Assalomu alaykum.Dilnoz, menimcha sizning bu holatlaringiz tabiatingizga bog'liq bolsa kerak.Siz kamchilik deb aytayotgan xislatlar sizning temperamentigizga xos jihatlaringiz,ya'ni o'zligingiz.Insonlar yaxlit yaralgani kabi ularning xarakterlari ham bir-birlarini takrorlamaydi.Faqat o'xshash jihatlari bo'lishi mumkin.
Siz tabiatingizni emas,kirishimlillik darajangizni o'zgartirishga harakat qilsangiz bo'ladi,menimcha.Buning uchun o'zingizga yoqadigan sog'lom fikrli insonlar davrasida jamiyatdagi biror bir masalani muhokama qilishga harakat qilib ko'ring.O'z fikringizni jamlab olib, keyin o'ylagan mulohazangizni ketma-ketlikda shoshmasdan bildiring.
Kundalik daftar tutib har kuningizdan olgan xulosangizni yozib boring bu fikrlash doirangizni kengaytirib,so'z boyligingizni oshiradi.
Ilmiy va badiy kitoblarni ko'proq o'qing.
Yuqorida aytganimdek so'glom bahs yuritadigan davralarda bo'ling.Kimdir sizning fikringizga qarshi chiqsa,"men bunday deb oylamayman",deb ayting.Lekin oylayotgan fikringiz haqligiga amin bolsangiz,ko'ngilchanlik qilib boshqalarning fikriga tobe bo'lmang.
Kamgaplik va tortinchoqlikni qusur emas,sizdagi tug'ma tabiat , deb qabul qiling.Bu fazilat qizlarga zarar qilmaydi,menimcha.
Haq-huquq masalasida esa qonun doirasidan va insoniylik huquqlaringiz buzilishidan tashqari har qanday holatni sizga dahldor bo'lmagan masala deb qabul qiling.
Agar forumimiz sizga ma'qul bo'lsa,mavzularda biz bilan fiklashing.Bu sizga foydadan holi bo'lmaydi.)Добавлено (15.07.2013, 20:25)
---------------------------------------------
Dilnoza bu gapni aytmasam ham bo'laverardi-yu...lekin hayronligim uchun yoza qolay dedim.
sizning yozish uslubingiz o'g'il bolalarnikiga oxsharkan))