,eslashga arzimaydiyam, deb qöydi... Ohista qadamlar bilan uyiga yetib kelganda peshinga yaqinlashib qolgan edi.Onasiga bölib ötgan voqea haqida lom-lim,demadi.Aytib , uydagilarining ham dilini g'ash qilgisi kelmadi.Faqat,kollej yoqdimi,degan savoliga javoban,ertaga paxtaga haydasharkan ,deb qöydi.- Vasila,senga necha marta aytganman ona tilingni tög'ri va öz örnida chiroyli qilib gapirgin,deb.Haydashmaydi,paxtaga hasharga olib borishadi.Haydashadi,degan söz bu örinda mollarga nisbatan aytiladi. Masalan,mashinani haydaydi,degan jumla borku,mashina jonsiz buyum bölgani uchun özini özi boshqarolmaydi. Haydovchi tomonidan haydaladi ya'ni boshqariladi.Xuddi shunga öxshash,paxta dalasiga ham faqatgina mollarni haydash mumkin.Odamlar esa paxta dalasiga olib boriladi yoki ketishadi,deya Gulsum ona erinmasdan qiziga tushuntirdi.-Uzr ayajon paxtaga olib ketisharkan.-Sen paxtaga bormaysan,deb Gulsum ona qat'iy ohangda aytdiyu, öz ishlari bilan mashg'ul bölib ketdi.Vasilaning shundog'am paxtaga borish niyati yöq edi.Paxta og'ir jismoniy ish ekani haqida tasavvuri bor. U umrida bunaqa og'ir ishlarni bajarmagan,undan tashqari yoshi ham kichik.Paxta terish oson yumush emasligini va dala muhiti mutlaqo uy sharoitidan farqlanishini köpchilikdan eshitgan. .. . Qishga yaqin paxta terimi tugab,darslar yana boshlanganda,Vasilaning darsga borgisi kelmadi.Uning xotirasida öshanda bölib ötgan nohush voqea gavdalandi. Shunday söng, öylab körib özicha oqilona qaror qabul qilib bir töxtamga keldi. Öziga nisbatan qat'iy ishonch ohangida maslahat berib gap uqtirdi: Vasila,bitta noma'qulni deb, kollejda öqishdan yuz ögirish yaxshimas.Hamma joyda bölgani kabi,u yerda ham yaxshi odamlar juda köp. Chumchuqdan qörqqan tariq ekmaydi.Sen unga qandayligingni körsatib qöy.Kerak bölsa,uning örni aslida qayerda ekanini körsatib qöyish uchun kurash. G'irrom öyin boshlasa,ana undan keyin özidan opkalasin... Kollej, uning otasidan qolgan mulk emas.Bölib ötgan voqeada sening hech qanday aybing yöq!,shu öylar bilan kollejga qarab yöl oldi...

Добавлено (11.10.2012, 21:34)
---------------------------------------------
Birinchi dars tarix. Tarix fani öqituvchisi tölaroq oq sochli kishi ekan.Oppoq sochlarini tepakalligini bekitishga harakat qilib shu qadar silliq taragan-ki ,tep-tekis va taram-taram bölib sochlar ajralib turibdi. U vazminlik bilan juda tushunarli tarzda mavzuni tushuntirdi.Dars oxirida Vasilaga qarab,dadang bilan birga öqiganmiz,deb kulib qöydi.Vasila uning gapidan hayron bölib qoldi,uni qanday taniydi? Tanaffusda guruhdoshlari bir-biri bilan qadrdonlardek suhbatlashayotganidan yanada hayratga tushdi.Ular bir-birlari bilan juda yaqinlardek hazil-huzul qilishar,laqablar aytib kulishardi.Vasila va yana besh-oltita talaba begonalardek indamay ötirishibdi.Bular paxtaga bormaganlar edi. Bir payt tarafkash "qadrdoni" kulib gap boshlab qoldi. -Vasila, sen paxtaga bormadingda,makaron shörvaga töymasang tarvuz ög'irlab keltirib berardim,qara dugonalaringni makaronga öxshab qolgan,deb Vasilaga qarab iljayib qöydi.Vasila javob qaytarmadi,kitobini olib varaqlab ötirdi.Bu bolaning ismi Jasur ekan.Uni guruhdoshlari guruh sardori etib saylashgan ekan.Qizlarning ayrimlari bilan tanishdi,shunda ham tashabbus ular tomondan böldi.Birinchi kun deyarli shu taxlit ötdi... Ertasiga,birinchi dars "beqadrlar röyxati" boshidagi tannoz öqituvchining darsi böldi.Kun sovuq bölgani uchunmi,ishqilib risoladagidek kiyimda edi.Qiyofa esa ösha-ösha...Vasilaga qarab,tanish chehralarku,deb istehzoli tirjayib qöydi.Keyin hech nima bölmagandek darsni boshladi.Uzoq davom etgan yöqlamadan söng,doskaga mavzu nomini yozdi.Öquvchilarga mavzularni bölib berdi.Keyin ketma-ket kitobdan öqitdi,shu bilan dars ham tugadi.Chiqib ketayotganda Vasilaga yaqin kelib,keyin menga uchrashgin,deb hech kim bilan xayrlashmay chiqib ketdi...

