Пятница, 29.03.2024, 01:56
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Sayt menyusi
Kirish joyi
Izlash
Taqvim
«  Январь 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Bizning so'rov
Saytni qayerdan bildingiz?
Umumiy javoblar: 75
Hisobot

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » 2012 » Январь » 24 » Men sevmaymanku! 47-49 qismlar.
23:38
Men sevmaymanku! 47-49 qismlar.

47 qism

 

            2 haftada biroov Saida opani ko’rib keldim. Ular juda ham hafa ekanlar. Eshikni ochganlari ham yo’q. Telefonda eshikni oldida turib gaplashdim. Bilmadim. Yana usha voqea povtor bo’ladi dib o’yladilami? Bilmadim. Ishqilib man keldim va ketdim bo’ldide.

            Keyin Zokir bilan borib ko’rishdim. Uni ko’rinishi vobshem hafaa. Ha disam.... sevgan qizi erga tegib ketibdi... ax bechoraginaa... san nima yomonlik qiludinn... mayli siqilma didim. U manga:

Z: G’oppor aka men nima qilay axir. Kutgin boraman degandim. Qarang yoshgina bo’lsa ham erga berib yuborishibdi. 3 oy bo’libdi. Ko’rishdim. Gaplashdim. Rosa harakat qilibdi. Ammo...

G’: Zokir mayli siqilma. Bu bo’lmasa boshqa qizni yahshi ko’rib qolasan...

Z: Aka boshqasi kerakmas menga. Faqat shu kerak edi. Man qancha harakat qildim. Qayerdan yo’l bosib keldim. Bu esa loqal to’yiga etmadi.

G’: To’yiga etganda nima qilarding. O’rtaga tushib o’ynab berarmiding?

Z: Yo’q! To’yni buzardim. Oshnalarimni chaqirib kelib to’yni buzardim.

G: San jinni bo’b qomadingmi? Bo’ldi  to’y o’tib bo’ldi. Qo’lingdan hich narsa kemidi.

Z: Keladi aka. Man u bilan gaplashdim. Olib qochib ketaman didim.

G: Iya san o’ylab gapirvossanmi? Sal kalleni yeg’. Sanga oila o’yinchoqmi? Bo’ldi taqdirga tan ber!

Z: Aka menga baribir. Oilasi buzulsa men bilan boshqattan quradi. Eri ham boshqaga uylanadi. Men kelishib qo’ydim. Muhimi u rozi.

G: Uyam jinni ekan.

Z: Ha biz jinnimiz. Sevgidan jinni bo’lganmiz. Sizlar sog’sizlar. Siz o’zi sevgi nima ekani bilasizmi? Hech sevib ko’rganmisiz?

G: Man sevmiymanku!!! Hayot sevgi bilan emasu. Boshqa narsalar ham borku. Aynan sevmasa odam o’lib qolmaydiku. Mana sevmasdan yashavotganlar qancha. Bola chaqali, normalniy yashavoti...

Z: Men boshqa emasman. Men aytganimni qilaman. (Cho’ta bu bola jasur bo’b qobti)

G: Eyy o’ylab ish qil. Ja bo’masa ota-onasini, kuyovni ota onasini o’yla. Ular qanaqa ahvolga tushib qoladi ketsalaring.

Z: O’zizchi? O’zi uyizdan ketvordizku. Siz ota onangizni o’yladizmi?

G: Man bilan ishing bo’lmasin.

Z: Sizni ham men bilan ishiz bo’lmasin.

G: Ishim bo’ladi. Manda boshqacha vaziyat edi. Mani ichimdagini san baribir chunmisan. San mani o’rnimda bo’ganingda...

Z: Rozi bo’lardim.

G: ... chidomasing. Qo’ysenchi. Man sanga hammasini etmaganman. Etsam ishonmasdingam. Mani butun mahalla haydagan. Chunvossanmi?

Z: Manga butun mahalla haydagan deb aytmagansiz.

