Вторник, 23.04.2024, 16:21
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Sayt menyusi
Kirish joyi
Izlash
Taqvim
«  Сентябрь 2011  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930
Bizning so'rov
Hikoyalarim yoqdimi?
Umumiy javoblar: 51
Hisobot

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » 2011 » Сентябрь » 9 » Men sevmaymanku 33-34 qismlar
03:46
Men sevmaymanku 33-34 qismlar

33 qism 

Ko’chada odamlar orasida kun issiq bo’lsa ham qalin, eski kiyim kiyib olgan, soch -soqollari o’sgan, sal oqsoqlanib yuradigan, ozg’in bir yigit ko’zga alohida ajrlab turibdi. Yoshi taxminan 25-30  larda. Qo’lida xalta. Ichiga elim idishlar va yana nimalarnidir solib olgan. U borib bir bekatni bo’sh o’rindig’iga o’tirdi. Yonidagi odamlar burnini berkitib turib ketishdi. Atrofiga tushunmagandek  qarab, hursand bo’lgandek  bo’ldi. Xaltasini o’rindiqga qo’yib, boshini qo’yib yotdi. Uni oldiga hech kim yaqinlashmay qo’ydi. Usha yerda bir barzangi yigit mayda chuda bilan savdo qilar ekan. Odam kamaygani uni savdosiga ham ta’sir qildi. Uhlab yotgan yigitni oldiga kelib, tepib uyg’otdi. U cho’chib uyg’ondi. Atrofga olazarak qarab tepasida turgan barzangini ko’rib cho’chib ketdi. Barzangi unga qarab: "" Kesha” (kesatib aytdi) tur o’rningdan. Hali qorong’u tushmadi. Uyinga bor! Uyingda uhla!” – dedi. "Kesha” bir nima dib g’udirladi. Barzangi uni yana tepdi. Gapini yana takrorladi. Hich kim ularga ahamiyat ham bermayapti. Oldindan bu yerda yotib yurarkanmi deb o’yladim. Yo’q. Barzangi undan uyi qayerdaligini so’rayapti. "Kesha”ni gaplari juda chunarsiz. Barzangi yana urdi. "Kesha”ni boshidagi shapkasi tushib ketdi. Olaman deganida barzangi oyog’i bilan bosib oldi. Keyin shapkasiga qo’shib qo’lini ham bosdi.  "Kesha” shapkasini qo’yib yuborib qo’lini tortib olmoqchi bo’ldiyu, ammo kuchi yetmadi. Faqat chunarsiz baqirardi. Barzangi hoholab kulardi. Shu yerdagilar hech nima bo’magandek o’tib ketaverishar. Kimdir kulsa, kimdir achinardi. Barzangiga gapirishga hech kimni haddi sig’masdi. Uni qiynoqlarini ko’rib ko’pchilik qo’rqib qolgan edi... Barzangini mayda chuydasiga haridor kelgan edi, savdo qilgani ketdi. Usha yerda yoshgina er - xotin turar edi. Ular kelib "Kesha” ni ovutishga tushishdi. Er unga barzangi kesa himoya qilishini aytdi. Xotini yerdan shapkasini olib berdi. "Kesha” ularga parvo qilmay og’riyotgan qo’lini uqlardi. 

