Среда, 24.04.2024, 12:56
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Sayt menyusi
Kirish joyi
Izlash
Taqvim
«  Ноябрь 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
Bizning so'rov
Hikoyalarim yoqdimi?
Umumiy javoblar: 51
Hisobot

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » 2014 » Ноябрь » 19 » Sodda (Hikoya)
21:55
Sodda (Hikoya)

Sodda.

 

  • Kechirasiz? Bir daqiqaga menga qarab yubora olasizmi?
  • Menmi? Eshitaman.
  • Meni tanimadizmi?
  • Yo’q... Eslay olmayapman.
  • Men Maftunaman.
  • ...
  • Puchuqoyman.
  • ... (Aslida uni tanigandim. Faqatgina tanimaganlikka oldim.)

 

6 yil avval...

 

U bilan birinchi uchrashuvimiz hiyobonda bo’lgan edi. Ushanda men o’rindiqda o’tirgandim. U yonimga yig’lab kelib, o’tirdi. Men boshida ozgina hijolat bo’ldim. Turib ketmoqchi ham bo’ldim, lekin qalbim negadir undan nima bo’lganini so’ra deyotgandi.

 

  • Kechirasiz. Nega yig’layapsiz?
  • ...
  • Balki yordamim kerakdir?
  • Yordam bera olmaysiz...
  • Yo’q, nega? Balki qo’limdan kelar.
  • Meni, akam... (ko’z yoshlarini artib). Meni, akam uydan haydab yubordi.
  • Nega haydab yuboradi? Qanaqa qilib?
  • Kenayim bilan ko’p urishardik. Yaramas kenayim gij-gijlab shunday qildirtirdi.
  • Ota-onangiz indashmadimi?
  • Ota-onam yoshligimda o’tib ketishgan. Tog’amni qo’llarida katta bo’ldik. Akam kattaroq bo’lib, o’zi ishlab, yana ozroq qarz ko’tarib, 2 xonalik uy sotib oldi. Keyin tog’amnikidan chiqib ketdik. Sababi u yeda yashashimizga joy qolmayotgan edi. Ular ham bolalarini uylantirishlari kerak edi. Joy kerak edi. Shu sabab so’ngi paytlar oradan ko’p gap so’zlar o’tayotgadi. Tog’am aniq qilib, chiqib ket deya olmasdiyu, lekin shunga shama gaplar qilardi. Shunga chiqib ketdik. Keyin akam sevgan qiziga uylandi. Shundan so’ng aka-singillik rishtamiz uzila boshladi. Oxiri haydab yubordilar.
  • Hm.
  • Hattoki men u uyda ro’yhatda ham yo’qman. Keyin qo’ydiramiz deb, qo’ydirmagandilar.
  • Achinarli. Endi nima qilmoqchisiz?
  • Bilmayman. (Yana yig’lab yubordi).
  • Qo’ying, yig’lamang. Tog’angiznikiga borsangizchi?
  • Buni iloji yo’q. Ular ham kelin tushirganlar. O’zligi kichik joyda yashashadi. Menga joy yo’q.
  • Hohlasangiz akangiz bilan gaplashishim mumkin.
  • Aslo unday qila ko’rmang. Akam keyin meni o’ldiradi, “O’ynashingni yetaklab keldingmi? – deb.
  • Ha, bu ham to’g’ri. Endi nima qilmoqchisiz?
  • Bilmayman. Boradigan joyim yo’q. Tog’amdan boshqa qarindoshlarimiz ham yo’q.
  • (Chiroylikkina qiz ekan. Ko’chada hor bo’lmasin deb, unga yordam bergim keldi). Hohlasangiz, meni uyimda joy topguningizcha yashab turing.
  • Ota-onangiz nima deydi?
  • Ular chet elda ishlashadi. 1 yilda 1 marotaba kelishadi. 4 xona uyda bir o’zim yashayman.
  • Uzr, sizni ovora qilgim kelmayapti.  
  • Ovorasi borakanmi?
  • Hijolat bo’layapman. (yig’lashdan to’xtab, ko’z yoshlarini artib qo’ydi). Siz bir o’zingiz yasharkansiz. Men qiz bola bo’lib sizning uyingizga borsam...
  • Qo’rqmang. Men sizni singlim deb qabul qilaman.
  • Qo’ying. Bu meni muammoyim. O’zim hal qilishim kerak. Bir kunimni ko’rib ketarman.
  • Yo’q. Men sizga yordam beraman dedim. Endi so’zimni ustidan chiqishim kerak. Hecham hijolat ham bo’lmang. Ismingiz kim? Shuncha gaplashib, so’ramabman.
  • Maftuna.
  • Ismingiz chiroyli ekan. Meniki Temur. Yoshingiz nechida?
  • 18 da.
  • Meniki 22 da. Yuring ketdik unda. (Maftuna qanaqadir tortinib turgandi). Maftuna. Siz mendan sira cho’chimang. Men sizni singlimdek ko’rayapman. Siz ham meni akangizdek ko’ring. Mayli, hech bo’lmasa o’zingizga boshpana topguningizcha yashab turasiz.
  • Hop, mayli. Rahmat sizga.
  • Arzimaydi. Uyim uzoqda emas. Anavi ko’p qavatli uyni orqasidagi uy. 4 qavatda yashayman. Hamma sharoitlari bor. O’zim mebel chiqarish korxonasida ishlayman.
  • Tanishganimdan hursandman.
  • Nima kerak bo’lsa, tortinmay aytavering. O’z yaqiningizdek ko’ring.
  • Hop bo’ladi.