G: Mana endi etdim. Aqlini yeg’ bola. U qizni endi unut. Boshqa ko’rinma. Xat yozib tashab ket. San bu bilan 2 ta oilani bir biriga qarshi qib qo’yasan. Ota onang sani uyga kirgazmidi bu ishing uchun. Hali yoshsan , qo’lingdan tayinli ish kemidi. Qanaqa qib oilani boqasan. Ertaga "o’tirib” qosen usha qizing ustindan kuladi. Eplolmasakansiz nima qilardiz opqochib dib. Sanga shunaqa hayot kerakmi? Oldin ishla, biror kasbni egalla. Keyin uylan. Ota onang topar hich kimni sevmasang. Balki ushanga o’xshashini topib sevarsan. Hayot hali oldinda. Hayot sevgidan iborat emas. To’g’ri sevish kerak. Faqat to’ydan keyin uylangan ayolingni. Mana hich kim halaqit qimidi keyin. Keyin uyindan man sani bu yoqga yubordim. Amakiga man o’zim qariman dib so’z berganman. Man sanga ishonganman, amaki manga ishonganlar. Ham sandan kottaman.

Z: Ha to’g’ri. Uzr aka. Sizga qo’pol gapirib yubordim. Lekin sevgan odamni ko’ziga hech narsa ko’rinmaydida.

G: Bilaman. Hich narsa ko’rinmidi. Lekin irodani mustahkam qilib, boshqa narslarni ham ko’rsa bo’ladi. Muhimi hohish istak.

Z: Sizga bitta savol beraman aka. Siz hech sevganmisiz.

G: Yo’q, sevmaganman.

Z: Umuman qizlardan tanishingiz yo’qmi?

G: Bor. Qizlardan tanishim ham bor, do’stim ham bor.

Z: Do’stim bor didiza? Do’stlik sevgiga aylansachi?

G: Agar usha sevging do’stlikka aylangan bo’sachi?

Z: ........

G: Bo’pti uni buni qo’y. O’qish nima bo’voti. Tayyorlov kursiga bordingmi? Joylashib oldingmi?

Z: Yo’q aka. Bordim. Lekin o’qimayman. Men aslida nima uchun kelganimni bilasizku.

G: San baribir o’qishing kerak. Bo’ldi u tema yopildi.

Z: Aka men o’qiy olmayman endi. Tayyorlanganim bilan institutga kira olmayman. O’qishga ishtiyoq yo’q. Kelasi yil sal o’zimga kelib harakat qilib ko’raman. Bu yil endi kech.

G: Mayli o’zing bilasan. Keyingi yil bo’sa keyingi yil. Lekin uyingda kitoblar olib ketib o’zing mustaqil tayyorlangin.

Z: Ha. Kitoblarni sotib olaman. Bugun ketmoqchiman uyga.

G: Darrovva.

Z: Nima qilaman bu yerda. Qiladigan ishim qolmadi.

G: Aylanasan.

Z: Aylanib bo’ldim. Bu yerda begonaman endi. Aka manabu sini pullaringiz. Ozginasini ishlatdim.

G: Eyy qo’yvur. Man sanga berganman. Keyingi yil ishlatasan.

Z: Kelasi yilga o’zim ishlayman. Sizga ham pul kerakku. Hali ishga ham kirmagan bo’lsangiz kerak.

G: Mayli o’zing bilsan. Bergani betiga qaramagin diyishgan)))

Z: Gapni ham olasda aka.

G: Unda yur. Sanga kitoblarni olib beriy. Kuzatib qo’yaman.

Z: Yahshi bo’lardi. Bo’lmasa adashib yuribman.

 

            Zokirni kuzatib qo’ydim. Uyiga ketdi. Bola qattuu lekin. Mayli nima bo’sa ham omadini bersin. Bir aylanib yana ko’rishib qolarmiz. Muhimi pulim bor. Oyoqga turib olishimga yetadi. Yeeahhuuuuu!

