Среда, 04.12.2024, 12:54
Hush kelibsiz Mehmon | RSS

Siz bilmagan kundaliklardan ko'chirmalar - Giyos/FORUM

[ Yangi izohlar · Qatnashchilar · Forum qoidasi · Izlash · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Siz bilmagan kundaliklardan ko'chirmalar
GiyosДата: Суббота, 01.11.2014, 22:34 | Сообщение # 1
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Yengi loyiha. Hozircha faqat o’zim to’ldirib boraman. Buyozmalarni, forumchilardan, beganalardan. Kim bo’lsa ham, arzigulik voqea bo’lgan
bo’lsa, hammasini ko’chiraman. O’g’rilab olaman)) Ismlar sir saqlanadi. Hohlasa
yozaveramiz.



2004-yil 5-sinfda o’qib yurgan paytim, ingliz tilidan
repititorga qatnashardim. Farangizni ham birinchi marotaba o’sha yerda ko’rganman.
Farangiz mendan 1 oycha keyin kelgandi. Boshida uni yoqtirmaganman. Oldiniga
rosa urushardik, bir birimizani ko’rarga ko’zimiz yo’q edi. Lekin keyinchalik
darslar sabab do’stlashib oldik.
O’qishdan doimo birga qaytardik, ba’zida piyoda, ba’zida avtobusda. Ora-orada
sahiyligim tutib, yo’l-yo’lakay muzqaymoqmi, yoki biror bir shirinlik olib
berib uni xursand qilishga harakat qilardim. Uyga borgandan keyin bo’lsa,
darslarni bahona qilib, uy telefonigaga qo’ng’iroq qilib, juda soatlab emas-ku
20-30 daqiqacha gaplashardik))
Shunaqa kunlar o’taverdi... Keyinroq men ingliz tili
kursida o’qishni tashladim, lekin baribir dars bo’ladigan kunlari Farangizni
darsdan chiqishini poylab turardim.  Chiqganidan
keyin birga ketardik. Shunaqa qilib katta bo’ldik. Uni deb, exxee qancha bolalar
bilan urushib chiqdim. Kaltak ham yedim))
Keyinchalik sotka olganimizdan keyin yarim kechasigacha
gaplashib chiqardik)) Endi oldimizada Romeo va Juliyetta hijolatde) Hich qaysi
bayram sovg’asiz o’tmasdi. Har bir bayramda bir birimizga sovg’a ulashardik. Lekin
2012- yil birinchi martta urushib qoldik. Uni etishi bo’yicha urushishimizga men
sababchi emishman. Noo’rin rashk qigan emishman))) Keyin bir oy gaplashmadik. Rosa
qadri bilinardi. Har kuni qo’ng’iroq qilaman derdimu, lekin g’urur o’lgur qo’ymasdi.
SMS yozmoqchi bo’lib, o’lib tirilib zo’rg’a nimaladirlar dep yozardimu, lekin qani
yuborishga “dux” yetsa. G’urur yo’l qo’ymay yozganlarimni o’chirib tashlardim)..
Shunaqa qilib zo’rg’a bir oyni o’tqazdim. Bir kuni kechki paytroq telefonimga SMS
keldi, qarasam Farangizdan ekan. Shosha-pisha SMS ni ochdim. Farangiz: “Nahotki
unutish shunchalik oson”, - deb yozgandi... SMSni o’qib, vay shunaqangi hursand
bo’lib kettim)) Yarashishga bohona topilgandide) Keyin men: “Nahotki qadrim
bilingan bo’sa”, - deb SMS qaytarib yubordim. Keyin javobini kutishga sabrim
yetmay, telefon qildim. Telefonni ko’targandan keyin, uni ovozini eshitib g’alati
bo’lib ketdim. Chunki u yeg’lardi. Nima deyishni bilmay qoldim... U bo’lsa
gapirardi: “Nahotki shuncha vaqt ichida, hech bo’lmasa bitta sms yozishingizga arzimasam.
Bitta xatoyim, unutib yuborishingizga yetar ekande? Mayli, unaqada meni
kechirin! Xato qildim”, - deb telefonni qo’yib qo’ydi. Umuman dovdirab qoldim. Hursand
bo’lishniyam, hafa bo’lishniyam bilmadim. O’zimni qo’lga ovolib, qaytib telefon
qildim. Haliyam yig’lardi. Gaplashib, bir amallab ovutdim. O’sha kuni rosa uzoq
gaplashdik. Ertaga uchrashishga kelishib, xayrlashdik. O’sha kuni tong otishi
shunaqangi cho’zilib ketdiki.))) Hullas ertasiga Uchtepa hokimyatini oldida ko’rishdik.
U oldingiga nisbatan sal ozgandi. Anchagacha gaplashib o’tirdik. O’sha payt
shunaqangi quchoqlab, bag’rimga bosgim kelardi... O’sha paytdigi xolatni tariflash
qiyin. Lekin o’zimni bosdim. To’ydan keyin halol qilib, quchog’imga olaman dedim...

