Пятница, 19.04.2024, 08:44
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Sayt menyusi
Kirish joyi
Izlash
Taqvim
«  Сентябрь 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
Bizning so'rov
Saytni qayerdan bildingiz?
Umumiy javoblar: 75
Hisobot

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » 2012 » Сентябрь » 12 » Sensiz xatlaring... (hikoya-monolog)
23:13
Sensiz xatlaring... (hikoya-monolog)

Sensiz xatlaring…

 2007 yil aprel oyi …

 Harbiy xizmatga ketaturib unga xat yozdim. Shoshilinch ketayotganim sababli ko’risha olmadi. Qo’ng’iroq ham qila olmadi. Xat yozib do’stimga qoldiryapman. U yetkazadi.

 

(Sevgilimga birinchi xat)

 

Jonginam mana bugun men harbiy xizmatga ketayapman. Atigi 1 yilginaga. Sendan uzr so’rayman, seni ko’ra olmay ketayapman. Aslida 1 haftadan so’ng ketishim kerak edi, lekin bugun ketishim kerakligini aytishdi. Hafa bo’lmaysana? 1 yil hech narsa emasku, ko’z ochib yumguncha o’tib ketadi. Rostini etsam seni ko’ra olmaganimdan rosali afuslanayapman. 1 yil seni ko’rmay qanday yurish esa aqlimga sig’maydi. Harbiy qismga borishim bilan senga manzilim to’g’risida xat yozaman. Shundan keyin sen ham menga javob yozasan. Bu maktubim javobsiz qolishini bilaman. Sendan yana uzr so’rayman. Qaytib kelganimda aybimni albatta yuvaman. Ishon sevgilim Azizam!

Seni sevib, yuzlaringdan o’pib qoluvchi sevgiling G’oppor…

 

Kechki payt ketar bo’ldik manzil tomon. Ortimadan keldi yoru do’st va ota onam… Xayrlasharmiz, tilashib so’g salomatlik. So’ngi marta to’yay onamni diydoriga deb. Onam xayrlashar ko’zlaridagi yoshlarini berkitib. Ko’nglim alanechuk bo’lar, aytarman yashayman onamsiz endi qanday? Poyezd pishqirar chorlab o’ziga, yugurdik kech qolmay deb. Onam tutqazdi qo’limga shirinlik, yo’lda ochmasin deb qoring. Rahmat ham ayta olmadim. Shoshirdilar bizni…

 

Bizni tashladilar ayni shu chog’da,

T********* atalmish yarim orolga.

Shundan keyin boshlandi qayg’uli kunlar,

Shundan keyin boshlandi uyqusiz tunlar.

Turkman shamolida sarg’aydi sochim.

Chidadim, chidadim men barisiga,

Menga hamroq edi aziz qurolim…

 

Harbiy xizmat. Uydan uzoq makon. Ko’nikish qiyin. Uydagi sharoit yo’q. Hech kim senga rahm qilmaydi… Ko’nikadi odam baribir. Men ham ko’nikdim.

 

O’n to’qqizga kirdi yoshim

Harbiy bo’ldi ust-boshim,

Ko’p savdolar ko’rdim boshim

Onajonim yo’qlamadingiz.

 

Ketar vaqtim yig’lab qolgan,

Peshonamdan o’pib olgan.

Ortimdan duo qilib qolgan,

Onajonim yo’qlamadingiz…

 

So’g’inch qiynar odamni. Rosa esladim onamni. Ko’rgilarim kelar har kuni. Tushlarimda koraman har tun. Xat yozgin digandingiz. Mana endi sizga xat yozaman.

 

(Onamga xat)

SALOM XAT

Assalomu Alekum onajon. Qalaysiz, uydagilar yahshimi? Adam, akalarim, kelinoyilarim, jiyanlarim yahshi yurishibdimi? Qo’shnilarchi? Hammasi yahshimi? Mendan so’rasangiz menda hammasi zo’r.Yahshi yetib keldim. Joylashib oldim. Tabiati o’zimizni uyimizdagidek. Hech ham farq sezmadi. Suvlari ham yahshi. Ovqatlari ham. Mendan aslo havotir olmang. Yana xat yozaman. Bu yerda yana 1 oy bo’lib, keyin boshqa yoqga o’tkazisharkan. U yoqga o’tganimdan keyin sizga yana xat yozaman. Meni nomimdan hamma, hammaga salom deb qo’ying. Jiyalarimni o’pib qo’ying.

