Четверг, 28.03.2024, 14:33
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Sayt menyusi
Kirish joyi
Izlash
Taqvim
«  Август 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031
Bizning so'rov
Saytimni baholang
Umumiy javoblar: 80
Hisobot

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » 2016 » Август » 16 » QIsh sukunati...
23:27
QIsh sukunati...

Qish sukunati...

 

Qish. Tashqari sovuq. Suvlar muzlagan. Yarim tun bo’lishiga qaramasdan yigit, qizning uyi oldida qiz derazadan unga qarashini kutib turibdi. Qiz esa shirin uyquda... Qizning telefoni jiringladi. U asta ko’zini ochib, telefoniga qaradi. Keyin derazadan pastga, yigit turgan joyga qaradi. Lekin yigit ko’rinmasdi. Yigitni o’rnida uchta qor uyimidan yasalgan Qorbobo, qo’lida “yurakcha” ushlab, qizga qarab, ko’mirdan yasalgan og’zi bilan jilmayib turardi. Qiz yigitni ko’rganidanda ko’proq sevindi. O’zi ham pastga tushib, yoniga yana Qorbobo yasagisi keldi-yu, otasini qahridan qo’rqib, sekingina joyiga yotib, uhladi. Uhlashidan avval yigitga, smsda bitta o’pich jo’natib yubordi...

Ular sevishganlar. Ular yoshlikdan bir birlarini sevishadi. Ular sevishgan sinfdoshlar. Ular sevishgan kursdoshlar... qisqasi ayrilmas sevishganlar...

To’y qilishmoqchi. Hamma roziyu, qizni otasi salgina ko’rinmay turibdi... Sevgi hamisha g’olib, otasini ko’ndirishdi.

Qish. Sevishganlarga yoqqan fasl bu. Bahor sevishganlar faslimas, aslida qish sevishganlar fasli. Shu faslda sovuqda qolgan sevishganlar, isinish uchun bir birlarini pinjlariga kirib, mehr-muhabbat olishadi. So’ng bir birlariga ko’proq talpinishadi. Issinib olgach, oppoq qorlarda sayr qilishadi. Qorbo’ron o’ynashadi. Qorbobolar yasashadi. Sovuq qotishsa, pingvinlardek bir birlariga yaqinlashib, isinishadi. So’ng uylariga tarqalishadi. Yigit qizni uyiga kuzatib qo’yadi. Qaytayotganda, yog’ayotgan qor parchalari unga quvonch bag’ishlaydi. Yuzlariga urilib, ajoyib huzur bag’ishlaydi. Yigit shu vaqtda, sevgilisi yonida bo’lishini istadi. Lekin qizni allaqachon uyiga tashlab kelgan. Qizning oldida qorparchalariga e’tibor bera olmagandi, qizning go’zalligi uning ko’r qilgandi misoli.   Yigit shu manzarada ancha vaqt o’tirdi. Sovuq uni mushtlab ursa ham, tepsa ham, bo’g’sa ham o’tiraverdi. Qish sukunati uni o’ziga tobora maftun qilgandi.

To’y. Yangi yil kechasi kuni. Tashqarida hamma yoq oppoq qor. To’yda davrani Qorbobo va Qorqiz olib bormoqda. O’rtada bezolig’ archa, tepasida oy parcha, ichkari huddi yozdek, bahordek... Iliq kuzgi nahordek... Kelgan mehmonlar bayramga mos ravishda kiyinishga, har hil niqoblar taqishgan... To’y juda chiroyli o’tdi. Soat 00-00 da hamma yangi yilni kutib oldi. Mushakbozlik qilindi. Salyut! Hammasi chiroyli tugadi...

Kelin, yangi yildan, yangi kundan boshlab, hovlilarni supurdi, qorlardan tozaladi. Kuyov ham qorlarni kurashga qarashib yubordi. Har holda er xotin qo’sh... (ho’kiz), bir biriga dalda bo’lmasa, birinchi kundan, birinchi yildan... Ertangi turmushi qanday kechardi. Endi ularga mazza. Yigit qizni kuzatmaydi. Bir uyda yashashadi. Tunlari laylakdek uchib tushayotgan qorlarni ko’rishadi. Kaptardek aylanib uchib tushayotgan qorlarni tomosha qilishadi. Eng muhimi yonma yon bir birlariga bosh qo’yib, baxtdan sarmast bo’lib o’tirishadi.

Oradan vaqtlar o’tib, yana qish kirib keladi. Yosh kelin kuyovni uyida chaqaloq yig’isi eshitiladi. Bu chaqaloq qo’shni kelinniki. Bir yumush bilan chiqqanida, ozroq o’ynatish (aslida o’zlari o’ynashlari) uchun olib qolishgandi. Hazillashdim. Mayli, kelasi oy shu uyda, o’z chaqaloqlarini yig’isi eshitildi. Hamma hursand. Ularni uylarida Kumush tug’ildi. (Kumush qish).

Baxtni bog’lab bermagan deganlari rost ekan. Kuyov betob bo’lib qoldi. Og’ir betob. Bu sovuqda ko’p sang’ishni oqibati. Ahvoli og’ir. Kuyov darg’azab, asabiy. U yashashni hohlaydi. Lekin... U ketmoqda... U ayolini, Kumushni tashlab ketmoqda... U ketmayapti. Olib ketishayapti. Shifokoru, tabiblar ojiz. Bir gapni yodlab olishgan. Hammasi Allohdan. Kuyov chiday olmadi. Hammani haydadi. Xotinini ham, qizini ham. O’zini bunday holatda ko’rishlarini istamaydi... bir... ikki... uch kun o’tdi. Hech kimni oldiga kiritmadi. Bir burdagina bo’lib qolgan. Yuzlari qandaydir notinch... U kimlarnidir sog’inganini tushundi. O’rnidan asta turdi. Onasi qo’shni xonada uhlayotgan ekan. Bildirmay ko’chaga chiqdi. Ko’chada o’sha qor. Sevishganlar qori yog’moqda.  U ayolining uyi tomon yura boshladi. Yupun kiyimida chiqibdi. Boyaqish sovuq qotayotgandir. Yurib, o’sha o’ziga tanish uy oldiga keldi... Ayolning telefoni jiringladi. Telefonga javob bermoqchi edi, lekin qo’yib qo’yishdi. Qaytib qilgandi, ko’chadan tovushi eshitildi. Derazadan qaradi. Pastda bitta Qorbobo, oyoq ostida turmush o’rtog’i cho’zilib yotibdi. Qorboboning qo’lida yozilgan xat turibdi. Katta yozilgan: “Bevafo qish, meni sendan ayirib ketdi”. Atrofga qish sukunati cho’kdi. Juda osoyishta. Faqat saldan so’ng ayolni nima bo’lganini tushunib, yig’lashi buzdi...

Sevishganlar fasli qish emas... O’sha Bahor... 

@Hikoyalar

Просмотров: 2782 | Добавил: Giyos | Рейтинг: 1.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Flag Counter