Shu kundan keyin uydagilarga, o’sha qiznikiga sovchilikga
borilar deb qistaverdim, lekin hich ko’nishmasdi. Yarashib olganimizdan
keyin, tez-tez  alleyada uchrashib turdik.
Men uni allaqachon bo’lajak rafiqam, kelajakda farzandlarimning onasi bo’ladi deb
tasavvur qilardim.
Ozgina vaqtdan keyin yana urushib qoldik. Bu safar uzoqga
cho’zilmadi. 1 haftadan keyin o’zim tel qildim... Negadir Farangiz hafa edi.
Hafaligi ovozidan sezilib turardi. Keyin bilsam uyiga sovchila keganmush. Oldinlari
ham sovchilar kelardi, lekin bunchalik siqilmasdi. Bu safargi sovchilar qanaqadir
qarindoshligi orqali chiqgan ekan. Uyidagilarga ham bu kelgan sovchilar yoqibroq
turganini aytdi. O’sha payt ustimdan birov muzdek suv quyib yuborgandek bo’ldi.
Uyimdagilarni yana sovchilikga borishga ko’ndirishga harakat qildim. Har
qanaqasiga so’radim, yalindim, to’palon qildim, lekin negadur o’ylab ko’rmasdan
ham yo’q deyishardi. Bu yerda bo’lsa Farangiz yig’lab meni siqardi. 2 haftaladan
keyin Farangiz yo’q bo’lib qoldi. Telefon qilsam ko’tarmaydi, SMS yozssam jovob
kelmaydi. Shunaqangi havotir oldim, uyigacha bordim. Qani endi eshikni taqillatishga
“dux” yetsa. Kutib kutib uyga ketardim. 10 kundan keyin o’zi telefon qilib
qoldi. Telefonni ko’tarishim bilan baqirib so’kib berayotgandim... yaxshilab
eshitsam piqillab yeg’layotgan ekan. Tinchlikmi? deb so’radim. Shunda u: “Bugun
meni fotixa qilishdi. Meni kechiring, uydagilarga qarshilik qilomadim”, - deb
battar yig’lab yubordi. Endi bu gapdan keyin men tamom bo’ldim. O’zimni qo’lidan
hech nima ish kelmaydigan noshud ahmoqdek his qildim. To’g’risiyamde, 8 yil o’zim
uchun asrab-avaylab kelgan qizimni birov kelib, ilib ketsa. Alam qilmaydimi?....
Shunaqa qilib to’y kuni belgilandi... To’ydan 2 xaftacha oldin Farangiz bilan
oxirgi martta uchrashishga kelishib oldik... Har doim ko’rishadigan joyimiz,
alleyada uchrashdik. Farangiz gapirmasdi faqat yig’lardi. So’ragan narsalarimga
boshini qimirlatib javob qaytarardi...
Shunaqa qilib o’sha joyda Farangizga baxt tilab, u bilan xayrlashdim... To’yga
keling dep rosa iltimos qildi. Hop didimu, lekin bormadim. Borolmasdim ham. Uni
boshqa yigit bilan oq ko’ylakda yonma-yon o’tirganini xazm qilomasdimam. Usha
kuni boshqa to’y ham bor edi. Usha yerga bordim...


