Четверг, 25.04.2024, 17:43
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Sayt menyusi
Kirish joyi
Izlash
Taqvim
«  Октябрь 2011  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31
Bizning so'rov
Hikoyalarim yoqdimi?
Umumiy javoblar: 51
Hisobot

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » 2011 » Октябрь » 28 » Men sevmaymanku! Davomi 37-38 qism
03:07
Men sevmaymanku! Davomi 37-38 qism

37 qism

 

            Bu nusxa kimligini hich bilolmayapmande. Shuanqa ham manga o’xshash bo’ladimi. Uhlavomman disam uyg’oqman. Alahsiravotganmikanman. Yoki ko’zimga ko’rinayotganakanmi? Qattanam sho’tlarga keldim. Mana oldimda olma g’ajib o’tiribdi. Nimadir dimoqchimi bilmadim. Olma tiqilib qolgande o’xchavoti:

-          Ko’zing borakan. Tiqilib qoldi. Nega norozi bo’lasan. Ichingda tiqilib o’l didingmi? Qo’rqma o’lmiman.

-          Daraxtda to’lib yotibdi. Hohlaganimcha tervolaman. Bo’kunincha yevur. Tiqilmasang o’lmisan.

-          Hop. Man ketdim. Sani oldinga keganim, san o’zligini yoqotib borvosan. O’zini eslatgani keldim. Oldin qanaqa eding. Man hozir qanaqa bo’b qolding. Jinnidan farqing yo’q. Boya mani kimligimni soradingmi? Yaqinda otaxon kesa javob olasan. Ertalab keladi. Onang ko’zinga nega ko’rinvotganini ham etadi. Omon bo’l... Man yana 2 ta olmangdan olib ketaman. Yo’lda yiyman.

-          Hop. Boshqa kema. Qadami sovuq.

 

Ketdi. Man o’zim qoldim. Tong otdi. Uzoqdan otaxonni qorasi ko’rindi. Qo’llarida ikkita setka. Ichida nimadir bor. 11 kun diganda keldilar va nihoyat. Qo’limni ko’ksimga qo’yib kutib oldim. Ko’zlarimda yosh chiqib ketdi. Qo’l berib salomlashdim. Manga qarab hayron qoldilar. Keyin turib turib:

-          Dori tasir qilibdi. Ancha o’zingga kelibsan.

-          Ha juda achchiq ekan.

-          Dori shirin bo’maydi. Ho’sh kimlarni ko’rding men yo’g’imda.

-          ???

-          Kimlar ko’zinga ko’rindi yoki gaplashding.

-          Onam. Keyin o’zimga o’xshaydigan bolani ko’rdim.

-          O’zingni ham ko’rdingmi?

-          Ha. Uni kimligini siz bilar ekansiz.

-          Bilaman. Yaqinroq kel. (Kiymimdan bitta tumorni yechib oldi.) Mana shu tumor senga ko’rsatadi. Kimni sog’insang ushani ko’rsatadi. Sen bekatda yotganingda men senga shuni taqib ketdim. Boshqa joyda bir bemorim bor edi. Ushani oldiga ketdim. Seni esa o’zimni "soyam” bu yerga olib keldi. Men "soyam”ni boshqa olaman. Bekatda u avtobusga chiqmadi. Keyin tushishinga oz qolganda sen uni qidira boshlading. Shunda u senga ko’rindi. Uni hech kim ko’rmaydi. Agar kimdadir shu tumor bo’lsa u  ham ko’rishi mumkin edi. Onagni ko’rishinga kelsak. Sog’ingansan. Ushanga ko’ringan. O’zingni aksingni ko’rgan bo’lsang, demak o’zini ham sog’inibsan.

-          Man oldingi hayotimni sog’ingandim. Oldingi yashash tarzimni.

-          Ha o’zim ham hayron bo’ldim. Qanday qilib o’zini o’zi sog’inishi mumkin odam deb. (Yurib xonaga kirdik). Voy bo’y. Hamma yoqni olma po’choq qilib tashabsanku.

-          Man yemadim. Anu mani kopiyam yedi. Ketvotganida ikkita olib ketdi ham.

-          O’g’lim. Ular hech narsa ushalolmaydi. Olmalarni sen egansan. Ikkita olma ana yerda yotibdi. Ichgan doring sal bo’lsa ham alahsirash chaqirardi. Ushanga uhlab turib nima qilganingni bilmay qolgansan.

-          Shu ikkita olmani orqasidan otgan bo’sam kerak.