 

Shunday qilib uni uyimga olib keldim. Unga hamma xonalarni tanishtirdim. Unga bitta xonani ajratib berdim. Ertasiga birga bozorga olib borib, yangi kiyimlar olib berdim. 2 kun avval oylik olgandim. U mendan juda hursand bo’ldi. Ota-onamga hech nima demadim. Bilishmagani maq’ul deb o’yladim. O’zi ketishganligiga 1 oy bo’ldi. Kelishguncha bu qiz uy-joyini topib ketsa kerak deb o’yladim. Maftuna 3-4 kun uyda o’tirdi. Keyin ish qidirib ko’raman deb, ertalablari shahar aylanib kelardi. Men esa o’z ishimga borib kelaverardim. 2 hafta deganda u supermarketga ishga joylashdi. U menga: “Ozroq pul to’plab, ijarada yashagani chiqib ketaman”, - dedi. Men esa unga, shu yerda yashayverishini, ijaraga pul to’laguncha, o’zi pul yig’ib, sotib olishini maslahat berdim. To’g’ri, oz vaqtda uy sotib olishi qiyin. Menam yordam beraman deb o’yladim. Shunday qilib, birga yashay boshladik.

Maftuna juda chiroyli qiz edi. O’zi oppoqqina, o’rtacha gavdali, qomatlari kelishgan... Exx. Naqt malika edi. Bunday suluv qizni avvallari ko’rmagandim. U doimo meni kelishimga, ovqatlarni pishirib, tayyorlab qo’ygan bo’ladi. Uy supurilgan, ozoda. Kiyimlarimni ham yuvib qo’ygan bo’lardi. Huddi o’zimni uylangandek his qilardim. 1 oycha yashaganimizdan keyin, mahallamiz raisi meni chaqirtiribdi. U yoqqa bordim.

 

  • Assalomu Alekum. Chaqirtirgan ekansiz.
  • Voalekum Assalom. Keling Temurbek.
  • Keldik.
  • Sizni chaqirtirishdan maqsadimni bilsangiz kerak.
  • Yo’q, bilmayman.
  • Shundaymi? Uyingizda bir begona qiz yashayotgan ekan. Shuni yetkazishgandi.
  • Qoyil. Qo’shnilarimga gap yo’q.
  • U qiz kim? Nega siznikida yashayapti? Ota onangiz horijda.
  • U qiz... (negadir to’g’risini aytgim kelmadi. Undan ayrilib qolishdan qo’rqdim. Negadir uni mendan tortib olishadigandek tuyulishdi).
  • Ho’sh. Nega jim bo’lib qoldingiz?
  • U qiz bizni uzoqroq qarindoshimizni qizi. O’qishga kirmoqchi ekan. Shunga shu yerda tayyorlanayapti.
  • Uzoqroq qarindoshimizni qizi deng. Yaxshi. Qayerda tayyorlanayapti?
  • Bilmadim. Qaysidir o’quv markazlarida bo’lsa kerak.
  • Shuncha payt birga yashab, so’ramadingizmi?
  • So’ramadim. Menga uni qizig’i yo’q.
  • Hop. Mayli. Ozgina kuzataylikchi. Keyin gaplashamiz. Sizga ruhsat.
  • Sog’ bo’ling.