Ҳаёт қизиқ деганларича бор
экан, тақдиримдан нолимайман. Ёшим 24 да, аммо турмушга чиқиш хақида мендан ташқари ҳамма (якинларим, оила аъзоларим хавотирда, фақат бувим шошилма дейди) хавотирда. Кимга қанақа қилиб турмушга чиқай? Инсон ҳамиша кечиримли бўлиши керак, аммо фақат бир кунини
уйлаши керак эмас. Қизиғи мен у билан
куришмаганмиз. Фақат интернет орқали гаплашганмиз, танлаган инсоним Ўзбекистон фуқароси эмас, лекин Узбекистонда тугилган йилда бир марта 30 кунга
келиб дам олиб кайтади. Нассиб килмаган экан январ ойида учрашолмаймиз, балки
мени кидириб келар. Севишдик мехр қўйдик. Ора орада аразлашиб
турар эдик, хар куни севишимизни ва ўзимизни эҳтиёт қилишимизни айтиб
чарчамас эдик. Орадаги масофа, дийдорнинг узоқлиги рашкни янада кучайтирди. Ўзим ҳайрон қолардим. Бу менманми, нега вертуаль муносабатга боғланиб қолдим?! Чунки мен уни сезардим. Кўнглимга жуда хам яқин, ширин сўз, ўта мехрибон эди... Кунлардан бир куни сандан олдин бир татар қиз билан гаплашар эдим, у киз оила аъзолари
билан Италияда эди, қайтишибди. Мени дўстларимдан сўраётган экан, лекин менга уни кизиғи йуқ, сени ҳаётимда учратганман. Агар нимадир бўлиб қолса унга бу хақида айтаман дедию, кўнглим  ундан совишни бошлади. Эртаси куни, янгилигим бор,  деб хурсандчилик билан ёзаяпти. Мени фарзандим бор экан, кетмасидан олдин хомиладор бўлган, Италияга бориб туғган. Мен бунга унчалик ишонмаяпман, расмларини жўнатаман. Фақат ростини айт, менга ўхшайдими? Деди. Ўхшайди дедим, Сен ота экансан бу улуғ шарифли отни ҳалолла, (қизалоқ энди бир ёшга тўлиши керак эди) оила аъзоларингга тушунтир, бирга бўлишингиз керак, қизингни уволига қолма дедиму, хайрлашдик!
Ойлар ўтиб, мени қидирди ва топгандан
сўнг, кечиримли бўлишим керак деб, гаплашдим. Нимага қайта изладинг ахир хаммаси тугаган эдику, десам. Борганимда тушунтираман дедию, қайта бу хақида гаплашмасликни
сўради. Бизни муносабат ҳар кунгидан баттар, рашк рашк остида ўтарди...
Хозир гаплашмаяпман, аммо қумсаябман. Менга Учалик ҳеч ким меҳр бера олмайди!
 
