Суббота, 20.04.2024, 05:14
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Sayt menyusi
Kirish joyi
Izlash
Taqvim
«  Февраль 2011  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28
Bizning so'rov
Saytni qayerdan bildingiz?
Umumiy javoblar: 75
Hisobot

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » 2011 » Февраль » 20 » Salom Azizam? (monolog-hikoya)
07:34
Salom Azizam? (monolog-hikoya)
Salom Azizam

Salom azizam. Bugun yana men kech qoldim. Sen doim mendan avval kelib turib olasan. Qiz bola degan ozgina kechiksangchi!? Yana kelsam kinoya bilan: sizni kuttirib qo’ymadimmi? - deb ustimdan kulasan. Kech qolishim o’zimga ham yoqmaydi. Endi nima qilay ishdan vaqtli javob berishmasa. Boshliq ham xotinidan qo’rqadigan, har gapini birida xotinim bilib qolsa, xotinim bilib qolsa deyaveradi. Oxiri oldidan qochib chiqib ketdim. Uni shunaqangi bopladimki…. Kelinoyim kelar ekanlar desam, xonasiga yozishmalarim tugamaganku deb yugirib ketdi. Bu yerda kim boshliq bilmayman? U mi yoki xotini? Shunday qilib oldinga qushday sen bilan hayolan gaplashib uchib kelmoqdaman. Hozir boramanda ortingdan VOH deb qo’rqitaman. Sen huddi bilmaganga olib: qo’rqitib yubordingizku deysan. Sen sevishimni bilsangda ammo o'zimdan halli eshitmagansan. O'zing ham menga aytmagansan. Biror narsa deysizmi deb turitib qo'yasan. Aytay deyman-u aytolmayman to'g'risini aytsam uyalib ketaman, keyin baribir biladiku deb qo'yaman. Bir kun aytib qolarman balki. Sen o'zing kipriklaringni pirpiratib tursang qanday qilib aytaman. Senga kulgu bo'lsa. O'zing ham hech aytolmaysanku? Aytmoqchi bo’lsang duduqlanib qolib tiling aylanmay qoladi va kech keganimni yuzimga solaverasan. Sen vaqtli kelib olsang menda nima ayb. Manzilga yaqinlashib qoldim seni ko'rib turibman. Seni shunchalar sog'indimki. Mana hozir ozgina qoldi. Avtomabil yo’ldan o’tib olay keyin yoningdaman………….. Yoooo’qqqq! MENI QAYSI AVTOMABIL URIB YUBO…………!?
 
2.
Mana yana kech qolayaptilar. Har doim shu ahvol. Topib olganlari bitta gap: sen vaqtli kelib olding. Yana boshliqlarini ayblashlari kam. Ish vaqtlar 16-00 da tugaydiku, bular 17-00 ga yetib kela olmaydilar. Mana hozir soat 17-45 bo’layapti, lekin ulardan hammon darak yo’q. Odam deganni shunchalar ham ko’ngli bo’sh bo’ladimi? Sheriklari ozgina yordamlashib yubor desa, kimdir kelmay qolsa bular 1 chi bo’lib o’rinbosarlikka qoladilar. Yo’q degan so’z "lug’atlarida” yo’q. Hoziram yugurib kelayotgandirlar biror bahona o’ylab. Topgan bahonalariga bog’cha bola ishonishi qiyin, lekin men o’zimni ishongandek qilib ko’rsataman. Hafa qilishni istamaymanda. Chunki doim kulib turadilar, juda ham samimiy inson. Ko’ngilar yosh boladek toza. Har doim meni oldimga kelganlarida qandaydir yangilik qilmoqchi bo’ladilar. Shunday odamni hafa qilib bo’ladimi? Bugun qanday yangilik qiladilar hayronman. Shuni aniq bilamanki sevgi izhori qila olmaydilar. Har doim urinadilarde ko’zlariga qarab kulib tursam gapirolmaydilar. Men ham ayta olmayman. Agar ular aytsalar keyin men aytaman. Yaqinda to’yimiz bo’lish arafasida. Shunga bugun ko’ylak tanlagani bormoqchdik. Ular hali ham yetib kelmadilar. Men o’zim atilattan 15 daqiqa kech kelaman. Baribir hali kemagan bo’ladilar. Eh darahtjon seni taginda turib, har gal sen bilan dardlashaman. Meni sirlarimni faqat sen bilasan. Ana ko’rinib qoldilar, qo’llarini ko’tarib, ko’zlarini mendan uza olmay kelyaptilar. Bizni oramizni avtomabil yo’li ayro qilib turibdi. Yugurshlarini. Baribiri kech qoldilarku. Toooo’xtaaaang!!!!!!!!!!! ............ NEGA, NEGA BUNDAY BO’LDI????????
 
