Пятница, 29.03.2024, 18:44
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Sayt menyusi
Kirish joyi
Izlash
Taqvim
«  Январь 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Bizning so'rov
Saytni qayerdan bildingiz?
Umumiy javoblar: 75
Hisobot

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » 2012 » Январь » 27 » Yangi yildan oldingi kecha…
00:56
Yangi yildan oldingi kecha…

Yangi yildan oldingi kecha…

 

Mana bugun yana o’sha kun. 25 dekabr… 6 kundan keyin yangi yil…

Har doim sen bilan yangi yilni 6 kun oldin kutib olardik. Bu odatni sen manga o’rgatganding. Nima sababdan vaqtli kutib olishimizni so’raganimda aytmasding. Oddiygina qilib "Vaqti kelsa bilib olasiz” derding.

Shu bilan yangi yilni sen bilan 6 kun oldin, 25 dekabr kuni kutib oladigan bo’ldim. 6 yil sen bilan yangi yilni vaqtidan oldin kutib oldim.

6 yil bir hil odat. 31 deakbrdagidek yasatilgan stol. Qorbobo va Qorqiz xizmatimizda bo’lardi. Faqat ikkimiz uchun. Bir birimizga atalgan yangi yil tabriklari, dil so’zlari, "sevgi izhori” va iliqqina bo’sa/// Shampan vinosi... soat 12:00 bo’ldi. 6 kun oldingi o’zimizni yangi yilimizni kutib oldik. Quvonchlar!!! Hursandchiliklar... sevgidan sarmast qalb...

Shu bilan seni 31 dekabrdan keyin ko’rardim. Yuzingda shirin tabbasum bilan...

Bir yil oldin, ha bir yil oldin. O’tgan yili. Sen ketding. O’z-o’zindan g’oyib bo’lding...

Topolmadim. Har bir burchakka kirib chiqdim. Yo’qsan! Hech qayerda yo’qsan. "Yuragim” ham seni ortingdan ketdi... afsuski yolg’iz qaytib keldi. .. senga rosa talpingandi... Lekin talpinganini topolmadi. U borgan joyda sen yo’q eding.

25 dekabr keldi. Sen yo’qsan. Telefonimga har daqiqiqa qarayman. "Meni eslaganmikan” deb. Afsuslar bo’lsinki telefon jim. Stolda bir o’zimman. Qorbobo va Qorqiz bir o’zimligimdan hayron... Kutaman seni umidisiz. Eshikka qarayman. Balkim menga "sovg’a” qilib kirib kelarsan degan umidlar bilan. Yo’qsan. Hech kim eshikdan kirib kelmadi. Soat 12:00. Sen kelmading. Bayram  tabrigi... hech kim aytmadi... Shampan vinosi... hech kim ichmadi...

26 dekabr. Seni eslagim keldi. Yangi yilni nishonlaydigan joyimizga keldim. Sevaman deyishlarini eslagim keldi. Lekin bizni stol band ekan. O’tira olmadim. Keyin chekkadagi stolga achchiq qahva buyurib, xotira dengiziga sho’ng’ib ketdim. Biz o’tiradigan stolda bir yigit o’tirardi. Xuddi biz yasatadigan stol yasatgan. Xatto Qorbobo va Qorqiz ham bor. Yigit bir o’zi yolg’iz, eshikka termulib o’tiribdi. Ko’zlari mayus. Har zamon qo’l soatiga qarab qo’yadi. Uni ham tashlab ketishibdi. Shunaqa ham taqdirimiz o’xshash bo’ladimi?

27 dekabr. Yana – yana seni eslagim keldi. Yana bordim o’sha joyga. Biz o’tiradigan joy yana band. Chekkadagi stol ham band. Kechagi yigit achchiq qahva ichib o’tiribdi. Yonidagi stolga o’tiridim. Yana achchiq qahva buyurdim. Biz har doim o’tiradigan stolga qarab o’tiribman. Seni kulishlaringni eslab... Bir yigit kelib o’tirdi. Ushanday stol... Qorbobo va Qorqiz ham kelishdi... Bo’ldi! Boshqa chidolmayman. Bunaqa o’xshashlik bo’lishi mumkin emas. O’rnimdan turib, u yigitni oldiga bordim. Tanishdim. Kechagi yigitni ham chaqirdim... gaplarimiz bir biriga yaqin edi. Gaplarimiz bir joydan chiqdi.

28. 29. 30 dekabr. Yana biz o’tiradigan joy band. Qorbobo bilan Qorqiz ham bor.

6 yigit senga aldandik. 6 kun bizni aldading. 6 yil senga ishonib keldik. Sen kim bilandur, menimcha 7 yigit bilan ketding. 24 dekabrda uchrashadiganing bilan. U mendan yahshimidi? U mendan a’lomidi?

Sen meni ishonchimni o’ldirding! Sen ustimdan kulding.! Seni ko’rarga ko’zim yoooo’q!!! Seni hech qachon kechirmayman...

Mana bugun yana o’sha kun. 25 deakbr. 6 kun oldin yangi yilni kutib olish odati... Men bugun yangi yilni kutib olaman. Bugun men yolg’iz emasman. Yonimda sendan ham zo’r qiz o’tiribdi. Xuddi o’shanday stol. Qorbobo va Qorqiz xizmatda... Bayram tabrigi... Shampan vinosi... va albata iliqqina bo’sa...

Ertaga boshqa qiz bilan shu stolda o’tiraman. Yangi yilni kutib olishadi...

Yuragimda sendan qolgan chandiqni ketqazish uchun, qasosimni olish uchun, seni aybing bilan boshqa 6 ta qiz qiynaladi. Men hozir hursandman. Shu qizlardan eng zo’ri bilan 31 dekabrda, xaqiqiy yangi yilni kutib olaman. Xuddi sen biz bilan qilgandek. Bilaman seni ham kimdir tashlab ketgan. Alamingni bizdan olgansan.

Ular mendan so’rashadi, nima sababdan yangi yilni oldin kutib olishimizni. Meni javobim oddiy, sen aytgandek: "Vaqti kelsa bilib olasiz!”

 

Просмотров: 1395 | Добавил: Giyos | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 3
3 Iqbol  
Hech o'zingni qiynama borib darahtni tep nima yog'ilishini ko'rasan

2 Loading  
Qizlar aldanishiga chidomiman.

1 Mr_Vijdon  
Gap yo'q, G'iyosiddin!!! Ofarin!!! Judayam ta'siri, ayniqsa oxirgi jumlalar.
Vaqti kelsa bilib olasiz...

Bizga shunaqa ijodiy va omadli monooglarizdan tez-tez yozib turing. O'qib mazza qildim. Qayta-qayta o'qidim.
Raxmat....

Ijoddan to'xtamang.

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Flag Counter