GiyosДата: Четверг, 13.11.2014, 11:12 | Сообщение # 2
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Men qachondir kimnidir sevib qolishimni kutardim. Uni judachiroyli, qomatlari kelishgan deb tasavvur qilardim. Maktabni bitirib, kollejga
kirdim. U yerda guruhimizdagi bir qiz menga qanaqadir boshqavha ko’rindi. U boshqacha
edi. Keyin keyin uni yoqtirayotganimni bildim. Lekin unga ayta olmadim. Bitirgunimizcha
ayta olamadim. Bilmayman. Balki rad qilishidan qo’rqgandirman. U paytlar
telefonlar hali ommalashmagandi. 2 yildan keyin uni tasodiffan avtobusda ko’rib
qoldim. Bu paytda telefonlarimiz bor edi. Raqamini oldim. O’zimnikini berdim. Haftada
bir, ikki marotaba telefon qilib turardim. Unga juda bog’lanib qolayotganimni
sezardim. Nazarimda u ham menga befarqmasdek edi. Bir kuni mendan so’radi. Sevganing
bormi dib. Man ha. Bu  sensan dedim. U bo’lsa,
sevgini ham telefon orqali aytadimi. Uchrashuvga chaqirib aytmaysanmi dedi. Hop,
chaqirib aytaman dedim. Lekin u meni hazilim deb tushundi. Ko’proq hazilkashroq
bo’lganim uchundir. Bir kuni u mendan guruhimizdagi qolgan bolalarni raqami
bormi yo’qmi so’radi. Bor dedim. Sms qilib jo’natdim.  Oradan bir qancha kun o’tganidan keyin, boshqa
kursdoshim telefon qilib, 3 kundan keyin uni to’yi ekanini, boramanmi, yoki yo’qmi
so’radi. Gapira olmay qoldim. Chunki u menga bu haqida hech narsa demagandi. Telefon
qilgan kursdoshimga, ozdan keyin o’zim qayta qo’ng’iroq qilishimni aytib,
xayrlashdim. So’ng unga telefon qildim. To’ying bo’layaptimi dedim. U
aybdorona, ha, dedi. Nima deyishimni ham, demasligimni ham bilmadim.  Faqatgina baxtli bo’l, yana gaplashamiz deya
oldim. To’yidan bir kun oldin SMS yozdim. Adashmasam, kompyuterga saqlab qo’yganman.
U smsda unga baxt tilagandim. Baxtli bo’lishini. Baxtdan boshqa narsa unga
begona bo’lishini aytdim. Keyin telefon qildim. Ancha gaplashdik. Asosan suhbat
baxt tilash xaqida edi. Suhbat so’ngida u, to’yimga kelgin, kutaman dedi. Keyin,
yo’q bo’lib ketma. Telefon qilib tur dedi. To’yiga 5-6 kishi bordik. Kechroq borganimizga,
ko’pchilik keb ketibdi. Uzoqdan uni kuyov bola bilan o’tirganini ko’rdim. Menda
nimadir chirt qildi. Bu yurak edi. Boshqacha urardi. Kursdoshlarimiz sur’atga
tushamiz dedi. Hop deb, birga sur’atga tushdik. Kelin kuyov ortida turib. Usha joyda
unga yana BAXTLI BO’L deb aytdim. U rahmat dedi. Ketayotganimizda, Bo’bdi deb
qo’ydi. Tashqariga chiqdik. Ancha yo’lga piyoda yurdim. Uyga kelib, onamga
rasmni ko’rsatdim. Onam, chiroyli qiz ekan, dedilar. Shunda yuragim yana chirt
qildi. Nega onamga aytmadim. Onamga yoqarkanku dedim. O’zimdan o’zim hafa bo’lib
ketdim. O’zimdan afsuslandim. Keyin boshlandi. Rosa tushkun kayfiyatga tushib
qoldim. Hech narsa yoqmasdi. 2 oy shunday yurdim. Shundagina men orzu qilgan
sevgimni topib, yoqotganimni bildim. Kech bildim. Juda kech. Vaqt hammasiga
davo degandek, sekin sekin moslashdim. 4 oylardan so’ng, unga telefon qilmoqchi
bo’ldim. O’zimni raqamimdan chiqmaslikka qaror qildim. Sababi, meni raqamimni
saqlagan bo’lsa, ismim chiqsa, eri bo’lsa, hijolat bo’ladi dedim. Shunga o’rtog’imni
raqamidan telefon qildim. Telefon qilib, Assalomu Alekum dedim. U tomondan
****** senmisan degan ovozi keldi. Ha menman, bitta so’zim bilan taniganingga
qoyilman dedim. U bo’lsa, seni tanimay bo’ladimi dedi...
Hozirda u juda ham baxtli. Oxirigacha shunday bo’lsin. Uni
baxtli bo’lishi, meni ham baxtli bo’lishim...
 
GiyosДата: Четверг, 13.11.2014, 17:49 | Сообщение # 3
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Эътибор берганимсиз, ичингигда узингиз билан гаплашиб савол-жавоб килганлигингизни, товба мен бунга ишонмас эдим, яна билмадим эшитишимча инсонда мунофик тоифа ва кофир тоифа жин булар экан. Бир танишим жуда хам чиройли, бегубор лекин оила аъзоларига нисбатан ичи коралиги бор эди, бирдан жин талабти, аввал психолок куригига кейин дори укол у аста-секин таъсир килиши натижасида эскилик, (алас, хатто кассобларнинг пичогининг гилофи борку шундан сув утказиб ичиришди) кейин домлаларга катнашди, бизада шунака авлиё утган экан, домалаларга укитар лекин фойдаси унча тегмадими, кучли домла топиш илижига кириб кетишди. Аввало худони узи асрасин, кимгадир фаришта мисоли инсонларга шунака фаришта урди деган гап чикаришди, кимдир психологик касал деб гап таркатди. Хуллас оила аъзоларини нимани эшитса барча барчасини килабошлашди, Инсонда жин кириб колса мияни бошкарар экан, дук пуписа, кузлари мошдек катталашган, уни уйкисидан халоватидан олиб ва иштахаси очилган булар экан. Худони узи асрасин, хар бир фарзанд дунёга келгани учун авввло кон чикарилади куй суйилади, баъзилар фарзандининг нима эканлигига ахамият беради. Лекин барига угил фарзандми киз фарзандми кон чикариш керак экан, мен ёзаётган вокеамга хам фарзандининг номига кон чикаришмаган экан. Кори домлалар билан маслахатлашиб 40 ЁСИН укиттиришга келишилди, бунинг учун 5 марта домлага укиттириши, бунга тайёрлаш керак булар экан. Домла БАҚАРА сураси укир экан, 27 оятидан жинлар тилга кириши, факат буни курган ишонади, хар хил хатти – харакатлар, узини узи бошкармаётганлиги маълум эди. Онасининг довдираб колишидан неччи марта охирига етказолмайман, тухтатгани боис жинлар домлани талаган, унинг бетоблигини хар борганида айтишар эди. Хуллас уйда 40 ЁСИН куни, укишни бошлаган пайт, отаси фарзанди йулига деб куй суйиб, давом эттирилди, яна уша жинларнинг тилга кириши, кандай савол берсангиз хаммасига жавоб оласиз, домла нега бунинг ичига кириб олдинг? Деса жаннатда юргандекман. Дейди, качон чикиб кетасан, дузахга улоктираман, чикиб кет, катта корилар изингга тушган – деса, чикаяпмиз булди кетяпми дейди, неччи киши Сизлар деса-биза жуда хам купмиз, деб жавоб беряпти, Иллохимни узи асрасин, бошига тушган инсонгина факат буни тушунади, хуллас кори домланинг айтишича, халиям ичидаги жинлари мусулмон экан, агар кофир булганида то жонини олгунча азоб берар эди, дейди, Оила аъзолар кил устида хаёт кечиргандек, халигача фарзандининг соглигидан хабардор, келгусида бундай холатлар такрорланмаслик учун хамиша дуода! Сиз хам дуо килган пайтингиз шундай ёвузликлардан панох тиланг, барчамизни ёмонликлардан Худони узи асрасин.
 
