Пятница, 19.04.2024, 14:42
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Sayt menyusi
Kirish joyi
Izlash
Taqvim
«  Январь 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Bizning so'rov
Saytni qayerdan bildingiz?
Umumiy javoblar: 75
Hisobot

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » 2013 » Январь » 18 » Toblantirgan sinov...
00:36
Toblantirgan sinov...

Toblantirgan sinov... 

 

Kunlarni birida bir qiz va yigit internetda tanishib qolishdi. Ular uzoq suhbatlashishdi. Kunlar, oylar va yillar. Keyin telefon raqam almashildi. Telefonda suhbatlar. Oylar, yillar gaplashdilar. Bu paytda ikkalovligida iliq munosabat shakllanib, u sevgiga aylandi. Lekin ular haligacha bir birini hayotda ko’rishmagandi. Faqat bir birlarini rasmlardan tanishardi. Qiz yigitni uchrashuvga taklif etdi. Yigit boshida rozi bo’lmadi. Keyin rozilik berdi. Ular ertasi kuni bir bog’da uchrashishga kelishishdi. Qiz erta kelishini sabrsizlik bilan kuta boshladi. Rosa kutdi. Tonggacha qanday vaqtni o’tkazishni ham bilmadi. Uhlay desa ko’ziga uyqu kelmadi. Hayol surib yotib, uhlab qoldi. Ko’zini ochsa tong! Juda hursand uyg’ondi. Yuvinib bo’lib, ertalabki nonushtani tayyorladi. Ota-onasi qizidagi yuz o’zgarishlarini ko’rib, bir birlariga kulib qo’yishdi. Nonushtadan keyin ular ishga ketishdi. Qiz sochlarini tarab, turmaklab, yuzlariga oro berdi. Ko’p emas, ozgina. Yuzini o’ng tomonida ozgina dog’i bor. Har doim shu dog’idan uyalib yuradi. Lekin o’ziga yarashib turadi. Baribir uyaladi. Shu joyiga ko’proq oro berib, bilintirmaslikka harakat qiladi. Yana yigit uni ko’rib, fikri o’zgarib qolmasin deb o’ylaydi. Tayyor bo’lgach u yo’lga tushdi. Bog’ga borib, uchrashuv belgilangan joyda yigit yo’q ekanini ko’rdi, hayron qoldi. "Kechikmasligi kerak ediku” deya o’ziga pichirladi. Telefonini olib yigitga, yani Anvarga telefon qildi:

-       Allo. Assalomu Alekum Anvar aka. Qayerdasiz?

-       Salom Saida. Men shu yerdaman.

-       Ko’rmayapmanku! Usha aytilgan joyda turibmanku. Yo’qsiz!

-       Ha, kelib bo’ldingizmi? Men vaqtli kelgandim. Ertalab uyda choy ichishga ham ulgurmagandim. Shu sababli, turgan joyizdan to’g’ridagi kafeda o’tiribman. Iltimos shu yerga kelsangiz. Uzr, kutib tura olmadim. Eshitishimcha, "qizlar uchrashuvga kech chiqadi” deyishgandi. Shunga "ulguraman” deb o’ylabman.

-       Yo’q, hijolat bo’lmang. Hozir boraman.

-       Mayli. Kelavering. Ichkarida bir o’zim o’tiribman.

 

Qiz hursand holda kafega bordi. Ichkarida, stolni o’ng tomonida rostan ham bitta yigit yegulik buyurtma qilish uchun taomnomani o’qib o’tirardi. Ha. Bu rasmdagi yigit. Qizni eshikdan kirganini sezgan Anvar, Saidaga qaradi. Saida uyalib, pastga qarab kelayotgandi. Anvar o’rnidan turmay, Saidaga to’g’risidagi joyni ko’rsatdi. Saida o’tirdi. Qo’lidagi telefonni stol ustiga qo’ydi. Ichida "kelganimda o’rnidan turib ham kutib olmadi” deb o’yladi. Keyin asta Anvarga qaradi. Qaradiyu, bir cho’chib tushdi. Anvarni yuzini yarimi kuygandan qolgan chandiq bilan qoplangan edi. Juda daxshatli holat edi. Anvar, Saidani holatini tushunib, izoh qildi:

