Четверг, 25.04.2024, 16:20
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Sayt menyusi
Kirish joyi
Izlash
Taqvim
«  Февраль 2011  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28
Bizning so'rov
Hikoyalarim yoqdimi?
Umumiy javoblar: 51
Hisobot

Онлайн всего: 4
Гостей: 4
Пользователей: 0

Главная » 2011 » Февраль » 20 » Telba oshiq. (monolog)
07:30
Telba oshiq. (monolog)

Telba oshiq.

 

Iya qalesan. San o’zingmi, yoki boshqa birovmi? San o’zingsan. Mani aldomisan. Mani ko’rvossanmi? Nega ko’rmayapsan. Sani tashab ketganimga hafa bo’ldingmi? O’zingku mani jinnixonaga tashab yotqizib, belab ketding, kamiga bitta tinchlantiruvchi ukol ham aptikadan palon so’mga sotvolib kelding. Shu ukol shartmasdi. Shu ukol qilindi man tamom bo’ldim. Quritilgan sabziga o’xshab qoldim. San  ketib qolding, yana manga siz tashab ketdiz diysan. Aqldan ozdirgan o’zing mani. Endi davolashga kelganda yo’q bo’lib qolding. Mana tashab ketib qoganingga 6 oy bo’voti. Man bugun jinniconadan qochib chiqdim. Hozirgina, hali svrjiy qochgan jinniman. Ustimda ham ushatni kiymi. Avtobusda ketvomman. Sanga nima diyishni o’ylab. Hamma manga jinniga qaragande qaravoti. Man jinni emasman!!! Sanni topa olmiyapman. Qattasan. Telefon nomeriniyam esimdan chiqarvoribman. Hoziram bitta ahmoq zo’rg’a telefonini berudi, eslomiy luboy nomerga terib sani so’radim. Bitta tomi ketgan mazgi o’ris kampir oldi telefonni. Tebya kto nada? Dib gapirudi, koshki man chalasavod ruschani tushunsam. Ismini boshini etdimman. Anu sasiq kampir ni tuda popal dib qo’yib qo’ydi. Nima diganini tushunmadim ham. O’rischani r harpigayam tushunmiman o’zi. Anu telini berganam teli tortvoldi. O’ziyam telefoni yeb qo’yishimga ozgina qogandi. Cho’ta qornim ochganini sezdim. Avtobusni to’xtat dib baqirdim, chaqirdim, eshikni urdim. Oynasi sindi. Qo’lim qonadi. Eshikni ochishdi. Shopir tushdi baqirdi, chaqirsi, man unga qizil spravkamas qo’limni qizil qonini ko’rsatdim. Kiymiga yaqinlashtirudim. Orqaga aytib so’kib so’kib oxirida jinni dib ketdi. Man qo’limdigi qaradim. Qon oqvoti. Uval dib qo’limdigi qonni shimib o’tirdim. Keyin turib nonchini oldiga bordim. Non bermaseng sani o’diraman hozir jinnihonadan kevomman. Ko’rvossanmi? Yoki qo’limni kesdi dib ustingdan yozvoraman. Man jinixonadan qochdim. Lekin man jinnimasman. Shundoq bo’sin bitta non bilan kamayib qolmisan. Rahmatmas mani yalintirganingga.  Ertaga agr mani ushlab olib ketishmasa yana bitta non berasan. Yana jinnixonga telefon qib yurma. Saniyam tortib ketaman….. Ana yana avtobus, voy ichida san ham borsanmi? Toooo’xtaaaat mani tanivosanmi, avtobusni toooo’xtaaaat. Man balnitsadan sani oldinga qochib chiqdim. Sani bir marotab ko’rish uchun. Toooo’xtaaat. Man sani sevaman. Iltimos tooo’xtaat. Charchab ketdim. Manga qarasangchi. Man sani oldinga uyinga bormoqchidim. Avtobusdan tush. Eshitvosanmi man sani sevaman. Tushmasang orqengdan uyingacha boraman. Ex baribir tushmading. Mayli xozir orqangdan yetib olaman. Mana boshqa avtobus keldi…., Qani tezroq yur. Yetib oliy.... Avtobusdan tushding. Manam tushdim. Hozir sanga yugirib yetib olaman. Nega bu yerda tushding o’zi, uying boshqa yerda ediku? Nega javob bermisan. Mandan shunchalar hafamisan hammasiga sani oldinro keb ko’rmaganimmi? Kechir. Qochib chiqishni iloji bo’lmadi. Jinnixona stogiyde, qattiq tartib. Qochish rejasini 5 oy tuzdim. Hammasi sani bir marta ko’rish uchun. Mana ko’rdim sani. Manga bunaqa begonaga qaragande qarama. Nigohing sal boshqacharo bo’lib qolibdi. Manimcha ko’p yig’laganingdan bo’sa kerak. Ha shunaqa. Toptimmi???? Hammon ushnday go’zalsan, qaddi qomating hech ham o’zgarmagan. Yurushlaring, qadini tik tutishing, hali ham ushanday mag’rursan. Oxirgi marta ko’rganimda ham shunday eding faqat unda yuzingda tabbasum bor edi. Hozir u yo’q. Iya yuzingdagi hol qani, man sani usha hol uchun sevganman. Holini qidirib o’zing ham