3.
Nimagadir o’zimni yengil his qilyapman. O’zi nima bo’ldi. Men qayerdaman? Nega hamma yoq oppoq. Ko’zim ko’rmayaptimikan. Yo’q qo’llarimni ko’ryapmanku? Hech narsani tushunmayapman? Nima qilayotgandim o’zi? Uchrashuvga ketayotgandim!!!!!!!!! Kech qolayotgandim? Keyinchi? Uni ko’rdim, qo’llarimni ko’tardim, keyin.................. Nega bormadim? Avtohalokatga uchradim. Keyinchi?????????? Men qaaaayeeeeerdaaaamaaaaaaan? Azizamga nima bo’ldi? U menga qarab turgandi. U buni ko’rgan. Unga hech narsa bo’lmadimikan? Uni holi ne kechdi ekan? Nega bunday bo’ldi-a o’zi? Yo’lda hech qanday mashina yo’q ediku? Qayerdan kelib qoldi? Men qayerdaman? Qanday kelib qoldim bu yerga? Nega shifoxonadamasman? ........ O’ldimmi? Nahotki... Axir... Bu yer unda... Bo’lishi mumkun emas. Men gapiryapmanku!? Yo’q men o’lmaganman? Men ortga qaytishim kerak! Iya oppoqlik bulutlar ekanmi tarqayapti? Stolda yotgan menmanmi? Doctorlar nima qilishiyapti?...... Unda o’lganim rost ekanda? Tepadan ko’rib turibman. RUHMANMI!!!??? ....... Afsus sevgilimga bergan va’damni ustidan chiqa olmadim. Unga seni albata bahtli qilaman deb va’da bergandim. Nega bundaaaaaay booo’ldiiii???????? Endi uni ahvoli ne kechadi? Buni ko’tarolmasa kerak? Mensiz yasholmaydiku? O’z joniga qasd qilmasmikan? Yo’q u irodali qiz. Bunday ishga qo’li bormaydi, o’z joniga qasd qilish og’ir gunoh ekanligini biladi. Eng achinarlisi u butun umr toq o’tadi. Meni unutolmaydi. Afsus oldimda qancha rejalarim bor ed............. KO’Z OLDIM QORONG’ILASHAYAPTI ............ KO’KRAGIM QATTIQ OG’RIDI......... YANA OG’R..........!? ............!?
 
4.
Qizim sizga nima bo’ldi? – degan gapdan o’zimga keldim. O’zimga kelganimda daraxt tagigida yiqilib yotardim, tun allaqachon o’z kiymini kiygan edi. Tepamda bir nuroniy otaxon qarab turardi. Hushim o’zimga keldiyu nima bo’lgani esimga tushib, yuragim dukkullab ura boshladi. O’zim bilmagan holda sizni qidira boshladim. Lekin siz voqea joyida yo’q edingiz. Huddi mast odamdek gandraklab sizni mashina urib ketgan joyga bordim. Yo’ldan o’tayotganimda mashinalar signali, haydovchini baqiriqlari hech ham qulog’imga kirmas edi. Hayolim faqat va faqat sizda edi. O’sha sizni yo’tgan yerni qidirdim. Qayer edi? Eslay olmayapman. Mashina oynsi siniqlarin bor ekan. Shu yer bo’lishi kerak. Nima QONMI? Qancha o’tirganimni bilmayman, boyagi otaxon yana kelib , qizim sog’lig’iz joyidami? –deb so’rab qoldi. Men ha, ha joyida deb yo’limda davom etib ketdim. Hayolimda faqat sizda sizni qayerdan topishda edi. Uzoqqa bora olmadim... ko’zimni ochsam SHIFOXONADAMAN !
 
