Пятница, 29.03.2024, 11:23
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Sayt menyusi
Kirish joyi
Izlash
Taqvim
«  Февраль 2011  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28
Bizning so'rov
Saytni qayerdan bildingiz?
Umumiy javoblar: 75
Hisobot

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » 2011 » Февраль » 20 » Men sevmaymanku! (Hikoya) Davomi
18:24
Men sevmaymanku! (Hikoya) Davomi

9 qism.

 

            2 kun qanaqa o’tganini bilmadim. SIM kartamni sekin qo’ydim. Yondi telefon. Shu endi telefonga smslar kevoti.... tang’ir tung’ir bo’lib ketdi, shunchalik ham ko’p sms yozadimi. Bay bay oxirida kechirim ham so’rabdi. Nimaga kechirim so’ragan. Manga nima qildi u. Eslimiz. Yo’q hich narsa qimadiku. Mayli baribir kechirmimiz. Yana kechirm so’rabdi. "Hafa bo’madizmi”mush. Yig’ladim man hafa bo’lish tugur. Shunaqa ham sms bo’ladimi. Besababdan besabab hafa bo’arkanman. Sherlar kelibdi yana. Man endi shunga javob yozishim kerakmi? Arzimidi, o’zing yozmagansan she’rlarni. O’zing chin dildan yozganingda boshqa gap edi. SMS taxliliga o’tamiz yana tak, bunisi endi oritiqcha. "Manga tel qilib yuboring”. Tovba nega tel qilishim kerak. Iya Shuhratdan ham kelibdiku. Bu do’stimiz nima dibdilar. "Man Rossiyaga ishlagani ketyapman” dibdilar. Nega ketvoti? Ishlab yurudiku joyida. Bo’maptide oxiri. HAAAA. Lobar ushnga qo’zg’alib qolibdide. Vam zvonili ham keldi oxir bo’lib. Lobar 127 marta tel qilibdi. Shuhrat 12 marta. Yana kimlardir. Mana avtomatik tarzda 5 bosqich keldi. Endi Shuhrat yo’q. Man va Lobar dueli bo’ladi. Ko’ramiz qanaqa rol o’ynarkin endi.

            1 soat o’tmasdan yana telefon qib qoldi. Oldim. Birinchi gapi manga nega telefoniz o’chiq degan savoli bo’ldi. Mani javobim oddiy qattan bilay bo’ldi. Qisqasi yana kechirim so’radi. Nimalardir didi. Idim sudim karochi gapi o’ng qulog’imdan kirib bez ostanovka chap qulog’imdan chiqib ketdi. Ha, ha dib turdim hayol boshqa yoqda. Mani boshqa ishga o’tqazishvotudi. Keyin unga ishda ozgina muamo bor keyin gaplashamiz dib qo’yib qo’ydim. Endi man ichkarida xonada ishlidigan bo’ldim. Qoravullik to’xtatildi. Yangi ish joyim yahshi. 10 kishilik jamoa. Ishchilarni nazorat qilamiz. Ofisda ishlashde gap. 3 qiz 7 bola ishlimiz. Kollektivda kamchilik yo’q. Qizlarimiz ham bir biridan go’zal. Ko’rib ko’zing quvnaydi. Odob ahloq 1000 bo’lib yotibdi. Umuman manga 1 tasi yoqdi. Orzuyimdagi qiz disa ham bo’lardi. Tanishib ham oldik yaqindan hamm bilan. O’zi mani tanishardi lekin man ularni yahshi tanimasdim. 1 ish kuni muofaqiyatli o’tdi. Keyin uyga qatdim.

            Kech qolib ketdim. Uyga qaytayotgandim yo’da orqmdan mashina signal chaldi. Chetga qochdim. Yana signal. Qarab baqirmoqchidim qarasam qo’shnim Anvar aka ekan. Qorongida mani qanaqib tanidi bilmadim. Bu yerda nima qilib yuribdi hayronman. O’zi kechasi mashinasida aylangani ko’p chiqadi. Dardi og’ir: FARZAND yo’q... Mashinani to’xtatib "uygami o’tir dedilar”. Man o’tirib salom berdim.

        Voalekum assalom. Ha G’opporjon ukam nimalarni qorovullab qotirib kevossiz?

        Endi qorovul emasman.

        Iya bo’shatishdimi?

        Yo’q ofisga o’tqazishdi. Endi ichkarida ishliman.

        Ha unda yahshi. Ish joyin zo’r bo’lsa bitta g’aming kam degani. (mashinani bardachogidan sigareta olib tutata boshladilar)

        Shuni eting. O’ziz qayoqlardan?

        Har doimgi ish. O’zimni chalg’itish uchun aylanib yuribman. Xolangni vafotidan keyin chalgidigan hech narsam qolmadi. Ertaga man o’lsam tepkilab ko’madigan farzandlarim ham yo’q. Chalg’ish uchun mashinada ko’cha aylanib yuraman. Kim taksi to’xtatsa ushani bepul manziliga olib boraman. Qaragin. Shuncha mol dunyoyim bo’lim farzandim bo’lmadi. Xotinimni tuzata olmadim. Erta hayotdan ko’z yumdi. Oldida qancha orzulari bor edi. Ha mayli endi. Allohni irodasi. Taqdirda nima bo’lsa shu bo’larkande endi, nima ham qila olardik. (Qo’lidagi yarimi chakilgan sigaretani oynadan otib yubordi) Mana san hali yoshsan, oldinda qanchadan qancha orzularing bor. Bunga erisha olasan. Mandachi manda bittagina orzu FARZAND edi. Endi bu orzu armonga aylandi.

        Nega farzand asrab olmagansiz.