yuzingni ushlavossanmi. Mani jinnixonaga yotqizishgandan keyin oldirib tashadingmi? Chiroyli turar edi. Lekin san shuni bilgin man sani haliyam sevaman... nega ko’zingadan yosh oqvoti, yig’lama. Nega yig’lesan. Mandan hafa bo’lib yig’lavossanmi? Telefon aparating o’zgaribdimi? Oldingisi yahshi ediku. Kimni chaqirvossan bu yaqqa. Kim u chaqirganing??? Nega mani anu jinni dib etvossan. Hoy soshma. Uyinga kirib ketvossanmi? Oldin bu yerda turmas edinku. Nega ko’chdinglar. Hoooov eshitvossanmi? Man sani sho’tta kutaman. Anaqisa suv olib chiqib ber, chanqab ketdim. Boyagi non tiqilib qoldi. Oddiy suv ham bo’luradi...... Kutib o’tiribman sani. O’z sevgimni hali tikliman. Ishonchingni oqliman. Manga ishon....... Qora Lasetti. Man orzu qigan mashina. Yurishini qareng. Tekis. Manam haydasam bo’lardi. Lekin mani hamma jinni diydi. Man sog’manku. Mana gapirvomman, fikirlavomman, o’ylavomman, Lekin yoshligimni eslomiman. Balnitsaga tushgunimcha bo’gan paytni eslomiman. Nimaga balnitsaga tushirishgan mani. Faqat sevgilimni esliman. Eshitvosanmiiiii? Sani esliman. Yana boshqa narsalar bir bir. Keyin onamni.... Qora lasetti. Chiroyli mashina. Mani oldimda to’xtadi. Yerda cho’kkalb o’tirganimga tilanchi dib o’yladimi? O’rnimdan turaman. Tilanchimasligimni bilsin. Ichidan 4 yigit tushdi. Mani olinma kelishvotti? Bular jinni honadanmasmikan?????? Aka silar jinnixonadamasmisila? Mani obketgani keldilami? Man borishni istamiman u yaqqa. Kimsizlar unda? Mani qo’yvoringlar. Nega urayapsizlar, tepmang og’rivotiku. Ay, nima qildim sizlarga, tepmang. Ox, yomon teydi. Voy boshim. Kimsizlar???? Mashinani ichidagi kim? Tanigandekman? Mani 6 oy oldin ham urgandi. Boshim tinib borvoti. Oldimga kelibdi. Gaplarini elas elas eshitvomman. "Hoy jinni yana man sevgan qizga ilakishib qoldingmi? Joying qattaligini esdan chiqardingmi? Yoki oldingi egan kaltaklaring esdan chiqdimi? San dib Fotima o’lib ketdi. Bilvossanmi? San uni o’ldirib qo’yding man bilan talashib, Endi Zuhraga yopishvosanmi? Fotima o’lgandan keyin ular uyni almashtirishdi. San ityaloq sho’tni ham topib kelding. Yana bir narsani bilib ol . sani man jinni qildirtirdim. Sani kaltaklab, keyin sanga ukol qildirtirdim. Hammasini man qildirtirdim. Fotimani tortib olding. Endi Zuhraga qo’ling yetmaydi. U sendan nafratlanadi. Sen chunki Fotimani qotilisan uni nazarida. Aslida man otgan o’q sanga tegish kerak edi. Lekin Fotima to’sib qoldi. San ablah bo’sa qutilib qolding. Endi mandan qutila olmaysan. Sani jinnixonaga emas. Narigi dunyoga jo’nataman”. Uyog’iga nima diganini eshitmadim. Man esladim. U qotil. Fotimani qotili. Uni o’ldirishim kerak. Hozir ustimga nimadir yopishdi. Qop bo’sa kerak. Mani sevgilim o’lgan ekanda unda. Yana qattandir ablahni ovozi keldi. Qopga tosh solib cho’ktirib yubor digan. Mani ham o’ldirmoqchi. Ex onamni ham ko’rmoqchi edim. Onam mani butun jahonim edi. Har kuni balnitsaga mani ko’rgani kelardilar. Hozir man yo’qligimni ko’rib rosa kuyunayotgandirlara, bu ablahlar endi mani o’ldiradi, boshqa onamni ko’rmayman. Onamni qadoq bosgan bo’lsa ham men uchun yumshoq qo’llarini bir marta boshimga qo’yib, og’lim sandan roziman disalar bo’ldidi. Onam uchun man hich narsa qilib bera olmadim. Onam. Onama. Farzand deb o’stirganlari, bir qizni deb jinnixonaga tushib o’tiribdi. Nafs quli bo’lib. Sizni aytganizni qilsam bo’lmasmidi. Mashinani orqasida qopni ichida diqqanafas bo’lib tanamdagi og’riqlar bilan ketvotgan bo’lsam ham bu azoblar qalb azobi oldida urvoqchalik emas ekan. Onajonim mendan rozi bo’ling.... Havo kirdi. Qopni ikki kishi ko’tardi. Qulog’imga so’ngi marta suvni chaloplagani eshitildi. Alvido onajonim. Alvido hayot.

Просмотров: 1080 | Добавил: Giyos | Теги: Monalog | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
1 Akramjon  
gap yo'q manga yoqdi sad sad sad

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Flag Counter