Er – xotin boyagi joyiga qaytib turib olishdi. Barzangi yigit savdosini qilib bo’lib ko’zi yana "Kesha”ga tushdi. U o’nglanib olganini ko’rib, jahli chiqdimi yana keldi: ""Kesha” sen meni gaplarimga tushunmadingmi? Senga men nima degan edim? Seni deb meni savdoyim yurishmayapti. Tushuniyapsanmi? Sen menga yoqmayapsan. Uyingga yoqol! Gapiradigan tiling bormi???” – deb boshiga qarab tepdi. "Kesha” o’rirgan joyidan yerga dumalab tushdi. Boyagina yordam berishni va’da qilgan er yordam bergani kelmoqchi edi. Xotini yo’lini to’sdi. Boshi bilan kerakmas ishorasini qildi. Er ichida jon jon deb turgan ekanmi indamasdan joyiga borib voqeani kuzatib turdi. Usha bekatda yana bir yigit o’tirardi. Qo’lida kitobi bor edi. Bir kitobga qarar edi, Bir bo’layotgan voqeaga. Yordam bergisi kelardiyu, lekin barzangidek devga kuchi yetmasligini bilarmidi, yoki aralshgisi kelmadimi joyida kitobini o’qib o’tiraverardi. Barzangi esa kuchidan, qilgan ishidan mag’rur holda hursand bo’lib kulib qo’yardi. Yerda "Kesha” boshini changallab yotardi. U yana "Kesha”ni qorniga tepdi. "Kesha” og’riyotgan boshi qolib qornini ushlab bukchayib qoldi. Barzangiga hech kim g’ing demaydi. Uni hamma tanisa kerakde. Shu yerda savdo qilar ekan. Insofi va odamgarchiligiga xaridor kelgan bo’lsa sotib yuborganmi deb qolaman. "Kesha”ga yana nimalardir deb baqirdi. Tepmoqchi bo’lgandi bir ayol orqasidan "tegma” deb baqirdi va o’zini "Kesha”ni ustiga tashladi. U "Kesha”ga: "Bolaginam nima qildi senga? Hech qayering o’g’rimayaptimi? Ahvoling yahshimi? Tur bolajonim, turaqol. Uyga ketamiz.” – diyishi bilan "Kesha” tipirchilab "yq – yq. uga borsmimn. Adm urad (Yo’q – Yo’q. Uyga bormayman. Adam uradilar.) ” – deb bir amallab gapirdi. Ayol o’rnidan istamaygina turdi. Orqasida barzangi bu ayol kim ekan deganday qornini qashib turardi. Ayol unga o’grilib: "Senga ham atalgani bordir! Sendan ham kuchlilar hali chiqib qolar! Kuching shu kelib kelib hasta bolaga yetdimi? Uni urgincha meni uraqol. Kel meni ur. Indamayman. Og’risa tanam og’ridi, yuragim emas. Bu bechora nima qilsin. O’zi nogiron, hasta bo’lsa. Uyga borsa o’gay otasi urib bunga kun bermasa. Uydan ko’chaga qochib chiqsa sendaka zo’ravonlar kun bermasa! Bu bola nima qilsin. Uyga kirsinmi, ko’chaga chiqsinmi?  O’zini o’ldirsinmi? Ayt o’zni o’dirib senlarda qutilsinmi? Men nima qilay axir. Ikki o’tni orasida qolib, kuyib bo’ldimku!!! Bir oyog’im uyda, bir oyog’im ko’chada bo’lib qoldi. Har kuni shu o’g’limni qorni ochmadimikan dib ko’chada qidirib yursam. Rahmlaring kelamaydimi???? Qachongacha bu bolamni xo’rlaysan. Seni dastingdan o’lar bo’lsa o’lib bo’ldiku!!! Men ham seni shu ahvolda ko’rmasam rozi emasman!!!” – deb baqirardi. Barzangi pinagin ham buzmay: "Eplasang tug’da” – deb ketib qoldi. Ona o’g’lini bekatga o’tkazib nimalardir dedi. U kallasi bilan yo’q ishorasini qilgandan keyin ona ketdi. "Kesha” ni oldiga kitob o’qib o’tirgan yigit kelib undan hol ahvol so’radi. Unda  "Qorning ochmi? Non yeysanmi?” -  deb so’radi. "Kesha” ha ishorasini qildi. Kitobxon yigit do’konga kirib ketib qo’lida non bilan 1 litrlik idishda suv ko’tarib chiqdi. "Kesha” Nonni olib, suvni ichdi. Qo’lini ko’ksiga qo’yib chunarsiz rahmat deb aytdi. Kitob o’qiyotgan yigit o’rindiqdan kitobini olib ketdi....

