Четверг, 25.04.2024, 10:31
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Sayt menyusi
Kirish joyi
Izlash
Taqvim
«  Август 2011  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031
Bizning so'rov
Saytni qayerdan bildingiz?
Umumiy javoblar: 75
Hisobot

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » 2011 » Август » 7 » Men sevmaymanku! 24-qism
03:19
Men sevmaymanku! 24-qism

24 qism.

           

Kirmay qo’ya qolaman. 2 kundan keyin dam olish ushanda bafurja bitta qilib gaplashamiz. Hozir kirganim bilan uyqusirab nimalardir dib boshimni qotiradilar. Nima kerak hozir manga? Tinchgina uhliman uyga borib.

Erta tongdan yana ish. Ketamiz, boramiz, ishlimiz, qaytamiz. Kun tartibi. Hech qanday o’zgarishlarsiz. Tep tekis. O’zi ta’tilga ham chiqarsa bo’lardi. Cho’zib yurishibdi. Davno mani galim kegandi. Soqqasini berganlar chiqib ketvoti. Kech kelib ozgina uhlab yana ishga ketish yoqmas ekanda. Nu mayli chidayman. Ertaga har holda dam olish bugun uyga vaqtli qayatarkanman. Sayida opa tel qilsalar kerak, bugun kirib o’tmaysanmi dib? Opama. Mahalladagilarni gapi ularga ninani uchichalikmas. Farqi yo’q. Man uyalib ketaman. Hm. Ni cho. Bugun kirib o’tiy ertga keyin mirqib uhliman... Ish tugadi. Soat 19-00. Endi sekin uyga... Qatta uyga ishxonadagi bolalar choyhonada o’tiramiz diyishvoti. Bormasam hafa bo’lishadi. Va’da ham bergandim. Mayli borib osh yeb keliy, anchadan beri choyhona osh yemagandim... Oshdan oldin aroq lib kelishdi. Qiziq kim icharkin. Hich kim ichmidiku bu kalektivda. Bitta ichadigan o’rtaboshi bor edi. Aroqni spqorardi.  U ham tashaganiga 3 oy bo’ldi. Kim icharkin. O’rtaboshi o’rnidan turdi:

-          Mana ahli jamoa. Bundan uch oy oldin G’oppor bilan garov o’ynagandim. Aroq umuman ichmiman dib. U uch oy chidab ichmasang man bitta shishani ichaman digandi. Mana man gapimni usitidan chiqdim. Og’zimga bir gradus ham olmadim. Ichmayapman. Hatto suv ham ichmadim. Guvohlarim ham bor. Hohlasang (manga qarab) onamdan ichmaganligim haqida spravka olib kelaman. (Shu bola ichmasa ham ichgandekde, hamma ko’nikib qolgan, ichidagi spirtlar hali ham chiqib ketmaganmi bilmadim. Gapirganda ham alkashlarga o’xshab gapiradi.)

-          Kerakmas spravken. (Shu aroqni manga ichirmoqchi shekl)

-          Yasha. Ishonching uchun rahmat.

-          Arzimidi. (Hozir manga ichasan diydi.)

-          Endi G’opporjon (shu G’oppor ga jon dib qo’shib etsa yoqmidide) gap bunday. Man va’damni ustidan chiqdim. Ichmadim. Endi shu ishani siz bo’shatasiz. Garov garov, va’da va’da. A labbayyy.

-          Bilasanu man ichmi...

-          Ey qo’ysanchi ERKAKmisan. Gapini ustidan chiq.

-          Shuni ichmasa erkakligim uzulib tushmasa kerak.

-          Ey G’oppor uni anitgi bozorchi xotinlar ham yopishtirib olib yursa ERKAK bo’ladimi? G’urur bormi sanda g’urur.

-          Ha bor.

-          Yasha. Man shu g’ururdagi erkaklikni etvomman. Ayollar bor o’zi ayol lekin g’ururi erkak. Voo man shunaqalarni hurmat qilaman. Sizlar nima diysizlar (o’tirganlarga savol manosida o’qrayib qaradi.)

-          Man erkakman. Har tomondan.

-          Iching unda usta. Va’dani erkak bajaradi.

-          Man ichmiman hich qachon.

-          Voy man hozir ikki soat kimga aql o’rgatim a. Devor teshilib ketdiku. Devorni kim suvaydi endi.  Ey buni ham boru erkakman digan ichadi. Man sanga va’da qildim ichmiman dib, ichmadim. Endi san ham va’dangni bajar. To’g’rimi? (O’tirganlar to’g’ri to’g’ri endi ichishi kerak dib pichirlashib ketishdi.)

-          Man sani ichmaganini qattan bilaman. Balki uyda ichgandirsan berkitib.

-          Buni qarela. Man sanga etdim. Onamdan spravka lib kelimi dib, A san nima didig.

-          Kerakmas ishonaman dib etdim.