-       Saida, ming bor kechirim so’rayman. Sizga boshida ayta olmadim. Hozir yuzimni ko’rib, cho’chib ketganingizni ham sezdim. Ishonasizmi, har tong, oynaga qaraganimda, o’zim ham cho’chiyman. Sizga yuborgan rasmimda, bu holatdan bir necha yil ilgari tushgandim. To’g’risi sizdan ayrilishdan qo’rqdim. Hudbinlik qildim. Usha paytlar menga kerak edingiz. Hozir ham keraksiz. Lekin. Bu uchrashuvga men sizga barcha xaqiqatni aytgani kelganman. Avtohalokat natijasida oyoqlarim qisilib qolib, yonayotgan mashina ichida qolib ketganman. Yuzim shu ahvolga keldi. Uzoq mulojalar jonimga tegib ketgan ishonsangiz. Bu yuzni qayta to’g’rilashga, o’sha oq xalatlilarni ko’rishga ko’zim ham qolmagan. O’sha paytlar siz paydo bo’ldingiz. Yana...

-       Gapirib bo’ldingizmi? Men sizni sevardim. Siz mendan hamma narsani yashiribsiz! Yolg’onchisiz! (yig’lab yubordi)

-       Yo’q. Men yolg’onchi emasman. Yashirish bu yolg’on deganimas.

-       Men sizni boshqacha tasavvur qilgandim. Hudbin ekaningizni bilmabman.

-       Tan olaman. Usha paytlar o’zimni o’yladim. Men sizdan hech narsa talab qilmayman. Siz ham o’zingizni o’ylashingiz kerak.

-       ...

-       Avtoxalokatdan oldin, men unashtirilgandim. Lekin bu holatdan keyin, to’yim bo’lmadi. U qiz boshqaga turmushga chiqib ketdi. Men juda ruhiy tushkunlik holatda qolgandim. Usha holatdan siz chiqardingiz meni. Sizga rahmat aytmoqchiman.

-       Arzimaydi. Faqat men uyga vaqtliroq borishim kerak. Kechirasiz.

 

Saida shoshib kafedan chiqib keta boshladi, hayoli parishon bo’lib, yo’lak chekkasidagi nogironlar aravachini turtib yubordi. Ahamiyat bermay, tashqariga chiqib ketdi. Yo’lda o’zini g’alati xis qildi. Qanday qilib, bunday hunik odam bilan yashashini tasavvur qilomasdi. Dugonalarini gap so’zlar qilishini o’yladi. Bu yoqda ota onasi ham rozi bo’lmaydi. Anvarni unutishi kerak. Telefonidan uni raqamini o’chirib tashlamoqchi bo’ldi. Yurayotgan joyida to’xtab qoldi. Axir telefoni stol ustida qolib ketganku. Kafega qaytib bordi. Kirib, yana to’xtab qoldi. Boyagi nogironlik aravachasiga ofitsantlar Anvarni o’tkazishayotgan edi. Shoshib telefonini stoldan olib, qaytib chiqib ketdi. Orqaga qarashga yuragi ham betlamasdi...

