Вторник, 03.12.2024, 22:32
Hush kelibsiz Mehmon | RSS

Yozgan hikoyalarimiz - Giyos/FORUM

[ Yangi izohlar · Qatnashchilar · Forum qoidasi · Izlash · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Yozgan hikoyalarimiz
GiyosДата: Воскресенье, 20.02.2011, 12:38 | Сообщение # 1
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Hikoya yozing.
 
ParvinaДата: Понедельник, 21.02.2011, 17:03 | Сообщение # 2
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 24
Репутация: 5
Статус: Offline

Rayhona & Parvina

"Билмагандим" … Танишган кунларимдан хаётим мазмуни "ёлгиз узинг" эдинг. Купрок билиб борганинг сари мени азоблай бошладинг. Сени-чи "ёлгизим" деб атаган эдим. "Севгилим", "сен билан" "бахтли буламан" деб орзу килганман. Лекин кандайдир тусиклар пайдо булиб "шундай хаёт" эканлигига икрор була бошладим. "Хуп майли" бизнинг ишкий заргузаштларимиз давом эттиишида "бир дона суз" аядинг. Факат хаёлингни мен оламан деб, уй-хайёллар тинч куймас эди. "Доимо" согиниб яшардим. Кандайдир киз хаётингда пайдо булиб, бари бир мени урнимни босаолмаслигимни тан олдинг. Эсингдами мени эркалардинг "Эркатойим" дердинг, "факат мухаббат"им сенсан! "Хеч айрилма"ймиз деяр эдинг. Такдир такозоси билан мен сендан йироклашада бошладим. Чунки менинг узимга яраша гурурим бор, йул куймасди. "Ёдингдами?" Менга берган ваъдаларинг факат бизнинг "уртамизда" колиб кетган. Мен хеч кимга "айтаолмайман" ва эртага нима булишидан катъий назар "катаолмайманам". Кеча ишхонамга келдинг. Куркдингми нима булди улиб кетдими деб, кунгирокларинга жавоб йуклигидан ё хавотир олдинми? лекин мен бахона килиб келганингни дарров пайкадим. Хар сафар келганингда "ёлвориб" мени "унутма" дейсан! Ва унутмаслигимни сурайсан. Аммо буларни энди кимга кераги бор билмадим. "Сени хаётим дедим, ёлгиз атадим," аммо сен билмадинг. Маст булиб колганинг шундок билиниб сезилиб турарди. Аммо мен бу туришни гуёки олдиндан сезгандайман. Севиб колмагандирман тагин билмадим. Унда нима бу? Нега куча куйда бирон бир болани учратиб колсам кузимда у булиб куринади. Англайолмадим.
Тугрисини айтсам "айрилик" азоби бу уткинчи, вактинчалиб деб уйлардим. Аммо "борлининг"ни унутиш мен учун жуда огир. Уйлайманки колган умрим давомида менга хаёт "бир йул" курсатаолади ва мен бу йулдан адашмасдан бораман. Ушанда "бахтли кунларга ассалому алейкум дейман!" "Ота-онам дуоси” оркали эртага албатта "бахтли буламан". Ёруг кунлар "кайтади" мен "севавераман!" Килган хатоларим учун "илтижо" килиб "тавба киламан." "То хаёт эканман" хаёлинг билан яшайман. Майли мени кизлар айбласин, майли дунё захматлари ёлгиз менга кадалсин, мени нигохларингдан айирма. Олисдан булсада бир бор дийдорингни курсам, Жамолигга махлиё булиб, васлингга колсам дейман "афсус" бунинг хеч иложи йук! Мен орзу килган инсон эдинг. Яна качон, каердан бундай идеал инсонни учратаман? Билмадим. Хозирги кунда жуда асабийлашганман. Хар бир кунгирок мен учун ортикча гуёки сен йук ва хаёт тамомдек. Ахир хаммаси олиндаю атиги 20 ёшдаман аммо у каби мехрибон инсонни учратармиканман....
Хаёлларга бериламан, осмонга карайман, кушларни сайрашига кулок тутаман у менга тинчлик, узимги англаб олишга ёрдам беради аммо бари бир кайдайдир бушлик борлигини эсдан чикапиш бир мунча вакт утиб кетишига сабаб булади. Узимга узим савол бераман "мен неучун яралдим" нахот хаммаси вактичалик булган булса, майли менга тушунтиршнинг хеч хам кераги йук "сузлама" эшитишни хохламайман биламан хамиша ман айбдор булиб келган сен гуёки бегунох фариштасан. Аммо бунчалик узингга ишонма!!!
Куча - куйда сани учратганда узимни "бегона" лардек тутаман. ахир бу огир жазо булса керак. Шунга хам мен билан саломлашмай утиб кетмайсан. Нега бунчалик сандан нафратланаман ахир бари бир севаману лекин сенга билдирмасликка харакат киламан. Сан севишимни “била туриб” аcабларимга тегасан. Хар сафар кайтишимни кутишингни айтасан ахир манга хам юрак бору ноиложман кайтмайман. Мен кураша олмайман.... канотлари синган... йук йук канотсиз десам ишончлирок буларди ахир нажот кушим сен булгансан мени сайрашга, уйнаб-кулишга, харакатларимни бошкара олгансан эндичи на бир канотсиз кушман на канотли кушман!....

 
JASMINAДата: Среда, 23.02.2011, 06:38 | Сообщение # 3
Jasmina
Группа: Talaba
Сообщений: 7
Репутация: 0
Статус: Offline
ha ajoyib hikoya smile
 
zolushkaДата: Пятница, 25.02.2011, 14:27 | Сообщение # 4
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 4
Репутация: 0
Статус: Offline
bir kun yozarmiz
 
GiyosДата: Пятница, 16.03.2012, 15:37 | Сообщение # 5
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Beg'uborim edingku. . .