O’g’lingiz oddiy askar G’oppor…

 

 

Xizmat qiyinmas. Qadam bos, 4 soat tikka tur. Shu bilan kun kech. Bo’sh vaqtda xizmatdoshlar bilan suhbat, yangi chehralar, yangi do’stlar. Hamma o’zini oldin nima ish qilgani bilan maqtanadi. Nima qila olmagani bilan afsuslanadi. Bir xillari sevgan qizi bilan nimalar qilganini o’g’zi ko’prib, eslab aytib beradi. Men indamasdan eshitib o’tiraman. Meni ham esimga u bilan yurgan paytlarim, gaplashgan gaplarim esimga tushadi. Qo’limga qog’oz olib, qoralay boshlayman.

 

 (Sevgilimga ikkinchi xat)

SALOM XAT

Seni so’gindim. Maktubni salom bilan emas. Aynan seni so’ginganim bilan boshlayapman. Men seni sog’inganimni his qilishing uchun. Seni rosalar so’g’indim. Seni eslab kunlarim o’tayapti. Seni yana ko’rmoq uchun uyga qochib ketgilarim kelmoqda. Afsus bunday qila olmayman. Mana senga xizmatdagi birinchi xatimni yo’llayapman. Men sog’ salomatman. O’ynab kulib yurmasam ham, yahshi yuribman. O’zing qalesan? Yahshimisan? Mendan hafa bo’lmadingmi? Seni ko’rmasdan ketib qolganim uchun mendan arazlamadingmi? Meni tushunasan degan umiddaman. Uzr ko’p yoza olmayman. Yozgan xatlarimni o’qib keyin jo’natishar ekan. Ko’p yozib ularni qiynab qo’ymay yana. Sen bu xatga javob yozmagan. Boshqa joyga o’tkazisharkan. Seni xating kelguncha boshqa yoqga ketgan bo’lsam, yana o’qa olmay qolmay. Aziza o’zingni asragin.

Seni sevib qoluvchi sevgiling, oddiy askar G’oppor.

 

Oradan bir xaftalar o’tib, xizmatdoshlarga xatlar kela boshladi. Kimlargadir uydagilaridan, kimlargadir do’stidan, kimlargadir sevgan qizidan. Bittasiga uzun, taxminan bir metrli xat keldi. Hamma bolalar "ooo” deb yuborishdi. Men ham qiziqdim. Shuncha yozuvni qanday yozgan ekan. Rosa erinmagan ekande deb o’yladim. Borib qaradim. Yo’q. Bir varroqga 10 tacha so’z va rasmlar chizilgan ekan. Qoyil. Bu ham muhabbat. To’g’risi men ham sevgilimdan xat olgim kelib ketdi. Bir metrlik bo’lmasa ham, 10 ta so’zi bo’lsa maylidi. Yozuvlarini ko’rib, sog’inchimni ozgina bo’lsa ham unutsam deyrdim. Har 3-4 kunda bizga kelgan xatlarni olib kelishardi. Onamdan ham xat oldim. O’zlarini, meni so’g’intirgan yozuvlari bilan yozibdilar. Juda ham hursand bo’ldim. O’qib ko’zlarimdan yosh oqdi. To’g’risi sharoitimiz ularga xat yozganimchalik emasdi. Suvidan ko’ngil aynirdi. Ovqati o’lchovlik. Xar qadam nazoratlik. Shunisi bilan ham armiya ekanda. Lekin bularni onamga qanday qilib yozaman. Nima deb aytaman. Ular meni qiynalayotganimni bilsalar, o’zlari ham qiynaladilarku…

 

Yozilganda dasturxon,

Qo’yilganda oshu non.

Meni o’rnim eslab,

Hech yig’lamang onajon.

 

Oq yo’l tilab jo’natdingiz,

Yozmasam, xat yoz dedingiz.

Sog’ salomat o’g’lingiz,

Hech o’ylamang onajon.

 

Xizmat hech qiyinmas,

O’tib ketar ertayu kech.

Vatan esa doim tinch,

Tashvish tortmang onajon.

 

Ko’chada yurganingizda,

Do’stlarimni ko’rganingizda.

Meni yo’qligimni ko’rib,

Hafa bo’lmang onajon…

 

Yaqinda qasamyod qilamiza. Keyin boshqa joyga. Xaqiqiy xizmat joyimizga ketamiz. Hozirgi kunimiz deyarli bir xil. Pol art, chang art, Naryadga tur. Bo’sh qolganda hayolga uydagilar va sevgilim tushadi. Yana usha eski xotiralar. Usha damlar. Qanotim bo’lsaydi degan orzular…

 

Avtomat og’ir narsa

To’ldiradi bilakni.

Sevgi bu olov kabi

Yondiradi yurakni.

 

Atirgul g’uncha g’uncha

Qizarib ochilguncha.

Sabr qiling go’zal qiz

Men xizmatdan qaytguncha.