5.
Eshitdimu "oyog'imni qo'limga olib" uchdim. Mashinamga qanot qo'ysa uchishi aniq edi. Bo'lg'usi kuyovim bilan singlimni shifoxonaga tushib qogani men uchun og'ir zarba bo'ldi. Hech hayolim ko'chasiga ham kirmgan edi. To'yiga 2 hafta qolgandiya! Eshitishimcha kuyovimni ahvoli og'ir ekan. Miyasi qattiq shikastlanibdi. Endi u yog'i nima bo'larkina. Tirik qolsinda ishqilib. Singlimga qiyin bo'ldida. Qattiq sevarkan uni. Boshida qarshilk ham qigandim. Lekin singlimni o'ylab hop degandim. Qarshilik qilganimda yuzidagi kulgu yoqolgandi. Keyin kuyov bola bilan tanishtirdi. Gaplashdim. Yaxshi bola ekan. Ex endi singlimni holi ne kechar ekana? Qara shunaqangi sevganidan ko'rib hushidan ketibdi. Juda ayanchli bo'lsa kerak, sevganingni ko'z oldinda mashina urib ketsa. Hech kim chidolmasa kerak. Ayniqsa singlim, o'zidanda ortiq sevardi. Garchi bir biriga aytmagan bo'lsa ham. Bir narsaga shukur qilaman, hali ham ko'chada yaxshi odamlar ko'pakan, singlimni shifoxonaga olib borishibdi. Manga singlimni telefonidan qilib aytishdi. To'g'risi boshida ishonmadim. Ko'zlarimga yosh kelib ketdi. Qizig'i ikkalasi ham bitta kasalxonada.... Ko'chada kimdir yotibdimi? Toxtaychi kimakan?
 
6.
Shifoxona bunchalar daxshat joy ekana. Hozir o’zimni ahvolimga yig’lashni ham, kulishni ham bilmay TELBADEK turibman. Palatamdan qochib chiqb ketganimni hech kim sezmadi. Akam kelishlari kerak edi, kelmayaptilar. Azizimning oldiga o’zim boraman. Hozir hamshiradan so’rab, bilib oldim. Ularni shu shifohonaning REANIMATSIYA bo’limiga yotqizishibdi. Faqat u yoqqa hech kimni kiritishmasakande! Qanday qilib kiraman?! ... Shunaqayam qo’rqinchili bo’lim bo’ladimi. Eshik oldidagi hamshira menga ikkita keladiya. Barirbir turganimdan foyda yo’q. Borib iltimos qilaman, yalinaman, kerak bo’lsa tiz cho’kib yolvoraman........... Agar TEMIR bo’lganda bu ko’z yoshlarimga erib ketardi, bu hamshira muomilasidan ilon yuragi yorilib shu bo’limga keladi...... Qanday kirsam bo’ladi!?!?!??!?!?!??! ....... Menimcha yana bir bemor kelyapti!? Mana qulay payt, hamma u bilan ovora. Bunaqa imkoniyat boshqa bo’lmaydi. Olg’a hozir yoki hech qachon....... (ko’z yoshlar bilan) Azizim. Mana men keldim... Yoningizdaman... Meni eshityapsizmi??? Nega jimsiz??? Yoki mendan hafa bo’ldizmi??? Gapirsangizchi??? Bo’ldi sizga boshqa kech kelyapsiz deb aytmiman!!! Nega indamayapsiz??? Mayli boshqa sizdan oldin kelmayman!!! Faqat bir narsa deng, meni qo’rqitmang..... Nega hech narsa demayapsiz. Yoki mendan ranjidizmi??? Har doim aytmagn so’zni aytsam gapirasizmi??? MEN SIZNI SEVAMAN!!!!!!!!!!! Endi siz ham ayting...... Men aytsam siz ham aytmoqchi bo’lgandizku!!!! Endi aytmaysizmi??????? Bo’la qoling, ayting endi!!! Nima qilay? Ayting etganingizni qilaman!!! Hop to’yimizda siz aytgandek ATLAS ko’ylakda, o’zim tikkan atlas ko’ylakni kiyaman!!!............... (yig’lab) Iltimos bir narsa deng!!! Meni bunchalar qiynamaaaaaanggggggg!!!!!!!!! Hozir o’lib qolaman......... Menda nima ayb, sizga nima yomonlik qildim.......... Biror yomonlik qilgan bo’lsam iltimos meni kechiriiiiiiingggg!!!!!..................... Hamma ayb menda. Sizni ko’ylak tanlashga chaqirmaganimda shunday ko’rguliklar bo’lmasdi. Men o’zimdan nafratlanaman. O’zimni yomon ko’raman!!!!!!! Sizsiz hayot menga hayot emas!!!!! Siz yashamasangiz, men sizsiz yashay olmayman. Sizsiz bu hayot menga qorong’u!!!!!!!! Men o’z qarorimni chiqarib bo’ldim.............. (Hamshira: Hoy qiz bu yerda nima qilyapsan. To’xtaaaa! Unday qilmaaaa!!!! Doctor yordam beriiiing!!!!!!)
 