Добавлено (14.10.2012, 10:48)
---------------------------------------------
Vasila haligi rus tili öqituvchisiga uchrashmadi,kuratori Samiya Rashidovnaga uchrashib dars jadvalini sörash bahonasida,rus tili darsi qoniqarli ötilmagani haqida ogohlantirib qöydi.Dars tugagach tög'ri uyga ketdi... Kunlar har xil voqealar qurshovida ötaverdi.Vasilaga ayrim guruhdosh qizlarining tarang kiyinib olgani yetmaganday, qiz bolaga yarashmagan qiliq qilishlari yoqmasdi.Shu yoshidan beöxshov böyanib olishlaridan g'ashi kelar,sun'iy böyoqlarning inson salomatligiga zararlari haqidagi maqola va adabiyotlarni öqishga olib kelib berar va kezi kelganda haddidan oshganlarni döstona tanqid ham qilib qöyardi. Uning fikrlariga hammadan köp Jasur qöshilar va ösha qizlarga töpori gaplari bilan ayovsiz tanbehlar beraverardi. U Vasila bilan fikri bir bölgani uchun emas,tabiatiga bunaqa holatlar zid bölgani uchun ham unga yengiltak qizlar yoqmasdi.Buni esa yil boshida rus tili öqituvchisi bilan bölib ötgan tortishuvi bilan ham izohlasa bölardi.Ayrim qizlar tegishli xulosa chiqarishar ayrimlari esa biz bilan nima ishing bor,deya lab burishardi. Jasur hech nimadan qaytmaydigan,hech gapdan tap tortmaydigan bola edi.Guruhdagi sinfdosh qizi ham Jasurning maktab davrida körsatgan tomoshalarini-yu,mansabdor ota-onasining maktabga bergan yordamlari haqida guruhdoshlarga zavq bilan hikoya qilib berardi. Sinfdosh qizlari uning aytganlarini sözsiz bajarishlariga örgangani uchunmi,ayrim kursdosh qizlarining bu harakatlari unga erish tuyulardi.Gohida ularni rus tili öqituvchisidan ham battar kamsitib yig'latib mazax qilib ötirardi.O'zini hurmat qiladigan qizlar bilan nihoyatda muloyim gaplashar va ular uchun doimo himoyaga shay edi.Vasila boshida u haqida salbiy fikrda edi,keyinchalik fikri özgardi va ichida haqiqiy döst inson,degan bahoni berdi... . Vasilaning kiyinishi,römoli masalasida uch-tört öqituvchi gap boshlaganda,Jasur yana bir kasofatni boshlamasin degan niyatda tezda özi javob berardi:E'TIQODIM SHUNDAY!. Shu gap bilan öqituvchilar indamay qöyishardi.Bir kuni kursdoshlari negadir "g'özapoya",deya laqab qöyib olgan haligi rus tili öqituvchisi,he yöq,be yöq, hamma hijobdagi ayollar bomba bog'lab yuradi,özini portlatib yuboradi,deya "qiziq" gap aytib qoldi.Jasur ham ustamonlik bilan kesatib,kalta yubka kiyganlar ham bomba olib yuradi,faqat ular g'özapoyani portlatadi,deya javob qaytarganda butun sinf kulgudan portladi. "Gözapoya"ning avvaliga lablari gezarib,közlari allanechuk vahshiylashib,ahmoq deya tishlangancha sinfdan yugurib chiqib ketdi.O'g'il bolalar qiyqirishib kulishar,qizlar ham kulgidan özlarini töxtatolmay bir-birlariga qarab labini tishlab qöyishardi.Faqatgina Vasila hech narsaga tushunmasdan,ruchkasini öynab tabassum qilgancha ötirardi...Besh-ön daqiqadan söng kurator qilib kelganda,g'ala-g'ovur tinchidi...