 

Qaytib kelganimga sinfdoshlarim bilan choyxonada o’tirdik. 2 hafta ichida o’tirishudi. Man kela olmagandim. Shtraf dib mani hisobimdan choyhaona qildirishdi. Gapni mani 1 yillik faoliyatimdan boshlashdi.  Ular mandan nima qilganimni, nimalar bilan shug’ullanganimni, qanaqa qib yashaganimni so’rashdi. Man erinmasdan hammasini etib berdim. Ularni ham borgiligi keb ketdi. Lekin man  adresni etmadimmm))). HullasssS... mani temam yopildi. Hamma o’zi hohlangan temani o’rtaga qo’yib gaplashishdi. Kamiga mandan so’rab qo’yishadi. Bitta sinfdoshim gapni boshladi: "Mani yahshi ko’rgan qizim erga tegib ketdi. Ha manga bevavoli qildi. Man uni sevardim. Uyam. Lekin ota onasi uzatvorishdi. Mana 2 oy oldin to’yi bo’ldi. Manga bitta narsa va’da berdi. O’g’liga mani ismimni qo’yarkan.” didi. Shu joyida mani esimga Lobarni va’dasi esimga tushdi. O’ylimandee. Hamma qizlar ham yigitini ovutish uchun shunaqa bahona qilarkanmi? Nima keragi bor bunaqa bohonani. Hayron qolaman. Shu Lobar homiladorman digandi. Bir telefon qib so’riy. O’qil ko’rgan bo’lsa otini G’oppor qo’yibdimi?

Voo chaqirvoti. Hali ham usha nomerini tutvotganakan.

G: Alloo Lobar.

L: G’opporaka o’zizmisiz.

G: Ha Manman. Salom. Qalesiz.

L: To’g’risi telefon qilishizni kutmagandim. Meni unitib yuborgansiz deb o’ylagandim.

G: Man do’stlarni unitmiman digandimu!

L Ishondim, bo’ldi ishondim.

G: Ha bu ... "ko’payishdilarmi”? O’g’il tug’ildimi? Ismi G’oppor bo’ldimi??>???>??

L: Bir narsa aytaymi? (Hozir qiz tug’ildi disa kerakde)

G: Ha eting.

L: Men erga tegmagandim.

G: .......

L: Sizni aldagandim. Hech qannaqa to’y bo’lmagandi.

G: To’g’risi tushunmadim. Qanaqasiga to’y bo’madi. Homiladorman digandizuu...

L: Sizni aldagandim.

 

            Telefonni qo’yib qo’ydim. Man hazm qilomiyapman. Qanaqasiga aldash mumkin. Nega aldidi. Mani nima unga....

            Choyxonada oshni yedik. Keyin yana ozgina o’tirib uyga surdik. Ertasi kuni nimaga aldaganini bilish uchun telefon qildim.

 

Davomi tez kunda....

(C) Giyos@mail.ru

 

48 qism

 

G: Alloo/ Salom. Lobarrrr

L: Allo. Assalamu Alekum.

G: Salom. Qalesiz. Yahshimisiz.

L: Ha rahmat. Hammasi zo’rku.

G: Sizdan bir narsa so’ramoqchidim. Haligi...nega aldaganizni?

L: Bilardim shuni so’rashingizni.

G: Boshqa nima ham so’rardimmmmmmmmmmmmm.

L: To’g’risini aytaymi?

G: Aldamang bo’ldi. Manga shu yetadi.

L: Man sizni yoqotishdan qo’rqdim. Sizdan ayrilishdan qo’rqdim.

G: Qanaqasiga axir. Mana o’ziz ayrilib yana ayrilishdan qo’rqvosmi?

L: Siz meni tushunmayapsiz. Siz menga bir kun aytardiz. Siz bir kun menga to’yim bo’lyapti deyrdiz. Men buni ko’tara olmasdim. Shun sababdan men sizdan o’zimni olib qochdim. Menga sizni to’yizni bo’layotganini eshitish azob. Tushunayapsizmi?

G: Shuni yig’lab etish kerakmi endi?

L: Siz baribir manga uylanmasdiz. Man buni bilardim. Lekin sizni sevaverdim. Sevaverdim. Sizni unitishga rosa harakat qildim. Shunday yolg’on to’qib sizni ishontirdim. Siz shunda balki menga telefon qilmassiz deb o’yladim. Lekin siz men do’stlarni unutmayman deb, oyda yilda telefon qilaverdiz. Kecha rostdan ham ishonganizni ko’rib chiday olmadim. Xaqiqatni aytib yubordim. Iltimos meni kechiring. Sizni aldamoqchi emasdim.

