Четверг, 18.04.2024, 22:55
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Sayt menyusi
Kirish joyi
Izlash
Taqvim
«  Март 2011  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Bizning so'rov
Saytimni baholang
Umumiy javoblar: 80
Hisobot

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » 2011 » Март » 3 » Men sevmaymanku! (Hikoya) Davomi
21:28
Men sevmaymanku! (Hikoya) Davomi

11 qism.

 

– Dilshodni qo’lidan telefonnimni olib qo’ydim.

–Dilshod nega mani telefonimda mani kontaktimdigilar bilan gaplashasan?

–Tel bo’lib qoludi oldim.

–Voy nimaga olasan?

–Nimaga olmasligim kerak edi?

–Vo’ hozir telefonni otvoraman sanga.

–Omasligin keragidi. "Ko’tarma” ib yozilgandiku!

–Ushanga qiziqdimde, o’zin qiziqtirib yozgansan. Ayb o’zingda. Nimaga gaplashmisan bu qiz bilan?

–Sanga nima? Gaplashamanmi yo’qmi?

–So’radide o’rtog’iz oxirgi paytda o’zgarib qolganlar dib.

–Voy hali yaqinam bo’b ketdilarmi? Ol nomerini san gaplashaqo (Telefonni unga uzatdim)

–Telefonini boshimga uramanmi? Davno yozvoldim.

–Ufff. Nega shunga kallam yetmadiya? Hop nima didi.

–Hich nima?

–Nima yarim soat bir biringni nafas olishingni eshitib o’tirmagandursanla? Nimadir digandir, hich bo’masa mani so’ragandir?

–Ha so’radi. Hozir telefoni manda didim. Kimsiz didim. Lobarman didi. Man dilshodman didim. Keyin u buda gap boshladim. Rosa gapirdi. Nega u bilan gaplashmayapsan?

–U uzoqda. Mani sevib qomasin divomman.

–Nega sevib qoladi?

O’zidan so’ra. Manga shunaqa tuyuldi. Shunga o’zimni olib qochvomman.

–Ha. O’zi qanaqa qiz?

–Yomon qiz. Manga yoqmidi. Kimligini ham bilmayman. Ko’rmaganman.

–Ko’rmaganmisan hali bir birini?

–Yo’q

–Unda sani qanaqa qilib sevib qoladi.

–O’zidan so’ra. Balki yuragi serqiradir.

–Qiziq. Qanaqib tanishgansan.

–Adashib sms yozvorudim. Keyin mani o’ravoldi. Yengiltakde.

–G’oppor gaplaridan yengiltak qizga o’xshamayapti. San ko’rmaganakansan tem bole.

–Ko’rmagan bo’lsam ham bilaman. Anchadan beri gaplashaman man.

–O’zi yengiltekman dib sanga etdimi.

–Dilshod man bilamanu qanaqaligini.

–Manam sani qanaqaligini bilaman.

–Qanaqa ekanman.

–Sanga kimdir yoqmiy qosa yoki u boshidan yoqmasa. E umuman oganda boru san bilan gaplashgan hamma qizni yengiltak diysan. Ularda nima ayb.

–Ularni aybi man bilan gaplashgani.

–San qanaqa odamsana. Shundo qizni yengiltak divossan. Bo’ldi endi unut maktab paytni. O’tib ketgan narsa o’tib ketdi.

–Yo’q. Maktabni unuta olmayman. U yuragimda chandiq bo’lib iz qoldirgan. Hamma qizlar ushanaqa.

–U sevganing yoshlikda edi. Hamma ham hato qiladi.

–U man sevishimni bilardi. Atilatdan ustimdan kuldi. Bilib turib boshqa bilan yurdi. Hurmatim uchun mani oldimda usha xizalak yigitlari bilan shimishmasa bo’lardi. Yana bitta emas bir nechta ahmoq latta bolalar bilan yurdi.

–San unga sevishingni etmagansanu?

–Nima ustimdan kulvossanmi? Shunqaligini bilib turib etishim kerakmidi? O’zimni ustimdan o’zim kulishim kerak ekanda kamiga. Manda g’urur bor. Sanda bo’lmasa ham.

–Gap g’ururdamasku.

–Hop unda nimada ekan?

–San u birinchi kegan paytda yoqtirib qogan paytingda etganingda u bunaqa yurmasdi...

–Keyin san bilan shimishib, o’pishib, yalashib, yurardi dimoqchimisan?