Добавлено (14.10.2012, 14:38)
---------------------------------------------
Samiya Rashidovnaga bölgan voqea qanday tarzda yetib borgan bu bizga qorong'u.Ammo,jiddiy ohangda Jasurga qarab,sen starosta böla turib,öqituvchingga maynavozchilik qilsang,boshqalar nima qilsin?,deya koyinib gapirishidan yetkazuvchi taraf,xöp kuyib-pishib tushuntirgan körinadi. Jasur pinaginiyam buzmasdan miyig'ida jilmaygancha, ustoz g'özapoya yonganda hid chiqaradimi?,deya tomdan tarasha tushgandek "garangsirab" bergan savoli yana battar kulguga sabab böldi.Bu safar öqituvchining özi ham ichagi uzulgudek kuldi.U kulgudan özini töxtatolmasdan,boshini sarak-sarak qilib kulardi...

Добавлено (14.10.2012, 15:17)
---------------------------------------------
Hamma miriqib kulib bölgach,Samiya Rashidovna eshikdan boshini chiqarib bir qarab qöydi-da,yaxshiki shpiyonlar yöq ekan.Jasur ög'lim,shu öqituvchingga vaqtincha xöp,deb tur.Yaqinda joyi chiqsa uzatvoramiz,keyin hamma tinchiydi,deb insofga chaqirib samimiy ohangda tushuntirdi. Köpchilikka uning xarakteri yoqmaydi,ammo ilojimiz yöq.-Iya hali onasi öpmagan hurliqo deng,ustoz,deya Jasur piqillab yana gapida davom etdi,hoy Ubaydullo shuni senga ötkazvorsakchi?,deya quvlik bilan jörasini bir turtib qöydi. -O'zi gap nimadan chiqdi?,deya öqituvchining tuyqus bergan savoliga ham Jasurning javobi tayyor ekan,shartta javob berdi.- Vasila paxtaga bormagani uchun yiqqan g'özapoyalaringni portlataman,deb araz qiluvdi.Shunga jahli chiqib ketib qoldi. Bu gapga kulmagan ham kuldi.Keyin qizlar chuvillashib bölgan voqeani kuratorga tushuntirdi. - Tavba,oliy ma'lumotli öqituvchini fikrlashi qanchalar tor-a,deya past ovozda g'udranib qöysada,butun sinf eshitdi.Jasur va Vasilaga qarab,ikkalangam onalaringga aytinglar ertaga menga kelib uchrashsin,deb sinfdan chiqib ketdi.Jasur baland ovozda baqirib qoldi,ustoz onamlani ovora qilib nima qilaman,özim otvechayu,deya Vasilaga qarab,qörqma özim bor,deb kulib qöydi.-Hecham qörqayotganim yöq.Nega qörqaman,aqling joyidami,deya achchig'lanib javob bersada,aslida bu bolaning hozirjavobligiga tan berayotgandi.Vasila onasiga bölgan voqealarning aytish lozim,deb öylaganlarini yotig'i bilan aytib berdi.Onasi biroz öylanib turgach,yaxshi ertaga kuratorigga xat yozib beraman,öqimasdan olib borib berasan,dedi.-Nega özingiz bora qolmaysiz? qiz norozi ohangda töng'illadi.-Vasila,qizim sen aytgan gaplar ovoza qilishga arzimaydi.Kollejga borsam,yöq joydan köp mish-mish tarqaladi.Vasilaning onasi kepti,deyishadi.Nega kelibdi,degan savolning javobi har xil böladi.Qanday bölishidan qat'iy nazar,ösha ustozingni gözapoya,deyishlari notög'ri.Sen xatni olib bor,agar shundayam borish kerak bölsa,boraman.Shu bilan boshqa gapga hojat qolmadi.