Erta Bahor. . . Illiq yomg'ir ezib yog'moqda. Akmal darchadan kirayotgan yomg'ir hididan to'yib to'yib nafas oldi. Bu hid uni hotiralarini qo'zg'atib yubordi... Afsus bilan esladi...
Erta Bahor. Singlim... Hoy singlim. Bu yoqga kegin. Meni ko'ylagimni tugmasi uzilibdi. Ushani taqib bergin. Ishga kech qolayotgandim. Men sen tikguningcha choy ichib turaman. Akmal singlisi Nargizaga ko'ylagini berib o'zi oshxona tomon ketdi. Nargiza akasi uchun oshxonada nonushta tayyorlab qo'ygandi. Akmal nonushta qilib bo'lib, xonasidan ko'ylagini oldi. Yangi taqilgan tugmani tekshirib ko'rdi. Mustaxkam. Xonadan turib singlisiga "rahmat" deb baqirdi. Singlisi unga javoban "Bitta shokalad sizdande" deb kulib qo'ydi. Akmal kiyinib bo'lib shoshib chiqib ketdi.
Oilada ular 3 kishi yashashardi. Akmal, Nargiza va onasi. Akmal avtobus xaydardi. Ishga erta ketib, kech qaytardi. U o'z ishini yoqtirardi. Avtobus haydashni bolaligidan yoqtirardi. To’g’ri bu kasbni orzu qilmagan bo’lsa ham, lekin yoqtirardi. Maktabni a'lo baholarga o'qib bittirgandi. Kollejda ham qizil deplom bilan bitirgan. Hamda o’quv fanlaridan o'tkazilgan olimpiadalarda Respublika bosqichada 2 ta fandan qatnashib, ikkalasidan 1 chi o'rinni egallagandi. Bu degani hohlagan oliygohiga imtixonsiz o'qishga kirishi mumkin degani edi. Lekin Akmal o'qishga sharoiti yo'q edi. Yolg'iz o'g'il. Onasini bir o'zi ishlaydi. Topgani yeb ichishdan ortmaydi. Keyin kiyim kechak degan narsalar. . . Bularni hammasiga bir o'zi qiynalardi. Keyin u tungi payt ishlab, kunduzi uyga kelib dam olardi. Akmal “oilani o'zim tebrataman” deb hamma orzularidan kechdi. U o'ziga yoqadigan haydovchilik kasbini egaladi. U endigina 23 yoshga kirgandi. 1 yildan beri avtobus haydaydi. Singlisi Nargiza undan 5 yosh kichik. Bu yil kollejni bitiradi. Akmalni yana 1 orzusi singlisini oliygohlarni birida o'qitish. “O'zim o'qimaganga yarasha singlim o'qisin” deydi. Singlisiga juda mehribon. Hech qachon hafa qilmagan. Nima so'rasa yo'q demaydi. O'qishiga nima kerak bo'lsa, hamma sharoitni qilib beradi. Singlisini juda yaxshi ko'radi. Kimdir singlisini hafa qilib qo'ysa, uni tazirini bermay qo'ymadi. Mahallada deyarli hech kim Nargizaga "gap otish" uchun ruhi betlamsdi. Akmal o’zi uylanishidan oldin singlisini uzatadi. U uchun singlisni baxti muhim. Afsuski singlisi uchun ko’p vaqtini ajrata olmaydi. Singlisi deyarli yolg’iz o’sdi. Akmal “ish ish” deb hammasidan voz kechdi. Akmal otasini deyarli eslay olmaydi. Onasidan so’rasa “otang o’lgan” degan javobni oladi. Otasiz o’zi o’stirdi. Kuni o'z ishi, avtobus haydash bilan o'tadi. Bir xil kun tartibi. Yoshligidan ish ish, onasiga yordam berish bilan katta bo’ldi. Deyarli ishlamasdan o’tgan kunini eslay olmaydi. Shu sababli o'rtoqlari bilan bundoq choyxona va kafelardagi ziyofatlarda o'tira xam olmadi. Endi oyoqqa turib, kollejdagi kursdoshlari, ishxonadagi hamkasblari bilan ulfatchilik qila boshladi. Unda ham oyda 1 marotaba. Akmal oldin bunday o'tirishlarda bo'lmagani uchun o'zini noqulay sezardi. O'tirish tong otar davom etardi. Mayshat avjiga chiqgan payt qizlar chaqirilardi. Ziyofat endi qizlar bilan davom etardi. Qizlarni yetaklab alohida xonalarni band qilishlar boshlnardi. Akmalga bu holat begona edi. Bu yerda o'zini begonadek his qilardi. Oldin qizlar bilan yurmagan, qo’lini ham ushlamagan bola edi. Qizlarni farishtadek ko'rardi. Ko’chada bolalar qizlarga gap otsa jahli chiqardi. Aytardi, axir senlarni uyingda ham singling, yoki opang bordir! Ularga begonalar gapirsa senlarga yoqadimi? deb. Bu yerga kelgan qizlarni ko'rib, fikri o'zgardi. “U meni atrofimda yaxshi qizlar bo'lgan ekan. Endi-endi qizlarni olasini ko'rayotgan ekanman. Nega bu qizlarni oilasi erkin qo’yib yuborgan ekan? Bularni akasi, otasi yo’qmi? Nazorat qilmaydimi? Exx essiz...” deb o'ylardi. Shunaqa o'tirishlardan 1 - 2 tasidan keyin, o'rganib ham qoldi. Bunday qizlar u uchun oddiy holdek bo’lib qoldi. Hattoki qizlar bilan alohida xonaga ham kirdi. Albatta o'z hohshi bilan emas. Hamkasblarini taklifiga binoan qizlardan biri uni taklif qildi. Yarim yalang'och qizga kim yo'q deyrdi. Akmal ming tarbiyali bo'lgani bilan u ham yigit kishi. Unda ham nafs bor, extiros bor. Qizni noz karashmalarga bo'yin egolmadi. Qo’l ushlashib xonaga kirib ketdi... Xonadan chiqishi bilan hamkasblari baqir chaqir qilishdi: “Tabriklaymiz! Erkak bo’lding. Malades!!! Yashavor erkak!” deb uni maqtashdi. Bunday kayfi safo Akmalga ham hush yoqa boshladi. Ishdan charchab kelib maishat qilish kimga yoqmasdi. Mana bugun ham kollejdagi sobiq kursdoshlari bilan ziyofat bor. Tong otar ziyofat. Tushlik mahal Akmal avtobus haydab ketayotib bir narsa esiga tushgandek sapchib ketdi: “Vay Nargizaga bugun kelmayman, deb aytmabmanu. Havotir olmasin” deb singlisiga telefon qildi. Lekin singlisi telefonni ko’tarmadi. Onasiga telefon qildi. Onasi ham javob bermadi. “Onam bunday payt uyg’oq bo’lardilarku. Nega javob bermayaptilar, Nargiza ham” deb hayol qildi. 15 daqiqlardan keyin Nargiza qaytib telefon qilib, eshitmay qolganini aytdi. Shundan keyin Akmalni ko’nglidagi g’ashlik ketdi. U singlisiga bugun tug’ulgan kun borligini uyga kech kelishini aytdi. Shu bilan kun kech bo’ldi deganda Akmalni avtobusi buzulib qoldi. Bu o’lganni ustiga tepgandek bo’ldi. Ustaxonaga qaytib kelib , avtobusini tamirlatdi. Avtobus tamirdan chiqguncha yarim tun bo’lib qoldi. Rosa charchadi. Uyga qaytib bordi. Ziyofatga boradigan ahvoli qolmadi. Uyi oldiga kelishi bilan hamkasblaridan biri telefon qilib nega kelmayotganini so’radi. Akmal charchaganini bahona qildi. Hamkasbi gapga usta bola edi. U Akmalni kelishga ko’ndirdi. Hozirda Akmalni nozik joyi bo’lib qolgan “qizlar”ni ham kelib bo’lishganini aytdi. Akmalni tezroq kelishi uchun qo’shib qo’ydi: “Yosh yoshidan. Kollejni studentkalari. Bittasi seni kutib o’tiribdi. Seni rosa maqtadim. Sen kelganingda haydovchiman demagin. Seni Bankir deb tanishtirdim” deb. Akmal miyg’ida kulib qo’ydi. Akmal eshikda qulfni ko’rib ajablandi. Nargiza qayerga ketibdi? Menimcha onamga yordam bergani ketgan bo’lsa kerak. Men onamga aytgandimku, Nargizani chaqirmang deb. Baribir olib ketibdilar” deb o’ziga o’zi gapirdi. Va nihoyat aytilgan joyga yetib bordi. Kursdoshlari qarsak chalib uni kelishini kutib olishdi. To’rdan joy berib, oldiga aroqdan quyib uzatishdi. Akmal charchoq bosdi qilib aqorni bitta ko’tarishda ichib yubordi. Ketidan ovqat berishdi. Kursdoshlari endigina yeb bo’lishgan ekan. Akmal ham tezda yeb bo’ldi. Xonada yarim yalang’och qizlar yigitlarni tizzasiga o’tirib olib nimanidir gaplashib o’tirishardi. Keyin telefon qilgan kursdoshiga menga “atalgani” qani deb so’radi. Kursdoshi tirjayib “ichkarida” deb ishora qildi. Akmal dadillik uchun yana aroq ichib oldi. Ichkari xonaga kirmoqchi edi kursdoshi to’xtatdi. “Hozir u band, vaqtli kelmading! Seni kutib turolmadi. Hozir chiqib qoladi” dedi. Akmal qizlarga qarab hayol surib o’tirardi. U oldingidek hayol surmasdi. Hozir o’zgargan. Aroq ichadi. Chekadi. Qizlar bilan “yuradi”. Onasini bergan tarbiyasini unutib bo’ldi hisobi. Ona tarbiya beribdiku, lekin irodasini tarbiya qilishni unutibdi. Shaytoni do’stlari uni yo’ldan adashtirishdi. Akmal charchagani uchun ko’zi yumila yumila boshladi. Ko’zi g’ira shira ko’rardi. Alohida xonani eshiki ochildi. Ichkaridan bir kursdoshi yalang’och qizni quchoqlab chiqib keldi. Akmalni uyqusi o’chdi. Qizni yuzini ko’rishga qiziqdi... Ko’rdi. Ko’rdiyu turgan joyidan qaytib o’tirib qoldi. “Nargiza” deb oxista pichirladi. Hamma narsa ko’zi oldidan tezda o’tdi. Ichgan arog’ini kayfi ham tarqadi. 