Четверг, 25.04.2024, 07:24
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Sayt menyusi
Kirish joyi
Izlash
Taqvim
«  Октябрь 2011  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31
Bizning so'rov
Saytni qayerdan bildingiz?
Umumiy javoblar: 75
Hisobot

Онлайн всего: 2
Гостей: 2
Пользователей: 0

Главная » 2011 » Октябрь » 28 » Men sevmaymanku! Davomi 39-40 qism
03:08
Men sevmaymanku! Davomi 39-40 qism

39 qism

 

Choyhonachini kichik o’g’lini chaqirib, telefonimni zaryaga qo’yishini etdim. Sumkamdan zaryadchikni ham bervordim. Ichkari xonaga olib kirib ketdi. 30 sekundan keyin qaytib chiqib, qozon boshiga yugurib ketdi. Oshni olib kelishdi. Hididan sarmast bo’b ketdim. Ko’rinishiga ham gap yo’q. Bitta qoshiq yeb mazza qildim. Lekin o’zimizni oshga o’xshamabdi. Shunga uncha yegandek bo’lmadim. Nu mazzasi zo’r. Choyhonachini yalqov og’li ham ko’zini ishqalab uydan chiqib qoldi. Otaxonni ko’rib sal boshqacharo bo’b qoldi. Keyin uyni orqasiga o’tib ketdi. Otaxon kulib qo’ydi. Man nima bo’ganiga chumiy anqayib qoldim. Qornim ochlik qib oshdan yedim. Shoshimni yoki aqayganimni sabablimi labimni tishlab oldim. Immm dib qoldim. Otaxon manga qarab qo’ydi. Bir narsa dimoqchi bo’ldilaru, choyhonachi ham qaraganini ko’rib indamadilar. Oshni bir pastda tegini ko’rsatib tashadik. Choyxonachi laganlarni olib ketdi. Otaxon manga choyxonachini o’g’li nega uni ko’rib qochib ketganini etib berdilar. (Etishlaricha unga ham bir marta manga qo’llgan licheniyani qo’llagan ekanlar. U ham sal kallasi ketib qogan ekan. Ko’ziga hamma ko’rinvurib (hammani sog’ingandirde.) qochib uyiga kelibdi. Yo’lda otaxonni ko’rvurarmish. U yoqga chopibdi, bu yoqga chopibdi. Otaxon oldilaridan chiqib qolarmish. Orqaga qochsa orqadan kelarmishlar. Shunaqa qilib ulardan qo’rqib qolibdi).

Shunday qilib man cho’pnlikni tanladim. Nu ishdan qochmimanu. Shu osonroq tuyuldi. Bilmadim. Balki qo’riqchi boganim uchunmi. Qo’ylarni qo’riqliman dib o’yladimmi. Hullas shu ishni oldim. Obed va kiyim kechak bilan taminlaydigan bo’lishdi. Man telimni zaryaddan oldim. Qatta antena chiqishini so’radim. 2-3 km naryoda bitta tog’da 1 ta antena chiqarkan. Ushatga ketdim. Kim tel qiganini bilishim kerak edi. Yo’lda rasmlarni ko’rib ketdim. Sog’inibman. Onamni rasmlarini ko’rib ko’zimga yosh keldi. Bog’zim to’lib ketdi. Onajon dib gapira olmadim. Yo’lda ketvomman. Lekin man yurmayapman. Oyoqlarim o’zi yurvoti. Telefonimni yuzini silayman. Onamni rasmlarini. Mani bu harkatimni o’zim o’tirgan daraxt shohini aralashga o’xshatardim. O’zim hohlamasam ham. Arralavomman. Hozir sinadi. Exx. Shu qiyinchiliklarni bilib turib onamni oldiga bormayapman... Mana tepaga chiqdim. Endi antena qidiramiz... 1 ta chiqdi vada qilishgandek. Voyyy boo’’.... Namuncha smslarr. Oxiri ko’rinadimi.....