G: Bu bilan nima o’zgarardi. Man sizga do’stlikdan u yog’ini taklif qilmagandim. Nu o’ziz aldab oxiri o’zi ham ishonib ketdiz.

L: Mani kechirdizmi? Iltomos kechiring.

G: Agar mani kimdir hafa qisa kechirardim. Siz hafa qilmadiz. Demak kechirim so’rashingiz shart emas.

L:.....

G: Mani hozir ishlarim bor edi. Keyinroq telefon qilaman.

 

Shu qizga hayron qolamande. O’zini dunyosi bilan yashidi. Nimalarnidir o’ylab topadi. Boshqa qiladigan ishi yo’qmi? Hayron qolaman. Bundan keyin yana nimalarni o’ylab toparkan. Tayyor tur G’oppor. O’zi yahshi qiz. Prosta chuqur o’ylavoradide. Nima qilardi aldab. Bilardiku yolg’onni yoqtirmasligimni. Nima foyda topdi. Arxivimda unga bitta minus yozganimi endi. Tovba tovba. To’g’risini etsa bo’lardiku. Sizni unutmoqchiman. Tudim sudim. Ja o’zi etomasa anu to’yi bo’voti dib etgan dugonasi etsa bo’lardi.uni tinch qo’ying. Sizni unitmoqchikan. Yordam bering. Ili ja unutomasez man bilan gaplashib turing. Shunga o’xshash qib. Exx qanaqa qizlar bora.

            Pulim bor. Lekin yotib yeganga tog’ chidamiydi diyishadiku. Endi ish topishim kerak. Lekin qanaqa ish. Vaqtincha bo’lsa ham. Oldimga ishimga olishmidi. No Anvar akaga etib ko’rishim kerak. Ishxonalarida o’t betda ish bordir. Bratan hafa qimaslar.

            Ertalabdan Anvar akani uylariga bordim.

G’oppor: Assalomu Alekum Anvar aka.

Anvar aka: Iya ke G’oppor. Valekum Assalom. Ichkariga kir. O’zi sanga telefon qib chaqirmoqchi bo’b turudim.

G: Ovora bo’men dib o’zim keldimde.

A: A shunaqami, unda yahshi qibsan.

G: Anvaraka oldizga...

A: Qanaqa ish bo’yicha kelding.

G: Bilasiz ...

A: Ishsiz yuribsan, yaqinda kelding, ishlashing kerak.

G: Shunga oldizga...

A: Ish bormi, ish topib berasizmi dib so’rab kelding.

G: Yashang oka. Chungan odam uchun ....

A: Bu maqolini davomini eslomadim. Hahahaha

G: karochi oka. Mani chundiz. Luboy joyda, luboy ish. Farqi yo’q.

A: Mana Azizni bitta firmaga boshqaruvchi qib ishga joylab qo’ydim. San endi institutda o’qimagansan...

G: Shunga sani katta lavozimlarga ishga joylay olmayman..

A: Hohlasang.....

G: Manga oddiy ishlar ham bo’vuradi. Ko’tarilaman disam o’qimasdan ham, usha bir parcha DIPLOM dib yozilgan qog’ozsiz ham ko’tarilaman.

A: Yashsha. Manga sani shu oldinga maqsad qo’yib harakat qilishing yoqadi. San intiluvchansan.

G: Spiskangizda qanaqa ishlar borakan manga.

A: Tak G’oppor. Praven bora. Mashina hayday olasana.

G: ha kaneshna. Pravamda bitta vertalyot haydashga ruhsat yo’q.

A: Unda mani firmamda bitta mashina bo’sh. Yengi oldik. 1 hafta bo’ldi. Ushatda bir ikkita joylarda borish uchun. Yengil avtomabil. Ish yuzasidan qatnisan. Shuni haydisanmi dib sanga telefon qilmoqchidim o’zim. Mana o’zing keb qolding.