5 soniya o’tirgan bo’lsa ham, bu u uchun uzoq edi. Nima bo’layotganini anglashga aqlli ojizlik qila boshladi. Nargiza ham qotib qoldi. Nima qilishini bilmay qoldi. Akmalni kursdoshi hammon uni ko’tarib turibdi. U kulib: “Men bu bilan 6 oydan beri uchrashib yuraman” deb yonayotgan yog’ ustiga benzin sepdi. U bu qiz Akmalni jonajon singlisi ekanini qayoqdan bilsin. Akmal chiday olmadi. Stol ustida turgan pichoqni olib kursdoshi tomon yugurdi. Nargiza tushib, yerdan kiyimlarini olib qochdi. Akmal kursdoshini ko’kragiga pichoqni tiqib-tiqib oldi. “Senmi meni singlimni ifatini buzadigan” deb qo’ydi. Hamma yoq qon bo’lib ketdi. Hech kim nima bo’layotganini tushunmasdi. Nargiza ketib bo’lgan. O’rtada ko’zlari nafratga to’lgan, usti boshi qon bo’lgan Akmal qo’lida pichoq ushlab turibdi. Yerda esa kursdoshi jon bermoqda. Pichoq uni yuragiga sanchilgandi. Hech kim Akmalga yaqin yo’lashga botinolmasdi. Hamma qo’rqayotgandi. Akmal eshik tomon yurib: “Meni singlim bilan ham shunday ish qilasanlarmi?” deb ohista gapirib chiqib ketdi. Endi hamma nima bo’lganini tushunib yetdi. Akmal usti boshi qon ahvolda, qo’lida qonli pichoq bilan o’zi bilmagan tomonga qarab ketib borardi. Boshida turli hayollar. Turli o’ylar... Nomusini yoqotgan singlisi uchun or nomus qila boshladi. O’zini nomusini yangi yoqotgan qizchadek his qilardi. Mahallasiga qaytib borsa hamma uni ustidan kulib, ola qaraydigandek. U sharmanda bo’ldim dedi. U uchun hayot mazmuni bo’lgan singlisi fohisha bo’lib yetishibdi. Nahotki sezmadim deb takrorlardi. Shu zailda tongga qadar yurdi. Yurib yurib o’z uyiga kelib qolibdi. Qo’lida hamon pichoq turibdi. Uni hayoliga singlisini o’ldirish keldi. Bu sharmandalikdan, fohisha singlisidan uni murdasi afzal dedi. Eshikda qulf yo’q, demak singlisi uyga kelgan. Uyga kirdi. Uni onasi kutib oldi. Endigina kelgan ekan. Qo’lidagi sumkasini qo’ymagan ham. O’g’lini ahvolini ko’rib qo’lidagi sumka yerga tushib ketdi. Akmal onasiga qarab: “Ona siz meni usti boshimni ko’rib hayron qolib qo’rqib ketdingiza? Ha men odam o’ldirdim. Hozir odam o’ldirib kelyapman. Shuning uchun usti boshib shu ahvolda (Qo’lidagi pichoqni yerga zarb bilan urib sanchib qo’ydi). Ona agar siz hozir ichimni ham ko’rganingizda edi... qo’lingizdagi sumka emas, o’zingiz yerga tushib ketardingiz. Meni kechiring. Biz sharmanda bo’ldik (Bu payt ona yerga cho’kkalab o’tirib qolgandi). Onajon meni kechiring. Sizga munosib o’g’il bo’la olmadim. Oq sutingizni oqlay olmadim. Meni kechiring” dedi. Ona hamon bir nuqtaga tiklib o’tirardi. U nima bo’lganini endi endi anglab yetayotgandi. Uni o’g’li qotil bo’lgandi. Qo’li qonga belangandi. U nega bunday bo’lganini tushunmayotgandi. Gapirishga majoli ham yetmadi. Zo’rg’a qaltirab “nega?” deya oldi. Akmal eshikka suyangan holda: “Siz ish-ish deb bolalaringizni to’liq tarbiyasini esdan chiqardingiz. Siz bizga irodani o’rgatmadingiz. Nafs quli bo’lib, nima qilayotganimizni esdan chiqardik. Mana oqibati. Nargizaga e’tibor qilmay qo’ydingiz. U fohisha bo’lib ketibdi. Men uni ushlab oldim. (Ona tamom bo’ldi hisob, yuzidan rangi qochdi.) Siz meni kechiring. Ona men odam o’ldirdim. Meni endi qamashadi. Yana bir bor bergan oq sutingizga rozi bo’ling” dedi. Shu payt eshik taqillab, eshikdan Militsiya xodimlari kirib kelishdi. Akmalni qamoqxonaga olib ketishdi. Yerda qotib qolgan onaizor hamon tikilib o’tirardi. O’g’limni olib ketmanglar deb yig’lashga ham holi qolmagandi. Qancha vaqt o’tirdi bilmadi. Sal o’ziga kelib, o’rnidan turdi. Uy ichkarsiga tebrana tebrana keta boshladi. Ona ichkarida qo’lini tomirini kesib, o’lib yotgan qizi Nargizani murdasi borligini bilmasdi... bu zarbaga chiday olmadi. Eshik ostiga yiqildi... farzandlarini rohatini ko’raman degandi. Lekin u do’g’ini ko’rdi. Shu alamlar bir bo’lib ko’kragida qattiq o’g’riq bo’ldi. Qancha vaqtdir eshik ostida yotdi. Turg’azadigan o’g’li endi yo’q. Og’ziga suv tomizadigan qizi yo’q. Onada alam o’ti ko’kragida yondi. Allohdan qilgan gunohlari uchun kechirim so’radi. U qilgan xatolarini anglab yetishga ulgurmadi. Joni uzildi...
Akmal qamoqxonada darchasidan kirayotgan yomg’ir tomchilarini yuziga tushishidan zavqlanardi. Yuzidan yomg’ir oqishi huddi uni onasi silayotgandek bo’lardi. Yuzidagi yomg’ir tomchilariga ko’z yoshlar hamrohlik qila boshlashdi. Bo’g’ziga bir nima tiqildi. O’kirib yig’lab yubordi. Yig’lab yerni urardi: “Neeeegaaaaa? Nega unday qilding. Ahir jonajonim endingku! Meni beg’uborim edinku!!! Men senga yomonlik qilmasdimku!!! Nega onamni ham olib ketding? Men yo’lg’iz qoldimku...
P.S. Bir qaraganda hayotimizdagi oddiy holatdek ko’risnishi mumkin. Lekin birgina noto’g’ri qadam uchun 3 kishini umri zavol bo’ldi. Bu yerda kimni ayblash mumkin? Hamma har hil varyantni etishi mumkin. Kimdir akani odam o’ldirganlikda, agar u odam o’ldirmay, uyga singlisini ortidan kelganda singlisi o’lmasdi, o’zi qamalmasdi deyishi mumkin edi deydi. Kimdir singilni. Kimdir onani to’g’ri tarbiya bermaganlikda... hammani o’z fikri bor, o’z qarashi bor. Hozirda qizlarni ko’p iffatini saqlay olmay nafs quliga aylanishmoqda. Agar qizlar bu yo’lga kirmasa yigitlar hech narsa qila olmaydi... yigitlar ham nafsini tiyishi kerak edi. Bu yo’lga kirganlarda iroda yetishmaydi. Irodasi kuchli bo’lsa, sabrli, o’zini turli qiyishiq yo’llardan saqlay oladigan bo’lardi. Ona tarbiyasiga kelsak. Uni ayblash mushkul. Hamma ona farzandim yomon bo’lsin demaydi. Tuni kun farzandim boshqadan kam bo’lmasin deb yelib yuguradi. Shu orada tarbiya ham berishi kerak. Yosh bola xato qilsa onani ayblasak bo’ladi. Bola yoshlik qildi, ota-ona yahshi tarbiya bermabdi deya. Endi katta yigit kishiga, qizga bunday deb bo’ladimi? Uylantirsa, turmushga chiqarsa bolalik bo’lib, o’zini bolasiga tarbiya beradigan bo’lsa! Katta bo’lgandan keyin u o’ziga o’zi tarbiya berishi kerakmasmi? O’zi oq va qorani ajrata olish kerakmasmi? Kim aybdorligini topish kerakmasdir. Balki to’g’ri xulosa chiqarish kerakdir. Kimdir bu xatolarni takrorlamasligi uchun harakat qilish kerakdir. Kim biladi. Taqdir kimga nimalarni hozirlagan ekan...
© Giyos@mail.ru
 
