Четверг, 25.04.2024, 19:33
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Sayt menyusi
Kirish joyi
Izlash
Taqvim
«  Июнь 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Bizning so'rov
Saytimni baholang
Umumiy javoblar: 80
Hisobot

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » 2012 » Июнь » 9 » Maktabdan qolgan pok tuyg'ular...
00:49
Maktabdan qolgan pok tuyg'ular...


Maktabdan qolgan pok tuyg’ular...

Maktab... Esga kelar birinchi sevgi... Ko’p sevgini birinchisi boshlanar shu dargohdan. 1 sinf. Yosh qalblar. Yuraklari juda ham yosh. Qon yuguradi ularda. Extiros... Yo’q ularda hali. Birinchi ko’rishda oshiq bo’ldi. Sevdi bolakay. Kunlar o’tdi, haftalar, oylar... lekin u oshiqligin ayon etmadi. Vaqtlar o’tdi... qizaloq ham beparvo emas... 2 sinf. Yangi o’quv yili. Uzoq ko’rishmagan yuraklar bir birini his etdi. Lekin indashmadi o’zlari. Kirishdi jonajon sinfga, bola sal kechroq. Barcha joylar band. Birgina joydan boshqa. U joyni qizaloq olib qo’ygandi. Bolakay keldi, o’tirdi. Qo’l berib ko’rishdi. Birinchi marta! Naqadar iliq, naqadar yumshoq... his qilmoqda bolakay. Bu endi har kun takror.... ikkalasi ham indamadi hislarini. Qo’rqishdi. Yo’q yoshlik qilishdi... 3 sinf. Yana uzoq kutilgan kun keldi. Bir birini yana ko’rishdi. Yana yonma yon o’tirishlar... 4-5 sinf shu tarzda... 6 sinf. Qizaloq endi qiz bo’ldi. Darsda birga o’tirishlar endi kamlik qila boshladi. Darsdan keyin qolib kutubxonada, qilishdi uyga vazifani. Vaqt esa ayovsiz jazolar ularni, ayab o’tirmas sira. Soatlarni ular uchun soniya qildi. Qalblar bir biriga hech to’ymas.... 7-8 o’tdi shu tarzda. 9 sinf. Endi ularni hamma "yoshlar” deb chaqirar. Ular bunday uyalar. Lekin hanuz bir biriga aytmagan sevgisini. Ayta olmagan. Qalblar sezar ammo. Bundan nima foyda bilmasa o’zi. Sir saqlangan sevgini deydi bo’ladi uzoq. Lekin bunga yurak ko’narmikan? Javobsiz sevgi yurakni qancha ushlab ham tura olardi. Bola har har kuni ertalab va’da beradi: "borib aytaman, dilimdagi barini to’kib solaman”.... lekin ayta olmaydi. Qo’rqadi rad javobdan. O’ylaydi: "qanidi u menga dilidagilarni aytsa”... Qiz esa... kutadi har kun. O’zi nima qilsin bechora. Qaysi yuz bilan ayta oladi? Bola rad etsachi? Keyin nima degan nom oladi. Faqat kutadi, kutadi, kutadi. Kunlar o’tdi izg’irin, Kuz barglarida sevgini o’ynatib, Qish qorlarida sevgini muzlatib, Bahor, ooo Bahor. Ex Bahor ham hech nima qilolmadi. Yordam bera olmadi. Qo’rqoq bola aytolmadi. Yoz keldi. Yoz ayriliq. Endi maktab tamom. Endi boshqa ko’rishishmaydi. Yo’llar ayro keldi. So’ngi oqshom ular birga. Keyin xayr. Yuzda tabasum, kulgu. Yurakchi, qalbchi? Ular yig’layapti. Yurak boshqa yashamayaman deyapti. Qizni ko’zida ko’rinar mittigina yosh... Aytadi: "sevinch yoshlari, biz maktabni tugatdik”. Aslidachi, alam yoshlari. Ular maktabni emas, sevgisini tugatishdi. Endi ko’rishsalar ham, bir bir ko’rishishadi. Yonma yon o’tirishlar endi yo’q. Kutubxona ular uchun yopiq. So’ngi marta bir biriga to’yib olish uchun "So’ngi oqshom”. Bu yana sevgini aytish uchun so’ngi imkon. Bola foydalana olarmikan? Aytishni uddalarmikan? Vaqt oz qolmoqda. Qulay fursat kutmoqda. Yo’q. Ayta olmayapti. Rad javobini olsachi? Yo’q. Bunday bo’lmaydi. Shuncha yil bir biriga o’rgangan. U ham ayrilishni istamaydi. Uni sevigisini qabul qiladi. Ishonchi komil. Chunki yuragi shunday demoqda. Ana qiz kelmoqda uni yoniga. Qizda ham shunday hayollar. Chunki bu so’ngi imkoniyat. Yuzi chadamasa ham etadi. Keyin afsuslanmaslik uchun. Bir biriga yaqinlashishdi. Ikkalasi ham taradudlandi so’z ochishga... afsus, ulgurishmadi. Boshqa sinfdoshlar kelib, ularni davraga olib ketishdi. Oqshom yakuniga yetayotgan ekan. So’ngi imkoniyat ham ketdi uchib. Vaqtlar o’tdi yana. Ko’chada ko’rib qolishlar bo’ladi ba’zan. Faqat bir og’iz so’z. Yahshimisan! Bo’ldi, undan boshqa so’z kelmadi boshga. Yurak esa, exx yurak. Umidsiz yurak u. Shuncha vaqt urdi, pishqirdi. Lekin natija bo’lmadi. Mana endi nima ham bo’lardi. Endi aytsachi? Shuncha vaqt ayta olmagan endi aytardimi? Qanday aytadi? Ko’chada turibmi? Yo’q. Endi ayta olishmaydi. Chunki kechikishdi. Yurakda kichik iz qoldi sevgidan... O’zlariga savol berishadi uyga borib. Nahotki bu sevgi edi? Nahotki biz uni uvol qildik. Yoki shunchaki qadrdonlikmidi? Shunchaki do’stlikmidi? Yoki shunchaki yaqinlikmidi? Buni qaysi biri to’g’ri javob? Bila olishmayapti. Bilgani ular ayrildi butunlay. Yillar o’tdi... yo’llari maktabdan kesishdi alohida. Xotiralar qo’zidi yana. Eslashdi usha paytlarni. Yurakda qolgan iz hozir chandiq. Chandiq yorilib, yara yangilandi. Dardini kimga aytishni bilmasdi ular. Yana usha savol keladi, "O’zi bu sevgimidi?”....

Просмотров: 1465 | Добавил: Giyos | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 2
2 Asilbek  
yaxshi chiqibdi!Giyosiddin Sokina bushashmanglar!!!!!yozishdan tuxtamanlar!!!!!!

1 Sokina  
Bolalik - beg'uborlik...parta-bitiktow...bolalar wovqini...winam sinfxona... turfa ustozlar ...sinf jurnali...sevgi izhorlari...bitiruv oqwomi...Bularning hammasi qadrdon maskan xotiralarining bölinmas köriniwlari.Sinfdow- nazarimda bolaligimni eslatuvchi jonli eslatma va men uchun hech qachon ulg'aymaydigan bolakay...Maktabni bitirgandan keyin sovchi yuboradigan sinfdowlarni unchalik yoqlamayman.Döstlikni saqlab qoliw muhim,men uchun...Ijodingizga baraka.Yozganlaringizni öqib,maktab davrlarimni esladim...Nostalgiya...

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Flag Counter