Yaxshi ko'rgan taomlarimdan 2asini yozib o'taman.
1)Bifshteks deyilsa kerak)aniq bilmayman)).
Kerakli mahsulotlar:
1.guruch
2.grechka
3.kartoshkalar
4.go'sht
5.piyoz
6.tuz,murch)
guruchni qaynatib pishirib olamiz(kashdek bo'lib ketmasin,tirik-tirik,lekin pishgan bo'lsin).Qaynab chiqishi bilan tuzni,ozroq o'simlik yog'ini soling(o'simlik yog'i guruchni bir-biriga yopishmasligiga yordam beradi)
Grechkani ham shunday qaynatib olamiz.
Kartoshkani 3-4bo'lakka bo'lib(tezroq pishishi uchun),qaynatamiz(tuz ta'bga ko'ra solib),pishib chiqqanidan keyin uni quruq bo'lmagan pyure holiga keltiramiz.
Bular pishishi oraligi'ida,go'shti myasorubkadan o'tqazamiz,qotgan nonni ham)piyozni mayda to'g'rab,tuz,murch solib,kotlet holiga keltiramiz,va past olovda ozroq suv solib dimlaymiz.
Tayyor guruchni kosaga solib,zichlaymizu tarelkaga o'girib tushiramiz(zo'r shakl bo'ladi).
Grechkani ham shunday qilsa bo'lsa kerak(o'zim qilib ko'rmaganman)
Yoniga pyureni qo'yamizu,va albatta kotletlar))Добавлено (21.12.2012, 13:08)
---------------------------------------------
2-ovqat:kabob deymizmi) bilmasam).
Kerakli mahsulotlar:
-kartoshka
-qiymalangan go'sht
-piyoz
-sabzi
-yog'
-tomat
-ozgina guruch
-zira,murch,tuz
Qiymalangan go'shtni guruch,tuz,zira bilan aralash qilamizu,koattaroq dumaloqchalar qilib yasab olamiz.
Piyozni qizrgunicha qovurvolamiz,sabzini parrak qilib to'g'rab,qovurib olamiz,kartoshkani 2-3bo'lakka bo'lib qovurib,tomatdan ozroq solib,zira soamiz.Ko'mguncha suv solamiz,qaynab chiqganidan keyin,ta'bga ko'ra tuz solib,go'lakchalarni solib dimlab qo'yamiz.
Добавлено (24.12.2012, 08:13)
---------------------------------------------
"Yesang o'lmaysan,o'lsang mandanmas"shirinligi))
-2osh qoshiq kakao
-3ta tuxum
-1piyolacha qaymoq
-1piyolacha un
-1piyolacha shakar
hammasini idishga solib mikser yordamida aralash qilamizu,gaz pechiga 40-45daqiqaga qo'yamiz.(Ko'p qilaman,judayam zo'r).
Добавлено (24.12.2012, 16:41)
---------------------------------------------
Ertlabki nonushtaga:
2ta tuxumni aralash qilasiz,och sariq rangga kelishi bilan bir chimdim tuz solib u aralash qilishda davom etasiz,tayyor aralashmani skovorodkaga quyasiz,va skovorodka shakli bo'yicha aylantirasiz.Bu vaqt ichida 1ta sosiskani qaynatib olasiz,tuxumni tarelkaga yoyib,ichiga sosiskani qo'yib,uzunchoq qilib o'raysiz(rulet shaklida)-mana)appetitniy))