LoadingДата: Пятница, 31.08.2012, 12:40 | Сообщение # 6
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Репутация: 7
Статус: Offline
Sabab
Quyosh horg'in ufqqa bosh qo'ydi. Uzoq-uzoqlardan esib kelgan shamol go'yoki uning nafasi edi. Yuzinga urilib tanangdagi so'ngi tomchi suvni xavoga sovuradi. Davron ham havo salqinlashganidan umidvor ko'chaga chiqdi. Mashinasini birinchi mijoz aytgan manzilda to'xtatdi. Pulni sanab mamnun jilmaydi. Qanidi hamma shunday ochiq qo'l bo'lsaydi deb yana mamnun jilmaydi. Svetafornin qizil chirog'ida to'xtab atrofni ko'zdan kechirdi. Yo'l chetida mijozlar ko'p, mashinalar esa ulardan ko'p. Ohirgi vaqtlarda ko'pchilik yoqilg'i pulim chiqsin deb yo'l-yo'lakay odam olib ketishadi. Meni esa trikchiligim shundan. Ey noshukur bo'may, karvoni ko'p dunyoga rizqini xam mo'l qilib qo'ygan. Davron mashinasini mijozlar olayotgan ulovlar ortidan to'xtatdi. Kutilmaganda matiz haydovchisi uni yon tarafdan siqib o'tib so'ngi mijozni ilib ketti. Davron burnidan tutini chiqib uzatish qutisini birinchi tezlikka urdi. Yo'lning narigi tarafidan kesib o'tayotkan qizni ko'rib mashinani bir qo'zg'atib to'xtadi. Qiz chiroyli, o'rta bo'yli edi. Lekin tunika va qora lasina uni baland bo'yli oyoqlarini tekkis va uzun ko'rsatib turibti. Yelkasiga yoyib tashlangan burama sochlari qizni yanada go'zallashtirgan. Davron hali yo'lni to'liq kesib o'tmagan qizga xizmatini taklif qildi. Qiz svetafordan qo'zg'algan mashinalarga qarab turib boradigan manzilini aytdi. Davronga gap qoldirmay nechpul berishini xam malum qildi. Haydovchi rozi bo'lgach oldi eshikni ochti. Davron qizni oldi o'rindiqqa o'tirishini istamadi, lekin extiyor mijozniki. Qiz esa huddi uni xayolini o'qigandek old eshikni yopib orqa o'rindiqqa joylashdi. Mashina ortidan tizilgan avtolar quloqni qomatiga keltirib signal berib do'q qilshni boshlashdi.
- Bo'ldi kettik! Yurin, yuraverin! -- qiz shoshgandan biror nimasi qolib ketmadimi deb buyumlarini kuzdan kechirdi.
- Qayoga shoshadi bular? Shoshib turgan bo'sa nega to'xtidi? Ketur, to'rimi? -- Davron "bokavoy" kuzgudan qizga qaradi. Qizni yuzini uning sochlari to'sib turibti. Qiz tinmay bir qo'li bilan sochini yuqoriga tarab qo'yadi. Sochi sirpanib yana yuzini to'sadi. Davron chiqillab yo'lga qaradi. Qiz sumkasini yopib hotirjam, qisqa uff torti. Bu orada haydovchini savoli qulog'iga kirib javob qaytardi.
- O'zi buyoga odam ko'p chiqadi. Hovlidanmi, do'mdanmi. Ikki daqiqa kutsa mijoz bo'la. Hozir.. .di. -- Qizni telefoni jiringlab suhbat bo'lindi. Davronga telefoni
jiringlagandek tuyilib qo'lini uzatdi. Telefoni
jiringlamaganini bilgach past ovozda sharmanda deb qo'ydi. Huddi ataylab soatni ko'rish uchun olgandek ko'rinishi uchun futbol boshlandi
deb balandroq gapirdi. Yo'lovchi qizni hayoli telefon qilgan suhbatdoshiga chalg'ib bo'lgandi. Telefondagi suhbat uzoq davom etmadi. Davron o'zicha o'yladi, suhbatdoshi yigiti emas hotirjam gaplashdi, demak ota-onasiham emasdi. Yoki dugonasi, yoki boshqa birorta tanishi. "bu sizni telefoniz, telefoniz jiringlavotti" degan chaqiriqdan hushyor tortti.
-Alo assalomu alaykum hola. Kim? Man, adashvos!? Nima? Voy man uylanmaganman! Ko'di
bilan terin. Yo'q man Davronman? +99893 bilan qayta qo'ng'iroq qiling. Bu..ALO! Bu poytaxtni raqami.
Svetaforni qizil chirog'i yoqildi. Mashina emaklagandek sudralib choraxaga kirmay to'xtadi. Mashina yonidagi yo'lakka spark kelib to'xtadi. Salondan baland musiqa yangrab turibti. Oynasi ochilib ninachini ko'zidek katta qora ko'z oynak taqqan yigit "salom asal qiz. Bilasmi moshinam nexiamasu, lekin tog'ga opketvotti. Jonim siz o'tirsez yanayam tez yuradi" deb hushomad qildi. Davronni g'ashi kelib tugmani bosib oynani bir ko'tarib yana tushirib qo'ydi. Ko'zi esa qizga qarab turgandi. Qizga aniqki hushomad yoqti. Bu uning jilmayishidan ko'rinib turibti. Davron yashil chiroq yonishini kutmay gaz tepkisini bosti. Mashina aytilgan manziliga kelib to'xtadi. Davron pul berayotkan qizni ko'zlariga to'ymadi. Mashina qo'zg'aldi. Davron bazan asabiylashib, bazida so'kish eshitkuncha svetaforda qolib ketadigan darajada hayol suradigan bo'lib qoldi. Tunga qadar odatdagidek ko'p mijozni uzog'ini yaqin qilmadi. Xardoimgi vaqtda uyga qaytmadi. Qizni eltib qo'ygan oraliqni aylanish bilan vaqt o'tkazdi. Uyga qaytganida havotir olgani yuzlarida aks etgan onasiga salom berib xonasiga kirib ketti. Onani savoli ichida qolib ketmadi. Eshik ortidan savollarini ketini uzmay berib tashladi. Davron faqat "ovqat isitaymi" degan savoliga yo'q deb javob qaytardi. Davron xali yosh bo'lishiga qaramay umr yo'ldoshidan ajrab qolgan onasini tiniq yuzlarini homush tasavvur qilardi. Onajonisini yuzida kulguni juda kam ko'radi. Ayniqsa singlisiga yaxshi oilalardan sovchilar kelganida to'yga qurbim yetmaydi degan xadik bilan yo'q javobini berishga majbur bo'lgani uchun siqilib qolganidan. Shularni o'ylab ko'zi ilindi. Hona dimligidan terlab pishib uyg'onib ketkach yuvinib, onasi bilan suhbatlashib o'tirdi. Suxbat davomida orzu xavas uchun imkonsiz ekanini o'ylab chuqur uf tortib yubordi. Lekin onam havotir bo'lmasin degan niyatda tezda "kun juda qizidida" deb gapni burdi. Uyqu zo'rlik qilib honasiga kirib uxladi.


Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.

Сообщение отредактировал Loading - Суббота, 01.09.2012, 08:07
 
SokinaДата: Суббота, 01.09.2012, 17:18 | Сообщение # 7
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Hayot davom etaveradi...Taqdirga atalgani böladi-da...O'lmagan qul Makkayu -Madinani köribdi,deyiwadi.Yigitning rizqi yölida,rizqni esa Alloh beradi...Niyatni katta va xolis qilib sörayveriw kerak,tuyaday sörasang,tangaday beradi.(Gulchehra onaning ögitlaridan)...Hayotiy hikoyangiz ta'sirli chiqibdi.Omad.

Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
LoadingДата: Суббота, 17.11.2012, 21:10 | Сообщение # 8
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Репутация: 7
Статус: Offline
Afsus!
Nusratullohni ichi jiddiy lekin samimiy edi. Uni do'stlari "qori aka" deb chaqirishlari odatga aylanib qolgandi. Har qalay do'stlariga nisbatan uncha muncha dini ilimga ega edi. Gap bundaxam emas, u umuman so'kmas, nojoyiz so'zlarni aytishga qo'rqib turardi. Agar 3 yoshida hunuk gap aytgani uchun buvasi og'zini qonatib urmaganida balki bunday tarbiya topmas edi. Yana ko'p sabablar bor uni qori aka deyishlariga.
Bugun ishxonaga malaka oshirish uchun bir qiz keldi. Bir pasta u xaqida suxbat boshlandi. Kimakan, qayoqdan kegan, Toshkentlikmi, nima kiyibti, ko'rgani qolib ko'rmagani usha qiz haqida gapirib o'tiribti. Xullasi hamma-hammasi xaqida g'iybatlashishdi. Nusratulloh eshik oldidan o'zini xonasiga qaytdi. Bilib turibti kimningdir g'iybati bo'layabti. Xonasida zerikib o'tirish yoqmidi. Compyuterda faqat ish qilish mumkin. Ish esa yo'q. Pashsha qo'ray desa biror marotaba bu xonada pashsha uchkan emas. Yangi kelgan qizni darvoza oldidan xo'jayinni xonasigacha kuzatib qo'yganini esladi. Biroz kechagi eshitgan maruzalarni mag'zini chaqqan bo'ldi. Ora-chora xayoli uyoq-buyoqlarga chalg'idi. Kun yarmiga yaqin o'rtoq boshliq yangi kelgan qizni Nusratillohni xonasiga olib kirdi. Ishni tanishtirib bir yo'la Nusratilloni unga masul qilib qo'ydi. Xonaga bir zumda hamma yetib keldi. Kimdur shunchaki xamkasbi bilan tanishadi, kimdurlar boyagi gaplar rost yoki yolg'onligini ko'rib bilgani kirgan...

Добавлено (17.10.2012, 21:01)
---------------------------------------------
Nafisani go'zal deb bo'lmasada, istarali qiz ekan. Oliygoxni bitirgani uchun ishni juda tez o'zlashtirib oldi. Kuni bo'yi deyarli bitta xonada ishlanadi. Nafisa kelgach qizlar Nusratni xonasiga serqatnov bo'lib qolishdi. Ey bu qizlarni g'alag'ovuridan sira zerikmaymasan. Nusratulloh ishi bo'lmasa o'zi xonadan chiqib ketadi. Qizlarni yangasi bo'lib o'tirmaydi. Kunlarning birida ish sto'li ustida yashil katak muqovali daftarga ko'zi tushdi. Qo'liga olib varroqlashni boshladi. Yozuvlarga bir muddat ko'z yugurtirib turdida birovga jaxil qilib bir nimani o'rgatgandek "Astag'firulloh, bu allohga shirk keltirishku!?" deb daftarni "urnaga" uloqtirdi. Qaysi qiz sexirgarlik qilishi, munajjimlik qilayotganini bilishni, usha ojizaga qattiq-qattiq gapirib, bu ishni katta gunoh, yaratganga shirk keltirish ekanini aytkisi keldi. Shu kuni Nusratulloh qilgan ishidan mamnun bo'lib yurdi. Hayolidagi begona narsaga ruxsatsiz teginganidan xijolat bo'lish o'ylari yoqoldi. Kaspdosh qizlardan xafa bo'ldi. Oradan kunlar o'tib Nafisani qo'lida usha daftarni ko'rib qoldi. "bu men axlatga tashlagan daftarku?" deb ovozini baland qilib gapirdi. Qizlar Nusratullohni jaxli chiqdi deb o'ylashdimi, xonadan chiqib ketishdi. Nafisa ish joyidan qo'zg'almadi.