 

 

40 qism

 

Smslardan telefon to’lib ketdiyuuu. Telefonim qachon o’chirganim ham esimda yo’q. Manimcha Saida opadan kegan smsdan keyin edi. Ushanda Polet rejimiga qo’yib qo’ygandim. Mana orada bir qop vam zvonili keldi. O’xoo.... Mana to’xtadi... Yo’q yana bitta keldi. Tak kimlardan kebdi. Bittalab o’qib chiqamiz... Iya antena yoqoldi. Uff. Mayli pastga tushib o’tirib o’qiman. Beeemalol. O’zi kimlardan kebdi. Birinchi bo’lib vam zvonili, Saida opadan, Dilshoddan, Yana bitta begona nomerdan kebdi. Birinchi bo’lib kimlar tel qilganini bilaylikchi. Vam zvonilni ochamiz.

 

Vam zvonili (124):+99897******* <x> xx 19:32:18 +9989352***** <x> xx 19:21:07 +9989420**** <x> xx 18:59:51 +9989779**** <x> xx 18:41:03 +9989745***** <x> xx 18:05:32 +9989774**** <x> 12.01.11 15:25:30 +998977**** <x> xx 23:51:48 +9989468**** <x> xx 20:54:08 +998977**** <x> xx 16:25:31 +998974****** <x> xx 13:31:48 +998977545300 <2> xx 13:22:13.... vaxokazolardan kebdi.

Hm. Bularni ichida onamni raqami, otamni raqami, Dilshodniki, Akamniki, Saida opaniki va bitta notanish raqam i yana tanishlarimni tel raqami bor.

Saida opani smslarini ochamiz, uzun yozibdilar:

"G’oppor! Qatlarga ketib qolding. Nega ketib qolding. Adela etdilar ketib qogan dib (Adam bilan Saida opani o’rtalarida qanaqadir munosabat borligiga shubham qomadi hisob, davomini o’qigim kemadiyu,  lekin sog’inganim uchun + zerikkanim uchun o’qishga qaror qildim). Nimaga bunaqa qilding? Axir san tinch yashagin dib man ko’chib ketdimku! Nima keragi bor edi sanga ketib... Oldingi smsimga nega javob yozmading. Mandan hafamisan”.

Ikkinchi smslarini ochaman. Orada boshqalarni smsi qovoti, bitta odamdan keganini oxirigacha o’qiychi. Ikkinchisida nima yozibdilar:

" G’oppor kechir mani!”. Uchinchi smslarida: " Man qiynalib ketdim, qatlarda yuribsan. Hamma mani aybdor qib ko’rsatvoti. Tezroq qaytib kel.”.

Nimaga ularni aybdor qib ko’rsatishar ekan. Hayronman. Qani Dilshoddan kegan smsni o’qiman. Qoganini keyin o’qiman Nimadir yozgandir uyam vaqtini ajratib:

"G’oppor san ***misan. Qatga yoqolib qolding. Tel qivor. Gap bor.”.

2 chi sms:

"Tez kemasang bo’midi. Qatlarda yoqolib ketding.”

3 chi sms:

" Ha endi tochna problema”.

Bu smsga ham tushunmadim. Dilshodni qogan smsini o’qigim ham kemayapti. Keyin o’qiman buni ham. Onam sms yozishni bilmaydilar. Shuning uchun sms yozmaganlar. Anu notanish raqam kim ekan. Ko’p sms yozibdi. Mayli bir chetdan o’qimiz.

" Salom G’oppor. Man Azizman. Usha jo’jacha Aziz. Tanidingmi? Qattasan. Man bugun qaytib keludim. Uyinga kirsam yo’q diyishdi. Tel qivor. Shu raqam maniki. Bugun oldim. Ok. Kutaman”.

 Iya eng yaqin do’stim safardan kebdiku. 4 yil bo’lgandi oxirgi marta ko’rishganimizga. Chet elga o’qishga ketgandi.  Tugatibdide o’qishini. O’zi juda zo’r bola. Hich kimga ozor bermidi. Yolg’onni eplab ham gapira olmidi. Doim bir qanaqadir o’xshamagan, bog’cha bolasi eshitsa kuladigan gaplarni bahona qib etadi. Nu ota onasi o’lib ketishgan avtoxalokatga uchrab. Anvar aka sponsirli qib chet elga o’qishga yubordilar. O’zini kallasi ham rosa ishlardide. Anvar akaga ham gap yo’q. Begona yoki tanish dib o’tirmidilar. Yordam kerakmi man  ol diydilar. Qanaqa bo’sa ham. Ha mana ulardan ham sms kelgan ekan:

"G’oppor qatga ketding. Manga tel qil srochno!”