            Barzangi yana qaytib keldi. "Kesha”ni oldiga yaqinlashgan edi. Man chidab turomadim. Rahmim kelib ketdi. Kuchim yetadimi yo’qmi. Shu yerlikmanmi yo’qmi baribir unga gapirdim. Unga Qo’lingni tekkizma, qo’lini tekkizsang kallangni olman didim. Bu gaplar qattan chiqdi bilmadim. U keyin Keshani tashlab mani oldimga keldi. Manga qarab: " Sen kimsan? qayerdan kelib qolib, meni tochkamni aql o’rgatayapsan.” Dib qoldi. Man unga chiroyli otvet qildim. U ko’tara olmadi. Keyin manga bitta musht tushurdi. Chap berib qoldim. Ikkinchi urgani boshimga tegdi. Man ham unga musht tushurdim. Burni qonadi. Qonnni ko’rib undan battar jahli chiqib ketdi. Jon holatda manga tashlandi. Qizig’i hich kim bizani ajratmasdi. Yana kimdir unga qo’shilib mani urib ketishdi. Man urganim kimga qatiga tegkani biliman. Ishqilib yerga yotqizib koptok qib tashashdi. Keyin sotuv joyiga so’kib so’kib ketishdi. "Kesha” bu paytda uje yo’q edi. Man ammalab o’rnimdan turib o’rindiqga bordim. Boshim og’rirdi. Yana boshqa joylarim. Boshim aylanardi. Ko’nglim ham ayniy boshladi...

 

       34 qism 

 

 Ostanovkada o’tiribman. Hich kim ham manga ahamiyat bermayapti. Hamma barzangini salobati bosvotimi bilmadim. Yo’q unaqaemasakan. U keb yordam bermoqchi bo’ganlarni haydavotganakan. Bir ko’zim tushib ko’rib qoldim. Lekin tura olmadim. Kimdir telefon qilib 03 chaqirmnoqchidi. Uni ham barzangi haydam yubordi. Man nima qilishimni bilmasdim. Boshim aylanganidan o’rnimdan turishga qo’rqvoman. Qancha o’tirganimni bilmiman. Oldimga bitta chol keldi. O’g’lim sanga nima bo’ldi dib so’radi. Man unga qaradim. U oldimda charxpalak bo’lib ayalanayotgan edi. Unga boshim aylanvoti diya oldim halos. U bir nima duolar o’qiy boshladi. Keyin kuf suf dib yuzimga tufladi. Hich narsa sachramadikuya, lekin boshim aylanishi sal bo’sa ham qoldi. Keyin uni aniq ko’ra boshladim. U yoshi 80 larga borgan. Soch soqoliga oq oralagan. Soqoli ko’kragiga tushib turibdi. Gapirganda soqoli ham qimirlab turadi. Usitida yupqa cho’pon bor. Qo’lida uzun cho’pi bor. Boshida oq do’ppi ham borakan.Ko’zidan nur yog’ilib turibdi. U manga qarab:

 - Tur o’rningdan o’g’lim. Seni olib ketaman.

 - Otaxon tura olmiman. Tursam yana boshim aylanadi.

 - Sen aytganni qilib tur boshing aylanmaydi.

 - Hop otaxon. Mana turvomman. (Rostanam boshim aylanmadi.)

 - Menga qara. Men tog’da yashayman. Sen men bilan usha yerga ketasan. Bilaman hech kiming yo’q, boradigan joying ham. Seni kaltaklashganini ham bilaman. Seni davolayman. Men tabibman. Meni ko’plar biladi.

 - Hop otaxon. Lekin men tog’ga chiqa olarmikinman. Keling man sizni ushlab oliy. Yiqilib tushmay.

 - YO’Q. Menga qo’lingni tekkizma. Umuman meni ushlama. Sen o’zing harakar qilishing kerak.

 - Hop otaxon. Qattga boramiz.

 - Ortimdan yuraver. Anavi abtobusga chiqasan. Man boshqa joyda o’tiraman. Senga tush deganimda tushasan.

 - Hop otaxon. Faqat sizga bitta savol. Nega manga yordam bervos. Manda sizga berishga pul ham yo’q. Boya to’gri etdiz. Mani hich kimim yo’q endi. Uyimdan ketganman.

 - Bilaman uyindan ketganingni. Men tabibman. Sendan pul so’raganim yo’q. Ko’p gapirmasdan tezroq yur.

 - Hop. Mayli mana ketdim.

