Понедельник, 24.09.2018, 10:22
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Sayt menyusi
Kirish joyi
Izlash
Taqvim
«  Апрель 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930
Bizning so'rov
Saytimni baholang
Umumiy javoblar: 80
Hisobot

Онлайн всего: 4
Гостей: 4
Пользователей: 0
Главная » 2013 » Апрель » 18 » Yo’q. Xayr.
10:15
Yo’q. Xayr.
Yo’q. Xayr. 

- Shirin so’zlar, shirin gaplar, shirin yoqimli jumlalar aytasan menga. 
- So’zlarim rost. Hammasi samimiy. Qalbimdan. 
- Kech, juda kech. Qolmadi sabrim, vaqtim. 
- Ishoning menga. Hamon sevaman sizni. Ketmang. 
- Yo’q. Xayr. 

*** 
- So’ngi marotaba aytgandim ketmagin deya. Quloq soldingmi? 
- Kechiring iltimos. Kechiring. Men aybdorni kechiring. Sizni qadringiz bilmabman. 
- Aytgandimku, sog’inasan hali, deb. Qaytar dunyoku. 
- O’zim aybdorman. Meni yana qiynamang. Sizni boshqa tashlab ketmayman. 
- Yo’q. Xayr. 

*** 
- Esingdami? Bog’da ikkimiz yurganimizda. Senga yoqadigan gulni uzib bergandim. Shunda sen yig’laganding. Nega desam? U uzilmasdan go’zal edi. Endi uni xazon qildingiz deganding. 
- Ha. Ha. Esimda. Kechagidek esimda. 
- Sen meni sevgimni uzib olding. Endi xazonga aylanadi, usha guldek. 
- Aslo. Aslo. U yana qayta o’sib chiqadi. U yana unadi. O’sadi. 
- Yo’q. Xayr. 

*** 
- Mayin shamollar esardi, dengiz bo’yida yurganimizda. Quyosh qizarib chiqardi, dengiz ortidan. Sevgimiz chiqardi qizarib yuragimizdan, iliq harorat bilan... Qora bulut keldi, kuchli shamol bilan... Sen ketding, meni deb ojiz... 
- Men ahmoq ekanman. Bilmabman o’rningiz. Sog’inishim qilmabman hayol. 
- Odam, olamni o’zgartiraman deydi. Nega avval o’zini o’zgartirmas ekan. Sen aybni o’zingdan qidir... Mayin muhabbatni sog’inayotganlar kutayotgandir meni balki... 
- Menchi? Tashlab ketmang yolg’iz. 
- Yo’q. Xayr. 

*** 
- Sog’indim deb aldaysan. Ishonasanmi? Ishonishimga? 
- Nega alday sizni? Shuncha qiynaganim yetar. Uyalayapman o’zimdan. 
- Aldamading. Ketib qolding. Hech nima demay. Indamay. 
- Ketmadim. Majbur edim. 
- Telefonlarimni ko’tarmading. Qayta qayta qilsam olmading. Xatlarimga javob yozmading. 
- Sizni unutishim kerak edi. Unutmasam bo’lmasdi. 
- Unutding ham. 
- Yo’q. 
- Yo’q. Xayr. 

*** 
- Sabringni sinading. Sinig’i chiqguncha. Mana holimni ko’r. O’zgarganimni? 
- Hafa qildim. Kechirim so’rayman. 
- Hafa bo’ldim? Qanday qilib hafa bo’ldim? Men umuman hafa bo’lmaymanku! 
- Xayr demang yuragimni hijronga tashlab, Xayr demang mayus ko’zlarimni yoshlab, Xayr demang qalbim parchalab... 
- Yo’q. Xayr. 
*** 
- Ketganding sen xayr demay. Men aytaman ketishdan avval. 
- Ketganding... Ketganding... Hech sababini so’raysizmi? Nima sababdan ketganimni, sizdan ketganimni so’raysizmi? 
- So’ragandan nima foyda. Ishonarli yolg’on aytasan. Boshqa nima kutardim? 
- Aytaman. Mayli eshitmansangiz ham. Xayr desangiz ham... 
- Yo’q. Xayr. 

*** 
- Befoyda so’zlar, bu ortiqcha urininishlar... 
- Ketmasimdan oldin ko’rdim sizni bir qiz bilan. Qo’l ushlashib ketayapgandiz bizni bog’ tomon. Xiyonat qildingiz menga. Chidolmadim qadrimga. 
- Yo’q. Xay... bo’lishi mumkin emas. Men u yerga sendan o’zgasi bilan bormaganman. Faqat sen bilan sayr qilganman. Boshqa hech kim. 
- Yolg’onmi? To’g’ri. Sen yolg’onchi deyasiz faqat. O’z ko’zlarim bilan ko’rdimku. Boshqa aytganda ishonmasdim. Chidolmasdim. 
- Bo’lishi mumkin emas. 
- Meni ko’rganimmi? Ha. Nogohon ko’zim tushdi. Siz ko’rmadingiz? Nima deyotgandiz? 
- Yo’q. Xayr. 

*** 
- Ishon. Sendan o’zgasini demaganman. Hech kim bilan... hm. 
- Siz alday olmaysiz. Yolg’on gapira olmaysiz. 
- Men alday olmayman. Kechir. Boshqasi bilan yurdim. Faqat 1 kun. Lekin sen nega ketishga majbur eding. 
- Sizni kechira olmadim. Nafratlanib ketdim. Chiday olmadim. Ketdim. Sizga nafratimni sochishdan qo’rqib, majburan ketdim. 
- Men faqatgina bir kun yurdim. Bir kunga iltimos qilgandi. Shu yetarli bo’libdi. 
- Meni ham chaqirishdi. Siz chaqirayapti deya. Lekin boshqacha holat edi... 
- Tushunarli. Bizni birga ekanimiz kimgadir og’irlik qilibdi. 
- U qiz nima bo’ldi? 
- Birga qolishimni so’radi? 
- Nima dedingiz? 
- Yo’q. Xayr. 

*** 
- Bizni ayirishdi nomardlar... Nega so’ramading bir og’iz mendan. Eslamadinmi orzularimizni? Orzularimizdan voz kechardimmi? O’zimiz yaratgan orzulardan... 
- Esladim. Barini. Farzandli bo’lib, unga tanlagan ismlarimizgacha. Hamma, hammasini. Qaysi biri birinchi tug’ilishini istaganimgacha. Esladim. Lekin... 
- Birga o’tkazgan vaqtlarimizni ham esladingmi? Shu joylardan birga yurganlarimizni? Yomg’irda yoping’iching. Qorda issig’ing. Issiqda soya bo’lganlarimni esladingmi? Yodga oldingmi bir borgina? 
- Ha. Hammasi esimda. Goyoki, hozir bo’lgandek esimda. 
- Nega unda ketding? O’ylamadingmi meni? 
- Chiday olmadim... 
- Ex. Sodda qiz. Soddaginaya. Men kelaman. Kutgin. Kelaman. Avvalgidek bo’lib. 
- Ketayapsizmi? 
- Yo’q. Ko’rishguncha.

Manba: Giyos.ucoz.org
Просмотров: 968 | Добавил: Giyos | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Flag Counter