GiyosДата: Среда, 19.11.2014, 11:05 | Сообщение # 4
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
O'shanda 9 sinfda oqirdim. Maktabimiz yangidan qurilgan edi endi. Juda chiroyli edi. Oquv yili boshlanib ketdi. Biz esa paxtaga ketdik. 2 oy paxta terib kelib yana jonajon maktabga qaytdik. Bir kuni nima xam boldi informatika xonasiga kirib qoldik. Kirsak bizdan 3sinf kichkina qizlar qaysidir fandan qoshimcha darsga kelgan ekan. Ularga biroz hazil qildik. Ular ichida bir qiz boshqacha edi. Kiyinishi ozini tutishi. Lekin hali yosh edi. Unga kozim tushdiyu galati bob ketdim. Menda unga nisbatan qandaydir bir ajib tuygu uygondi. U qizni negadir oldin kormagan ekanman. Korgan bolsam xam e'tibo bermaganman. Keyin hazil xuzil gaplardan gapirdim. U boshqacha edi. Bilmadim balki uni sevib qolgandirman. Keyin biz darsga kirib ketdik. Uje chiqsam ular ketib bolgan ekan. Keyin u haqida qiziqib qoldim. Uni tanigan sinfdosh qizlardan surishtira boshladim. U obeddan keyin oqirdi biz ertalab. Yana bir tasodif u osha biz oqiydigan sinfda. Yana men otiradigan partada otirardi. Men shundan song ozgarib qoldim. Uni oylaydigan uni korgim kelardi. Shu maqsadda har kuni abeddan keyin ham maktabga tez tez qatnaydigan bolib qoldim. U bilan lekin yuzma yuz hali gaplashmagandik. Keyin unga xat yozdim. Xatni dugonasidan bervordim. Ertasiga berdingmi deb soradim ha dedida menga ham xat berdi. Oqib xursand boldim. Keyin shu tariqa xat orqali gaplashib turdik. Bir birimiz ni korsak salomlashardik faqat. Oradan oylar otdi. Maktabda qanaqadir tadbir bolish kerak edi. U keyin biz tarafga keldi. Dugonalari bilan tayyorlanishga. Keyin men ham bordim. Ular tayyorlanib bolgach uni kuzatib qoymoqchi boldim. Oshanda juda kuchli yomgir yogdi biz unaqa kop gaplasholmadik ham ular mashinaga otirib ketib qoldi. 8mart yaqinlashgandi men unga sovga oldim. Uni chaqirib qoliga bazor tutqazdim u oldiyu sinfiga kirib ketdi. Men esa hursand bob ketdim. Keyin biz songi qongiroqga tayyorlanishni boshladik. Uni ancha kormadim. Xat xam yozmay qoydi. Biz esa maktabni bitirib ham oldik. Imtixonlar boshlangandi. Uni bir marta kordim. Osha kuni ularning ham imtixoni edi. Keyin uni chaqirib rasmini soradim ertaga ob kelishini aytdi. Bu kunisiga ob keb berdi. Xursand boldim. Keyin shu joyda xayrlashdik.
O'shandan song imtixonlar tugadi. Biz maktabni tark etdik. Keyin yozgi ta'tilga chiqdik. Uni kocha kuyda korib turardim. Xar kuni uning rasmiga termulib u bilan suxbat qurardim. Oradan oylar otib yana maktab boshlandi. Ular endi ertalab oqiydigan boldi. Men esa kollejdan chiqib bir baxona qilib maktabga boradigan boldim. Bir kuni borib salom bersam menga qaramadi xam hayron boldim. Togrisi galati bob ketdim. Keyin xomush uyga qaytdim. Keyin dugonalaridan surishtirdim. Bilsam u meni sevmagan ekan shunchaki gaplashgan ekan. Gaplashib unaqa zor xam gaplashmaganmiz. Bir ikki marta gaplashganmiz yuzma yuz. Bilsam oshanda menga Yozilgan xatlarni uning yaqin dugonasi yozgan ekan. Buni dugonasi aytdi. Uning aytishicha u meni sevmagan. Lekin men uni juda qattiq sevgan edim. Unga ishongandim. Balki bu bizning yoshligimizdagi havas bolgandir. Tushunmay qoldim. Shundan song uyga borib uning rasmini yirtib tashladim, va unga oxirgi xat yozdim. Xatda yuragimdagi dardlarni tokib soldim. Va oxirida ALVIDO Deb yozdim. Yirtilgan rasmni esa xat ichiga soldim. Ertasiga xatni bir sinfdoshidan unga berib qoyishni iltimos qildimda ketdim. Uni daje kormadim xam. Keyin eshitishimcha xatni sinfdoshi 6rtoqlari bilan oqibdi. Unga yetib borganmi yoqmi bilmayman. Shu tariqa birinchi muhabbatim shu bilan yakuniga yetgan. Qay ma'noda javobsiz sevgI. Men xam yosh bolganman u xam. Balki tushunmagandurmiz.
 
