Среда, 24.04.2024, 23:02
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Sayt menyusi
Kirish joyi
Izlash
Taqvim
«  Январь 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Bizning so'rov
Saytni qayerdan bildingiz?
Umumiy javoblar: 75
Hisobot

Онлайн всего: 2
Гостей: 2
Пользователей: 0

Главная » 2012 » Январь » 24 » Men sevmaymanku! 50-51 qismlar.
23:41
Men sevmaymanku! 50-51 qismlar.

50 qism

 

(Azizani akasini hikoyasi)

Eshitdimu "oyog'imni qo'limga olib" uchdim. Mashinamga qanot qo'ysa uchishi aniq edi. Bo'lg'usi kuyovim bilan singlimni shifoxonaga tushib qogani man uchun og'ir zarba bo'ldi. Hech hayolim ko'chasiga ham kirmgan edi. To'yiga bo’lishiga ozgina qolgandiya! Eshitishimcha kuyovimni ahvoli og'ir ekan. Miyasi qattiq shikastlanibdi. Endi u yog'i nima bo'larkina. Tirik qolsinda ishqilib. Singlimga qiyin bo'ldide. Qattiq sevarkan uni. Boshida qarshilk ham qigandim. Lekin singlimni o'ylab hop degandim. Qarshilik qilganimda yuzidagi kulgu yoqolgandi. Keyin kuyov bola bilan tanishtirdi. Gaplashdim. Yaxshi bola ekan. Exxxxxx endi singlimni holi ne kechar ekana? Qara shunaqangi sevganidan, ko'rib hushidan ketibdi. Juda ayanchli bo'lsa kerak, sevganingni ko'z oldinda mashina urib ketsa. Hech kim chidolmasa kerak. Ayniqsa singlim, o'zidanda ortiq sevardi. Garchi bir biriga aytmagan bo'lsa ham. Bir narsaga shukur qilaman, hali ham ko'chada yaxshi odamlar ko'pakan, singlimni shifoxonaga olib borishibdi. Manga singlimni telefonidan qilib aytishdi. To'g'risi boshida ishonmadim. Ko'zlarimga yosh kelib ketdi. Qizig'i ikkalasi ham bitta kasalxonada....

Ko'chada kimdir yotibdimi? Toxtaychi kimakan?

 

***

(Azizani hikoyasi)

Shifoxona bunchalar daxshat joy ekana. Hozir o’zimni ahvolimga yig’lashni ham, kulishni ham bilmay TELBAdek turibman. Palatamdan qochib chiqib ketganimni hech kim sezmadi. Akam kelishlari kerak edi, kelmayaptilar. Aziz ning oldiga o’zim boraman. Hozir hamshiradan so’rab, bilib oldim. Ularni shu shifohonaning REANIMATSIYA bo’limiga yotqizishibdi. Faqat u yoqqa hech kimni kiritishmasakande! Qanaqa qilib kiraman?! ... Shunaqayam qo’rqinchili bo’lim bo’ladimi. Eshik oldidagi hamshira menga ikkita keladiya. Barirbir turganimdan foyda yo’q. Borib iltimos qilaman, yalinaman, kerak bo’lsa tiz cho’kib yolvoraman, yig’layman...........