 

 Hamma manga qarardi. Barzangi ham jinni bo’b qoptimi dib o’yladimi rosa hayrat bilan qarardi. Yoki otaxonni hamma hurmat qiganiga u ham hurmat qilarkanmi bilmadim. U otaxonga indamadi. Yoki ... bilmadim. Ishqilib u otaxon manga tekinga yordam bervotgani unga yoqmadi manimcha. Xayrat bilan tililib savdosini ham esdan chiqarib yubordi. Hamma ham tikilib turvurdi. Bir xillar qo’nini ochib katta katta qib tuflab ham qo’ydi. Man bunaqa tikilishlarga dosh berolmiman. Avtobusga zo’rg’a ba zo’r borib chiqib o’tirdim. Otaxon qatga o’tirganlarini ko’rmiy qoldim. Tushadigan joying keganda etaman didilaru. Manga nima baribir boradigan joyim bo’masa.

 Avtobusda uhlab ketdim. Qancha yurdik bilmiman. Qatga keganimni ham. Otaxon avtobusni old tomonida ko’rinib qoldilar. Ular manga qarab hozir tushamiz didilar. Man o’tirgan joyimda baqirdim. Hop. Shu yerdami dib. Hamma yana manga qaradi. Yana usha ahvol, hamma manga tikilishda. Exx. Odamlara. Avtobus to’xtadi. 5-6 ta odamlar tushdi. Otaxon qachon ulgurdi uje pastda turgan ekan. Manam yo’l kira to’lab pastga tushdim. Keyin otaxon manga 3 kunga yetadigan oziq ovqat ovol, uygacha 3 kun peshkom yuramiz didilar. Man borib qogan hamma pulimga non va boshqa narsalar oldim. Adam bergan 100 000 ga tegmadim. Man o’zimni bo’sh his qisam ham lekin boshim aylanmayapgan eedi. Otaxon mahallalar ichidan yurib ketdilar. Man ham ularni orqalaridan yurib ketvurdim. Yo’lda gaplshib krtvommiz. Bu yerda ham hamma manga nito qaradi. Kimdir jinnimi diganday ham bo’ldi. Otaxon bilan tog’ oralab ketdik. Juda chiroyli joylar ekan. Rosa yurdik. Hich charchamasdim. Dam olmasdan yurdim. Tog’dan tog’ga oshib yurdim. Otaxon ham ancha tetik ekanlar. Hich charchamasdilar. Mandan tez yurardilar. Yo’lda bir ikki giyohlarni terib ham oldilar. Manam yo’lda ko’zimga chiroyli ko’ringani yulib oldim. Otaxon kulib qo’yardi. Keyin u foydasiz giyoh dirdi. Man hidlab hidlab tashavorardim. Ozgina dam olib, keyin yana yurdilk. Shunaqib 3 kun diganda otaxonni uy deb atalmish kulbasiga yetib keldim. Voy ichiga kirsam. Anu katta tv boru. Ploskiy ekran. Ushani karobkasi turibdi. O’zi yo’q. Ichiga qarasam qotgan non bor ekan. Yana shunaqa katta karobkalarda qotgan non. Yana bitta karobkada shag’amlar bor. bir chetda idishlarda dorilar o’zlari tayyorlagan bo’lsalar kerak. 2 ta stol bor. 2 ta karavat. 2 ta shkaf, Devorda javonda kitoblar bor edi. Xona chang edi. Nechi oydan beri odam kirmayotgandek edi. Otaxon orqada gapirib qoldilar. Mana shu xona seniki. Shu yerda yashayver. Men senga etaman. Sen giyohlarni olib kelib, o’zing tayyorlab ichasan. Hammasini o’rgatib turaman didilar. Tashqariga chiqdim. Havo zo’r. Tog’ni tepasi. Salqin. Hmm. Transport vositasi umuman kela olmas ekande. Tog’ motosiklari kemasa. Yana eshak kesa kerak. Mani qancha vaqt davomida davolar ekanlar. Nu shu yerda yashiman. Ish yo’ku bu yerda. Qanaqa qib tikchilik qilaman. Qishloq ham bu yerdan uzoqde bo’sa. Exx qatlaga keb qoldim...

 

Davomi tez kunda!

 © giyos@mail.ru

Просмотров: 1773 | Добавил: Giyos | Теги: Hikoya | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Flag Counter