 

Raisni xonasidan chiqib, bir narsani o’ylab qoldim. Nega to’g’risini aytmadim. Negadir uni qizg’ondim. Yoqtirib qoldimmikan? Bo’lishi mumkin emas. Lekin qizg’ondimku...

Uyga qaytayotsam, yo’lda o’rtoqlarimni ko’rib qoldim. Meni qo’yarga qo’yman, yaqin atrofdagi kafega olib ketib qolishdi. U yerda ozgina o’tirib, u-bu yeganimizdan keyin, Bobur gap boshlab qolishdi:

  • Uyinga bitta janonni olib kelibsan. Shokir ko’ribdi.
  • Qanaqa janon?
  • O’zingni bilmaganga olma. Bugun biz ham ko’rdik. Aynan poylab turdik. Ishmaganimiz uchun.
  • Yo’g’e.
  • Kim u? Qayerdan keldi? Nega keldi? Qanchadan to’layapsan?
  • U unaqa qizamas. U yaxshi qiz. Uyidan haydashgan ekan. Shunga menikida yashab turibdi.
  • XAXAXA. Bizni shu gaplaringga ishonadi deb o’ylayapsanmi? Bog’cha yoshidan o’tganmiz. Hozir bog’cha bolayam bu gapga ishonmaydi.
  • To’g’risi. Sizlarni nega aldayman.
  • Sen ichidan pishgan tullaksan, o’zing sodda ko’ringaning bilan. Lekin rostdan ham chiroyli qiz ekan. Zo’rini topibsan. Senga zo’rda. Ota-onang uzoqda. Kvartirang tayyor. Hohlaganingcha o’ynab kulasan. Har hilini olib kelmasdan, bittasi bilan doimiy yashash yaxshi. Kasal pasal yuqmaydi. Kallangga gap yo’q.
  • Nimalar deb aljirayapsan? Men unaqa iflos emasman.
  • Hop, sen yaxshi bolasan. Unda qachon bizni mehmonga chaqirasan?
  • Seni kallang aynib qolibdi. Hech qanaqa mehmonga chaqirmayman. Jinnisan.
  • Jahli chiqishini qara. Huddi kimdir sevgan qizinga gapirayotgandek qizishasana? Shoshma? Balki u sevgan qizingdir?

 

Shu gapidan keyin u bilan mushtlashib ketdim. Bizni ajratib qolishdi. Keyin uy uyimizga tarqaldik. Men Shokir bilan birga qaytdim. U bilan uyimiz yaqin edi. Yo’lda uyoq buyoqdan gaplashdik. U menga:

  • Temur, senga bir gap aytsamde. Seni boshinga baxt qushi qo’nibdi. Qarade. Uyingda shunday janon yuribdi. Seni o’rningda bo’lganimda undan foydalanardim. Hech kimi yo’q deyapsan. Uni sekin aldardim. Ko’ngliga yo’l topardim. Juda bo’lmasa, senga uylanaman deyrdim. Bir gap bilan aytganda, ko’ndirardimda.
  • Yo’q. Men bunday qila olmayman.
  • O’zing bilasan. Men gap yo’g’ida aytib qo’ydimda.
  • Men unga sizni singlimdek ko’raman deganman.
  • Nima desam ekan. To’g’ri. Lekin shunday deganing bilan aslida aka singil emasanlar. Bu shunchaki gap o’rnida aytilgan. Yuqorida aytganlarim. Seni o’rningda bo’lganimda, o’zim bilardim.
  • Boshimni qotirma. Men senga o’xshamayman. Men bir ko’chada qolgan qizga yordam berayapman.
  • Bilmadimkuya, lekin qizlar o’zidan o’zi ko’chada qolib ketib, begona erkak bilan birga yashamaydi. Nimadir maqsad bilan keladi. Yoki sendan taklif kutayapti. Yoki boshqa maqsad.
  • Unga faqat uy joy kerak. Ko’chada qolgan.
  • Mayli. O’zing bilasan. Qaraginda.