Agar TEMIR bo’lganda bu ko’z yoshlarimga erib ketardi, bu hamshira muomilasidan ilon yuragi yorilib shu bo’limga keladi...... Qanday kirsam bo’ladi!?!?!??!?!?!??! ....... Menimcha yana bir bemor kelyapti!? Mana qulay payt, hamma u bilan ovora. Bunaqa imkoniyat boshqa bo’lmaydi. Olg’a hozir yoki hech qachon....... (ko’z yoshlar bilan) Azizim. Mana men keldim... Yoningizdaman... Meni eshityapsizmi??? Nega jimsiz??? Yoki mendan hafa bo’ldizmi??? Gapirsangizchi??? Bo’ldi sizga boshqa kech kelyapsiz deb aytmiman!!! Nega indamayapsiz??? Mayli boshqa sizdan oldin kelmayman!!! Faqat bir narsa deng, meni qo’rqitmang..... Nega hech narsa demayapsiz. Yoki mendan ranjidizmi??? Har doim aytmagan so’zni aytsam gapirasizmi??? MEN SIZNI SEVAMAN!!!!!!!!!!! Endi siz ham ayting...... Men aytsam siz ham aytmoqchi bo’lgandizku!!!! Endi aytmaysizmi??????? Bo’la qoling, ayting endi!!! Nima qilay? Ayting etganingizni qilaman!!! Hop to’yimizda siz aytgandek atlas ko’ylakda, o’zim tikkan atlas ko’ylakni kiyaman!!!............... (yig’lab) Iltimos bir narsa deng!!! Meni bunchalar qiynamaaaaaanggggggg!!!!!!!!! Hozir o’lib qolaman......... Menda nima ayb, sizga nima yomonlik qildim.......... Biror yomonlik qilgan bo’lsam iltimos meni kechiriiiiiiingggg!!!!!..................... Hamma ayb menda. Sizni ko’ylak tanlashga chaqirmaganimda shunday ko’rguliklar bo’lmasdi. Men o’zimdan nafratlanaman. O’zimni yomon ko’raman!!!!!!! Sizsiz hayot menga hayot emas!!!!! Siz yashamasangiz, men sizsiz yashay olmayman. Sizsiz bu hayot menga qorong’u!!!!!!!! Men o’z qarorimni chiqarib bo’ldim..............

(Hamshira: Hoy qiz bu yerda nima qilyapsan. To’xtaaaa! Unday qilmaaaa!!!! Doctor yordam beriiiing!!!!!!)

 

***

(Azizani akasini hikoyasi)

Kim ekan u? Nega ko’chada yotibdi?.... Hoy!!! Hoy singlim? Mani eshityapsizmi?.... Sizga nima bo’ldi?...... Mashina urib ketdimi?..... Mani eshityapsizmi?.... Tirik ekan nafas olyapti. Hoy! Manga qarang!!!.... Ko’zini ochdi... Sizga nima bo’ldi??? Yordam kerakmasmi??? Tura olasmi??? To’xtang. Uyingiz qayerda olib borib qo’yaman? Bu ahvolda yota olmaysiz... Manda mashina bor! Keling sizga yordam beraman. Qo’limni ushlab oling.... Buncha osilib olmasangiz. Nima qilyapsiz. Yahshi qiz bunday qilmang!..... Nima ichib olganmisiz??? Mani hijolat qilayapsiz.... Mana yana mashina kelib to’xtayapti. Hozir qarashvorishadi... Oka qarashvoringlar...... Yerda yotgan ekanlar......... O’zi siz kimsiz???.... Chundim siz eri ekansiz, xop.......... Man faqat yordam bermoqchi edim........ Yomon hayolga borayapsiz....... O’zlarini qarang mastlarku....... Man bu qizni tanimayman, hozirgina ko’rib turibmanku, qanday qilib ichirishim mumkun....... Ko’ryapsizku o’zlari quchoqlab olganlar......... Man yiqilib tushmasliklari uchun ushlab turibman...... Voy oka nega tushunmaysiz, yerda yotganakanlar, yordam berish uchun to’xtadim.... Nega sizni aldayman...... Mayli chaqirsangiz chaqiring militsiyani. Hech qanday ablahlik joyim yo’q....... Nega ayolingiz noto’g’ri ko’rsatma beradi...... Nima? Tirikchilik?!?!?! Hali bu uyushtirilganmidi?!?!?!?!?!?!

 

Ablahlar!!!! Zo’rg’a qutildima. Boya odamlar haqidagi fikrim noto’g’riga o’xshidi. Odam diganiyam shunaqa ishlarga qo’li boradimi??? O’zi singlim u yoqda, bu yoqda bu "o’lganni ustiga tepgan” bo’ldi. Muhimi o’zim sog’ qoldimku, Pul topiladi, sog’liq topilmaydi..... Shifoxonaga ham kech qoldim. Singlim kutib qolmaganmikana??????.......... Qayerda ekana? Telefoni o’chiq, tinchlikmikana?...... Mana shifohonga keldim... Kechiras hamshira manga bir kishini topishga yordam bera olmaysizmi??????? Qochib ketdi? Qanaqasiga qochib ketadi???????? Nega bilmaysiz?.......... Xop REANIMATSIYA qaysi tomonda?......... Doctor shu yerga avtoxalokat bilan odam olib kelishdimi?...... 1-2 soatlar oldin. Ha! Ha o’sha. Ahvoli qale? Shu yerdami?...... Man uni ... U bo’lg’usi kuyovim!.... Singlim ham shu yerdami?...... Unga nima bo’ldi? Manga telefon qilishganida uni yahshi deyishgandiku?!?!......... Qanaqasiga tomirini kesadi?....... Nega axir? Nima sababdan... Mani uni oldiga kirgazing uni ko’rishim kerak!!!!!