–Rostanam uni shunchalar yomon ko’rasanmi?

–Ha. Nafratlanaman. Yo’q. Kim u manga? Undan nafratlanishimga ham arzimidi. Uni eslashni ham hohlamiyman. Keyin Lobar ham shuni toifasidan. Boshqa qizlar ham.

–Sani onging zaharlangan. Hamma qizlar sanga shunqa bo’b ko’rinadi. Bo’ldi endi ko’zingni kattaroq och. U paytlar o’tib ketdi. Hamma bir hil emas.

–Bilaman. Hamma bir hil emas. Huddi san bilan mani fikrim har hildek.

–Gapni boshqa yoqga burma, Lobarni nima maqsadda ushlab turibsan unda?

–Hech qanday maqsadim yo’q. U bilan orani ochiq qilmoqchiman. Man uni do’st dib bilishim mumkin. Keyin man uni qanqaligini ham bilmayman. Faqat telefonda gaplashganman. Umuman olib qaraganda do’st ham emasman. Shunchaki vaqt o’tkazish uchun gaplashganman. U nima sababdan gaplashgani bilmayman ham.

–G’oppor man bilaman! Gaplashganimda so’radim. Shunga sandan ham so’ravomman.

–Nimaga gaplashgan ekan? Qani etchi.

–U yoshligidan do’stlari kam bo’lgan ekan. Chunki bu yashayotgan joyiga ko’chib kelishgan ekan. Hozir ham do’stlari kam ekan. Shunga yolg’izlikdan telefon bilan ovunar ekan. Uni hamrohi yolg’iz telefon tushunvosanmi? San bilan faqat do’st bo’lish uchun gaplashgan. Boshqa narsa uchun emas. Yoki sendan unbu narsa so’radimi?

–Yo’q. Nima ham so’rardi?

–Ko’rdingmi? San o’zing ham etvossan. Hich narsa so’ramagan dib. Bu gaplashishni qanday tushunish mumkin unda.

–Man uchun vaqt o’tkazish u uchun bilmadim.

–U uchun do’st kerak. San ham u uchun do’stsan.

–Hop nega unda hayrlashganimda yig’lagan. Sevgan insonini yoqotgande.

–Bitta narsade. U sanga o’rganib qolgan. Sandan ayrilishni istamaydi.

–Ayrilishni? U bilan butun umr bo’la olmaymanku.  

–Shunga ham yig’lgan. Qizlar ko’ngli nozik bo’ladi.

–Hop man endi nima qilay. U bilan yana orani ochiq qilaman disam yig’lasa.

–Gaplashib yurvur. Sandan nima ketti.

–Manga bundan battar o’rganib qolsa. Keyin unuta olmay yurvuradi. Bilasan man unga hech qachon uylanmayman. Onam qarshilik qiladilar. Keyin o’zim ham uni sevmaymanku!

–Onangni bilman. San hech kimni sevmasligini ham bilaman. Lekin u alaqachon o’rganib bo’gan. Nima ham derdim. Sekinlik bilan tark etasan endi. –Yana o’zinga qaraginde.

–Hop man undan asta uzoqlashaman. O’zi ham sezmay qoladi. Birdaniga yoqolib qosam og’ir botishi mumkin. Hozir uyga chiqb telefon qilaman.

–Yahshi omadingni bersin.

–Bo’pti, man ketim. Kompiyutering tuzaldi. Kerak narsalarni diskka yozib qo’ydim.

–Rahmat G’oppor. Yana chiq.

 

Hop dib uyga chiqb chiqib ketdim. Mani bir narsa o’ylantirardi. Man hozir telefon qilib nima deyman. Unga qanday qilib tushuntirarman. (U haqidagi oldingi fikrlarim chalkashib ketdi. Uni oldingi tasavvurim bilan hozirgi yengi tasavvurim aralashib ketdi.) Juda ham qiyin vaziyatda qoldim. Mayli gaplashganda bir variyant kelar.... Telefon qildim. Uni telefoni o’chiq. Nimaga o’chiribdi. Hech o’chmasdiku....

Просмотров: 1074 | Добавил: Giyos | Теги: Hikoya | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 2
2 Parvina  
shu telda aytganimde ha davomi ohooooo qancha.... Mani ham kiring u bu epizodlarga (hazil)

1 zolushka  
vooooooooooooy buncha tez tugan qoldi

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Flag Counter