Пятница, 19.04.2024, 23:25
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Sayt menyusi
Kirish joyi
Izlash
Taqvim
«  Январь 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Bizning so'rov
Saytni qayerdan bildingiz?
Umumiy javoblar: 75
Hisobot

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » 2012 » Январь » 24 » Men sevmaymanku! 54 qism.
23:44
Men sevmaymanku! 54 qism.

54 qism

 (G’oppor hikoyasi)  

Azamat akani orqalaridan yugurdim. Shundo eshikni oldiga yaqinlashdimmmaamm. Aziza sanitarkaga nimlardir dib yalinib turgan ekan. Keyin Azamat aka aralashdilar. Man chiqganimni foydasi yo’q dib o’yladim. Man ichkariga kirmoqchidim. Azizni ko’rgani. Nu sanitarka kirgazmidi. Yonimda 2 ta student xalatda o’tib ketvotganakan. Shulardan iltimos qildim. (Endi 3-4 so’m studentni qornini og’ritmidiku. Kakras obedka ketvotganakan. Xalat kalpachok prokatga olib, telefonini olib qoldim.) Xalatini kiyib tezlik bilan Reanimatsiya bo’limiga kirdim. (O’zi hayron qolaman, Nega shu bo’limga kirgazishmidi. Boshqa bo’limlarga kirgazishadi.) Azamat aka va Baqiroq sanitarka Azizani majburlab olib chiqishvotganakan. Man fursatni qo’ldan boy bermayyy ichkariga surdim. Aziza mandan yordam so’rab qarab qoldi. Shundo qarab ichkariga surdim. Azizni ko’rish hisi manda yuqori edi. Keyin Azizaga yordam beromasdim baribir. Ichkariga kirdimm... Vooo mana haqiqiy bolnitsa. Bemorlar aparatlarga ulangan. Aparatlar nafas oldirvoti. Azizni qattan topaman. Hamma kasallarni yuzida maskasi borakan. Havo oldiradigan maska. Oldiga kirib chiqishim kerak ekan hammasini. Palatalarda ham hid atirgulniki emas. Bu yerdigilar o’ziga o’zi qaray olmasakan. Tegini sanitarkalar yoki medsestralar tozalarkan. Aziz qaysi palatada ekan. O’t betga yozmaganam. Xalat kiyvoganimga balo bormi? Mana yana bitta palatada bitta xolani tegini almashtirishvoti. Semiz holakan... Kimdir mani chaqirvotimi?

-          Hoy. Buyoqga qarang. Yordamlashvoring. (Medsestra chaqirvotganakan)

-          Manmi?

-          Ha siz? Boshqa hich kim yo’qku.

-          Hop. Nima qiliy.

-          Bularni teglarini almashtirishim kerak edi. Og’ir ekanlar. Ko’tara olmayapman. Siz ko’tarib turing. Man shundo almashtiraman.

-          Man...

-          Tezroq bo’ling. Nimaga anqayasiz? (Manga noqulay bo’votgandi. Begona ayol. Kiyimsiz. Kiymini almashtirish kerak. Tegini. Yana atirgul hidimas. Uni ustiga xalatim birovniki. )

-          Hop. Mana keldim. (Xolani yonboshlatib turdim. Keyin bu yonboshga o’girtirdilar. Boshim aylana boshladi. Aparatlardan chiyilab turadigan ovozlar kevoti. Bir g’alati bo’b ketvommannn.)

-          Toshmida o’qisizmi? (Koridorga chiqganimizdan keyin so’rab qoldilar.)

-          Yo’q. Hich qayerda o’qimiman.

-          Xalatizga Toshmi deb yozib qo’yilgan ekan. (Man "student’ bo’lib kirganim esimdan ham chiqib ketibdi. Tupikga kirib qogande bo’ldim.)

-          Xa xalatni shunaqasidan olgandim. Boshqachasi yo’q ekan. Man ishliman.

-          Hmm. Ishlisizmi? Qaysi bo’limda. Bu bo’limda sizni ko’rmaganmiza.