 

(Hikoyani shu joyigacha ko’p joyda o’qigan, yoki eshitgan bo’lsangiz kerak. Lekin buni davomini yozishmagan. Shu yerda tugagan. Endi davomini o’qiysiz. Balki bu yolg’onmasdi)

 

Anvar ertalab uyg’ondi. Asta o’rnidan qo’zg’alib, aravachasiga o’tirdi. Yuvingani bordi. Oynaga qaradi. Yarimi odam, yarimi mahluq. Chiday olmadi. Oynani urib sindirdi. Oyoqlarini ushladi. Issiq bo’lsa ham, joni yo’q. Hech narsani sezmaydi. Boshqa odamni oyog’idek turibdi. O’ziga o’zi: "U yuzimni ko’rib, mendan ko’ngli sovidi.  Oyoqlarimni ko’rmasdan, meni cho’loq ekanimni ko’rmasdan ko’ngli sovudi. Agar oyoqlarim uchun tashlab ketganda ham rozi edim. Bunchalar afsuslanmasdim. Yuzimdan, yo’q basharamdan qo’rqib ketdi. Nahotki unga odamni ichki go’zalligi emas, tashqi go’zalligi muhim bo’lsa. Kechgani ham ma’qul ekan. Soxta sevgi edi unda. Chin bo’lganda, hech bo’lmaganda, oyoqlarim yurmasligini bilib, keyin qo’rqib ketardi. Lekin men aytmoqchidim. "yana” degan joyimdan qolib ketdim. Afsuslanmayman. Meni shu holatimga ham erga tegishga rozi bo’lganlar bordir. Axir nogironman deb, uyda yotmasam, uyda o’tirib bo’lsa ham ishlasam....” yana nimalardir deb pichirladi.

Anvar bir firmani hisobchisi bo’lib ishlaydi. Uyidan uzoq bo’lmagan joyda joylashgan. Yordamchilarini unga ma’lumotlarni olib kelib turishadi. U uyida ishlaydi. Va internet orqali jo’natadi. U kuchli mutaxasis. Shu sababli shu holatiga ham firma rozi bo’lib, jon deb ishga o’ziga olib qolgan. Anvar yashashi uchun kimnidir yordami juda zarur. Hamma vazifalarini qila oladi. Lekin yuvinishi, kiyimlarini yuvishi, yana boshqa ishlar... unga qiyin. Onasi nechta joyga, boshini urib bormadi. Hammasi nogiron ekanini eshitib, rad etadi. Mayli degani yuzini ko’rib, rad etadi. Anvar onasini tushkun holatda kelishini ko’rib, yuragi eziladi. Bitta odamni deb, otasini deb, hayoti shunday ko’rinishga keldi. Ushanda otasi mast holatda bo’lmaganida, qarshisidan kelayotgan yuk avtomabilini urib yubormasdi, o’zi o’lmay, Anvarni nogiron qilmagan bo’lardi. Lekin bu hayot ekan. Kimdir ozgina narsadan noliydi. Anvar bunga nolimaydi. Yuragi achisa ham, yonmaydi. Ham o’zidan, ham otasidan ayrildi. Onasini dardi olida uniki hech nima emas. Bitta o’g’il. Lekin nogiron. Kecha Saida uni eshitmayyoq tashlab ketgani alam qildi. O’ziga o’zi yana: "Yuzimni o’rniga yuragim yonib ketib, sevolmay qolsam bo’lmasmidi” deb pichirladi.