G: Yengimi eskimi farqi yo’q. Haydab tashiyvuraman. Qanaqa moshina?

A: Nexia!

G: Bo’ladi. Bugundan ish boshlasam ham bo’vuradi.

A: Yahshi. Hozir ishga ketvotudim o’zimam. Oborib tanishtirib qo’yaman. Ish vaqting soat 09-00 dan 18-00 gacha. Shanba yakshanba dam olish kuni. Bir xillarida ishga ham chiqishing mumkin. San hozir uyingdan praveni ob chiq. Pasportingni ham ovol. Man ungacha mashinamni tayyorlab, sani ko’chada kutib turaman.

 

            Shunday qilib ishli ham bo’voldim. Nexia da u yoqdan buyoqga g’izillab yurvuraman. Oylik ham normalniy. Moshinaga sarf harajat firmadan. Obed tuda sudalar ham firmada. Bir bir Azizni firmasiga ham hujjat olib borib beraman. Ja zo’r ishlab qo’yadi. Nimagadir shoshib yuradi. Kastyum shim. Galustuk.boynini bo’g’ib olgan. Maktab paytda hech kim taqmadi. Bitta bu taqib kelardi. Shunda hazillashib, ko’ylagini yoqasi kirde, ushani bekitish uchun taqib keladi dib hazillashardik. Lekin uni ko’ylaklari doimo toza bo’lardi. Daje qizlar havas qilishardi. O’zi yuvrdi. Ota onasi yo’q dib hich kim etmasdi. Shunqangi akuratni yurardiki. Hamma narsaga ulgurardi. Maktab paytidan berdi bir Aziza ismli qizni sevadi. 9 sinf edik. U boshqa maktabdan perevod qilib kelgandi. Ushanda ismiligi o’xshash bo’gani uchunmi, ili qalbligi yaqin bo’gani uchunmi, yoki nimalardiri yaqin bo’gani uchunmi bir biriga mos xos tushib sevib qolishdi. Nu Aziza zo’r qizidi. Biza ko’pincha 3 kishi bo’b yurardik. Azizga qarardim, ko’zi ola kulalashvotganda mani huddi ishim chiqib qolib ikki yoshni yolg’iz qo’yib surardim. Mana haligacha sevishib yurishadi. Aziz chet elda o’qib yurganda ham zo’rg’a chidab yurdi. Bir ko’chalada ko’rganimda so’rab ham qo’yardi. Telefon qimadilarmi dib. To’g’risi ularni sevishishishiga havas qilardim. Aziza ni jon dib sevardimuuu. No ismim ham o’xshashmas, qalbom ham yaqinmas yana nimalardir yaqinmasde. Ishqilib u boshqacha edi. Hozirgi kunda Uje to’y harakati boshlab yuborilgan. Kuni hali aniq belgilanmadi. To’yni kelin tomon va Anvar aka qilib bermoqdalar. I oshna og’aynilar ham chapak chalib turgani yo’q. Aziz ishga joylashib, o’rnashib, oilani eplay olganidan keyingina to’y diyishvotgandi. Mana usha kunam yaqinlashibdi. Exxeee to’yilarda o’zim bitta raqs tushib beeraman dib hazil ham qilaman. Nu har kuni emasu. Haftada 2-3 marta uchrashib turishadi. Yaqinda kelin ko’ylak ogani borishmoqchidi. Ushani ertaga ko’chirishibdi. Man esa ularni Nexiada oboraman dib va’da berdim. Ish vaqti tugagandan keyin moshina manikiku)).

 

Davomi tez kunda....

(C) Giyos@mail.ru

 

49 qism

 

            Bugun kelin ko’ylak tanlagani borishmoqchi edik. Afsuski man bora olmasakanman. Etilgan vaqtda bir uzoqroq joyga narsa oborib berishim kerak ekan. Telefon qilib ularga bora olmayman didim. To’g’ri chunishdi. O’zi tretiy lishni bo’b yurardimde. Shunaqa qib man ishga ketdim. Azizga kech qomagin. O’zlaring borasanlar dib telefon qib qo’ydim.