7.
Kim ekan u? Nega ko’chada yotibdi?.... Hoy!!! Hoy singlim? Meni eshityapsizmi?.... Sizga nima bo’ldi?...... Mashina urib ketdimi?..... Meni eshityapsizmi?.... Tirik ekan nafas olyapti. Hoy! Menga qarang!!!.... Ko’zini ochdi... Sizga nima bo’ldi??? Yordam kerakmasmi??? Tura olasmi??? To’xtang. Uyingiz qayerda olib borib qo’yaman? Bu ahvolda yeta olmaysiz... Menda mashina bor! Keling sizga yordam beraman. Qo’limni ushlab oling.... Buncha osilib olmasangiz. Nima qilyapsiz. Yahshi qiz bunday qilmang!..... Nima ichib olganmisiz??? Meni hijolat qilayapsiz.... Mana yana mashina kelib to’xtayapti. Hozir qarashvorishadi... Sizlar kimsizlar???? Yerda yotgan ekanlar......... Chundim siz eri ekansiz, xop.......... Men faqat yordam bermoqchi edim........ Yomon hayolga borayapsiz....... O’zlarini qarang mastlarku....... Men bu qizni tanimayman, hozirgina ko’rib turibmanku, qanday qilib ichirishim mumkun....... Ko’ryapsizku o’zlari quchoqlab olganlar......... Men yiqilib tushmasliklari uchun ushlab turibman...... Voy aka nega tushunmaysiz, yerda yotganakanlar, yordam berish uchun to’xtadim.... Nega sizni aldayman...... Mayli chaqirsangiz chaqiring militsiyani. Hech qanday ablahlik joyim yo’q....... Nega ayolingiz noto’g’ri ko’rsatma beradi...... Nima? Tirikchilik?!?!?! Hali bu uyushtirilganmidi?!?!?!?!?!?!
 
8.
Ablahlar!!!! Zo’rg’a qutildima. Boya odamlar haqidagi fikrim noto’g’riga o’xshidi. Odam diganiyam shunaqa ishlarga qo’li boradimi??? O’zi singlim u yoqda, bu yoqda bu "o’lganni ustiga tepgan” bo’ldi. Muhimi o’zim sog’ qoldimku, Pul topiladi, sog’liq topilmaydi..... Shifoxonaga ham kech qoldim. Singlim kutib qolmaganmikana??????.......... Qayerda ekana? Telefoni o’chiq, tinchlikmikana?...... Kechiras hamshira menga bir kishini topishga yordam bera olmaysizmi??????? Qochib ketdi? Qanaqasiga qochib ketadi???????? Nega bilmaysiz?.......... Xop REANIMATSIYA qaysi tomonda?......... Doctor shu yerga avtoxalokat bilan odam olib kelishdimi?...... 1-2 soatlar oldin. Ha! Ha o’sha. Ahvoli qale? Shu yerdami?...... Men uni ... U bo’lg’usi kuyovim!.... Singlim ham shu yerdami?...... Unga nima bo’ldi? Menga telefon qilishganida uni yahshi deyishgandiku?!?!......... Qanaqasiga tomirini kesadi?....... Mani uni oldiga kirgazing uni ko’rishim kerak!!!!!
 