Baribir odam astoyidil istasa, so’rasa, Alloh unga baxtini berar ekan. Bir qancha vaqtdan keyin Anvarni shu holatiga ham erga tegishga rozi qiz topildi. Ishonish qiyin, lekin rozi bo’libdi. Anvar hayron qoldi. Lekin onasini gapiga ishonmadi. U yuragidan qandaydir hadik bor edi. Onasi esa, kulardi. "O’g’lim, sen ishonaver” deyrdi. Anvar, qiz bilan uchrashishini aytdi. Qiz uni o’z ko’zi bilan ko’rishni istardi. Balki fikri o’zgarar. Turmushga chiqqandan keyin, o’zidan afsuslanishini, bir umr o’zini koyishini istamasdi. Shu sababli Anvar orani ochiq qilish istagida edi. Onasi mayli dedi. 2 kundan keyin bog’ga uchrashuv belgilandi. Anvar aravachasini changlarini artib, boltlarini mahkamlab, uchrashuvga ketdi. Bog’ uyidan uzoq emas. Shu sababli o’zi ketdi. Vaqtliroq bordi. Uzoqdan bir qiz ko’rindi. Yonida bir ayol ham bor. Aniq uchrashuvga chiqgan. O’sha bo’lsa kerak. Ayol un ko’rib turibdi. Qiz esa ko’rmayapti. Anvar kelayotgan tomonga teskari turibdi. Anvar yaqinlashganda ayol qizni oldidan ketdi. Anvar "aniq shu ekan, meni biladi, yolg’iz qoldirish uchun ketdi” deb o’yladi. Qiz hali ham teskari qarab turib. Soatiga qarab qo’yadi. Qizni yoniga yaqinlashganda aravasini mayin tovushinini eshitib, qiz qaradi. Anvar uni darrov tanidi. Bu Saida edi. Anvar hayron bo’ldi. To’g’risi bu holatni kutmagandi. "Qanday qilib” o’ziga o’zi savol berardi. Huddi tush ko’rayotgandek edi. Qiz ko’rmasdan bekorga rozi bo’lmaganini endi tushungandek edi. Shu onda o’zini juda baxtli his eta boshladi... Saida unga salom berdi:

-          Assalomu Alekum. (negadir samimiy emas)

-          Voalekum Assasalom. Yahshimisiz. (sal duduqlandi)

-          Rahmat. Yahshi (qandaydir, Anvarni mensimagandek ohangda, ensa qotirib).

-          Men uchrashuvga chiqgandim. (hursand holda)

-          Men ham. (Hali ham ensa qotirgan holatda)

-          To’g’risi sizni ko’raman deb o’ylamagandim. Ko’zlarimga ishonmayman.

-          Nega ko’zlarizga ishonmaysiz, nima meni baxtli bo’lishga xaqqim yo’qmi? Men ham turmushga chiqishim kerak. Sizni aldavingiz qurboni bo’lib yurmaymanku. (baland ovozda shu gaplarni aytdi). Yana kimni aldab, uchrashuvga chaqirdingiz. Bu safar ham stolga o’tirib olib, aldaysizmi? Yoki shu yerda turibmi? Sizni ko’rib, rahmi kelganidan, rozi bo’ladi deb o’ylaysizmi? Adashasiz. Sizdakalarga mana shunaqa hayot munosib. O’zizni harakterizga yarasha jazo olgansiz.

-          ... (Anvar hayron qoldi. Uchrashuvga chiqmoqchi bo’lgan qizi shu edimi, yoki adashdimi? Onasidan ismini ham so’ramabdi. Birga olib kelsa bo’larkan. Har holda tanir edi. Saidani bu gapirishlari jon jonidan o’tib ketdi.)

-          Uchrashuvingizga boring. Hozir meni bo’lajak qallig’im keladi. Siz bilan ko’rib, noto’g’ri hayolga bormasin.

-          Kechirasiz... (uchrashuvga chiqqan qizi bu emasligni bildi. O’ziga shukur qildi. Lekin uni gaplari rostan ham og’ir botgan edi. Yurishni ham yurmaslikni ham bilmasdi. Orqaga, uyga ketgisi ham kelardi. Negadir, hozir keladigan, u bilan uchrashadigan qiz ham uni haqorat qiladigandek.) 


Davomi va boshidan forumda. Hammasi bu yerga sig'madi. (

Giyos/FORUM » ASOSIY » HIKOYA VA MONOLOGLAR » Toblantirgan sinov... oxiri yarqiragan baxt.(Giyos yozgan) (Hikoya))

 http://giyos.ucoz.org/forum/3-170-0-17

Просмотров: 2000 | Добавил: Giyos | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 1
1 bek88  
0
Nega davomini yozmagansiz. Forumdan qidirib yuramizmi. Shaqdan uqisak bumaydimi.

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Flag Counter