Вторник, 23.04.2024, 15:19
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Sayt menyusi
Kirish joyi
Izlash
Taqvim
«  Февраль 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728
Bizning so'rov
Hikoyalarim yoqdimi?
Umumiy javoblar: 51
Hisobot

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » 2014 » Февраль » 7 » Qor parchasi 2 (Monolog)
12:39
Qor parchasi 2 (Monolog)

Qor parchasi 2...

 Qor parchasi osmondan kimnidir yuziga astagina tushadi... U erimasdan yerga tushib ketadi. Tushgan yuzi shunchalar sovuq qotganki, hatto mayin, yumshoq qor parchasini ham erita olmadi. Kun juda sovuq. Juda ham. Qor parchalari osmondan juda ko’plab yog’moqda. Ular o’sha sovuq qotgan yuzga to’xtamay urilib, tushishmoqda. Birortasi ham erib, tomchiga aylana olishmadi. Qayta o’sha yuzdan boshqa tomchi oqa boshladi. U ko’z yoshining tomchisi edi. Ko’z yoshlari sekin sekin ko’paya bordi... yerga tushib, yerga to’plangan qor parchalarining bag’riga singib ketdi... u ham muzladi. Esdan chiqdi. Yosh to’kildi, dardlar to’kildi, yosh muzladi, dardlar muzladi... Qor parchalari ovutmoq uchun, osmondan o’ynab-o’ynab tushishdi, quvnab-quvnab tushishdi. Baribir ovunmadi. Qor parchalari uni e’tiborini tortmoq uchun bir joyga to’planishdi va yig’layotgan qizga qattiq urilishdi. Qiz cho’chib ketdi. Atrofga qaradi. Bir yigit turibdi, yuzida tabassum. Qiz yigitni ko’rib, ko’z yoshlarini artib qo’ydi. Ichidan sevindi. U sevgan yigiti, uni oldiga qaytib kelganidan, yana o’sha eski hazilli bilan qaytganidan sevinardi. Ular birga qo’l ushlashib ketishdi... Qor parchalari ularga hamroh bo’lib yog’a boshlashdi, hursandliklaridan yaltirab-yaltirab yog’a boshlashdi... Ikki yosh o’tirishibdi, qorli kechada. Ular tomosha qilishmoqda qor parchasini. Ularni izini yopayotgan qor parchasini... Sovuq... Judayam sovuq. Izg’irin. Ko’chada faqat ular va qor parchasi. Oz vaqtdan keyin ular ketishdi... Qor parchasi yolg’iz qoldi. Yo’q, u yolg’iz emas, qor parchalari ko’p. Juda ko’p. O’ynab-o’ynab yog’ishayapti, quvnab-quvnab yog’ishayapti, bir biriga tegishib yog’ishayapti. Sovuqni ustidan kulib-kulib yog’ishayapti... Bizni havasimizni keltirib yog’ishayapti... Baribir ularni yerga tushgandan keyin unutamiz, qor parchasini qor deya ataymiz. Oppoq qor... 

Просмотров: 1691 | Добавил: Giyos | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
1 Loading  
0
G'iyos vo'shshem uragan monolog yozibsiz. 1-qisminiyam o'qiganidim. classno!

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Flag Counter