GiyosДата: Среда, 26.11.2014, 07:37 | Сообщение # 5
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Ула бир-бирини жуда севарди.Укишда танишиб,ёктириб колишди бир-бирини.Хаммаси яхшийди факат киз бола бошка миллат эди,йигит эса узбек.Укиш тугагандан сунг,йигитнинг гапига караганда,онаси уйлантириш харакатида юрганда,севган кизи борлигини айтибди.Онасига миллати маъкул кемаган ,лекин барибир бориб келаман дебди.Келса ,уйга кирмий,тугри кушниладан суриштиришни бошлабди.Кушнила яхши киз демаган эмиш.Онаси карши.Йигит келиб,шунака булди,манга 2нчи хотин буб тегакол дебди.Кизни дили жуда огринибди ва рад жавобини берди.У кизни тинч куймасдан факат сани севаман дер эмиш,кейин билишимизча уйдегиларига бориб,у киз узи мани тинч куймаяпти деган экан.Бу гаплардан кизнинг онаси хабар топиб,уларни учрашиб юришларига карши булди,хаттоки кизнинг кулидан телефонини об куйибди.Киз ишлар эди шу пайт,онаси билан ишга кетиб,онаси билан кайтар эди.Ишхонасини хам топиб олиб,йигит хеч тинч куймас эди.Бошкасига бермиман деб.Шунака холат устига кизнинг онаси келиб колиб,у болага сани бу ерда нима ишинг бор?деса,кизиз узи мани чакирди деб,уялмий ёлгон гапирибди.Кизнинг онаси кувиб солган болани.Кизнинг уй телефонига боланинг опасию,онасию,укаси телефон килиб,тинч куй!сан бизни тенгимиз эмассан!деб тинмий кизни дилини огринтириб юришарди.У киз факат йиглаб,хеч кимга дардини айтолмасди.Бола севаман деган гаплари ёлгонлигини англаган эди...
Билмадим...
Киз мани туйим уникидан олдинро буб утсин,деб факат бахтини сураб юрган экан.Ва шунака булди хам,факат туй куни киз бахтлимас эди,овутганим эсимда...Бошка шахарга туйдан кейин турмуш уртоги билан кетди.
Йигит хам уйланди.Бахтли булдими йуми оз муддат булса хам билмадиму,лекин мудхиш хабар етиб кеганиди...Йигитнинг турмуш уртоги ховли уртасидеги дарахтга узини осиб куйибди...товба килдим!Астагфируллах!Бироз вакт утгандан сунг эса,йигитнинг синглиси хам айнан уша ерга узини осган...Аллох кечирсин!товба килдим!Сабаби номаълум...
Киз эса бахтли булиб кетибди,турмуш уртогига кунгил куйибди ва 2та ширин угил фарзандли булган...
Йигитнинг укасини уйлантиришмокчи.Укаси битта кизни роса севибди.Киз оиласи суруштириб,булиб утган вокеаладан хабар топиб,рад жавобини беришган.Йигитнинг укаси учрашувга кизни зорга кундириб чикарибди ва нимагадир акасини чакиртирибди.Акаси келиб,илтимос укамга рад жавобини бериб,уни бахтсиз килманг,ман килган хатоим учун кийналиб юримман халигача.Укам манга ухшаб хаёт кечирмасин деб,расмни чикариб ва уша алдаган кизни расмини курсатибди,уни йукотганимда севишимми тушундим.Онаси манга бермади,бойрогига узатворди деб,ушандаяи ёлгон гапирибди.Балки у шунака тушунгандир..Учрашувга чиккан киз хайрон колибди,чунки суратдеги кизни танир эди ва лекин индамасдан кайтибди.Уша киздан биз шу учрашув хакида билиб олганмиз...
Хамма хам бахтли булсин илохим!Хеч ким хеч кимми алдамасин! Хаётнинг шу кундалиги билан булишгим келди ....
 