-          Yasha. Endi ol sovumasin. He choyxanchik erkakka zakuska olib kel. Har holda birinchi ichishi. Qani keltiring.

-          Shuni ichsam qutilamanmi?

-          Oxirida shishani ag’darganimda qo’lim nam bo’lmasin.

-          Hop o’zing quy unda.

 

        Malades erkak. Ichishni bilasana, mayli o'rgataman. Shundo chuqur nafas olasan keyin yarmini chiqarasan. Huuh qib chiqarib keyin sharta ichvorasan. (shu gaplaridan uni ichkilari kevotganini sezish qiyin emasdi.)

        Sani ichvuriwini ko'rvurib ko'zlarim pishib ketgan. San o'zi ichmasding.

        nima?

        Simirarding.

        Ha endi. Shunaqa edikda. Hop. San gapni aylantirma. Qani ich endi. Mana zakuska ham keldi.

        Faqat to'ldirib quy. ( hamma hayrat bilan qaradi. Yana o'zaro pichir pichirlar boshlandi.)

        Rostan ichmoqchimisan.

        Ha. Endi quyde maydalamasdan.

        Bo'pti. Hop. Qizishma ma ol... Tinchlik bo'lsin.

        Shundo olib ko'zimni chirt yumib ichvordim. Og'zim tomog'im qizib ketdi. Ko'zlarim yoshlandi. Og'zim yonvoti. Buni usta sezdi. Man uni tirjayib turishidan sezdim. U manga zakuska berdi. Og'zimdagi cho'g' shu zakuska bilan o'chdi. Keyin yana quyildi yana icidim. Oxirida 2 piyola qoldi. Man uje tayyor bo'lib bo'lgandim. Tursam yiqilishimni bilardim. O'tirgan joyimda zo'rg'a o'tiribman. Nimalar divotganimni bilaman. Lekin dilimdagi tilimda turibdi. Ustaga qaradim:

        Usta endi mana ko'pini ichdim. Keling yana quyib o'tirmang. Butulkani manga bering. (shundo ko'tarib hammasini ichdim. Zakuskaga bitta tuzlagan bodiring yedim. hamma qarsaklar chalvordi. )

        Ey yasha ERKAK. Man sani erkakligini bilardim. Mana endi shubxam qolmadi.

        usta yana olib keling.

        G'oppor balki yetar.

        Usta savob qisang oxirigacha qil, gunoh qilsang oxirigacha qilgin digan. Hahaha

        G'oppor uje yetilibsan. Qo'y bo'ldi yetdi.

        Quymisanmi? Unda o'zim borib olib kelaman.

        Mayli bo'pti o'tir. Hozir etaman. (kimdir borib aroq olib keldi. ). Ma ol ich.

        Mana bu boshqa gap. Bir ichsang bo'kib ichgin digan. (bitta ko'tarib ko'rmadim divordim.). Endi usta sizam man bilan otamlashas. Man ichib san ichmasang manga neudobno bo'voti.

        Man ichishni tashadimku. Bo'ldi ichmiman. Mana 3 oy dib va'da bergandim. Ichmadim. Endi u yog'iga ichmoqchi emasman.

        Usta bir piyola. Man va'da qilib ichdim. Endi san yutganini yuvasan. Qara og'zingdan so'lagin oqib yotibdi. Ushanga so'lakni isrof qimaginde, ichilu.

        Hop. Shu mani hurmat qib ichganing uchun. Faqat yarim piyola.

        Yashang usta. Qani oling unda. Tinchlik bo'sin. (usta aroqni ko'zlariga surgude bo'lib ichdi. Keyin mazza dib qo'ydi.) Usta garov o'ynaganimizga hali 3 oy bo'lmagandi. Yana 1 kun bor edi. Man sani yutdim. Mana garov o'ynagan chisloyimiz (telefonda zametkani ko'rsatdim. ). Mana yana 1 kun bor. Kunamas nechidir soat bor. San nafsing buzuqlik qib ichib qo'yding. Shuncha guvoh bor. Ko'rdingmi. Man bilan boshqa garov o'ynamagin. Man yutqazishimini bilsam o'ynamiman.

        San mani aldading.

        Usta o'yinda doim g'irom bo'ladi. Shuning uchun ham o'yin diyiladi. Yutqazding tan ol. Man ketdim. Choyhonani puli to'lab ketarsan.

 

Ser gap usta jim bo'lib qoldi. Bechora rahmim keb ketdi. Man Sayida opanijiga bormoqchi edim. O'zi zo'rg'a ketvoman. Yipilib ham tushdim 1 marta. O'rtoqlarim kuzatib qo'ymoqchidi. Lekin man norozi bo'ldim. Sayida opani uyi uncha uzoqmas. Bunaqa bosh aylanishida esa uzooq ekan. Negayam ichdim. Gapirvurmidimi.

Просмотров: 935 | Добавил: Giyos | Теги: Hikoya | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Flag Counter