-          Nima bo’lsa ham. Ahvoling yahshimi. Uyingga ketasanmi? Uyingni sog’inibsan.

-          Yo’q. Bora olmayman. Ming sog’inganim bilan boromiman. Uydagilarni yuziga qari omiman.

-          Hop. Qotan non yeyaverib, ishtaxang ham bog’ilgandir. Men senga ovqat olib keldim. Yeb olgin. Keyin qishloqga tushamiz. Senga ish topib beraman. Shu yerda yashab yuraverasan. Qachon uyga ketishni istasang ketaverasan. Bu yerlarda qayerlarga bording.

-          Rahmat otaxon. Bu yahshiligini hich qachon unitmiman. Hech qatga bormadim. Tog’ni orqasiga o’tdim bo’ldi.

 

Otaxon kabob olib kelibdilar. Endi bu ovqat shunaqa mazali o’tvoti. Ox ox. Uncha buncha mazza qimo’dim. Tushki paytdan keyin otaxon mani chaqirib ketamiz didilar. Man sumkamni ovoldim. Keyin qancha yurishimizni so’radim. 3 kun yursak yana u bu narsa ovliy dib. Otaxon 1 soat yuramiz didilar. Man hayron qoldim....

 


38 qism 

 

 - Man chunmadim. Qanaqa qib 1 soatda. Axir man 3 kun yurib kelgandimku.

 - Ha bilaman. San boshqa qishloqdan kelgansan. Biz boshqa qishloqga boramiz. 1 soatli yo'l.

 - Hm. Bilmagan ekanman. Mayli nicho. Aylansam bo'larkan xonada yotmasdan.

 - O'zi qo'lingdan nima ish keladi. Tayinli ishing bormi?

 - Qo'limdan hamma ish keladi. Hammasini qila olaman. O'zim qo'riqlash xizmatida ishlaganman.

 - Ex bolama. Bu yoqda qo'riqlashinga hech narsa yo'q. Balki topilib qolar. Boshqa ishlarni ham bilaman deyapsan, ko'ramizda.

 - Manga ishni farqi yo'q. Shu yerda yashasam bo'ldi.

 - Yashaysan. Qishloq odamlari mexmondo'st. Uy joy ham topiladi. Man uchun qurib beilgan uy bor. Usha yerda yashaysan. Hamma narsa bor.

 - Elektor toki bormi?

 - Ha bor. Nima qilasan tokni?

 - Telefonim o'chib qogan. Ushani zaryadka qilib olishim kerak.

 - Teleponi bu yerda foydasi yo'q. Aloqani ushlamaydi. Hoov anavi tepalikda chiqib gaplashib kelishadi.

 - Manga yonsa bo'ldi. Gaplashish kerak emas. Unda manga kerakli narsalar bor.

 - Bu matoxingda juda ham kerakli nima bo'lishi mumkin?

- Uydagilarni rasmi, Uyimni rasmi. . .

 - Ha bu bolam uydagilarni sog'ingan ekansan uyinga qaytib keta qol. Nima qilasan o'zingni qiynab?

 - Otaxon qaysi yuz bilan kirib boraman. Ketganim nima bo'ldiyu, sho'payib qaytib keganim nima bo'ldi bo'b qomidimi? Ko'chada odamlar ko'rsa undan batar kulishadiku. Manga farqi yo'q. Kulsa kulavermaydimi? Uydagilar qiynalishadi. Man uydan ketmadim. Mahalladan qochib ketdim. Uyda ham har kun kesatiq gaplar. . . . (uydan nega ketganimni sababini etib berdim.)

 Endi qarangda otaxon man nima qilishim kerak edi?

-          San nima qilsang qilib bo’lding. Endi bu yog’ini o’yla. Men senga hozir ming maslahat berganim bilan sen unga amal qilmaysan. Chunki sen o’zingni fikringni ustun qo’yasan. Man aytishim mukin uyingga qaytib bor. Hammasi o’tib ketadi deb. Sen nima deysan. Albatta yo’q deysan. Chunki sen alaqachon qarorni qabul qilib bo’lgansan.

-          Ha mayli. Bir so’radimde.

-          Hech qisi yo’q.... Ana qishloq ko’riayapti. Usha yerda yashaysan. Men bu qishloqga ko’p kelib turaman. Ko’p chaqirishadi. Man uchun qurilgan uy yahshi. Senga yoqadi. Man oyda bir marotaba kelib tursam ham. Shunday tushganda birinchi uy meniki.

-          Rahmat otaxon. Bu yahshiligizni hech qachon unutmayman. Burnizdan buloq qib chiqaraman.