        Xolang ko’ngliga botmasin didim. U 10 yil yashab ajrashaman, siz boshqaga uylaning dedi. Man ko’nmadim. Uyiga ham ketib qoldi. Borib olib keldim. Bola asrab olishni istamas edi. Negaligini bilmadim. O’zidan mani sovutishga rosa harakat qildi. Lekin man chidadim. Hatto uyda o’zim ovqat qilib, o’zim kir yuvdim. Kamiga xotinimni kiyimlarini ham. Chidadim. Man uni qattiq sevardim. Uning uchun barcha narsaga tayyoridim. Oxiri uni o’zi chiday olmadi. Chiqib qo’limdan yuvayotgan kirni olmoqchi bo’ldi, bering derdi. Man bermasdim. Tahtadek qotib o’tirardim. Qilt etmasdim. U qo’limdan tortiqilab turg’azmoqchi bo’ardi/ man parvo ham qilmasdim, go’yo u yoqdek. Oxiri u chiday olmadi. Yig’ladi. Kechiring, man sizni tushunmabman. Kechiring, bunchalar qattiq sevishingizni bilmabman derdi. Mani ko’zlarimga yosh kelib ketdi. U mani ko’zlarimdagi yoshni ko’rib yanada qattiq ho’ngrab yig’ladi. Oldimda tiz cho’kim kechirim so’rardi. Man uni  turg’azdim. Bag’rimga bosib yig’lama bo’ldi hammasi yashi bo’ladi. Man sandan hafa emasman. San mani o’ylab shunday qilding. Man sani tushundim, san aqilli ayolsan didim. Uzoq quchoqlab turdim ushanda. Qo’yib yuborganimda bir tutan sochi koylagimni tugmasiga qadalib yulinib tushdi. U hech qanday og’riq his qilmadi. O’yladim qalb og’rig’i oldida tana og’rig’i hech nima emas ekande dib. Usha soch tutamlarini hammon oldimda olib yuraman. (Mashinalaridan xotinlarini rasmini chiqardilar, u rasmda xotinlari jilmayib turardi. Va sochlari kokil bo’lib rasmdan chiqib turardi, bu shunday ishlangan ediki ko’rib hayratda qoldim. Hayotda ham shunday qilib kokil chiqarib yurardilar. Jonlidek sochlar o’sib turardi.  Ko’chadan kirvotgan shamol soch tutamlarini yoyib rasmga boshqacha chiroy berardi.) Shu rasm bilan gaplashaman. Dardlashaman.

        Anvar aka ko’nglizga olmangku nega boshqaga uylanmagansiz ushanda?

        Etdimku sevardim dib. Qattiq sevardim. Undan boshqa ayolni hatto qo’lini ushlamaganman. O’rtoqlarim ham etardi, yana uylan dib. Xotinnim ham etardi, unda 2 xotinga uylaning dib. Ishonsang o’zi mandan beso’roq bir ayolnikiga sovchilikka boribdi. Xatto ko’ndiribdi ham. Lekin man rozi bo’lmadim. Borib ush ayoldan uzr so’rab keldim. Jannati ayol edi. Kasalik uni mandan erta ayirdi. Bormagan tabib, doctor qomadi. Chet elga ham olib bordim. Bari befoyda edi. O’limida oldin manga qarab boshqaga uylaning siz albatta farzand ko’rasiz dedi. Manga etgan oxirgi so’zi shu bo’ldi.

        Endi nima qilasiz?

        Shuni o’zim ham bilmayman. Nima qilishga boshim qotgan. Kuni yarmini ko’chada o’tqazvomman. Baribir chalg’imayapman. Hech kim yordam bera olmayapti manga. O’rtoqlarim ham uylan bo’ldi endi, qachongacha motam tutib yurasn diyishadi, opam bu yerda uylan dib qo’ymidilar. Man qanday qilib o’zga ayol bilan. Bilmadim, unuta olmayapman. Ko’chadagi hamma ayollar manga uni eslatadi. Uylanganim bilan u ayolni qanaqa qilib qabul qilaman. Man boshqasini seva olimimanku. Har kuni xotinimi ismini aytib uyg’onib ketaman. Har tushimda uni ko’raman. Tushimga kirib uylanig diydi. Man hop diyman. Mana yana ko’chada yuribman. Yoshimam 45 ga chiqadi yaqinda farzandli bo’lishim ham kerak. Onam bu yoqda nevarli bo’lishni istiman dib o’tiribdilar. O’zimdan o’tganini o’zim bilaman G’opporjon. Mana uyga ham kelib qoldik.

        Rahmat sizga, lekin suhbtimiz chala qoldide!

        Shu yerdamizku, gaplashamiz. Keling hozir gaplashamiz. Uyga marhamat.

        Kech bo’lib qoldi Anvar aka uydagilar hovotir olishadi. Boshqa safar.

        Hop mayli uydagilarga salom eting. (Mashinalarini garajga haydab kirib ketdilar, orqalaridan avtomatik tarzada garajni eshigi yopildi)

 

Man uyga kirib ovqatlandim. Keyin xonamga kirib o’yladim. Anvar aka qanday insonnlara. Mana haqiqiy savgi. Man nima qilib yuribman. Bosqichma bosqich bitta qizni hafa qilmoqchi bo’lib. Bo’ldi bosqichlar tugadi. Ertaga telefon qilib orani ochiq qilaman unga haqiqatni etaman.

 

 Davomi bor!!!

Просмотров: 1080 | Добавил: Giyos | Теги: Hikoya | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 2
2 zolushka  
voy qanaqa qilib etarkin

1 Jasmina  
Hikoyalar yahshi ketvotti davomini kutib qolamiz.

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Flag Counter