Четверг, 28.03.2024, 20:39
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Sayt menyusi
Kirish joyi
Izlash
Taqvim
«  Ноябрь 2011  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930
Bizning so'rov
Saytni qayerdan bildingiz?
Umumiy javoblar: 75
Hisobot

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » 2011 » Ноябрь » 22 » Yomg'ir
01:52
Yomg'ir


I


Yomg'irli osmon bermas yomg'ir. Yog'mas sira. Yog' yomg'ir. Yog'a qol. Yuvgin qalbimdagi dardlarni. Yuvgin yurakdagi dog'larni. Qolmasin dilimda armon. Yog'sangchi ey yomg'ir. Ne qilasan meni sinab. Kutaman har tomchingni. Yog'gin sharos quyib, suving bilan ko'mib tashla. Cho'kib o'lay sening domingda... 

Afsus bemehrsan, o'limni ham menga ko'rmading ravo. Dardim ham qoldi bedavo. Sendan foyda yo'q, umid yo'q. Sen hissiz oddiy tomchi. Sen emasman abadi. Vaqt o'tadi, kun o'tadi, yer qariga ketasan shimilib. Seni esdan chiqaraman. Bilasanmi? Sendan to'kilayotgan yaproq yaxshi. Hech bo'lmasa unda dard bor. Mayus bo'lsa ham his bor. Lekin u ham yoshligida bosh egmasdi. Mana vaqt o'tdi, sarg'aydi. Dardga to'ldi. Oxiri yerga to'kildi. Tepani qumsaydi. Qayta olmaydi. Mayus hazon. Shitirlab yordam so'raydi. Hech kim yordam bermaydi unga. Sen mag'rur bo'lma. Mag'rurlik seni yo'q qiladi. . . 


II


Yomg'ir nega bunchalar yig'laysan? Axir hazillashgandimku! Qaragin yig'layverib hamma yog'imni ho'l qilib yubordingku! Ich ichimga o'tib ketdi. Bo'ldida endi. Sen yig'layapsanu, o'zing bilan qo'shib meni ham yig'latayapsan. Ko'z yoshlaring meni ko'zimdan ham oqmoqda. Ko'z yoshlaring mazasini lablarim totmoqda. Bilasanmi? Seni ko'z yoshlaring achiq emas. Men yolg'on gapirgan ekanman. Senda ham hissiyot bor ekan. Senda ham ko'ngil bor ekan. Yig'layverganingdan ko'z yoshlaringda achchiq qolmabdi)). Endi bitta kulib qo'y! 
Seni ko'z yoshlaring hammon sochlarimdan tomib turibdi...


III


Ha yomg'ir! Yana mani yig'latdinga. Endi o'z ko'z yoshlaring mendagi. O'zimni achchiq ko'z yoshlarim. Menga nimani isbotlaysana. Yurakimda ham seni tomchilaring. O'zimga tegding. Mayli indamadim. Soddagina yurakimda nima ayb. Uni ham dardga ko'mish shartmi? Axir sen dardlar yuvguvchi, qalblar yuvguvchi edingku! Exx endi tushundim. Sen o'zgalar dardini olib o'zgalarga ulasharkansan. Qani meni qalbimdagi beg'uborlik. Qani meni soddalik. Kimlarga berding. Bor qaytib olib kel! Kerakmas menga bunday aldamchilik. . . 
Qorong'u kecha. . . Sen va men yolg'iz. Qo'larimni samoga tutgayman. Kaftimda seni tomchilaring. Kechirim so'raydi: "Uzr seni beg'uborligini qaytib berolmayman. Chunki o'zga odam bu bilan hozir baxtli, ular ham baxtli bo'lishi kerakku. Hohlasang o'zgalar baxtsizligi evaziga, qaytib beraman". 
Yooo'q. Menga bunday baxt bo'lsin begona. Mayli yig'layver. Men sen bilan birgaman. O'zing bilan meni ham yig'lataver. 
So'ngi tomching yuragimda abadiy! 

Просмотров: 937 | Добавил: Giyos | Теги: Monolog | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Flag Counter