-          Man haligi... Xirurgiyadaman. Usha bo’limda ishliman.

-          Voy rostanmi? Dilrabo bilan birga ishlisizmi? Qarang u mani dugonam. Narsa berib yuborishim kerak edi. Shuni berib qo’yamismi? Ko’rvos vaqtim bo’mayapti. Chiqib ketomiman. U ham kela olmayapti. (O’zi shu narsa yetmi turudi)

-          Hop. Oldin bir narsa so’rasam maylimi?

-          Bemalol. (Chiroyli ko’zlarini manga qaratdi. Ko’zlarni sochi tushib to’sib qolgan edi, qo’llari bilan bosh kiymini ichiga silab tiqib qo’ydi. Yuziga endi qarabman. Biram chiroyli ekan. Hayollarim bir birini quvlab ketdi. Yo’lda qoqilib yiqilib tushdi. Bittasi ikkinchisini turg’azaman dib o’ziyam yiqildi. Ikklasi turib endi yugurvotganda... u gapirib qoldi.) Nima so’ramoqchi ediz. Bemalol so’ravuring.

-          Ha uzr. Hayolim ketib qolibdi. (Chiroyli ekansiz digim keldiyu... qatda ekanim esimga tushdi). Mani sizdan so’ramoqchi bo’ganim. Bir narsa. Mani o’rtog’im shu bo’limda...

-          Shu yerda ishlaydilarmi?

-          Yo’q. Yo’q. Tushunmadiz. Shu bo’limda yotibdi. Avariya bo’lgandi.

-          Haa uzr.

-          Hech qisi yo’q. Ismi Aziz. Shuni ko’rgani kelgandim. Palatasini ham bilmiman. Ko’rsatib yuborasmi? 10 minutda chiqib ketaman.

-          Hohlaganizcha o’tirvuring. Shu yerda ishlarkansizu. Oxirgi palatada yotibdilar. Eshigi ochiq turibdiku.

-          Rahmat. Hozir tezda chiqaman. Xalatni egasi kutib qomasin. (Yana qovun tushurdim)

-          A? Nima didiz?

-          Hich narsa. Siz dugonangiz narsasini kutib qomasin. Shuni etdim. (Huuuh! O’xshatdim.)

-          Hozir telefon qilib qo’yaman. Bemalol kirib chiqvuring.

-          Yo’q. Telefon qilib o’tirmang. Tez chiqaman. Borganimdan keyin o’zi sizga tel qiladi. Hozir u band.

-          Axa. Yahshi. O’ziz bilasiz.

 

Man eshigi ochiq palataga bordim. Ichkarida 2 ta bemor yotibdi. Bittasi Aziz!... Hamma yog’i bintlar bilan o’rab tashalgan. Aparat titilab turibdi. Oldiga bordim. Yuzida maska. Qo’liga igna tiqib dori tomizilvoti. Qornilaridayam bintlar bor. Achinarli holat. O’zim tasavvur qilganimdan ham battar! Do’stimni oldida o’zimni noqulay his qila boshladim. Negadir uni bu ahvolga tushishida o’zimni aybdor his qila boshadim. U shunday yotar ediki, kimdir uni hayotga qayta kelishiga to’sqinlik qivotgandek edi. Shu palatada o’tirgan medsestra qiz mani yolg’iz qoldirgisi keldimi yoki ishi chiqib qoldimi palatadan chqib ketdi. Aziz bir budagina bo’b yotibdi. Ko’zlari yumuq. Nafas olvotganda ko’kraki qimirlab turibdi. Bu manda nahotki uyg’onvoti degan umidni berdi. Afsuski hursandchiligim uzoqga cho’zilmadi. Bu shunchaki oddiy nafas olishakan. Mani eshitvotimi yomi bilmadimu lekin nimalardir digim keldi: "Aziz do’stim. Man G’opporman! eshitvossanmi? Man sani oldinga ko’rgani keldim. Kechir mani do’stim. Man dib shu ahvolga tushding. Sani shu ahvolga kelishingda man aybdorman. Sani man olib borishim kerak edi. Mani hozir qay ahvolda ekanimni chunvosanmi? Man juda ham qiynalvomman. Sani sog’ayishing uchun har narsaga tayyorman. Do’stim. Eshitvossanmi? Aziza ham oldinga keldi. Hozir u uyga ketdi. San uyg’onishing kerak. San tuzalishing kerak. San uyg’onmasang man o’zimni kechira olmiman. Eshitvosanmi? Mani kechir. Kerak paytda oldingda turolmadim…” shu payt medsestra qiz kirib qoldi. Man Azizga so’ngi marta ko’rvotgande tikilib, chuqur ho’rsinib chiqib ketdim. Karidorda man yordam bergan medsestra kutib oldi:

-          Do’stizni ko’rdizmi?

-          Ha ko’rdim. Rahmat. Ko’rib g’alati bo’b ketdim. Bolnitsada ishlash sizlaga qiyin ekan. Man ishlamasdim.(yana qovun tushdi)

-          Hozir ishlavosku. Qanaqib ishlamsdiz?

-          Hmm. Haligi…. Reanimatsiyada ishlamasdim. (Hozir sekingina survormasam, nimalarnidir vaysab qo’yaman). Dilraboga nima bermoqchi ediz? Tezroq bori.

-          A. mana shuni berib qo’ying. Rahmat devordi diying. (Salafan paketda nimadir berdila)

-          Kim berdi diy. Ismizi etvoring.

-          Charos! Mani ismim Charos. Charos berib qo’ydi ding.

-          Maniki G’oppor. Tanishganimdan hursandman. Xayr.

-          Manam tanishganimdan hursandman. Kelib turing. (Qanidi har keganimda o’zing olib kirib ketsang. Sani qo’riqching bo’lib oldinda tunlari poyloqchilik qilardim. Orzuga ayb yo’qku. Nahotki sani sevib qololsam. Hayolim shu joyga keganda…)

Eshik oldida baqiroq sanitarka turgan ekanlar. Nimagadir ulardan qo’rqib salom berdim. Mani tanigandek bo’lib: "Sani qattadir korganma”n dib qoldilar. Man ularga shu yerlarda ishlliman. Yo’lda ko’ziz tushgandir didim. Keyin zudlik bilan favqulodda holat e’lon qilib qochdim. Xirurgiya bo’limiga borishdan oldin. Xalatni yechib bervorishim kerak edi. Endi studentlarga tel qilaman dib turgandim o’zlarini uzoqdan kevotganini ko’rib qoldim. Keyin bervordim. KAAATTAA rahmat ham etdim. Zdachisiga. Ketin hirurgiyaga bordim. Ichkariga kirish uncha problema tug’dirmadi. Ichkaridan Dilraboni topishim ham qiyin kechmadi. Unga Charos bergan setkani berdim. Keyin man unga bo’gan voqeani tushuntirdim. U bittda tushundi. Unga Charosga telefon qilishini etdim. Telefon qilib "hamkasbim” olib kelib berdi dib etib qo’ydi. Keyin telefonni qo’yib manga rahmat etdi. Man xayrlashib tashqariga ketvotganimda telefoni jiringladi. Bemalol gaplashsin dib to’xtamadim. Karidordan yurib ketdim. Dilrabo orqamdan ismimni etib to’xtatdi. Nima gap deb unga qaradim. U manga: "Do’stiz Aziz reanimatsiyada edimi? Usha do’stiz o’ziga kelibdi. Uyg’onibdi” didi. Shu joyida Dilraboni yuzidan o'pib qo'ygim kelib ketdi. (Hazil)

 

Davomi tez kunlarda!

(c) Giyos@mail.ru

Просмотров: 1131 | Добавил: Giyos | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
1 Xusan_uz  
cry biggrin yig`lab, kulvorim (xursand bo`p ketdimdeeeeeeeeeeeee)

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Flag Counter