Суббота, 20.04.2024, 00:17
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Sayt menyusi
Kirish joyi
Izlash
Taqvim
«  Январь 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Bizning so'rov
Saytimni baholang
Umumiy javoblar: 80
Hisobot

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » 2012 » Январь » 24 » Men sevmaymanku! 52-53 qismlar.
23:43
Men sevmaymanku! 52-53 qismlar.

52 qism

 

Anvar akaga telefon qilishim shart bo’madi. Ular davno qattandir eshitib kelvotganakanlar. Mani ko’rmadilarmi yoki ko’rsalar ham shoshib ketvotganlariga ahaiyat bermasdan ketdilarmi? Ishqilib kasalxonaga kirib ketdilar. Man uyga ketdim. Psixik charchaganimga uyga borib uhlab qoldim...

            "- G’oppor aka nega siz mani rasmimni olmisiz?

-          Manga sani rasming kerakmasde.

-          Nega, mani eslab yurishni hohlamaysizmi. Uyga borganizda sog’inganizda bir bir qarab olishni hohlamisizmi? A man xonamni sizni rasmlariz bilan to’ldirib tashaganman. Hamma yoqda sizni rasimiz. Ko’zimni yumsam ham, ochsam ham sizni rasmiz.

-          Ha yahshi. Man rasmlani devordamas, qalbimda saqliman. Sani har doim hayolimdan chiqarmiman. Dilimda sansan. Yuragimda yashisan. Yuragimni bir bo’lagini senga ajratganman. U san uchun uradi. San uchun yashidi. Man o’lsam ham  san uchun yuragim yashidi. San o’lsang yuragim o’ladi. Keyin manam o’laman. Ushanga o’zingni asragin.

-          Voy G’opporaka manga ishonmisiza. Manam sizni yuragimda saqliman. Rasmda bo’ganiz boshqachade. Sizni har hil ko’rinishdagi rasmlariz bor. Hammasini kottaaa qib chiqarib qo’yganman. Yuring ishonmasez. Ko’rsataman.

-          Jinnivoy sanga ishonmasam kimga ishonaman. Bilsanmi man qachon rasmini olaman.

-          Yo’q. Qachon?

-          San mani tashab, boshqasiga erga tegib ketvotganingda! Ushanda keyinchalik sani sog’insam, eslab turishga olib qolaman. Ana.

-          Eyyyyy. Sizni tomiz ketgan. Man sizni hech qachon tashab ketmiman. Man sizdan boshqa hich kimni sevmiman. Man sizni sevaman. Faqat va faqat sizni. Sizam mani sevasizuuu, to’g’rimi?

-          Manmi? Man hmmmm. Sevarmidim? Sevaman dib etganmidim?

-          Voy bulani qarela. Har kuni etasizu. Nega endi eslomiy qovos.

-          Har kuni yuzimda bo’sa bo’lardi. Qizil pomadasi bilan. Hozir yo’q. Ushanga eslolmayapman.

-          Bilardim shunaqa diyishizni. Keling... ((18 yoshdan kichiklar bu joyni o’qimasin))... Juft bo’la qosin....

-          Bir tomondan bo’lib qoldi. Buyog’ini kim o’padi.

-          Viiyyy shunaqayam qiynisizmi? Keling buyog’idan bo’sa buyog’idanam ikki marta.... bo’ldimi?

-          Yo’q. Bo’madi. ((18 yoshdan kichiklar bu yog’ini o’qivurila)). Bunisi hisoblanmadi.

-          Neegaa? O’pdimkuu!

-          Pomada qani? Qizil pomada. G’unchadek labinga pomada surmabsanku. Yuzimda izi qomadi. Manga izi qomagan o’pichni keragi yo’q.

-          Eyyy shuni oldinro etsez bo’masmidi.

-          Oldin kechi borakanmi?

-          Mana hozir sumkamdan olib suraman. Usha "pamaadezzi”.

-          Mani "pamaadammas”. Man uni ishlatmimaan.

-          Siz uchun ishlatammaan faqat. Ushanga sizniki.... iya sumkamda yo’q ekan. Uyda qoldiribman. Keeyingi safar pamadali bo’la qosin. Bu safar shundayiga sevaman dib etib qo’yvuring. Sizdam hich narsa ketmidkuu.

-          Yo’q. Anaaa kosmetika do’kon. Yengisini olib kelib o’pasan. Bo’masa etmiman. Vaqtida sanam manga shunaqa qigansan. Yozda ham obergan shapkeni kiyib kelardim. Qalin edi. Qaytar dunyo diydiku.

-          Hop mana. Hozir ushatda labimni g’uncha qib kelaman. Yuzizdan ketmidiganini olib o’paman. Ishxonezdigilar bir kulishsin.