Da oddiy va manoli gap. Lekin man tel qilmayman. Telefon qilsam darrov topib olib olib ketadilar. Azizni smsi:

"Do’stim nega tel qilmayapsan. Qattasan. Sani hamma qidirvoti.”

Boshqa sms:

"Tinchmisan?”

Boshqa sms:

"Kesang kallangni olaman, do’stga hurmat shumi?”

Boshqa sms:

"Ketib qoldingmi?”

Boshqa sms:

"Uyingda problema. Agar sog’ bo’lsang aloqaga chiq.”

Hm. U sms yozishga erinmaydi. Juda podrobna yozadi.

Azizdan kelgan boshqa sms:

"G’oppor oyingni ahvoli og’irlashvoti. Sani qidirib hamma yoqlarga borib kevotilar. Saida opanikiga ham borib keldilar. Ushandan keyin og’irlashib qoldilar. Aloqaga chiq.”

Oyimga nima qilgan ekan? Tinchmikanlar. Dilshod endi tochni problema diganda onamni Saida opamnikiga borganini nazarda tutganmikan. Nima bo’lgan ekana. Tel qilsammikan. To’xta qogan smslarni o’qiy, balki shularda yozilgandir.

Dilshoddan kegan sms:

"G’oppor mamashken Saida opangni kvartirasiga borib to’palon qildilar. Ushatda bir kun bekinib ham o’tirdilar. San kechasi kelasan dib. Man 3 kun payladim. Ushatdagi qo’shnilarga rasmini tashab keldu oxiri. Hich kim sani ko’rmabdi. Qattasan. Uzr man sani vaqtida tushunmadim.”

Azizdan kegan sms:

"Eyy onangni o’ylasangchi! Man ularga achinib ketvomman...”

Hm. .............

 

* * *

 

Azizdan hikoya. (G’oppor uyidan chiqib ketgan kun)

Mana 4 yil chet elda o’qib va nihoyat ona yurtimga qaytdim. Ish joyim ham tayin. Uyda kutadigan oilam bo’lmasa ham, mahalladagilar bor. Hammasi man uchun oilamdek. Qolaversa Anvar aka borlar. Do’stlarim G’oppor va Dilshod. Hamma mahalladigilar mani ota onam. Hech o’ksimayman. Yonimdan turuvchilar bor.

O’zbek mahallalari hich qatta bo’masa kerak. Mahallamni shunaqangi sog’inganmanki. Tasvirlab bera olmayman... Hozir birinchi G’opporlarni uyiga kirib salom alik qib ketaman. Mana xolam (G’opporni onasini shunaqa chaqiraman. Ismlari Gulmira) ko’chada ekanlar.

-          Asslomu Alekum xolajon. Man keldim.

-          Voy Azizjon bolam. Eson omon keldingmi? O’qishlaringni tugatib olidingmi... (uzoq hol so’rash bo’ldi)

-          Ha rahmat. Hammasi zo’r bo’ldi. Bitirib keldim. G’oppor uydami?

-          Ertalab qatgadir chiqib ketudi. Hozir uyda emas. Uyga kir, choy ich, osh damlayman.

-          Ha mayli haliro kiraman. Uymga borib narsalarimni qo’yib kelay. Ha aytagandek. Mana bu sovg’a sizga.

-          Voy rahmat. Umringdan baraka top.

-          G’opporni telefoni bormi? Bo’sa bering.

-          Ha bor. Man telefonimdan qaravol.G’oppor dib yozib qo’yilgan. Shu nomelarni yahshi eslab qolomiman.

-          Aha rahmat. Man endi nomer olaman. Man kechki payt chiqman.

-          Mayli sog’ bo’l Azizjon. Albatta chiqgin osh tayyorlab turaman.

 

Davomi tez kunda....

(C) Giyos@mail.ru

Просмотров: 929 | Добавил: Giyos | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
1 Xusan_uz  
Aziz good

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Flag Counter