 

***

(Azizni hikoyasi)

Bugun yana man kech qoldim. Aziza doim mandan oldin kevoladi. Qiz bola degan ozgina kechiksachi!? Yana kelsam kinoya bilan: sizni kuttirib qo’ymadimmi? - deb ustimdan kuladi. Kech qolishim o’zimga ham yoqmaydi. Endi nima qilay ishdan vaqtli javob berishmasa. Boshliq ham xotinidan qo’rqadigan, har gapini birida xotinim bilib qolsa, xotinim bilib qolsa divuradi. Oxiri oldidan qochib chiqib ketdim. Uni shunaqangi bopladimki…. Kelinoyim kelar ekanlar disam, xonasiga yozishmalarim tugamaganku dib yugirib ketdi. Bu yerda kim boshliq bilmayman? U mi yoki xotini? Shunday qilib Azizani oldinga qushday u bilan hayolan gaplashib uchib kelmoqdaman: "Hozir boramanda ortingdan VOOOOH deb qo’rqitaman. San huddi bilmaganga olib: "qo’rqitib yubordingizku deysan”. San sevishimni bilsangda ammo o'zimdan halli eshitmagansan. O'zing ham manga aytmagansan. Biror narsa deysizmi deb turtib qo'yasan. etiy deyman-u etolmiyman. To'g'risini etsam uyalib ketaman, keyin baribir biladiku dib qo'yaman. Bir kun aytib qolarman balki. San o'zing kipriklaringni pirpiratib tursang qanday qilib etaman. Sanga kulgu bo'lsa. O'zing ham hich etolmiysanku? Etmoqchi bo’lsang duduqlanib qolib tiling aylanmay qoladi va kech keganimni yuzimga solaverasan. San vaqtli kelib olsang menda nima ayb. Manzilga yaqinlashib qoldim sani ko'rib turibman. Seni shunchalar sog'indimki. Mana hozir ozgina qoldi. Avtomabil yo’ldan o’tib olay keyin yoningdaman………….. Yoooo’qqqq! MENI QAYSI AVTOMABIL URIB YUBO…………!?

 

***

 

(Azizani hikoyasi)

 

Mana yana kech qolayaptilar. Har doim shu ahvol. Topib olganlari bitta gap: san vaqtli kevolding. Yana boshliqlarini ayblashlari kam. Ish vaqtlar 17-00 da tugaydiku, bular 18-00 ga yetib kela olmaydilar. Mana hozir soat 18-45 bo’voti, lekin ulardan hammon darak yo’q. Odam deganni shunchalar ham ko’ngli bo’sh bo’ladimi? Sheriklari ozgina yordamlashib yubor desa, kimdir kelmay qolsa bular 1 chi bo’lib o’rinbosarlikka qoladilar. Yo’q degan so’z "lug’atlarida” yo’q. Hoziram yugurib kelayotgandirlar biror bahona o’ylab. Topgan bahonalariga bog’cha bola ishonishi qiyin, lekin man o’zimni ishongandek qilib ko’rsataman. Hafa qilishni istamaymanda. Chunki doim kulib turadilar, juda ham samimiy inson. Ko’ngilar yosh boladek toza. Har doim meni oldimga kelganlarida qandaydir yangilik qilmoqchi bo’ladilar. Shunday odamni hafa qilib bo’ladimi? Bugun qanday yangilik qiladilar hayronman. Shuni aniq bilamanki sevgi izhori qila olmaydilar. Har doim urinadilarde ko’zlariga qarab kulib tursam gapirolmaydilar. Men ham ayta olmayman. Agar ular aytsalar keyin man etaman. Yaqinda to’yimiz bo’lish arafasida. Shunga bugun ko’ylak tanlagani bormoqchdik. Ular hali ham yetib kelmadilar. Man o’zim atilattan 15 daqiqa kech kelaman. Baribir hali kemagan bo’ladilar. Eh daraxt tagida turib, har gal daraxt bilan dardlashaman. Mani sirlarimni faqat shu daraxt  biladi. Ana ko’rinib qoldilar, qo’llarini ko’tarib, ko’zlarini mandan uza olmay kevotilar. Bizni oramizni avtomabil yo’li  ayro qilib turibdi. Yugurshlarini. Baribiri kech qoldilarku. Toooo’xtaaaang!!!!!!!!!!! Mashinaaaaaa!!!!!! ............ Nega, nega bunday bo’ldi????????