-          Mayli. Sani uchun kulishsa, ustimdan kula qolishsin. Tezro kegin. Yugur....... Yo’ldan sekin o’tgin..... To’xtaaa, moshinani o’tqaaazvooorrr. Tooo’’’xxxxxxttttAAAAA!!!! Toooooo’’xxxxxtttaaaaaa moshina urvoradi. Toooo’’xxxxttaaaaa!!!! (Moshina urvordi).......”

 

Huuuuuuuuuuuuuuuuuuuhhhhhhhhhhhhhhhhh!!!!!!!!!!............. tushakan. Soat nechi bo’ldi... 04-00 bo’libdi. Huuuuh. Shunaqa ham daxshatli tush bo’ladimi. Yuragim og’rib qoliy didiya. Rostanam og’rivoti. Azizni avariya bo’gani manga qattiq tasir qibdide. Tushimga har hil narsalar kirvoti. Bunaqada jinni bo’b qolaman. Yurakka nima dori borakan. Onam nimalardir ichardilar. Ushani so’rab ko’riy. O’zi kelishganmikan. Onaa, onaa. Qattasiz.... Azizni oldiga kirgazishdimi?... Kirgazishmadimi? Hafa bo’mang. Mani ham kirgazishmadi. Yurakka nima doriz bor. Sanchivoti... Nima qibdi yosh bo’sam. Yoshlarda ham yurak bor. Qachon keldilar....

            Onam manga dori berdilar. Nomini bilmadim. Ochilgan tabletka berdilar. Mentol maza kelarkan. Ushani shimdim. Etishlaricha palataga Anvar aka kirib chiqibdilar. Doctor ularni tanishlari kerak. Yoki ushatda tanishganlar. Komada ekan. Aziza ancha yahshi ekan, palataga o’tqishibdi. Uni bugun chiqarib yuborisharkan. Aziz o’ziga kesa bo’ldi ishqilib. Ushanda man nega bormadimaaa. Borsam bo’lardi. Nima bo’sa bo’ldi. O’tgan narsaga afsuslanishdan foyda yo’q. Nima bo’sa ham. Ertaga bolnitsaga yana boraman. Endi to’palon qibmas, muomila qib kirib ketaman. Oldin Anvar aka bilan gaplashiychi.

            Ertalab bo’ldi. Anvar aka bilan gaplashdim. Doctor 50/50 dibdi. Borganimni foydasi yo’g’akan. O’rniga ishga chiqarkanman. Qatta ishliman. Hayolim qattlarda yuribdi. Ishxonaga borib yotdim. Hich qatga bormadim. O’zi tayinli isham bo’madi.

            Kechki payt bolnitsaga bordim. Azamat aka ham endi keb o’tirganakanlar. Ichkaridan Azizani olib chiqibdilar. Uyga olib ketishga. Aziza qaytib kirib ketibdi. Nimasidir qob ketganmish. 10 minut bo’bti. Chiqib qolar dib o’tiribdilar. Manam ozgina o’ylab o’tirdim. Nega chiqmayapti dib. Keyin bir payt etib qoldilar: "Biza bu eshikdan chiqdik. U bu eshikdan kirib ketdi. Lekin o’rtada bu bo’limlarni bog’lidigan yo’l yo’qku? Nega bu eshikdan kirib ketdi” didilaruuuu... O’rnilaridan turib shu eshikka tomon yugurib ketdilar. Bu eshik Reanimatsiyaga olib chiqadigan eshik edi. Aziz yotgan joyga. Manam yugurdim orqalaridan. Yana baqiro sanitarkani ko’rgani....

 

Davomi tez kunda....

(C) Giyos@mail.ru

 

 

53 qism

 

(Azizani hikoyasi)

            Nima sababdan qo’limni kesganimni bilmiman. Nima qivotganimni angalab ham yetmadim. Ko’zimni bir ochganimda doctorlar yurishgandi. Keyin palatada ekanimni ko’rdim. Qo’lim bog’loqlik. Tirik qolibman. Akam yonimda ekanlar. O’zinga keldingmi deb, peshonamdan o’pib, damingni ovol dib chiqib ketdilar. Ularni ham bilaklari bog’langandi. Chiqib ketdilar. Man hich narsani tushumiy qoldim. Keyin birdan esimga Aziz tushdilar. Yurakim tipirchilab qoldi, bezovtalana boshladim. Hamshiralar sezib tinchlantiruvchi ukol qilib ketishdi. Holsiz bo;lib qoldim. Uyquga ketdim.... Qancha uhlaganimni bilmiman. Manimcha bir kun. Akam uydan kevoman didilar. Olib ketgani. Narsalarni yig’ishtirdik. Tashqariga chiqganimizda Azizni ko’rgim keldi. Ularni bir martagina ko’rsam behavotir ketardim. Ko’nglim tinchirdi. Atigi bir marta. Manga bunaqa imkoniyatni akam bermidilar. Ularni chalg’itib kirib ketaman. Narsam qolibdi diyman. Kutib turadilar. Shundo boramanu Azizni bir marotaba ko’ramanu, tezda qaytib chiqaman.... Eshik oldida odam borakanuu. Mani kirgazmidi hozir. Borib iltimos qilaman.