Добавлено (18.10.2012, 00:16)
---------------------------------------------
- Bu daftar siznikimidi? - Nusratulloh daftarni tashlab yuborib xato qildimikan, egasini xam bilmay? - Uni men tashlab yuborgan edim.
- Nima uchun? - Nafisaga "ustozi" qilgan ish chindan qiziq tuyildi. Daftarini "urna"dan topkanidan beri bu ishni qilgan odamni uyam qidirayotkan edi. - To'la bo'lgani uchun kerakmas deb o'yladingizmi?
- Yo'q uning uchun emas. Yozilganlarga ishonasizmi? - Nusratulloh savolini aniq berdi. - Buni kim yozgan?
- O'zim to'plab chiqqanman. - Ishonish, ishonmaslik xaqida esa labini tishlari orasida oxista qisgancha tovush chiqarish bilan javob berdi. - Nima? Yomon narsalar yozilganmi? - Nafisani bu xarakatidan Burjlar, yulduzlar, tushlar tabiri haqida bir nimalarni eshitgani, bilisi sezillib qoldi.
- Xa, sizga qo'pol gapirish niyatim yo'q, lekin bu daftariz aniq jaxannamga chippta bo'ladi! Bu xaqida eshitmaganmisiz? Polvinlik, munajimlar bashorati, issiq sovuq, bu katta gunox. - Nusratullohga xolat juda g'alati tuyildi. Nafisa daftarida yozilganlar haqida chindan bilmaydigan ko'rindi.
- Lekin to'g'ri chiqadiku? Nafisani savolida xaqiqatni bilishga bo'lgan istak ufurib turibti.
- To'g'ri chiqadi. Buni inkor etmayman. Ko'z tegishi bor gap. Lekin Allohni buyruqlarini inkor etish to'g'ri emas. To'g'ri chiqadi deyabsizku? Fol ochib ko'rmasezham shu ish bo'ladi. Gunoxkor bo'lib nima qilasiz? Kelajagizni bildiz deylik чуср nimani o'zgartirolmaysiz. O'zgartirdim deganlarga ishonmen. Xammasi Allohni aytganidek, taqdirimizga yozganidek bo'ladi.
- Qanaqasiga?
- Misol keltiraman. Biz tug'ulishimizdan ancha oldin biz qayerda, kim bo'lib tug'ilamiz, qanday yashaymiz, kim bo'lib, qancha yashab, qachon o'lishimizgacha Alloh yozib qo'ygan. - Nusratulloh Nafisaga chuntirib beryaptiku o'zixam miriqib tinglayotkandek so'zlaydi. - Endi bunisini qaren? Alloh Quroni karimda Sadaqani va qarindosh-uruqchilikni ko'p qililar, umrilar uzoq bo'ladi deyapti. Savol tug'iladi. Axir yozib qo'ygan ekan-ku? nechchi yil yashashimiz, qanday qilib umrimiz uzayarkan? Allohni qudrati bu... Mana usha kuni daftarizda o'qigandim. "Yigitni o'ziniki qilishning 3 yo'li." Astag'firulloh aqlizni yeg'ib olin Nafisa! Shundoq chiroyli o'qimishli qiz, naxotki ersiz qolaman deb o'ylagan bo'lsez?! Kechirasiz biroz qo'polroq gapirdim. Maslaxatlarini qaren, " 2ta tosh, yong'oq ildizi" yana bir nimalar? Oliygoxni bitirgan qiz shunchalik laqmamisiz? Usha yigitga chiroylik shirin qilib biror pishiriq pishirib ber?! Ko'ngli ilimasa mana man kafil. Bir gap borku "erkak kishi qorni bilan, qiz bola qulog'i bilan sevadi" degan. 3-uslubni qaren? Bo'rini tishi, tulkini tirnog'i?! Sizga savol. Agar shu narsalar baxt keltirsa, yoki sevdirsa nima uchun biror odam tirnoq, tish sotib o'tirgan ayolni bo'yniga osilib olmayabti. Polvinlar boyib ketmayabti? Shu savollarni nega o'zizga bermagansiz?!
- Xmm? Chunarli? Bir narsa so'ramoqchiman. - Nafisa o'ziga kerakli odamni topkanidan manun savol berdi. - Bularni qayoqdan bilasiz? Aytganlariz kitoblarda bormi? Men ko'pincha olib o'qigim keladi, biroq qo'rqaman. Diniy oqimlarni kitobi bo'lsachi, men xaqimda shunday deb o'ylasalarchi?
- To'ri etasiz. Kitob olishdaxam adashmaslik kerak. Xozir ko'p nashriyotlar pulini bersa xar baloni bosib beraveradi. Undan tashqari, Islom dinida, shoshilish yo'q. Islom diniga asta sekinlik bilan kirib borish tavsiya etiladi. Shunisi maqqul yo'l. Kitoblarniyam shunga yarasha, eng avval kichik suralar to'plami yoki "Namoz o'qishni o'rganamiz" shu kabi kitoblardan o'qib boshlash kerak. Nima ota-oneyiz bularni o'rgatishmaganmi? - Nusratulloh boshi egik o'tirgan Nafisaga bu savolni berganidan afsuslandi. "Nima deyapmanu, Nima qilyabman" deb o'yladi. Gapni aylantirib hozir ko'p ota-onalrni vaqti yo'q bola tarbiyasiga degan mazmunda xazil qildi. Nafisa esa shu xolicha chuqur-chuqur nafas olardi...
Nusratulloh daftarni ko'rganida Nafisa xaqida juda yomon o'lagan edi. Xamma ota-onalar birdek farzandini diniy va dunyoviy bilimlardan boxabar qilib qo'yishadi deb o'ylar edi. Afsus agar Nafisadagidek xotira Nusratullohga berilganda edi, "qori aka" nomini chindan oqlagan bo'lar edi. Afsus shunday ilimli qiziga ota-ona din-diyonatni o'rgatib qo'ymagan bo'lsa?! Afsus!

Добавлено (17.11.2012, 20:10)
---------------------------------------------
Odamlar orasidan ajralmay qadam bosib kelgan Nodirjonni faqat onasi ilg'adi.
Bu deyman, birato'lasi masjidni yopib kelyapti. Chetroq o'tib kutib turibman. Shundaxam xozir uyalib ammo qattiyat bilan "erkaklar ko'zidan pana bo'lib turmapsizda" deydi. Sababini bilmayman. Balki bu odam ato otamiz, momo havo onamizdan qolganmi o'g'limni gapiga aks javob beraman. "Ey mulla domlalik qilma, bilamiz bizam, xar xolda." Keyin u jaxli chiqib duduqlangacha "ona siz..." lab qoladi. Oldinlari rostmana urushib berardi. "Dor-dor" qilganidan keyin meniyam jaxlim chiqib xafa qilib qo'yardim. Keyin mendan kechirim so'rayman deb ikki uch kun gapirolmay yuradi. Shuning uchun hozir gapi ichida qoladi. Bir tarafdan xursan bo'laman. Bolamni iymonli insofli ekanidan. Onasini begona ko'zdan saqlaydi. Otasini o'zi, quyib qo'ygandek. Faqat xoji do'ppisi boshqa. Otasi kaba do'ppi kiyib yuradi. Ko'z ochib yumguncha katta bola bo'lib qolibti. Endi bunisi ketaman deyabti. Otasi o'qigan davr boshqaydi. Shaxarda ilmlik odam kamayib, boriyam biqinib yashashga majbur bo'lar edi. Xozir qo'sha-qo'sha oliygoxlar, madrasa maqomidagilari talaygina. Shu yerda o'qiyvursa bo'laydimi? Ko'nglim bir nimani sezyabti, turkiyaga yubormasammikan? Yubormayman deymanu mana yo'llik bozor qilgani bozorga ketyabmiz. Ertaga bag'rimdan uzoqlarga uchib katadi. Otasini istagi o'g'lini dunyo ko'rgan olim qilish. Ketmasin desam, " Men ket deyotkanim yo'q. Ot izini toy bosarkanda onasi." deydi o'zini koyiganek. Ana toychog'im yaqin kelib qoldi. Odob bergan Allohimga shukr! Qo'li ko'ksidan tushmay kimning yonidan o'tsa salom beradi. Qo'l berib ko'rishadi. Tengqurlari bilan quchoqlashib salomlashadi. Voy bo'y, nega bu bola xar juma asrga yaqin namozdan qaytadi desam?... Boshidan xoji do'ppisini yechib, mexir bilan taxlab kelyabti. Bilaman xaligi gaplar bo'lmasin deydi. Voy urug'ing ko'paygur bolama! Bunaqa bolani qandoq qilib uzoqlarga jo'nataman. U siz qanday qildim endi? Chiqdimmi Nodirjon?! Buncha, masjidni darvozasini quluflab chiqdingmi? Voy xazilinam bor bo'lsina, kalitini qorovul opketibtimi? Tezlashaqol bozor tarqab ketmasin bugun juma.
Yo'l uchun barcha narsa tayyor. Turkiya quyoshli lekin doim shamol esib turishini eshitgan edim. Nodir qancha injiqlik qilmasin issiq kiyimlar soldim. "kim ko'taradi buni" deydi. Taksi pulini beraman deb aldadim. U yerni taksisini tushumda ko'rgan bo'lsam maylidi. Narxini qo'yaverasiz. Vaqt xuddi men bilan uchakishgandek shoshilyabti. Samalyot degani mundoq kun yorig'ida uchmay yarim kechada ucharkan. Xech bo'lmasa bomdot namozini uyda o'qisa ekan bolaginamni duo qilib yo'lga kuzatardim. Samalyotda joy qidirib sarson bo'lmasdi. Soat tungi 2:30 trabdan ajralgan samalyot cheksiz nido solib xavoga ko'tarildi. Yuragim og'ir uryabti, kechagi g'ashlik zo'raydi. Ko'zimdan quyilib turgan yosh onalik mexrimdan, ammo butun ichagimni ko'tarib bo'g'zimni bo'g'ib turgan nima ekanini bilolmasdim. Nodirjonim Alloh panoxida asrasin. Doim borgan joyinda nodir, buyuk bo'l. Ilm izlab yo'lga chiqding. Endi Allohning yo'lida ekaning tayin. Bu yo'ldan og'ishma. Manziling tamonga dadil qadam tashla, gunoxga yo'l qo'yma. Muxtojlarga yordam ber. Sendan ketmaydi, buyuk Raxmon senga g'oyibidan beradi. G'aybga ishon, tavakkal qil. Uzoqlarda samalyotning chiroqlari gox uyoda gox buyog'ida yonadi. Biroz o'tib ko'rinmay qolgandi, keyin yana ko'rindi. Ana samalyod ko'rindi. Qaytib kelyabti adasi. Xamma men tomonga keldi. "Nega qaytadi!? Voxma qilganingni qara! Bu boshqa samalotku!" deb do'ng'ilab berdi erim. Ovozidan "qani, qaytgani yaxshi" degan manoni payqadim. Menga tuyilmadi. Aniq shu oxangda gapirdi. Qizimga ishora qilgandi ikkovi bilagimdan sudragudek qilib uyga olib ketishdi. Nodirim ketti. Xat-xabar yo'q. Erimga aytsam jaxli chiqib ketti. Xa xozir samalod uchdiku? 30 daqiqa bo'lmadi deydi o'ziyam xavotir bo'lib. Uyga qaytib taxorat oldik. Adasi jamotdan qolmaydi. Men yotoqxonaga kirdim. Bomdod vaqtigacha chala qolgan nafil namoziga joynamoz yozdim. Nafil namozini qoidasi bilan, ikki rakadan o'qidim. To'rt rakat bo'lgach dilimdan nima duo o'tsa qalblarni bilguvchi Allohdan so'radim. Shunda ibodatni savobi ziyoda bo'ladi ekan. Duo oxirlamay jomeda azon aytildi. Xovlida oyoq tovushi eshitildi. Qizim uyg'ondi, ukasi xonasida uxlagan ko'rinadi. Tovush usha tomondan keldi. Balki uyam uxlamay Nodirni jixozlarini tartibga keltirgandur.
Xecham televizorga bu qadar bog'lanib qolmagandim. Lekin avto xalokatni eshitgach mixlandim qoldim. Talabalar avtobusi yuk mashinasi bilan to'qnashib ketgan. Xalok bo'lganlarxam bor ekani xabar qilindi. Nodirjonimni o'ylab bir xaftadan beri o'zimni qo'yarga joy topolmayabman.


Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
 
butterflyДата: Среда, 21.11.2012, 11:17 | Сообщение # 9
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 23
Репутация: 1
Статус: Offline
Xor qilgan,zor bo'ladi(bu bo'lgan voqea,lekin aniq hozir yozadiganimdak bo'lganini bilmayman,chunki bu voqea,ya'ni taqdirni ham manga aytib berishgan.Lekin o'z ko'zim bilan ko'rganim emas.Voqealar chalkashib ketmasligi uchun,qo'shib ham yozaman).
-Shu bolam,mana biz ham qarib qoldik.Uylanishni o'yladingmi Murodjon?-dedi dadasi unga yuzlana
-dada,yana shu mavzumi?
-iye,bu nima deganing?yana shu mavzumi deysan,qo'limdan kelinim ishimni olsa,yengillashsan degandim,qo'lim supurgi-yig'ini boshlab yubordi onasi.Ha-ya,anavi Malika xolangning qizini aytmaysanmi?bir chiroyli,bir iboli
-mayli oyi,uylanaman,lekin sevganim bor
-nima?iye,qanaqa sevganing,o't mana bu yoqqa,meni boshimga yana kimni sevding?
-Shalola
-vay o'lmasam,anavi narigi ko'chadagi Shahlolanimi?umuman hayolingdan chiqar,menga yoqmaydi
-oyi...
-yo'q,yoqmaydi menga.Mana alika xolangning qizi juda bizga mos,sochlari suluvgina.
Murod dasturxondan turib ketdi.Birozdan so'ng oyisi xonasiga kirdi:
-ha,ertaga Malika xolangnikiga boramiz,moshinangga benzinni to'ldirib qo'y
-uylanmayman u qizga
-hoo,uylanmasmushla.Uylanasiz shunday,o'zingiz ham bilmay qolasiz.
-oyi...Shaloladan boshqasi kerakmas.Iltimos oyi...
Muxlisa onaning ham ko'ngillar bo'shadimi,Murodning gapiga kirdilar.Ertasi kuni Malika xolanikiga emas,Shalolanikiga sovchilikka borishdi.Ana-mana deguncha to'y-u tomosha.

Добавлено (18.11.2012, 18:50)
---------------------------------------------
To'y o'tdi.Hammasi joyida,Muxlisa xolaning ko'ngillari sal to'lmaganga o'xshadi.Kelin esa uy yumushlariniyu,ximatlarni be kam bajarar,ishidan ayb topa olmas edilar.Oradan vaqt o'tdi,ular farzand ko'rishdi,o'g'il farzand.Muxlisa onaning ham alamlari tarqab qoldi,bola shirin.Murod ishga ketar,Shalola uyda,bola bilan,uy yumushlari bilan mashg'ul.Muxlisa onaning yana ichlarini bir narsa chimchillab oldi shekelli,kelinlariga boshqacha munosabat bildira boshladilar.Bir kuni Murod ishdan kelsa,onasi kir yuvyapti.
-oyi,siz nega yuvyapsiz?
-ha,kelin qilib,og'irim yengillashar degan edim...qani endi
-Shalola qani?
-saxardan buyon tezak qiladi,hech tugasa,ha?desang,bolam deydi.Vaqtida biz ham bola katta qilardik,hamma ishga ulgurardik,endi o'zim kelin bo'lib tushdim yana bu hovliga.Har kimda ham yosh bola bo'lsin ekanda.
Bu gaplardan Murodning g'azabi avjiga chiqdi.Shalola yoniga bordi:
-hoy,oyim kir yuvyaptilar,sen yuvsang bo'lmaydimi?
-tezak qilyapman,bolamiz ham yig'layapti,ulgurmadim.
-shu bolami?shu bohonami?-dediyu,endi o'tirishni eplaydigan bolani ko'tarib,devorga qarab otdi.Bola ovozi ham chiqmadi,o'sha joyda o'ldi.