 

Shokir bilan uyimga yaqinlashganimdan keyin xayrlashdik. Kech qolib kelayotganim uchun eshikni ochish uchun Maftunani ovora qilgim kelmadi. Uhlayotgan bo’lsa, uyg’otib nima qilaman dedim. O’zimni kalitim bilan eshikni ochib kirdim. Tufligimni yechib, chekkaga qo’ydim. Chiroqni yoqdim. Xonamga o’tib, kiyimlarimni yechdim. Sochig’imni olib, cho’milish uchun vannaga qarab yurdim. Eshikni ochdimuu.... Eshik qulflanmagan ekan. Maftuna cho’milayotgan ekan. Uni yalong’och badanini ko’rib qoldim. Men uni cho’milayotganini bilmagandim. Shoshib qoldim. Kechirasiz deb, eshikni yopib, xonamga kirib ketdim. O’zimni yotoqqa tashladim. Ancha charchagandim. Uyqim kela boshladi. Ko’z o’ngimdan Maftunaning badani ketmadi. Umrimda birinchi marta yalong’och qizning ko’rishim edi. Shokirni gaplarini o’ylay boshladim.

         Ertalab o’rnimdan turib, choy ichgani oshxonaga o’tsam, nonushta tayyor ekan. Maftuna ham usha yerda ekan. Bir birimizni ko’zimizga qarashga uyaldik. Bir so’z aytishga ham uyaldik. Unga qarab turib, Puchuqqinam dedim. U yalt etib, menga qaradi. Unga qarab, “Burningiz puchiqqina ekan. Endi ahamiyat beribman”, - dedim va kulib qo’ydim. U ham kulib qo’ydi. Kechagi voqeani esdan chiqaramiz. Bu tasodif edi. Men sizni uhlayotgan bo’lsangiz kerak deb o’ylagandim. U bo’lsa, “Men sizni eshik qo’ng’irog’ini bosasiz deb o’ylagandim. Hayol bilan hammomni eshikini yopmagan ekanman. Qisqasi sizni ham hijolatga qo’ydim. Meni kechiring”, - dedi.

         Shu suhbatimizdan keyin uni Maftuna emas, Puchuqqinam deb chaqira boshladim. Unga ham bu yoqardi. Baribiram uning o’sha kuni ko’rganim, esimdan chiqmayotgandi.

         Birga yashayotganimizga 3 oydan oshdi. Bir birimizga ancha o’rganib qoldik. U bilan birga kinolarga, restoranlarga, parklarga bordik. U bilan qo’l ushlashib yurardim. Qandaydir uni yaqin ko’rardim. Uni qattiq bag’rimga bosgilarim, erkalagilarim kelardi. Lekin uni singlim deganim uchun bunday qila olmasdim. Miyamda qandaydir bir ovoz, u singling emas. U seniki deb turardi. Rosti ham shunday ediku. Uni bag’rimga bosishimga, puchuqqinam deb erkalashimga nima to’sqinlik qilayapti. Shokir ham xaq. Balki keyin unga uylanarman. Yo’q. Unga shunday deb aytaman...

