Пятница, 19.04.2024, 23:24
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Sayt menyusi
Kirish joyi
Izlash
Taqvim
«  Сентябрь 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30
Bizning so'rov
Hikoyalarim yoqdimi?
Umumiy javoblar: 51
Hisobot

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » 2013 » Сентябрь » 30 » Yo'l xaqqi
12:26
Yo'l xaqqi
Bir voqea hech esimdan chiqmaydi... 
Bir kuni onam meni uzoqroqdan narsa olib kelish uchun yubordilar. 12-14 yoshlarda edim. Prezdnoyim bor edi. Lekin uydan shoshib chiqib, qoldirib ketibman. Avtobusda bordim. Chiptachi yo'l xaqqi so'ramadi. Manzilimga borib, onam aytgan narsani sotib oldim va yana avtobusga chiqib qaytdim. Prezdnoyim bo'lgani uchun ortiqcha pul bermagandilar. Qaytayotganimda chiptachi mendan yo'l xaqqini so'radi. Unga yonimda pul yo'qligini, aslida prezdnoy bilan yurishimni, lekin u uyda qolib ketganini tushuntirdim. Chiptachi menga, to'lamasam tushishimni aytdi. Qo'limda og'irroq yuk edi. Chiptachiga, kelasi safar to'layman dedim. U, yo'q deb, tushishimni talab qildi. Endi tushish uchun yurgan edim, bir 18-20 yoshlar chamasidagi qiz meni to'xtatib, kerakmas deyishimga qaramay, chiptachiga men uchun yo'l haqini to'lab yubordi. Uyalganimdan qizarib ketdim. U qizga qaramay, past ovozda zo'rg'a rahmat dedim... 2 ta bekatdan so'ng u tushib qoldi. Bekatni eslab qoldim. Boshqa safar unga pulini qaytarmoqchidim. Lekin uni hecham ko'rmadim. Balki yuzini eslab qola olmaganimgadir. Har safar usha bekatga tushayotgan odamlarni kuzataman. Topa olmadim... Hozir uni yuzi umuman esimda yo'q... Balki turmushga chiqib, boshqa yoqlarga ko'chib ketgandir... 
Chiptachilar yosh bolalarni tushirib yubormoqchi bo'lsa, shu voqea esimga kelaveradi... Ushanda yaxshi odamlar bor ekaniga ishongandim. Ular ko'p ekan. Faqat indamay, kimgadir yordam kerakligini kutib yurishar ekan!
Просмотров: 1538 | Добавил: Giyos | Теги: Hikoya | Рейтинг: 3.0/2
Всего комментариев: 2
2 vestiizsssrcom  
Sayohat uchun har doim pulingiz bo'lishi uchun siz  1-win-bet.com saytida o'yin o'ynashingiz mumkin. Faqat bu yerda siz o'yin o'ynab yaxshi pul ishlashingiz mumkin.

1 NinU  
0
hayotiy hikoya)) odatiy turmush tarzimizda tez tez uchrab turadi rostanam yaxshi insonla bor kimgadir yordam kerak bolsagina ulani payqimiz

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Flag Counter