GiyosДата: Суббота, 03.01.2015, 15:21 | Сообщение # 6
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Assalom u Aliykum yaxshi insonlar. Men sizlarga bir qizni hayoti haqida gapirib beraman. U qiz meni oddiy dostim edi. Uning ismi "Guli". Men u bilan "Intenet" orqali tanishgan edim. U ajoyib do'st va yaxshi qiz edi. Afsuski u bilan anchadan buyon gaplashmay qoyganman. U meni balkim esidan chiqarib yuborgandir. Lekin uni men hali esimdan chiqarganim yoq. U bilan ancha suhbatlashganman. "Guli" bilan suhbatlarimizning birida undan sevgan insoning bormi deb soragan edim. U esa biroz sukut saqlab kozida yosh bilan ha bor edi. Lekin "bor edi" degan javobidan hayratlandim va soradim. Nega unday deb, yana soragandim, u yana yig'lab yubordi. Nega yig'laysiz deb holi joniga qoymadim. Mening esa qiziqishim orta boshladi va sorayverib holi joniga qoymadim. Keyin u hammasini kozida yoshi bilan menga hammasini emas qisqacha qilib tushuntirib berdi. Buni eshitib ozim ham juda yomon ahvolga tushib, tilim ham aylanmay qoldi.
Men unga sabr tiladim va unga dalda boldim. Bilmadim uni konglini kotara ololmadim shekilli u indamadi. Bunga ishonish qiyindir lekin bu hayot. Bu hayotda nimalar bolmaydi. Men bugun sizlarga bu voqeani yozib beraman. Balkim sizning hayotingizda shunga oxshash voqealarga kozingiz tushgandir yoki eshitgan bolishingiz mumkin. Voqea shunday boshlangan ekan.

Bir kuni "Guli"ning yaqin qarindoshining toyi bolayotgan ekan. "Guli" bu toyga bormasligini va oyog'i tortmayotganligini uydagilarga qancha tushuntirsa ham uni uydagilari holi joniga qoymay toyga olib borishibdi. Song toyda "Guli"ni bir yigit bilan uchrashtirib, tanishtirishmoqchi bolishibdi. "Guli" qanchalar qarshilik korsatmasin uni uchrashtiribdi. "Guli" be ehtiyor u bilan uchrashibdi. Yigit bilan uchrashuvga chiqqan "Guli" nima qilishini bilmasdi. Shunda yigit ham uni korib yoqtirib qolibdi va "Guli" ham uni yoqtirib qolganini aytibdi. "Guli" indamasdi, chunki bu holga birinchi marta tushgan edi. Keyin yigit bilan suhbatlashib "Guli"ga ham u yigit yoqib qolibdi. Toy tugagach yigit oldiga "Guli"ni oldiga kelib. Men uydagilarga aytim men senga uylanmoqchiman deb aytibdi. "Guli" bu gapni eshitib oylanib qolibdi.