         Uyga borganimda, Maftuna ovqatlarni tayyorlab turgan ekan. Kiyimlarimni almashtirib chiqib, birga ovqatlandik. Dilmdagilarni aytaman degandim, lekin ikkilandim. Xonamga kirib, yotib uhladim. Ertalab ishga ketayotganimda, unga xonamni tozalab qo’yishini iltimos qildim. Avvallari unga bu xonaga kirishiga ruhsat bermagandim. Kirsa ham bor paytimda bir ikki bora kirgan. Qolgan payt eshikni qulflab ketardim. Xonamda hamma narsalarim turardi. Xonani ochiq qoldirdimda, o’zim ketdim. Bu bilan unga ishonchimni ko’rsatmoqchidim. Eshikdan chiqishim bilan Shokirni ko’rib qoldim. U menga Maftuna bilan ancha opoq-chapoq bo’lib qolganimni aytdi. Qo’l ushlashib yurganimizni ham. Katta yo’lga chiqib, uni ortiqcha gaplaridan qutilish uchun duch kelgan taksilardan biriga o’tirib ketdim. Uyga har doimgidan ozgina kech keldim. Maftuna uyda ekan. Xonamni kirdim. Xonamni ozoda sarishta qilib yig’ishtirib qo’yibdi. Ko’rib hursand bo’ldim. Keyin kechki ovqatni yeb, televizor ko’rdim.  Maftuna xonasiga uhlash uchun kirib ketdi. Men qaysi kanalni ko’rishni bilmasdan, boshqa kanallarga o’tkazdim. Bir chet el kanalida ishqiy film bo’layotgan. Shunda to’xtadim. Uni ko’rib, extiroslarim oshib ketdi. Bo’ldi. Hozir Maftunani o’zimniki qilaman deb, o’rnimdan turdim. Televizorni musiqiy kanalga qo’yib, ovozini ko’tardim. Baqir chaqir qilsa, qo’shnilarga eshitilmasligi uchun. Uning xonasiga qarab, ohista yura boshladim. Shu payt telefonim jiringlab qoldi. Shokir ekan. Otasi yiqilib tushib, oyog’i sinibdi. Shunga mashinaga ko’tarib chiqarishga yordamlashishga chaqiribdi. Nailoj ketdim. Qaytib kelganimdan keyin esa... Extiroslarim so’nib bo’lgandi. Xonamga kirib uhladim. Ertalab uyg’onib, Maftuna bilan nonushta qildik. Uni nigohlarim bilan “yeb” qo’yardim. U uyalgandek, hijolat bo’lgandek yerga qarab qo’yardi. Keyin u bilan xayrlashib, xonamni eshigini ochiq qoldirib, ishga ketdim. Qanaqadir kayfiyatim yaxshi edi. Ishda ham mazza qilib ishladim. Uyga har doimgi vaqtda keldim. Uyga kirdim. Maftuna ko’rinmasdi. Oshxonaga kirdim. Kechki ovqat tayyorlanmagan. Maftunani xonasiga bordim. U yerda ham yo’q. Hayron qoldim. U hech qachon ishidan kech qaytmasdi. Kech keladigan bo’lsa, menga telefon qilib aytib qo’yardi. Muammosi chiqib qoldimikan deb qo’ng’iroq qildim. Telefoni o’chiq. Havotir ola boshladim. Xonamga kirib yotdim. Uni kelishini kutdim. Soat kechki 12:00 bo’lgan bo’lsa ham u kelmasdi. Nima qilishimni bilmasdim. Uni qanday topishni ham. Uni qidirib ko’raman deb, ko’chaga chiqib, aylanib keldim. Ishlayman deb aytgan supermarketiga ham bordim. Yopilib bo’libdi. Uyga qaytib keldim. Balki uyga qaytgandir deb o’ylab. Yo’q, uyga ham kelmabdi. Balki ubu dugonasinikiga ketgandir degan hayol o’tdi. Xonamda yotib o’ylay boshladim. Balki u niyatim buzilganini sezib, qochib ketgan bo’lsachi. Ha. Huddi sezib qolgan. Keyin qochib ketgan. Lekin xonasida narsalari turibdiku. Qochadigan odam shuncha narsani nima qiladi. Qo’rqib qochib ketgan. Shu hayollar bilan uhlab qoldim. Ertalab turdim. Xonalarni bir bir aylanib chiqdim. Maftuna yo’q. Kelmabdi. Nonushta qilish ham ko’nglimga sig’madi. Telefonim jiringladi. Hursand bo’lib ketdim. Yo’q. Telefon qilgan Maftuna emas, Shokir ekan. Dadasini operatsiyasiga ozroq pul yetmayapgan ekan. Shuni oylik olgunicha berib turishimni so’radi. Hop dedim. Xonamga kirib, pul turadigan shikafimni ochdim. Qarasam, hech qanday pul yo’q. Hayron qoldim. Shosha pisha boshqa tortmalarimni ham qaradim. Yo’q. Mashina olishga yig’ayotgan pullarim. Keyin ota onam jo’natgan pullar. Birortasi ham yo’q. Uyimga o’g’ri tushgan. Ha, ha. O’g’ri tushgan. To’xta. Ha. Maftuna olgan. Yo’q. U unday emas. O’g’rilar kelib, Maftunani ham olib ketishgan. Militsiyaga telefon qilaman. Shunday deb telefonimni olganimda, Shokir telefon qildi.