 

***

(Azizni hikoyas.)

 

Nimagadir o’zimni yengil his qivoman. O’zi nima bo’ldi. Men qattaman? Nega hamma yoq oppoq. Ko’zim ko’rmayaptimikan. Yo’q qo’llarimni ko’rinvotikuku? Hech narsani tushunmiyapman? Nima qivotgandim o’zi? Uchrashuvga ketvotgandim!!!!!!!!! Kech qolayotgandim? Keyinchi? Uni ko’rdim, qo’llarimni ko’tardim, keyin.................. Nega bormadim? Avtohalokatga uchradim.  Keyinchi?????????? Men qaaaayeeeeerdaaaamaaaaaaan? Azizamga nima bo’ldi? U menga qarab turgandi. U buni ko’rgan. Unga hech narsa bo’lmadimikan? Uni holi ne kechdi ekan? Nega bunday bo’ldi-a o’zi? Yo’lda hech qanday mashina yo’q ediku? Qayerdan kelib qoldi? Men qayerdaman? Qanday kelib qoldim bu yerga? Nega shifoxonadamasman? ........ O’ldimmi? Nahotki... Axir... Bu yer unda... Bo’lishi mumkun emas. Men gapiryapmanku!? Yo’q men o’lmaganman? Men ortga qaytishim kerak! Iya oppoqlik bulutlar ekanmi tarqayapti? Stolda yotgan menmanmi? Doctorlar nima qilishiyapti?...... Unda o’lganim rost ekanda? Tepadan ko’rib turibman. RUHMANMI!!!??? ....... Afsus sevgilimga bergan va’damni ustidan chiqa olmadim. Unga seni albata bahtli qilaman deb va’da bergandim. Nega bundaaaaaay booo’ldiiii???????? Endi uni ahvoli ne kechadi? Buni ko’tarolmasa kerak? Mensiz yasholmaydiku? O’z joniga qasd qilmasmikan? Yo’q u irodali qiz. Bunday ishga qo’li bormaydi, o’z joniga qasd qilish og’ir gunoh ekanligini biladi. Eng achinarlisi u butun umr toq o’tadi. Meni unutolmaydi. Afsus oldimda qancha rejalarim bor ed............. ko’z oldiM qorong’ilashayapti ............ ko’kragim qattiq og’ridi......... yana og’r..........!? ............!?

 

 

***

(Azizani hikoyasi)

 

Qizim sizga nima bo’ldi? – degan gapdan o’zimga keldim. O’zimga kelganimda daraxt tagigida yiqilib yotardim, tun allaqachon o’z kiymini kiygan. Tepamda bir nuroniy otaxon qarab turibdi. Hushim o’zimga keldiyu nima bo’lgani esimga tushib, yuragim dukkullab ura boshladi. O’zim bilmagan holda Azizni qidira boshladim. Lekin Aziz voqea joyida yo’q edi. Huddi mast odamdek gandraklab Azizni mashina urib ketgan joyga bordim. Yo’ldan o’tayotganimda mashinalar signali, haydovchini baqiriqlari hech ham qulog’imga kirmas edi. Hayolim faqat va faqat Azizda edi. O’sha ularnini yo’tgan yerni qidirdim. Qayer edi? Eslay olmiyapman. Mashina oynasi siniqlarin bor ekan. Shu yer bo’lishi kerak. Nima QONMI? Qancha o’tirganimni bilmayman, boyagi otaxon yana kelib , qizim sog’lig’iz joyidami? –deb so’rab qoldi. Men ha, ha joyida deb yo’limda davom etib ketdim. Hayolimda faqat sizda sizni qayerdan topishda edi. Uzoqqa bora olmadim... ko’zimni ochsam SHIFOXONADAMAN !

Просмотров: 1669 | Добавил: Giyos | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
1 Xusan_uz  
obbo o`zi shu kamidi sad

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Flag Counter