Пятница, 26.04.2024, 00:43
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Sayt menyusi
Kirish joyi
Izlash
Taqvim
«  Январь 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Bizning so'rov
Saytni qayerdan bildingiz?
Umumiy javoblar: 75
Hisobot

Онлайн всего: 7
Гостей: 7
Пользователей: 0

Главная » 2012 » Январь » 31 » Men sevmaymanku! 55 qism
04:08
Men sevmaymanku! 55 qism

55 qism

 (Azizni hikoyasi)

 Ko’zimni ochganimda tepamda hamshiralar turishganakan. Orasida doctor ham borakanmi, bilmadim. Mnonitorlarga qarab nimalarnidir ko’rvotudi. Keyin manga qarab pulsimni tekshirib ko’rdi. Keyin hammasi yahshi. Havf hatar yo’q dib chiqib ketdi. Hamshiralarni bittasi yonimda qoldi. Man qattaligimni eslashga harakat qiladim. Keyin man nega bu yerdaman digan savollar kallaga quyilib kela boshladi. Qo’limni ko’tarmoqchi bo’gandim, kuchli og’ridi. Sekin sekin nima bo’gani esimga tusha boshladi. Mani moshina urvorgani. Oxxx. Kuchli zarb bo’ldi. Yerga tushganimda belim uzilib ketiy didi. Trik qolibman. Yaratganga shukur. Hamma yo’gimni boylab tashashibdi. Hich qatim sinmaganmikan. Qornimda kotta belbog’. Nima operatsiya qilishganmi. Hozir hamshiradan so’raganim bilan etmidi. Nechi kun yotibman o’zi? Bugun nechinchi chislo? Mayli yotvuriychi.... 20 minutdan keyin karidordan kimdir nimalardir shovqin ko’tarvotgan ovozi keldi. Nimalardir dib nimanidir tushuntirishga harakat qilardi...

 

***

(G’oppor hikoyasi)

 

Xirurgiya bo’limidan o’qdek otilib chiqdim. (Yahshiyam to’g’rida hech qanday nishon yo’q ekan. Bo’lmasa aniq 10 ballni urardim). Reanimatsiyaga yugurib chiqdim. Hayolim do’stim Azizda. Ahvoli qanaqa ekan. Es hushi o’zidamikan. Shunga o’xshash narsalarni o’ylab keb qoganimni ham sezmiy qoldi. Eshikdan har doim kirib chiqib yuradigan odamde kirib ketvotudim. "To’xta” digan ovoz mani to’xtatdi. Uxxx didim. Shu yetmi turudi o’zi. Zo’r nastroyeniyamni ham rasvo qildi. Endi qanaqa qib kiraman. "opajon man hozirgina oppoq xalatda oldizdan chiqib ketdimku. Man shu yerda ishlayman. Xirurgiya bo’limida. Xalatimga qon tegdi. Yuvishvoti hozir. Ushanga bezxalatman. Maylimi kirib ketsam. Bu yerda mani o’rtog’im yotudi. Usha hozir o’ziga kelibdi. Shundo salomlashamanuu chiqib ketman. Mani tanimadizmi?” didim baqiro sanitarkaga. Keyin eshikdan sirpanib kirib ketdim. Sanitarakka opoqi orqamdan qarab qoldilar. Man o’zimga o’zim etdim. Man bo’larkanu mumomila qilib kirsa. Shunga to’palon qilish shartmikan. Yo’lda husrsand bo’lib Charos kutib turardi. Man do’stim o’ziga keganini eshitgan bo’samda, u manga huddi man eshitmagande qarab turibdi. Manga tezroq etib, mani hursandchilikimni ko’rsa... Shu hayollar bilan borvotgan joyimdan orqadan "to’xta” digan qichqiriq eshitildi. Orqaga o’grildim. Santarka opoqi. Manga qarab kevotilar. Qo’llarini yengini shimarib kevotilar. " Managa qara ovv bola. Man sani tanidim. Ha tanidim. San mani aldab kirib ketmoqchi bo’ldingmi? Bilsanmi? Mani oldimdan begona pashsha ham uchib kirmomidi. San kim bo’lib onang tengi xotinni aldab kirib ketmoqchisan (Shu joyida onam tengimas, opoqim tengi dib etmoqchi bo’ldimu, lekin so’zlarini "maroq” bilan eshtivotganimni bildirish uchun indamadim)? Mani aldab kirib ketadigan hali yo’q! San o’tgan kuni kelib to’palon qilding. Hammasi esimda. Bugun xirurgiyada ishlidigan bo’b qoldingmi? Uyatamasmi O’ZBEK! Yerga qarama, ko’zimga tikka qara. Aldavotganini bilib turiy. Ko’zimga qarab yo’lg’on gapirib ko’rchi? (Hm. Bu opoqiga bitta eslatma etmoqchi edim. Etmadim. O’zim bitta eslab oldim. Ko’zga qarab yo’g’on gapirvotganini aniqlash qiyin. Masalan man hozir sizga yolg’onni rostde qib etib beraman. Bu yolg’onimga o’zim ham ishonaman. Ko’zlarim ham ishonadi.). Qani qayt orqaga. Chiq bo’limdan!” dib manga baqirib tashadilar. Man ularga javoban: "Opoqi kechirasiz. (Bosiqlik bilan. O’ylab, bo’masa har bir gapim o’zimga qarshi ishlatilishi mumkin.) Man shu bolnitsada ishliman. Xirurgiyada. To’g’ri usha kuni kelgandim. To’palon ham qilganman. Stresda edim. Nima qivotganimni bilmadim. Bu yerda eng yaqin do’stim yotibdi. Hech kim yo’q. Ota onasi o’lib ketishgan. Mahalla katta qilgan. Mani akaside ko’radi. Manam uni akamde ko’raman. (shu joyda ikkalamiza egizak bo’b qoldik. Gap nito chiqib ketdi. Lekin qaytib etib o’tigim kemadi. Hayajonlanishim kerakmasidi.) Shu kuni uyda edim. Tez yetib keldim. Endi har doim kirib yurgan eshik, man shu yerda ishliman dib etmimanku. Hayolga ham kemadi. Mana hozir etvoman. Do’stim o’ziga kegan. Ko’nglim hotirjam. Chundiz! Ishonmasez mana Charosdan so’rang (Oldimga turgandi), u biladi. Mani ko’ragan. (Charas ha dib gapimni tasdiqlab qo’ydi). Uzr. Man shoshvomman. Bo’limimga borishim kerak hali.” - didim. Opoqi yana nimalarnidir o’ylab eshik oldiga ketdilar... huhh dib qoldim. Charos haligi kulgan chexrada yana manga qarab turibdi. Ularga rahmat dib, Aziz yotgan palataga kirdim. Ko’zi ochiq. Manga qarab turibdi. Kuldim. " Do’stim qalesan. Yahshimas. Yahshi bo’lib qoldingmi? Hammasi joyidami?” didim. U manga uzoq tikilib turdi. Ko’zlarini ochib yopdi. Qarab turdi. Keyin yana ozgina turib: "San kimsan, sani tanimayman” didi.

 

Davomi tez soatlarda!

(c) Giyos@mail.ru

Просмотров: 1067 | Добавил: Giyos | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Flag Counter