  • Temur, tushayapsanmi?
  • Shokir. Bilasami? Uyimga o’g’ri tushibdi. Hamma pularimni o’g’irlabdi.
  • Nima? Hazillashayapsanmi?
  • Shunaqa gap bilan ham hazil qilamanmi? Maftunani ham o’g’irlab ketishibdi.
  • Qanaqasiga? Qayerdan bilding.
  • U ham kechadan beri yo’q. Pullarimga kecha ertalab, yana qo’shib qo’ygandim. Hozir qarasam yo’q.
  • Balki usha qizingni o’zi o’g’rilab ketgandir.
  • U unaqa qiz emas.
  • Puling qayerda turardi.
  • Xonamda, tortmada.
  • U bilarmidi?
  • Yo’q.
  • Aniqmi?
  • Ha, aniq. Yo’q. Bilmadim. Kecha xonamni tozalatgandim. Ungacha xonamga kirg’azmasdim.
  • Hozir xonang yoyilib yotibdimi?
  • Yo’q. Hamma narsam joyida.
  • Bo’ldi, aniq. Usha qiz bir kun avval ko’rgan. Keyin olib ketgan. O’g’rilar, qidirayotganda, hamma yoqni yoyib tashlashadi. Yeb qo’yibsan do’stim. Hamdardman. Har kimni ham uyga olib kelish kerakmas. Militsiyaga telefon qil.
  • Yo’q. Nima deyman. Birga yashardim deymanmi? Ortiqcha gap. Mahallada gap so’z bo’lib ketadi. O’zim qidirib ko’raman. Topa olmasam... Yaxshisi o’sha mashinamni pulidan voz kechaman. Bu menga katta saboq bo’ldi. Ota onamni pullarini kelishguncha ishlab toparman. Sadaqa.
  • To’g’ri qilasan. O’rnigda bo’lganimda men ham shunday qilardim.

 

Gaplashib bo’lib, Maftunaga qo’ng’iroq qildim. O’chiq. Keyin ko’chaga chiqib, u ishlaydigan supermarketga bordim. To’g’risi birinchi marotaba kelishim edi. U yerda avval aylanib yurib, uni qidirdim. Topa olmagach, uni so’radim. Bu yerda unaqa ismli qiz ishlamagani aytishdi. Telefonimda rasmini ko’rsatdim. Tanishmasligini etishdi. Undan qiz bu yerda umuman ishlamagan ekan. Keyin taqdirga tan berib, ishxonaga ketdim. Chuv tushganimga ishondim. Uni ishonchiga kiraman deb yurganimda, u meni ishonchimga kirib bo’lgan ekan. Naqadar sodda, laqmaman. Shuncha payt ishlamay qayerda yurgan ekan... Soddaman.

 

Hozirgi vaqt...

 

Hozirda yoshim 28 da. Hali ham uylanmadim. Qizlarga ishonchim qolmadi. Uydagilar, uylan uylan deya, mingta qizni rasmini ko’rsatishdi. Rad qilaverdim. Kimnidir sevib qolishga esa, yurak qolmagan. Bir kuni kafeda o’tirganimda, yonimga bir tanish chehrali qiz kelib qoldi.