9.
Afsus. Shu mashinalarni o’ylab chiqarishayotganida odamlarning umrini hazon bo’lishiga, ularni bir umrga nogiron bo’lib qolishiga olib kelishini o’ylashganmikan?! O’ylashmagan. Agar kelajakda shunday oqibatlarga olib kelishi bilishganida balki uni umuman ixtiro qilishmasmidi. Bu ham odamzodning bir xususiyati: kelajakni bila olmaslik. Kim ham u paytda o’ylardi. Keyin ixtirochini meditsina bilan nima ishi bor. Bir tomondan olib qaralganda, u mashinalar tez yurmasdi. Insoniyat o’z nafsi deb tezlikni oshirdi.... Oqibatda qanchadan qancha odamlar aziyat chekmoqda. Haydovchi ham nima deyrdi. Falokat ekanda deb o’zini oqlashga urinib qo’yadi halos. Mana bugunni o’zida ikkita bemor avtohalokat oqibatida keltirildi. Ikkalasini ahvoli ham og’ir. Hozirgina ikkinchi kelgan bemorga yordam ko’rsatib chiqdim. Haydovchi ham bizni kim deb o’ylaydi bilmayman. Biz hudo emasmizku bemor qancha yashaydi, sog’ayib ketadimi, tuzalmaydimi aytib berolsak. Hammasi hudodan, biz o’rtada vositachimiz halos. Buni ular tushunishmaydida. O’zlarini ham joni halak bo’lib turganini ko’rganimizda bizning ham rahmimiz keladi, ammo na chora. Bizning aytganimiz ham doimo to’g’ri chiqavermaydiku. REANIMATSIYADA ishlash ham o’zziga yarasha ma’sulyat talab qiladi.............. Hamshira tinchlikmi??? Nima bo’ldi??? Bu qiz qayerdan kelib qoldi? Kim kiritdi?....... Tezda jarrohlik xonasiga olib boringlar!!!!!...... Ko’p qon yoqotganga o’xshaydi....... Qon guruhini aniqlang....... Xozircha qon o’rnini bosuvchi suyuqliklar quyib turinglar.... Bemor operatsiyaga tayyormi?....... Jarrohlar keldimi???..... Operatsiya tugadi. Hudoga shukur hammasi yahshi bo’ldi. Endi qon kerak. Hamshira qon guruhini aniqladingizmi? Qon guruhi nechi ekan??? ..... Bu guruh qoni bizda qolmaganmi??? Qon markaziga ayting, tezda yuborishsin..... Bemorni REANIMATSIYAGA kuzatishga yotqizing. Doimo nazorat qilib turing..... O’zi bu qiz qayerdan keldi? Kim kiritdi???..... Qanaqasiga qochib kiradi?..... Bu palatadigi kim ekan unga?...... Qalig’i bo’lsa nima qilibdi? U tirikku, nega o’z joniga qasd qiladi?????............. Shu yoshlarga ham hayronman. Nima foyda topadi bilmadim....... Bemorlarni yaqin qarindoshimi, tanishimi yo’qmi??? ..... Eshikni oldida bir bola kuyovim deyotgandi???? deysizmi. Chaqiring............ Shoshmang albata uni oldiga kirasiz. Avval sizdan bir narsa so’ramoqchiman sizdan. Qon guruhingiz nechi? ..... Singlizniki bilan bir xilakana????..... Siz singlizga qon bera olasizmi???...... Yo’q bizga joningiz kerak emas!!!!!
 