-          San yahshi yashab ketsang manga shuni o’zi yetadi.

 

Otaxon bilan qishloqga kirib keldik. Uylarni oldidan o’tayotganda mana meni uyim deb ko’rsatib ketdilar. Uy paxsadan qurilgan pastakkina edi. Bitta derazasi bor. Nu ikki xonali edi. Eshikda qulf yo’q ekan. Keyin qishloq markaziga bordik. Ularni hamma hurmat etibor bilan kutib oldi. Ularni taqsir deb chaqirisharkan. Shu qatorda manam hurmatdan chetda qolib ketmadim. Ular kelganlari uchun darrov qo’y so’yildi. (Qo’yda nima ayb. Ko’rib achinib ketdim. Agar mani har kelishimda kimdir qo’y so’ysa, man kelmasdim. Qo’y trik qolsin dib) keyin sho’rva, osh tayyorlashni boshlab yuborishdi. Mexmondo’stlikni ham joyiga qo’yib qo’yishdi. Sho’rva ham bir zumda tayyor bo’ldi. Bu 10 kunlik qotgan non terapiyadan keyin manga juda ham yoqvotganidi. Sho’rvani sopol kosada olib kelishdi. Kosa ham mani uydagi katta kosamga 1,5 ta keladi. Ustida katta go’sht ko’rinib turibdi. Uni bir zumda katta non bilan tezgina yeb oldim. Tan olaman bunaqa mazali sho’rva ichmagandim. Juda ham zo’r chiqibdi. Yarimi yog’ shekl o’zi ham. Otaxonga unaqa katta kosada olib kelishmadi. Kichik oddiy kosada olib kelishdi. O’zimni qorinim ochligiga ularga ahamiyat bermadim. Agar oddiy sho’rva biz tomonda 2000 so’m bo’lsa. Bu sho’rvani bizni oshpazlar 10000 so’mga sotishsa kerak. Yana ichgim keldiyuuu. Nu oshni hidini kelib bu fikrimni to’xtatdi. Sho’rvadan keyin yarim saotlardan keyin. Oshni suzaveraylikmi dib bir bolacha keldi. Biz bilan gaplashb o’tirgan kishi (Yoshi 50 laga chiqib qolgan, qorni semiz, bo’yinlari osilib qolgan, qulog’i qayrilganro. Pishilab nafas oladi. Ora orada o’xchib yo’talib qo’yadi. Yana exx diydi. Choyxonachi ekan. Otaxon ularni Karimboy didilar. Ismlari Karimboy bo’sa kerak.) hozir emas. Borib akangni uygo’t. Mollarga qarasin dedi. Va O’g’lidan shikoyatni boshlab yubordi: "Taqsir mana o’g’lim 19ga kiryapti. Kun bo’yi uhlagani uhlagan. Qo’lidan hech bir ish kelmaydi. Mollarga qarashni ham eplolmaydi. Tur o’rningdan u bu ishni boshini tutgin desam ham yo’q deydi. Nima qilishimni ham bilmay qoldim. O’rtoqlarini chaqirib ularni oldida ham etdim. Bo’lmadi. Oxiri usha o’rtoqlariga shuni ishga tortilar deb iltimos qildim. Ular 1 haftdan keyin, uzr iltimosizni qila olmadik. Yur ishlaymiz desam yo’q deydi. Hamma narsaga qiziqtirib ko’rdik. Bo’lmadi. Topib olgan gapi bitta. Man ishlamayman. Otam boqadilar. Ha otam. 40 yoshga to’lgunimcha otam, 40 yoshimdan keyin o’g’lim boqadi. Shuni etvurib bizani ham dangasa qilib qo’yisha oz qoldi, dib etishdi. Boshimni qaysi devorga urishni ham bilmay qoldim. Uylantiray desam. Bitta kallani ikkita qib boqib nima qilaman deyman. Shu ahvol. Kimdan bu gaplarni eshitib olgan bilmadim deb shikoyatlarini tugatdilar. Keyin ichkariga kirib ketdilar. Otaxon manga bu yerda bor ishlarni etdilar. Hohlasam shu choyhonachiga shogird tushsam bo’larkan. Bir yolg’iz onaxonni dalasida ishlasam bo’larkan. Tog’ga chiqib cho’pnlik qilsam bo’larkan. Yana 3 -4 xil ishlarakande.., shundan bittasini tanlab etsam ushanga qo’yarkanlar...

Просмотров: 994 | Добавил: Giyos | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Flag Counter