Добавлено (21.11.2012, 10:17)
---------------------------------------------
Shalola shu joyida qotib qolgan edi.Bir zumda o'ziga kelib bola tomon yugurdi.Bola jim yotar,Shalola baqirib uni silkitar.Murod ham shoshib qolgan...
-o'ldirdiz bolamni.Siz o'ldirdiz bolamni.Topasiz bolamni,toping deyapman bolamni.U o'lmaydi,siz...siz qotilsiz,ha,qotilsiz...mani ham,bolamni ham o'ldirdingiz-deb qaltirab gapirar edi Shalola.
Bolani qabrga qo'yib kelishdi.Shalola yig'lar:
-bolam bilan birga ko'mdingiz mani ham.Qanaqa otasiz?mani ham o'sha devorga otsangiz bo'lmasmidi?ko'zingiz qiydimi chaqaloq bolamni tuproqqa qo'yishga?sovuq yeydi demadingizmi?och qolib uyg'onib qolsaya...Tirilib qolsaya,borib olib keling.Yig'lasa eshitmaymiz.
Murod jim...
Barcha kelganlar
-mayli,etagingiz to'la bola.Hali bir dunyo bola ko'rasizlar.Atrofingizda chopqillab yurishadi.Vaqt o'tib,unutib ham yuborasiz...
Lekin unut bo'lmadi,chunki ularga boshqa bola ko'rish Nasib etmadi.Murodning oyisi diydiyoni boshladi:
-bu xotining bilan endi bola o'rmaysan.Tug'maydi bu.
-nima qil deysiz oyi?
-boshqasiga uylantiraman bolam,hali 1yilga qolmay bolalik bo'lasan.
-Shalolachi?
-Aytma shuni ismini.Man ham nabiralarim atrofimda chip-chip qilib yurishsa deyman.
Murod Shalolani uyiga tashlab kelarkan,Shalola tinmay yalinardi:
-sharmanda qilmang,iltimos.Oyimlarga nima deyman?tashlab ketmang iltimos,hali farzandlik bo'lamiz.Haydamang
Murod qilt etmas.Onasi yana uylantirdi.Bu kelin yoki puxta chiqdi,yoki Muxlisa ona o'z sho'rvalarini o'zlari ichdilarmi,indamay...nolimay qoldilar.Oradan vaqt o'tdi,qani endi bolalik bo'lishsa.Ularga bola ko'rish taqdir emas ekan.

 
LoadingДата: Четверг, 22.11.2012, 11:21 | Сообщение # 10
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Репутация: 7
Статус: Offline
Qiziq nima sababdan.

Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
 
butterflyДата: Пятница, 23.11.2012, 09:42 | Сообщение # 11
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 23
Репутация: 1
Статус: Offline
Vaqt o'tar,farzanddan habar kelmas...Kelin ham siqilar,Muxlisa ona ham.Bormagan tabiblari qolmagan.Kelin biror bir kishini bola bilan ko'rsa,yig'laydigan bo'lib qolgan edi.Muxlisa ona kelin bilan Murodni chaqirdilar:
-ha,endi bolalarim,taqdir ekan.Nima ham qilamiz.Shu Murodjon,kelin ham ja siqildi,shu o'rtog'ing Hasanning ayoli homilador.O'zi bolasi 3ta,shuni gaplashaman,bola tug'ilishi bilan sizlarga beradi.
Kelinning yuzi charaqladi.
Hasan bu gapni ayoliga aytgan edi,ayoli chirmashib oldi,bolamni bermayman deb.Hasan ham ilojsiz edi,do'stining bu ahvoliga jim turolmasdi.Bola tug'ildi...Hasanning ayoli bolani bergisi kelmas.
-hali biz ko'p bolalik bo'lamiz.Buni bervoramiz.
-yo'q
-katta qilishadi,keyin qaytarishadi.Har kun borib ko'rasan
Hasanning jahli o'tkir edi.Ayoli undan qattiq hayiqar edi.Na iloj,bolani berdi.Murodning uyiga fayz kirgan edi.Chaqaloq yig'isi eshitilgan edi.Kelin xursand,hamma bolaga parvona.Hasan va ayoli kelishsa,Muroddan tashqari hamma tumshuq-tovoq qilishar.Oldiniga Hasanga,ayoliga bolani ko'rishga ruxsat berishar edi,keyinchalik Hasanning ayoli kelsa bohonalar qilib,bolaga yo'latishmaydigan bo'lishdi.Hasan ayoli uzoqda bolasini ko'rsa chopqillab borar edi.Bola esa uni tanimay qochar,bechora ayol ilojsiz...oradan vaqt o'tib,Hasanlar yana farzand ko'rishdi,lekin ayoli hechki berib yuborgan bilasini unutsa.Vaqt o'tar...oradan 18yil o'tdi,bola hech narsadan habardor emas.Hasanni faqat dadasining do'sti deb bilar.Bir kuni Shukurjon Hasannikiga to'yga aytishga bordi,Hasanning ayoli uni ko'rib quchoqlab,o'pib ketdi:
-i bolam,kel-kel
-xola,Assalomu Alaykum.Ertaga uyda to'y,amakimni uylantiryapmiz,amakim bilan o'tinglar.
-albatta bolam.
-man ketdim unda,amakimga salom ayting.
-Kelib turgin bolam.
Shukurjonga juda shubhali tuyulardi bu holat...shu kundan u har narsaga e'tiborni boshladi,Murodga ham,"oyi"deb chaqiradigan insoniga ham o'xshamas,Hasanga juda o'xshar.To'y kuni Shukurjon yelib-yugurib yurib,ikki onasining gapini eshitib qoldi:
-bolamiz ham katta bo'ldi(Hasanning va'dasini yodga solgudek,katta qilib berishadi degan)-dedi Hasanning ayoli
-nima bo'libdi?
-shuuu
-u siznikimas,bergansizlar bizga.Bolam demang siz uni,u mani bolam,tushundingiz.Ha deganda uni bolam deyavermang,onasi man uni.Katta qildim,mani ona deydi.
Bu gaplarni Shukurjon eshitib eshik oldidan,qo'lidagi choynak tushib ketdi.Murodning ayoli va Hasanning ayollari yugurib chiqishdi,Shukurjonning rangi dokadek.
-oyi,siz a mani onam?-Murodning aylidan so'radi
-ha,bolam manikisan.
Shukurjon Hasanning ayoliga yuzlandi.Yig'i to'la ko'zlari bilan boqar.
-bolam,manikisan,bu oying emas-dedi yana Murodning ayoli.
Shukurjon ham Hasandan,uning ayolidan qochishni boshlagan edi.Endi ular kelishsa,salom berib ketar,qovoq-tumshuq qilar...
Shunday bo'lsada,Murod o'zini yeb bitirgan edi.Chunki o'z bolasimas,Shalolani farzand ko'rmaydigan,bepusht degan edi,Shalola 2-turmushtidan 3farzand ko'rgan edi,Murod esa yo'q.
Shu yerda tugataman hikoyani,chunki bu real voqea,davomi esa davom etmoqda.O'qiganlarga tashakkur.
 
LoadingДата: Суббота, 24.11.2012, 21:57 | Сообщение # 12
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Репутация: 7
Статус: Offline
P.S Yo robbiy!? Ayibdorni qidirishga bezillaysan kishi!

Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
 
SokinaДата: Воскресенье, 25.11.2012, 17:52 | Сообщение # 13
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Dahshatning özginasi! Bolasining uvoli tutgan bölsa kerak.Endi bu bolagayam qiyin böpti.Agar aqlan kelishishisa yaxshi böladiyu,lekin qiyin masala bölsa kerak...Kapalak singlim , voqeani juda ta'sirchan hikoya qilibsiz.Rahmat.

Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
ГостьДата: Воскресенье, 31.03.2013, 11:07 | Сообщение # 14
Группа: Qadrli mehmon





Butterflyxon//iktimos voqea davimi ham yozsangiz//juda ham qiziqib qoldim((
 
NinUДата: Суббота, 11.05.2013, 00:30 | Сообщение # 15
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 9
Репутация: 2
Статус: Offline
nima chaqaloqni adasi bolani oldirgani uchun jazolanmaganmi? Barbir tekshiruv bosa kere ozidan ozi bola olmidiku??
 
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:
Flag Counter