Добавлено (14.10.2012, 16:34)
---------------------------------------------
Ertasiga onasi bormasayam,shundog'am butun kollejga duv-duv gap tarqalib ketibdi.Faqat bu voqeaga na Vasilaning, na kuratorning va na boshqaning nomi umuman aralashmagandi."Jass va G'özapoya mojorasi",deya tarqalgan mish-mishda hijoblilar haqida aytilgan böhton haqida hatto,bitta söz ham yöq edi.Sinfga kirib borganda,Jasurning sinfdosh qizi Mohinur kulib turib Vasilani chetga tortdi-da,kecha bölgan voqeani aytib berdi.Kecha sen ketgandan keyin,Jass voqeaga kuratorniyam ,hijobniyam,Vasilaniyam aralashtirmanglar,bitta ortiqcha gap chiqsa ayamayman,deb hammamizga tayinladi.Jass seni sevadi,yaxshi köradi bilasanmi u seni avvaldan taniydi,deya tusmolladi.Lekin,Vasila bunday fikrda emasdi.Shuning uchun,qat'iy javob berdi.- U faqat meni emas,hamma vaqt haqiqatni himoya qiladiku,özing ham buni mendanam yaxshi bilasan.Har xil gap chiqarma,u senga qanday döst bölsa,menga ham xuddi shunday döst! Uning keskin javobini kutmagan Mohinur,tögrisini aytsam uni men yaxshi köraman,deya dugonasiga uyalganicha shivirlab,sirini ochdi... Vasila kuratorga onasining xatini berdi,ertasiga uni Jasur bilan birga guruhga sardorlik etishini tayinlaganda,nafaqat boshqalar balki,özi ham hayron qoldi.Bu gapni eshitgan onasi ham avvaliga hayron qolgan bölsada,söng demak seni shunga loyiq topibdi,sen öqishdan boshqa narsani öylama,deb qöydi... Vasila faqat tadbirlardagina guruhini oldinga olib chiqish uchun yetakchilik qilar,xuddi maktabdagidek talabchanlik bilan tayyorgarlikni boshqarib turardi... . Ammo,kollej hayotida közböyamachiliklar shunchalik köp edi-ki,sanab adog'iga yetib bölmasdi.Ortiqcha dahmazalar talabalarni faqatgina öqishdan bezdirishga olib borardi. Bora-bora boshqalar kabi u ham öqishdan sovib ketdi... . Bitiruvchi kursda öqiyotganda,tafovut hukmidagi noaniqliklar yaqqol közga tashlanib turardi.Hatto, eng talabchan,ma'suliyatli va bilimli öqituvchilarning ham pora olishi haqida ochiqdan ochiq suhbatlar bölardi.Yana ösha tanish holat: qadrli va qadrsiz ustozlarning röyxatini har bir talaba köz ochib-yumguncha sanab berardi.Bilim bermay turib,bilim talab qiladigan ustozlar ham maktabdagidan köra köproq edi...

