Пятница, 29.03.2024, 21:02
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Sayt menyusi
Kirish joyi
Izlash
Taqvim
«  Февраль 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728
Bizning so'rov
Saytimni baholang
Umumiy javoblar: 80
Hisobot

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » 2014 » Февраль » 7 » Qor parchasi (monolog)
12:37
Qor parchasi (monolog)
Qor parchasi

Jimlikda, Sukunatda... Qor parchasining mayin tushushini tomosha qilib o'tirgim keladi. Yolg'iz o'zim. Nimalarnidir hayol qilgim keladi. Yana o'ylab qolaman. Nima sababdan aynan qor parchasining tushayotganini tomosha qilishim kerak? Bu menga nima beradi? Qiziq? Balki oppoqlikligi, ko'nglimdagi g'uborlardan tozalar? Balki ilk yog'ayotgan qor parchasi, yerga tushib, erib ketishi menga umrimiz o'tayotganini bildirar? Shu bilan hayol, hayot haqida ketadi... O'tmish eslanadi... O'tmishda yashaganlaru, hozirga qadar yetib kela olmaganlar yodga olinadi... Qancha odamlarni yer bag'riga topshirdik? Buni eslagim ham kelmaydi... Eslamay ham bo'lmaydi... Qor parchasi hanuz tinchgina, ovozsiz yog'moqda... Yana hayol ketadi... Avvalgi va'dalarimiz eslanadi... Bir paytlar bir insonga va'da bergandim... Sen mendanam baxtli bo'lishing kerak. O'zim baxtli bo'lmasam ham, sen baxtli bo'lasan... Bu unutilgan va'dalar... Esdan chiqqan va'dalar... Esga tushganda o'zimizga yana savollar paydo bo'ladi. U baxtlimi? Javob topa olmay, hayolni boshqa yoqqa chalg'itamiz. Qor parchasi... Ko'plar uni eslamaydi, faqatgina oddiygina qilib qor deyishadi. Qor parchasi aslida qorda qolgan izlarni berkitish uchun, yopish uchun yog'masmikan? Juda ham ko'p qor parchalari yog'ib, shu izlarni yopib, xotiradan o'chirib tashlaydi-ku! Baribir hamma o'sha o'zidan iz qoldiruvchi va sirpantirib yiqituvchi qorni eslaydi... Qor parchasi... Oppoq, mayus qor parchasi. Dardli qor parchasi. Lekin ko'plarga quvnoqli bag'ishlaydi. Qor parchasi bo'lgim kelayapti. Hammaga bir zum quvonch bag'ishlab, keyin erib ketsam ham mayli edi...  
Просмотров: 1717 | Добавил: Giyos | Теги: Monolog | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Flag Counter