 

 

 

 

51 qism

 

(Doctorni hikoyasi)

Afsus... Shu mashinalani o’ylab chiqarishvotganida odamlaning umrini hazon bo’lishiga, ularni bir umrga nogiron bo’lib qolishiga olib kelishini o’ylashganmikan?!... O’ylashmagan. Agar kelajakda shunday oqibatlarga olib kelishi bilishganida balki uni umuman ixtiro qilishmasmidi. Bu ham odamzodning bir xususiyati: "kelajakni bila olmaslik”. Kim ham u paytda o’ylardi. Keyin ixtirochini meditsina bilan nima ishi bor. Bir tomondan olib qaralganda, u mashinalar tez yurmasdi. Insoniyat o’z nafsi deb tezlikni oshirdi.... Oqibatda qanchadan qancha odamlar aziyat chekmoqda. Haydovchi ham nima deyrdi. ‘Falokat ekanda” dib o’zini oqlashga urinib qo’yadi halos. Mana bugunni o’zida ikkita odam avtohalokat bilan keltirildi. Ikkalasini ahvoli ham og’ir. Hozirgina ikkinchi kelgan bemorga yordam ko’rsatib chiqdim. Haydovchi ham bizni kim deb o’ylaydi bilmayman. Biz hudo emasmizku bemor qancha yashaydi, sog’ayib ketadimi, tuzaladimi yoki tuzalmaydimi aytib bersak. Hammasi hudodan, biz o’rtada vositachimiz halos. Buni ular tushunishmaydidaaa. O’zlarini ham joni halak bo’lib turganini ko’rganimizda bizning ham rahmimiz keladi, ammo na chora. Bizning aytganimiz ham doimo to’g’ri chiqavermaydiku. REANIMATSIYADA ishlash ham o’zziga yarasha ma’sulyat talab qiladi..........

(Vrach xonasiga hamshira shoshib kirdi)

D: Hamshira tinchlikmi???

H: Bir qizni ahvoli og’rilashib qoldi.

D: Nima bo’ldi???

H: Qo’lini tomirlarini chuqur kesdi. Tezroq yuring!!!

D: Bu qiz qayerdan kelib qoldi?

H: Avariya bo’lgan bemorni oldiga kiribdi.

D: Kim kiritdi uni????

H: .......

D: Tezda jarrohlik xonasiga olib boringlar!!!!!......

Ko’p qon yoqotganga o’xshaydi.......

Qon guruhini aniqlang.......

Xozircha qon o’rnini bosuvchi suyuqliklar quyib turinglar....

Bemor operatsiyaga tayyormi?.......

Jarrohlar keldimi???.....

Operatsiya tugadi. Hudoga shukur hammasi yahshi bo’ldi. Endi qon kerak. Chuqur kesgani uchun ko’p qon yoqotibdi. Hozir qon guruhini aniqlab qon quyish kerak. Hamshira qon guruhini aniqladingizmi? Qon guruhi nechi ekan??? ..... Bu guruh qoni bizda qolmaganmi??? Nimaga qolmaydi?? Qon markaziga ayting, tezda yuborishsin..... Qizni REANIMATSIYAGA kuzatishga yotqizing. Doimo nazorat qilib turing.....

Hamshira manga qarang o’zi bu qiz qattan keldi? Kim kiritdi???.....

H: Bilmadim. Eshik oldida sanitarkalar o’tirishgandi. Qochib kirib ketdi dib etishdi.

D: Qanaqasiga qochib kiradi?.....

H: Boshqa ish qilishvotgan bo’lishsa kerakde. Eshik oldida hich kim qomgan. Keyin kirib ketgan.