Добавлено (14.10.2012, 18:24)
---------------------------------------------
Kollej davri talabalarni shunchalik öqishdan bezdirgan ekan-ki,guruhdoshlarining aksariyati oliygohga hujjat topshirishdan köra,biror foydaliroq hunar örganishga kirishib ketishdi.Kursdoshlar ahyon-ahyonda yig'ilishib turishardi. Shunda ham Jasurning tashabbusi bilan diydorlashib turishar u oliygohda öqisada döstlari uchun ham vaqt topardi.Hamma döstlarini öqishga- ham diniy,ham dunyoviy bilimini oshirishga chaqirardi. Ayniqsa,ög'il bolalarga bu haqda qat'iy uqtirar,hatto talab ham qilardi.Bir kuni kursdoshlar yig'ilishganda,hamma raqsga turib ketganidan foydalanib,u Vasilaga sevgi izhor qildi.Ammo,qiz uning gapini jiddiy qabul qilgisi kelmadi. Jasurni faqat döst sifatida qabul qilgani uchun,achchig'lanib bunaqa gaplaringni gapirma,deb keskin javob qaytardi.U esa siniq jilmaygancha,hoy qizaloq ,özingdan kattaga sen deb gapirma,mayli bu haqda katta qiz bölganingda yana gaplashamiz, deya mahzun kulib qöydi.Shundan keyin,Vasila yig'ilishlarga mutlaqo bormaydigan böldi... Ammo,eng dahshatli voqea keyinchalik ayni izg'irin kuz kunlarining birida sodir böldi. Jasur avtohalokatga uchrab vafot etgandi... .Ana shunda Vasilaning köz öngida u bilan bog'liq birinchi va oxirgi bolib øtgan voqealar gavdalandi.Jasurning döstona mehrini, samimiyligini his qilib köz yoshlariga zör berdi.Nega?,degan adoqsiz savollariga javob topolmay,xayolan dösti bilan gaplashardi.Ana shunda, onasiga bu haqda söz ochdi.Onasi uning gaplarini tinglab turib,ajal Haq taolodan,O'zi rahmatiga olsin,iloho.Allohim özi suyganlarini bu dunyoda uzoq qoldirmaydi.U bolaning tuyg'ulari chin dildan samimiy bölganiga shubham yöq,ammo sen özing unga nisbatan nimani his qilasan,sen uchun ana shunisi muhim,deya mayin ohangda javob berdi. Vasila uni öziga jon döstim,deb qabul qildi.Gohida yodiga tushganda Jasurning siymosini köz oldiga keltirib,sen eng yaxshi döstsan Jass! , deya öziga özi taskin berib qöyardi... . Kursdoshlari bilan hammalari yig'ilishib,Jasurning uylariga borishganda onasining bözlagan faryodi yuraklarini sel qilib yubordi.Bir soniyada jigarporasidan ayrilib telbaga aylangan onaga nima deb taskin berishni ham bilishmasdi.Gulnora ona Vasilani bag'riga bosgancha zor-zor yig'lardi.Ular Jasurlarning xonadonida uzoq qolib ketishdi,ketamiz deganiga Gulnora ona qöymadi.Bolaginamni sog'inib ketdim,sizlaram tashlab ketmanglar,deya bözlab yig'laganiga inson zoti chidab turolmasdi. Uning bölib ötgan voqealarni aytib-aytib yig'lashi,mast haydovchini qarg'ab,menga öxshab bolasining kuyigida qolsin,deya alam bilan nola qilishlariga hatto ög'il bolalar ham yig'lab ötirardi... Vasila ham uning yelkasidan silab,xolajon kuyinmang,Allohimning ishi-da ,deya köz yoshlari tinimsiz quyilib jimgina yig'lardi. Xonaga Jasurning dadasi kirib,ayolini tartibga chaqirdi.-Böldi,yig'lama bas qil dod-faryodingni.Qörqitayapsan bolalarni. Koshki,yig'laganga qaytib kelsa,deya lablarini qattiq tishladi.Chuqur xörsinib,surai Fotihani öqib boshlaganda,Gulnora ona hiqillagancha telbavor nigoh bilan bir nuqtaga tikilgancha behol ötirardi... . Oradan yillar ötsa-da,Vasila ayrim katta yoshlilarning johilliklarini körsa, negadir dösti Jasur yodiga tushaverardi.TAFOFUT hukmidagi bu manzara,eng adolatsiz mezonlardan biri deb öylardi.Bu dunyoning qolipi qiyshiq ishlaridan ozor chekmagan birorta kishi bormikan?! Qolipni qiyshaytirgan qanchadan qancha odamlar-chi,ularni ham yer kötarib yuribdiku?! ... Vasilaning nazdida Jasur nihoyatda kam umr körsa-da,ana shu ayrim johil keksa kimsalardan köra mazmunliroq hayot kechirgandi...

Добавлено (14.10.2012, 18:33)
---------------------------------------------
Xotima. Tafovut manzalarini kuzating,ilg'aganingizni sodda tushunchalar bilan mulohaza qilib köring.


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
SoginchДата: Среда, 29.05.2013, 11:30 | Сообщение # 2
Группа: Qadrli mehmon





Jasur eng yaqin dosting bolgsn ekan.Allohim ozi suyganlarini bu dunyoda kop qoldirmaydi.Bu gapni ham ayanglar bilmasdan aytmaganekanlar...
 
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:
Flag Counter