10.
Bo’lishi mumkun emas. Hali ham hazm qila olmayapman. Qanaqasiga avtoxalokatga uchrashi mumkun? Kecha ko’rgandimku! Ertalab telefonda gaplashgandik. 2 xaftadan keyin to’yi bo’lish kerak ediku! Ishongim kelmayapti. Qanday qilib a? Bugun ko’ylak ko’rgani borishmoqchidi. Qanaqasiga bunaqa bo’ldi? Ahvoli qanday ekana? Sog’ayib ketarmikan? Bo’lishi mumkun emas? Bo’lishi mumkun emas? Bo’lishi mumkun emas? Nega unaqa bo’ldi? O’ylasam g’alati bo’lib ketyapman...... Endi to’yi nima bo’ladi? Qoldiriladimi? Mayli qoldirilsa ham sog’ayib ketsinda. Nega ertalab birga boramiz deganingda yo’q dedima? Balki borganimda shunday bo’lmasmidi? Falokatde??? Nima bu o’zimni ovutishmi? Qanday qilib o’zimga o’zim qarshi chiqaman? Ichimda nimadir o’zimni aybdorsan deb tursa....... Man nega aybdor bo’lishim kerak? Man uni sevgani bilan o’rtasida yurishim kerakmidi? Ruhiy qo’lashmish! Katta bolaku!!! Nimalar deyapman? Ushanda rozi bo’lishim kerak edi. Bundan og’ir vaziyatlarda mani oldimda turgan do’stima. Nimaga rozi bo’lmadim. Mashina haydashga ham qo’lim bormay qoldi. Taksida oldinga ketyapman...... Nimaga men seni usha payt tushunmadima? Ko’nglim g’ash deganigda, doim uchrashuvga kech qoganinga ko’ngling g’ash bo’layapti deb ustingdan kuldima? Shu falokatni sezib ko’nglin g’ash bo’lgnakan. Nega buni men sezmadim??? Borsam ham bo’lardiku!!! Birinchi marta seni uchrashuvinga chiqishim emasdiku! Yarimidan ko’p uchrashuvingda Aziza bilan seni kutib gaplashib o’tirardim. Sen meni o’zing kech qolganing uchun hijolat bo’lib yuborarding, gaplashib chalg’itib tur deb! Nega qadringa yetmadima? Seni oldinga qaysi yuz bilan kirib boraman hozir. O’zimni aybdor deb his qilsam! Men bo’lganimda sen shoshmay kelarding!!!......... Shifoxonaga keldikmi?....... Anavi Azizani akasi shekilli! Nima uchun ko’chada turibdi? Oldiga boraychi?.......... Nima do’stimni ahvoli OG’IRMI?????
 
11.
Doctorlar aniq etishmabdi. O’zimni kirgazishmadi. Aziza ham noto’g’ri qilibdida o’z joniga qasd qilib. Bularni sevgisi kuchli edi. Farhod va Shirin, Layli va Majnun, Toxir va Zuhra, Romeo va Julettalar sevgisi bular oldida holva edi. Nima sababdan kuchli sevgini ohiri ayriliq bilan tugaydi. BU HAM MAVHUM! Mayli nima bo’lganda ham ikkalasi sog’ayib ketsa bo’ldi. Do’stimga qayg’uryapman. Tuzalib avvalgidek bo’larmikan, yoki bir umr NOGIRON bo’lib qolarmikan. O’zimni uni o’rniga qo’yishga qo’rqayapman. Axir bu DAXSHTKU! Bir umr kimgadir qaram bo’lish. Kimdirsiz yashay olmaslik. Ovqatini ham o’zi yeya olmaslik. Hamma senga achinish ko’zi bilan qarashi. Senga bir buymdek munosabatda bo’lishlari "Anavunga qaradingmi” deb. Qarang qanday azob, sizni bir buyumga chiqarib qo’yish. To’g’ride qo’lingizdan hech narsa kelmasa, Hatto haojatga ham mustaqil bora olamsangiz........ Yana o’ylasam PORTLAB ketaman. Rosti tasavvur qilishga qo’rqayapman. O’rniga o’zimni qo’yish? Bilmayman, bilmayman, bilmayman. Men bunday hayotdan ko’ra O’LIMNI tanlardim. Bunday qiynalib yashagandan o’lim afzal menga. Kimgadir kerak bo’lasan, faqat ota-onaga. Boshqa hech kimga. Kerak bo’lsa aka-ukalar ham o’zini olib qochadi. Hammayammasu, baribir bunaqalar ko’p bo’ladi. Do’stlaringku boshida har kun chiqib ko’radi, keyin kun ora, keyin 1 haftada bir marta, keyin 1 oyda 1 marta, oxiri TIRIKLIGINI bilish uchun uydagiladan so’rab qo’yishadi. Hech kim eslamay qo’yadi. Qarashi mumkun 1 oy – 2 oy, nari borsa 1 yil. Kasal odamni oldida bitta bekorchi o’tirishi kerak. Ularni ham ishi borku!!!!! Qanday azob! TIRIK MURDA bo’lib yotsang. Bunday hayotni men tanlamasdim. Dushmanimga ham ravo ko’rmasdim. Lekin do’stim shu ahvolda yotibiku. Tuzatishni bir iloji boooooooooordiiiiiiiiiiir!!!!!!!!! Men uni bunday AZOBda yotishiga chiday olmayman. Bunday AZOBdan butunlay ozod qilaman..............
 