D: Hop. Boblabsizlar. Yashanglar. Malades. O’zi bu palatadigi kim ekan unga?......

H: Qalig’i ekan. Eshikdan kirvotgan, kirgazishlarini so’rab yalinibdi. Ushanda qalig’im dibdi.

D: Qalig’i bo’lsa nima qilibdi? U tirikku, nega o’z joniga qasd qiladi?????

H: Man qattan bilaman. Mani dugonasimanmi? Bilmiman.

D: Shu yoshlarga ham hayronman. Nima foyda topadi bilmadim.

H: O’ziga kesa o’zidan so’risiz. Man ketdim. Bo’limda ishlarim ko’p edi.

D: Bemorlarni yaqin qarindoshimi, tanishimi yo’qmi???

H: Eshikni oldida bir yigit qizni akasiman dib turgandi. Kirgazmadim.

D: Iya qanaqa odamsiz. Chaqiring. Xonamga. Shuncha paytdan beri etsez bo’lmasmidi.....

Salom. Siz Azizani akasimisiz? Kelganiz yahshi bo’libdi. Marhamat o’tiring.

Azamat: Assalomu Alekum. Ha man Azizani aksiman. Ismim Azamat. Doctor man singlimni ko’rsam bo’ladimi? Oldiga kirsam bo’ladimi? Aziz degan yigit ham bor ekan. Ushani ham bir marta ko’rib chiqiy. Oldiga kirsam bo’ladimi?

D: Shoshmang albata uni oldiga kirasiz. Avval sizdan bir narsa so’ramoqchiman.

A: Bemalol so’rang.

D: Qon guruhingiz nechi?

A: 2 +

D:Singlizniki bilan bir hilakan.

A: Ha qonimiz guruhi bir hil.

D: Siz singlizga qon bera olasizmi?

A: Bera olaman. Kerak bo’sa jonimni ham beraman.

D: Yo’q bizga joningiz kerak emas! Ozgina qon olsak bo’ldi. Hamshira bu yigitdan qon oling.

 

***

(G’opporni hikoyasi)

Ish xam rosssa cho’zildi. Azizni ham ko’ylak tanlagani olib borolmadim. Mandan hafa bo’lishmagan bo’sa bo’ldi. Yana va’da ham bergandim. Exx. Bo’sh bo’ganimda olib borardimku.  Qaytib kelishga boriy disam tretiy lishniy digan gap esimga tushadi. Mayli yoshlarni tinch qo’yi. Aylanib olishsin. Ozginadan keyin to’ylari. Telefonim jiring jiring qib qoldimi? Aziz bo’sa kerak. Salondan chiqib ubu kafega o’tirgani kirgan bo’lishsa mani ham chaqirishvoti... Yo’q. Aziz emas ekan. Lobar telefon qilibdi. Hol ahvol so’radi. Ubu narsalarni gaplashdik. Toshkentga yaqinda kelmoqchi emish. Mayli kesin. Mana yana telefon jiringlavoti. Endi tochni Aziz. Yo’q adashdim. Aziza ekan. Nechuk Aziz tel qimadi. Mayli gaplashichi. Allo.. Man G’opporman, kim bu... Azamat aka sizmisiz?....