"Opajon iltimos kirgazib yuboring. Sizdan o’tinib so’rayman. Mani sevgilim yotibdi. Bir marotaba ko’ray. Hohlasez o’zi bilan birga kiramiza. Uzoqdan bo’sa ham ko’ray. Iltimos. Iltimos. Iltimos. Siz ham ayolsizku. Sizda ham qalb borku. Siz ham sevgansizku. Iltimos sizdan. Ko’rmasam chiday olmayman. Yuragim yorilib ketadi. Ayriliq azobi manga qiyin. Tushunsangizchi. Siz manga yordam bering. Yo’q demang. Siz yahshsizku. Ko’zlarizdan mehribon ekaniz bilinib turibdi. Siz onamga o’xsharkansiz.... Iltimos mani kirgazing. Sizni aldavotganim yo’q. Kiramanu chiqaman. Oldingi galdagidek nojo’ya harakat qilmiman. Yolvorib so’rimaaaaaannn. Kirgaaazinnnggggg....”. Shu payt orqamdan akam kirib keldilar. Sanitarka akam bilan alihsigan payt o’zimni eshikka urdim. Yo’q. Sanitarka chaqonlik qilib mani ushlab qoldi. Akam ham ushlab qoldilar. O’zimni boshqara olmay qoldim. Bir qo’limdan sanataka bir qo’limdan akam ushlab olishgan. Akam sanitarkadan tashqariga olib chiqishga yordam berishlarini so’radilar. Eshikdan kimdir ichkariga kirib ketdi. Oq xalatda edi. Ushandan ham yordam so’radim. Manga bir qaradide ichkariga kirib ketdi. Juda tanish edi. Juda tanish. Uzoq qaramagani uchun taniy olmadim. Sanitarka eshikdan chiqarib o’zi orqaga qaytib kirib ketdi. Man akam bilan moshnaga qarab ketdik. Akam kimnidir ko’zlari bilan qidirdilar. Keyin o’zi borar. Yigit kishiku dib mashinaga o’tirdilar. Mashinaga o’tirib. G’oppor shu yerda edi dib etdilar. Keyin mashinani haydab ketdilar...

 

***

 

(Azizni hikoyasi)

            Mana qorong’ilikdan chiqdim. Uzun oq yo’l turibdi. Shu bo’ylab ketishim kerak shekl. Chunki boshqa yo’l ko’rinmayapti. Ozgina yurganimdan keyin choraxadan chiqib qoldim. Mana 4 ta yo’l tanlash uchun. Qaysi birni tanlashim kerak ekan. Hammasi uzuuun. Qatga yurishimni bilmayapman. Adashsam yana orqaga yurishim kerak. Buncha uzoq yo’lni qachon bosib o’taman. Kutaman. Yordamga kimdir kelar. Xayotda behush bo’lib yotgandirman hali ham. Ko’ra olsam qanidi..... Qancha o’tirganimni ham bilmayman. Uzoq o’tiribman. Iyaa!!! Ovoz!!! Azizani ovozi. Qaysi tomondan.... To’g’ridanmi??? Yo’q. To’g’ridan yursam ovoz yiroqlashvoti. O’ng tomonga... Yolvorib so’rayman divotimi? Nimani so’rar ekan... ovoz qattan kevoti. Qaysi tomomdaaan. Ovoz yoqoldi.Azizani ovozi yoqoldi. Eshitilmayapti. Yo’l yo’q endi. Shu yerda qolib ketaman. Hmm. Yana ovoz. Kimdir "Aziz” divoti.” Aziz do’stginam” didimi? Ovoz juda yaqin. O’ng tomondan kevoti. Shu tomonga yuraman. Ovoz aniq eshitilvoti. "Aziz do’stim mani kechir. Hammasi mani dib bo’ldi...” Man shu ovoz eshitildi. Yuguraman. Bu G’oppor. G’opporni ovozi. Yuguraman. Mana yana ovoz: "Man aybdorman oldingda”. Yo’q G’oppor san aybormassan. Hozir man yo’lni oxiriga yetiy. San bilan bir gaplashaman. Mana bir narsa ko’rindi. Yo’lni oxiri bo’sa kerak. Endi qanaqa qilib o’zimga qaytaman....

 

Davomi tez kunda!!!

(c) Giyos@mail.ru


Просмотров: 1584 | Добавил: Giyos | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Flag Counter