 

 

2007 yil may oyi...

 

Qasamyod. Endi xaqiqiy askarman. Yurtim uchun jonim qurbon!... Xaqiqiy xizmat endi boshlandi. Qoq cho’lga qilishdi ravona. Bu yer yahshiroq edi. Har holda ko’p narsa bor edi. Bu yerchi? Qushlar va o’zimiz, yana itlar. Qurolim ham bor. Bu yerga yana o’rganish kerak. Ko’nikish kerak. Onamga va sevgilimga xat yozdim.

 

(Onamga xat)

SALOM XAT

Assalomu Alekum men uchun qadirli bo’lgan, meni hammadan ham sevimli bo’lgan onajonim. Yozgan xatingizni oldim. Mana endi yangi joyga o’tib, sizga xat yozayapman. Endi men doim shu manzilda bo’laman. Bemalol xat yozavering. Exx, hol ahvol so’rash esimdan chiqibdiku. Ahvollaringiz qale? So’g’liqlaringiz yahshimi? Uydagilarchi? Hamma zo’rmi? Men ham zo’rman. Yangi joyga ham ko’nikib oldim. Bu yer oldingi joyimizdan ham zo’r ekan. Huddi uyda yurgandek yuribman. Hech ham havotir olmang. Qasamyodda tushgan rasmimni yuboraman sizga. Meni nomimdan hammaga salom aytib qo’ying. Sizlarni so’g’indim…

O’g’lingiz oddiy askar G’oppor…

 

(Sevgilimga uchinchi xat)

SALOM XAT

Men seni rosalar ko’rgim kelayapti… Salom. Qalesan. Meni so’g’inmadingmi? Men seni juda ham sog’indim. Qalbimdan o’tib sog’indim. Ahvollaring qale? So’g’ligin yahshimi? Kam xat yozayotganim uchun hafa bo’lmayapsanmi? Shuni bilib qo’yki, men har kuni seni eslayman. Uhlashdan oldin kunim tezroq o’tsin deb duolar qilaman. Seni tezroq ko’rmoq uchun. Borgan sayin so’g’inchimga qo’shilib, sevgim ham oshib bormoqda! Qara men senga xat yozayapman. Demak men sog’ salomatman. Mendan hech ham havotir olmagin. Endi bemalol xat yozsang bo’ladi. Shu manzilda doimo bo’laman. Xatingni kutaman. Aziza seni juda qattiq sevaman.

Seni hayolan quchib qoluvchi sevgiling oddiy askar G’oppor.

 

Xizmat ham yigitni pishitar ekan. Uyda qilmagan ishlarimni bu yerga kelib qildim. Qilmagan narsam qolmadi. Kerak bo’lsa aldashni ham o’rgatishdi. Har hil sharoitda kerak bo’lar ekan. Kunlar o’taveradi, askar yuraveradi. Bu yer xat masalasi ham og’ir. Bitta xatdan javob kelishi bir yoki bir yarim oyga yetadi. 15-20 kunlab yo’l yuradi.

 

2007 yil iyun oyi...

 

Yoz ham boshlandi. Juda ham issiq kunlar. Cho’lni issig’i. Quyosh charaqlab turibdi. Berkinish uchun soya ham yo’q. Temirli budkani ichi ko’chadan issiq, lekin soyasi bor. Issiq changli shamol esib turadi. Og’izni kattaroq ochib yuborsa, ichiga chang to’lib qolishi hech gap emas.

 

Xizmat bordir yigit boshida

Naqd barkamol oltin yoshida

Sevgan qizi xat yozib tursa

Ne g’am bordir qoshida

 

Mana endi xizmatda

Sevgan qizim zoriman

Sevganimni o’rniga

Avtomatni yoriman

 

Uraaaa!!! Sevgilimdan birnchi maktub keldi. Uraaa!!! Man juda ham baxtiyorman!!! Onamdan ham kelibdi. Uraaa!!! Onamni xatlarini birinchi o’qidim. Ularda hammasi yahshi ekan. So’g’ salomatlik tilab yuboribdilar. Sevgilimdan kelgan maktubni o’qiyman endi.

 

(Sevgilimdan birinchi xat)

Assalomu Alekum… Xizmatlarni yahshi boshlab oldingizmi? Hammasi joyidami? Ikkita yozgan xatingizni oldim. Ha! Sizdan hafaman. 1 yilga xizmatga ketar ekanlarde, xayrlashmasdan ketarkanlar. Yana do’stlaridan xat berib yuborarkanlar. Bilasizmi? Men xatni olib, ketayotganizni bilib, ortingizdan vokzalga yugurdim, siz bilan xayrlashaman deb. Afsuski poyezdingiz ketib bo’lgan ekan. Rosa yig’ladim. O’zingizni vaqtingiz yo’q ekan, do’stingizni vaqtli yuborsangiz bo’lmasmidi? Siz shoshqaloqsiz!