Bo’lishi mumkun emas. Hali ham hazm qila olmayapman. Qanaqasiga avtoxalokatga uchrashi mumkun? Boya gaplashdimku! Telefon qildim.To’yiga ozgina qogandiku. ! Ishongim kemayapti. Qanaqa qilib a? Bugun ko’ylak ko’rgani borishmoqchidi. Qanaqasiga bunaqa bo’ldi? Ahvoli qanaqa ekana? Sog’ayib ketarmikan? Bo’lishi mumkun emas? Bo’lishi mumkun emas? Bo’lishi mumkun emas? Nega unaqa bo’ldi? O’ylasam g’alati bo’lib ketvomman...... Endi to’yi nima bo’ladi? Qoldiriladimi? Mayli qoldirilsa ham sog’ayib ketsinda. Nega birgaa boramiz deganingda borolmadima? Balki borganimda shunday bo’lmasmidi? Falokatde??? Nima bu o’zimni ovutishmi? Qanday qilib o’zimga o’zim qarshi chiqaman? Ichimda nimadir o’zimni aybdorsan deb tursa....... Man nega aybdor bo’lishim kerak? Man uni sevgani bilan o’rtasida yurishim kerakmidi? O’zini o’zi eplidku! Katta bolaku!!! Nimalar deyapman? Ushanda rozi bo’lishim kerak edi. Bundan og’ir vaziyatlarda mani oldimda turgan do’stima. Nimaga rozi bo’lmadim. Mashina haydashga ham qo’lim bormay qoldi. Taksida bolnitsaga ketvoman...... Nimaga man sani usha payt tushunmadima? Ko’nglim g’ash deganigda, doim uchrashuvga kech qoganinga ko’ngling g’ash bo’votiti deb ustingdan kuldima? Shu falokatni sezib ko’nglin g’ash bo’ganakanaaa. Nega buni man sezmadim??? Borsam ham bo’lardiku!!! Birinchi marta mani uchrashuvinga chiqishim emasdiku! Yarimidan ko’p uchrashuvingda Aziza bilan sani kutib gaplashib o’tirardim. San mani o’zing kech qolganing uchun hijolat bo’lib yuborarding, gaplashib chalg’itib tur deb! Nega qadringga yetmadima? Mani oldinga qaysi yuz bilan kirib boraman hozir. O’zimni aybdor dib his qilsam! Man bo’lganimda san shoshmay kelarding!!! Mashinani ichida bo’lardingggg ......... Shifoxonaga keldim.......  Anavi Azizani akasi shekilli! Nima uchun ko’chada turibdi? Oldiga boraychi?..........

G’oppor: Azamat aka, nima Azizni ahvoli og’irmi?????......

 

Doctorlar Azamat akaga aniq gap etishmabdi. Na uyoqli na buyoqli emish. O’zimni kirgazishmadi. Aziza ham noto’g’ri qilibdida o’z joniga qasd qilib. Bularni sevgisi kuchli edi. Farhod va Shirin, Layli va Majnun, Toxir va Zuhra, Romeo va Julettalar sevgisi bular oldida holva edi. Nima sababdan kuchli sevgini ohiri ayriliq bilan tugaydi. BU HAM MAVHUM! Mayli nima bo’lganda ham ikkalasi sog’ayib ketsa bo’ldi. Azizga qayg’urvoman. Tuzalib avvalgidek bo’larmikan, yoki bir umr NOGIRON bo’lib qolarmikan. O’zimni uni o’rniga qo’yishga qo’rqvomman. Axir bu DAXSHTKUUU! Bir umr kimgadir qaram bo’lish. Kimdirsiz yashay olmaslik. Ovqatini ham o’zi yeya olmaslik. Hamma manga achinish ko’zi bilan qarashi. Manga bir buymdek munosabatda bo’lishlari "Anavunga qaradingmi” deb. Qarang qanday azob, sizni bir buyumga chiqarib qo’yish. To’g’ride qo’lingizdan hech narsa kelmasa, Hatto hojatga ham mustaqil bora olamsangiz........ Yana o’ylasam PORTLAB ketaman. Rosti tasavvur qilishga qo’rqvomman. O’rniga o’zimni qo’yish? Bilmayman, bilmayman, bilmayman. Man bunday hayotdan ko’ra O’LIMNI tanlardim. Bunday qiynalib yashagandan o’lim afzal manga. Kimga ham  kerak bo’lardim, faqat ota-onaga. Boshqa hech kimga. Kerak bo’lsa aka-ukalar ham o’zini olib qochadi. Hammayammasu, baribir bunaqalar ko’p bo’ladi. Do’stlaringku boshida har kun chiqib ko’radi, keyin kun ora, keyin 1 haftada bir marta, keyin 1 oyda 1 marta, oxiri tirikligini bilish uchun uydagiladan so’rab qo’yishadi. Hech kim eslamay qo’yadi. Qarashi mumkun 1 oy – 2 oy, nari borsa 1 yil. Kasal odamni oldida bitta bekorchi o’tirishi kerak. Ularni ham ishi borku!!!!! Qanday azob! Tirik murda bo’lib yotsang. Bunday hayotni man tanlamasdim. Dushmanimga ham ravo ko’rmasdim. Lekin do’stim shu ahvolda yotibiku. Tuzatishni bir iloji boooooooooordiiiiiiiiiiir!!!!!!!!! Man uni bunday AZOBda yotishiga chiday olmayman. Bunday AZOBdan butunlay ozod qilaman........... Hozir palatasiga kirib boraman. Oldimdan chiqganini yiqitib ketaman. Manni hich kim to’xtatib qololmaydi. Eshiklarini sindiraman kerak bo’lsa. Ana mani kirgazmagan semiz sanitarka o’tirbdi. Mani ko’rib o’rnidan turib oldi. Yana kimlarnidir chaqirdi oldiga......  