12.
Qochlaring!!! Meni ichkariga kirgazib yubooor!!! Nimaga kirgazmaysanlaaar??? Qochlaring deyyapmaaan! Qoooch! Men senlarga ishonmayman. Senlar aldayapsanlaaar! Senlar do’stimni nogiron qilib qo’ymoqchisanlaaar!!! Men kiraman baribir!!! Nima bo’libdi Reanimatsiya bo’lsa, undan boshqasi bo’lmaydimi menga desaaa!!! Eshikni yopma! Men kirishim kerak!!! Men jinni emasmaaan! Eshikni och! Bo’lmasa sindirib tashimaaan!!! O’zimni bosa olmayman!!! Do’stim ichkarida qiynalib yotibdi. Uni ko’ray, ishonch xosil qilay yashashigaaa!!! Nega ishonmaysanlar menga??? Qo’riqchilaring ham hech narsa qilolmaydi menga!!! Kirgazlaring!!! Gaplashay bir marta!!! Nega o’zida bo’lmas ekan??? Tuzatlaring!!! Nima qilib ishlab yuribsanlar??? Qo’lingni ollaring mendan!!! Qoch o’zim ketamaaan!!! Baribir hozir qaytib kelaman! Qutildim deb o’ylamalaring! Qo’lini ol mendan, tegma! Iya Azamat aka sizmisiz???
 
13.
Zafar bilaman Aziz bilan qadirdon do’stsizlar. Do’st emas aka-ukadeksizlar. Endi bu tashvish ham bor ekan. Qo’limizda nima ham kelardi? Og’irroq bo’lish kerak. Mana meni singlim ham yotibdiku! Hozir meni ichimdan nimalar kechayotgani yolg’iz Alloxga va o’zimga ayon. O’zimdan o’tganini o’zim bilaman. Bu ishingiz yahshimi endi? Shifoxonada bitta u kasal emasku. Qanchadan qancha odamlar shifo so’rab yotishibdi. Kasalxonani "boshingizga ko’tardiz”. Meni oldimdan chiqayotganizda asablaringiz joyida ediku. Nega bunday qildiz? Shifokorlar xam qo’lidan kelgancha yordam berishyapti. Bu ularni burchi. Kirgazganda nima qilardingiz. Uyda qanday davolardingiz? Siz tibbiyot xodimi bo’lmasangiz. Shifokar o’ziga kelib qoladi deyishdi. Men ichkariga kirib ko’rdim. Mayli bo’lar ish bo’libdi endi. Bu holatni boshqa takrorlamang. Men ota onasiga qo’ng’iroq qildim. Viloyatda to’yda ekan. Bugun yetib kelishadi. Siz hozir uyga boringda, dam oling. Asablaringiz charchagan..... Bilaman do’stisiz, lekin bu yerda turganizdan nima naf?.... Biror narsa kerak bo’lsa o’zim sizga yetkazaman. Men singlimni ahvolidan xabar olay... Siz boravering baribir sizni u yoqga endi kirgazishmaydi....
 
14.  DAVOMI BOR!!!
Просмотров: 1337 | Добавил: Giyos | Теги: monalog-hikoya | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 2
2 Giyos  
Davomi tez kunda Men sevmaymanku hikoyasida davom etadi.

1 Nozima  
Assalomu alaykum, G'iyos! Manga monolog juda yoqdi! Ajoyib!
Sizdan tez kunlarda qissangizning davomini kutib qolamiz!
Davomi bilan juda qiziqdim!

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Flag Counter