Yigit bilaman hali yoshsan yaxshilab oylab kor deb "Guli"ni yonidan uzoqlashibdi. Oyga tolgan "Guli" biror soz aytmay oilasi bilan uyiga ketibdi. Yigit "Guli"ning telefon raqamini bir amalab topibdi. Song unga telefon qilib uni uchrashuvga taklif qilibdi. "Guli" hech nima deyolmay goshakni qoyib qoyibdi. Oyga tolgan "Guli" onasining oldiga kelib bor narsani aytib beribdi. Onasi u yigitning oilasini tanishini va ular yaxshi oilaligini aytib seni shu yigitga uzatishini aytibdi. "Guli" onasiga hali yoshligini va orzu havaslari borligini aytibdi. Onasi "Guli"ga sen oldin yigit bilan uchrashuvga chiq yigitni sinab kor u albatta senga yoqib qoladi deb "Guli"ga shu gaplarni aytibdi. "Guli" ikki ot orasiga qolib uchrashuvga rozi bolibdi.

Keyin ular uchrashuvga chiqishibdi. Yigit juda yaxshi oz ishiga puxta oddiy yigit edi. Uchrashuvdan song "Guli" uyga hursand bolib uyga qaytibdi va bor gapni onasiga aytib beribdi. Bu gaplarni eshitgan onasi ham quvonchi ichiga sig'may yig'lab yuboribdi. Yuragdan suyungan ona qizini duo qilib unga baxt tilabdi. Oradan vaqtlar otib yigit "Guli"ga "Guli" esa yigitga ipsiz bog'lanib qolibdi. Ular qattiq sevishib yurishardi. Keyin yigit "Guli"ga sovchi qoyibdi. Sovchilar "Guli"ini roziligin olishibdi va toy kunini ham aniqlab qoyishibdi. Bulardan hursand bolishgan yigit bilan "Guli" oziga yoq baxtiyor edi.

Kunlar otgan sayin toy kuni yaqinlashar edi. Bir kuni yana "Guli"ning qarindoshlari tomondan toy bolishi lozim bolib qolibdi. Toy kuni ham yetib kelibdi. Osha kuni hamma hursand toy kayfiyatida ekan. "Guli" ham juda hursand edi. Oziningi ham toyi yaqin qolganidan juda baxtiyor edi. "Guli" yigitni toyga taklif qilibdi. Yigit hursand bolib borishini aytib. Toyga sovg'a salomlar olib yolga tushibdi. Toyga shoshilgan yigit taksi toxtatib toyxona tomon borardi. Buni qarangki yolda avto halokatga uchrabdi. Shu payt "Guli"ning yuragi tez urib qandaydir kozining oldi qorung'ulashib kulib turgan yuzlari mayus tortib qolibdi. Havotirga tushgan "Guli" tinmay qong'iroq qilardi. Lekin yigitdan hech qanaqa javob kelmabdi. Havotirga tushgan "Guli" sevgilisidan qorqib tinmay koz yosh tokibdi.

Toy ham tugab otib bolibdi yigitdan haligacha darak yoq ekan. Nima qilishin bilmay uydagilariga hammasini aytib beribdi. Hamma yigitni axtara boshlabdi. Bir kasalxonadan "Guli" ga telefon qilib. Yigitni kim bolasiz tez yitib kelishini aytishibdi. Buni eshitgan "Guli" yig'lagan sari kasalxona tomon yugurib borardi. Borganida yigit mangu kozlarini yumib bolgandi. Buni korgan "Guli" ozini yoqotib hushudan ketibdi. Bulardan habar topgan "Guli"ning oila a'zolari va yigitning oila a'zolari yetib kelishibdi. Afsuski yigitning alaqachon joni uzilgan edi. Hamma tinmasdan yig'lar edi. Lekin bularning foydasi yoq edi. Yigitni dafn qilishibdi. Shorlik "Guli" endi nima qilsin. Ozini oldirish kerakmi endi. Nima bolganda ham "Guli"ni hayotini oilasi ozgartirishga harakat qilishardi. Ammo bularning foydasi bormikan.

Hamma havas qiladigan qani osh sevgi. Bularga kim aybdor taqdirmi yoki hayot shundaymi. Nima bolganda ham hayotda yashashni davom ettirishimiz kerak. "Guli" endi butun umr bu yigitni unutolmaydi. Hozir esa "Guli" oldingidek hursand emas. Men ham shu yerda bu voqega nuqta qoyaman bu yog'i ozingizga bog'liq aziz insonlar. Bu Hayotda hamma baxtli bolsin deb hudodan otinib sorayman.
 
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:
Flag Counter