 

  • Kechirasiz? Bir daqiqaga menga qarab yubora olasizmi?
  • Menmi? Eshitaman.
  • Meni tanimadizmi?
  • Yo’q... Eslay olmayapman.
  • Men Maftunaman.
  • ...
  • Puchuqoyman.
  • ... (Aslida uni tanigandim. Faqatgina tanimaganlikka oldim.)
  • Temur aka. (u shunday deya, to’g’rimdagi stolga o’tirdi). Men Maftunaman. Sizni Puchuqoyingizman. (burnini puchiq joyini ko’rsatib qo’ydi).
  • Yo’q. Sizni tanimayman. Lekin ismimni bilar ekansiz. Bu kafeda ko’p kirib turaman. Kimdandir ismimni so’rab oldingizmi?
  • Yo’q. Sizdan kechirim so’ramoqchiman. O’sha payt men majbur bo’ldim. Akam meni shunday ishlar qilishga majburlardi. Kimni ilintirishimni u o’zi aytardi. Siz haqingizda ham menga ma’lumotlarni to’plab bergandi.  
  • ...
  • U siz haqingizda ma’lumotlarni bir o’rtog’izdan. Adashmasam, ismi Shokir edi. Ushandan bilib olgandi. Men pullarni olib ketganimdan keyin militsiyaga bermasligingiz uchun, Shokir sizni qaytarishi kerak edi. Avval u sizdan pul so’rab, shu tariqa bildiradi. Agar militsiyaga beraman desangiz, fikringizdan qaytartirar edi. Lekin siz o’zingiz militsiyaga bermaslikka qaror qildingiz.
  • ...
  • Sizdan uzr so’rashimdan maqsad, siz juda boshqacha edingiz. Sizdaka mehrni menga hech kim bermagandi. Agar kechira olsangiz kechiring. Vijdonim qiynalib ketdi. Vaqtliroq uzr so’ramoqchi edim. Afsuski, boshqa yoqda ham shunday o’g’rilikdan so’ng, qo’lga tushib qolib... bir qancha vaqt turmada o’tirib chiqdik. Chiqanimdan keyin mana sizni topdim. O’sha paytlar sizga xaqiqatni aytgilarim kelardi. Lekin qo’rqardim. Meni kechiring. Iltimos.
  • Hikoyangiz ta’sirli ekan. Lekin to’g’risi sizni tanimayman. Baki siz taniydigan Temur bilan ko’rinishim va ismim bir hildir. Xayr. Yana bir gap. Yaxshilik unitiladi. Yomonlik esa unutilmaydi. Siz o’sha payt buni o’ylashingiz kerak edi...

 

Kafedan chiqib, Shokirga SMS yozdim. “6 yil avval pullarimni o’g’rilab ketishda qatnashib, qanaqa do’stman deb yuribsan? Sendan nafratlanaman! Ablah ekansan! Bir kun afsuslanasan!”.

Lekin bu SMS ni o’qish unga nasib qilmabdi. SMS yozgan paytimda, pora bilan qo’lga tushib, mahkamaga so’roq uchun olib ketilayotgan ekan... 

Просмотров: 2312 | Добавил: Giyos | Теги: Hikoya | Рейтинг: 2.0/4
Всего комментариев: 2
2 bek88  
judda tasirli ekan bu xikoya. Giyosbek omad.

1 Loading  
0
Tanish holatlarning notanish hikoyasini yozibsiz. Hikoya boshlanishini o'qiganimda shunday bo'lsa kerak deb o'ylagandim. O'g'rilik bo'lganiga qadar, fikrim butunlay o'zgargan edi. Afsus. Har doim ham baxtli yakunlarga guvoh bo'lmaymiz. Temur juda adolatli hukm chiqardi deb xisoblayman. Tanimaganga olib qizni vijdon azobidan qutilishiga imkon bermadi. Balki hozirgi yosh qalamkashlar singari qizni kechirishi mumkin edi.

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Flag Counter