Men ham sizni sog’indim. Har kun kechasi suratingizga termulib, uhlab qolaman. Yoningizga boray deymanu… bora olmaymanda. Yana xat yozib turing. Ko’proq yozing. Siz qisqa yozganingiz uchun mana men ham qisqagina yozdim. Siz ham o’zingizni asrang.

Sizni so’ginib qoluvchi sevgilingiz Aziza…

 

Xatni o’qib juda ham mazza qildim. Essiz rasmini ham olib kelmagan ekanman. Men ham kechalari ko’rib yotardim. Exx. Mayli. Yuborar bir kun. Aytaman shuni.

 

Postda uhlagan askar

Bir ajoyib tush ko’rdi

Qosh ko’zi qop qora

Sevgilisini ko’rdi

Yigit sevgilisin ko’tarib

Astagina quchardi

Ko’zini ochib qarasa

Avtomatini o’pardi

 

 

2007 yil iyul oyi...

Jaziramada hech yurmagandim. Juda ham o’tib ketayapti. Ozgina quyoshda turib qolsangiz boshingiz aylanib yiqilib tushishingiz tayin. Asfalt erib ketgan. Bosganingizda yumshoq. Salqin joyga borib yotgingiz, yoki u bu yerda cho’milgingiz keladi.

 

(Sevgilimg to’rtinchi xat)

SALOM XAT

Salom. Meni to’g’ri tushunsangiz bo’ldi. Mana 4 oy ham o’tdi. 8 oy nima degan gap. Tezda u ham tugaydi. Kelin, endi hol ahvol so’ramasdan, ichki kechinmalarimizni monolog qilib yozamiza. Kimdir betob bo’lsa o’zi xabar berish. Maylimi?

Sog’inchimdan oshib o’tib seni izlarman Azizam. Qayerlardasan sen, menda olisda. Yoninga bora olmay jonim halak, ko’chalarda izg’igim kelar seni istab. Yo’llar yopiq, osmon yiroq. Ko’zlarim izlar seni hamono. Badbaxt deb ataymi men o’zimni, yoki yuzsizmanmi seni oldingda. Ne aybim ekan, buncha qiynoqlar menga. Ne xatoyim ekan bu azoblar menga. Seni sog’inib jonim keldi bo’g’zimga. Isming takrorlarman Azizam.

O’zimdan ham seni yahshi ko’ruvchi. Seni telbalarcha sevuvchi oddiy askar G’oppor.

 

Xizmatga ancha ko’nikdim. Rosti ham o’z uyimdek bo’lib qoldi. Uyni so’g’inganim ham yoqola bordi. Onamdan xatlar keladi. Onamga yozaman xat.

 

(Onamga xat)

SALOM XAT

Onajon. Assalomu Alekum. Mana yana sizni eslab qo’limga qalam va qo’g’oz oldim. Kecha sizni tushimda ko’ribman. Ko’chada yig’layotgan ekansiz. Kimdir meni sizga kasal deb aytganmish. Shunda men yonizga boriman. Siz meni ko’rib ko’zlaringizga ishonmabsiz. Endi quchoqlayman deganimda uyg’onib ketdim. Sizdan havotir olayapman. Xatlaringizdan hammasi yahshi deb yozayapsizku? Hamma sog’ salomatmi? Iltimos mendan hech narsani yashirmanglar. Men yahshiman. Kun sanab, vaqt o’tkazayapman. Nasib qilsa uyga qaytaman. Yana bag’ringizda bo’laman.

O’g’lingiz oddiy askar G’oppor.

 

2007 yil avgust oyi...

 

19 yil bag’ringizda

Oq sut berib o’stirdingiz

Avaylab qorachig’ingizdek

Xizmatga jo’natdingiz

 

Sog’liq bo’lsa onajon

Bir yil o’tar bir zumda

Xizmatni tugatib

Qaytarman bir kun

 

Qaytishimga bezab qo’ying

O’g’lingizni uyini

Qaytib borsam ko’rasiz

O’g’lingiz to’yini…

 

Sevgilimdan xat keldi.

 

(Sevgilimdan ikkinchi xat)


Davomi va to'liq forumda: 

FORUM » ASOSIY » ASOSIY II » Sensiz xatlaring... (Giyos yozgan hikoya+monolog) (To'qma hikoya-monolog)

O'tish uchun: http://giyos.ucoz.org/forum/3-103-1


Просмотров: 1537 | Добавил: Giyos | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Flag Counter