Qochlaring!!! Mani ichkariga kirg’azvooor!!! Nimaga kirgazmaysanlaaar??? Qochlaring deyyapmaaan! Qoooooooch! Man sanlaga ishonmayman. Sanlar aldayapsanlaaar! Sanlar do’stimni nogiron qilib qo’ymoqchisanlaaar!!! Man kiraman baribir!!! Nima bo’libdi Reanimatsiya bo’lsa, undan boshqasi bo’lmaydimi manga desaaa!!! Eshikni yopma! Man kirishim kerak!!! Man jinni emasmaaan! Eshikni och! Bo’lmasa sindirib tashimaaan!!! O’zimni bosa olmayman!!! Do’stim ichkarida qiynalib yotibdi. Uni ko’riy, ishonch xosil qilay yashashigaaa!!! Nega ishonmaysanlar manga??? Qo’riqchilaring ham hech narsa qilolmaydi manga!!! Kirgazlaring!!! Gaplashay bir marta!!! Nega esi o’zida bo’lmas ekan??? Kotta xolasinikiga ketibdimi? Tuzatlaring!!! Nima qilib ishlab yuribsanlar??? Qo’lingni ollaring mandan!!! Bo’pti qoch, o’zim ketaman!!! Baribir hozir qaytib kelaman! Qutildim deb o’ylamalaring!... Qo’lini ol mandan, tegmaa! Iya Azamat aka sizmisiz??? Kechirasiz..... Hop tashqariga chiqaman....

 

Tashqariga chiqdik. Azamat aka skamekaga o’tirib olib manga nasihat o’qidilar:

"Zafar bilaman Aziz bilan qadirdon do’stsizlar. Do’st emas aka-ukadeksizlar. Endi bu tashvish ham bor ekan. Qo’limizda nima ham kelardi? Og’irroq bo’lish kerak. Mana mani singlim ham yotibdiku! Hozir mani ichimdan nimalar kechayotgani yolg’iz Allohga va o’zimga ayon. O’zimdan o’tganini o’zim bilaman. Bu ishingiz yahshimi endi? Shifoxonada bitta u kasal emasku. Qanchadan qancha odamlar shifo so’rab yotishibdi. Shifoxonani "boshingizga ko’tardiz”. Mani oldimdan chiqayotganizda asablaringiz joyida ediku. Nega bunday qildiz? Shifokorlar xam qo’lidan kelgancha yordam berishyapti. Bu ularni burchi. Kirgazganda nima qilardingiz. Uyda qanday davolardingiz? Siz tibbiyot xodimi bo’lmasangiz. Shifokorlar o’ziga kelib qoladi deyishdi. Man ichkariga kirib ko’rdim. Mayli bo’lar ish bo’libdi endi. Bu holatni boshqa takrorlamang. Man ota onangizga qo’ng’iroq qildim. Hozir kelishadi. Siz hozir uyga boringda, dam oling. Asablaringiz charchagan..... Bilaman do’stisiz, lekin bu yerda turganizdan nima naf?.... Biror narsa kerak bo’lsa o’zim sizga yetkazaman. Man singlimni ahvolidan xabar olay... Siz boravering baribir sizni u yoqga endi kirgazishmaydi....”.

 

Hm. Mani endi eshikka yaqin yo’latishmidi. Mayli oka man uyga ketdim. Adam kesalar kelib ketdi dib etib qo’ying. Man Anvar akaga telefon qib qo’yaman. Ular ham kelib shifokorlar bilan gaplashib ketadilar....

 

Davomi tez kunda....

(C) Giyos@mail.ru

Просмотров: 1465 | Добавил: Giyos | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
1 BumBumCHa  

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Flag Counter