Суббота, 20.04.2024, 20:07
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Sayt menyusi
Kirish joyi
Izlash
Taqvim
«  Апрель 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930
Bizning so'rov
Saytni qayerdan bildingiz?
Umumiy javoblar: 75
Hisobot

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » 2014 » Апрель » 29 » Kim aybdor? Aybor emas, qiz uvol... II
11:43
Kim aybdor? Aybor emas, qiz uvol... II

Qizaloq tug’ildi. Latif nevaralik bo’ldi. Voyaga yetmay tug’gan qizini, nikohsiz tug’ilgan bolasi bilan tug’riqxonadan olib chiqishayapti. Hech kim hursand emas. Hech kim suyunmayapti ham. Xatto shifokor doyalar ham buni bilib, suyunchi so’rashmadi. Latif egik boshini hali ham ko’tara olgani yo’q. Mana bola tug’ildi. Endi u aybdorni topadi. Uni qamatadi. Uni qizini nomusini, yo’q, o’zini nomusini toptagan yigitni qamoqda chiritadi... Ozmi ko’pmi vaqt o’tdi. Boladan va gumonlanuvchi yigitdan DNK tekshiruvi olindi. Endi javobi kutilmoqda. Yigit sal hayajonda. Hayajondamas. Qandaydir boshqacha. U bolani otasi bo’lib chiqsaya? Yo’q. Bunday bo’lishi mumkin emas... Axir u men otasimasman deydiku. Lekin u tibbiyot xato qilishini ham ich ichida istamoqda edi. Hozir bir oq xalatlik ularga test javobini aytadi. Aybdor topiladi va jazolanadi. Qiz..., yo’q, bolalik ayol bir o’zi qoladi. Yana yo’q. Otasi bilan qoladi. Uni asray olmagan otasi bilan. Uyalmasmikan, bir uyda yashashga? Otasini ko’ziga qanday boqarkin? Hmm. Begonaga yechinib bergan, otasini ko’ziga qaray olmaydimi? DNK test javobi chiqibdi. Go’dakni otasi, o’sha gumonlanayotgan yigit bo’lib chiqdi. Yigitni ko’rsangiz edi... 180 gradusga o’zgardi. Boshida qayta DNK talab qildi. Keyin yalinishga o’tdi, uni qamatmasliklarini so’radi. Yolvordi. Lekin bu ish allaqachon militsiyaga yetkazilgandi. Test javobini ular ham kutishayotgandi. Shunga yigitni olib ketishmoqchi edi. Bechora yigit rosa ham yalindi, yolvordi, yig’ladi. Latifga, qizingizga uylanaman, baxtli qilaman dedi. Kechirim so’radi, yoshlik, sho’xlik qilib qo’yishganini aytdi. Latif qizini baxtini o’ylab, uni qamatmasligini aytdi... Endi qiz uvol emas, abdor topildi. Go’dakni otasi bor. To’y qilishadi. Birga yashashadi. Ha, uvol demasdan, aybdorni topish kerak ekan. Shunda balki uvol bo’lmas ekan. To’yga tayyorgarlik boshlandi... Ba’zida odamlar adasharkan. Ularni kechirib, to’g’ri yo’lga solib yuborsa, ziyon qilmas ekan. Aksincha uni o’zgarishiga olib kelinadi.  Hayotda o’z o’rnini topadi. Oldingi qilingan xatolarini boshqa takrorlamaslikka harakat qiladi, balki umuman qilmaydi... Qonun barchaga teng, ayb qildimi? Jazolanishi kerak. Latif davoyim yo’q desa ham, yigitni qamashdi. (har holda voyaga yetmagan qizni zo’rlagan)... To’y qoldirildi, balki butunlay tugatildi. Bechora qiz to’yga yeta olmadi. Afsus. Balki bu o’zini axmoqligidandir. Nima bo’lganda ham uning hayoti barbod bo’ldi. Uvol bo’ldi. Balki o’sha yigit qamalmay, shu qiz bilan bir oila bo’lib yashagani yaxshimidi? Har holda aybini tushundiku? Shunday deymizku, lekin bunday ayblarni jazosiz qoldirilsa, ko’payib ketmaydimi? Yana lekin, qiz va uning bolasi yolg’iz qolib ketayaptiku? Yana bir masala. Yigit qamoqdan chiqib, unga uylanarmikan? Yani qoldirilgan to’yni davomlarmikan? Menimcha, u bunga uylanmaydi. Boshida homilador qilganini tan olmagandi, endi uylanarmidi? Yana jazosini olib bo’lgandan keyin. O’ziga ham qiyin bo’ldi. Qamaldi degan nom oldi... Mavhum narsalar. Yana boshiga qaytamiz? Bunga kim aybdor? Yana aybdor izlaymiz. Sababi, biz chora ko’ra olmayapmiz. O’zimizdagi ayblarni boshqalarga yuklab, bo’ynimizdan soqit qilishimiz kerak. Shu bizga osonroq, yana yuqoridagi gaplarni qaytaraman. Bunga kim aybdor? Otami? Tashlab ketgan onami? Balki bebosh yigit. Balki yengiltaklik qilgan qizdir? Aybdor, aybdor, aybdor, aybdor... Aybdor izlashimiz kerakmas, ayb qilishini oldini olishimiz kerak. Atrofdagilar nega shunday narsalarga jim qarashadi. Kimnidir hayoti nahotki ularga qiziq bo’masa, nahotki befarq yashashsa. Kelajakda o’zlarni farazandlari, nevaralari, shularni ko’rib, ularni ishini takrorlamaydimi? Ularga bir narsa qiziq. Kim aybdorligi, qizni hayoti uvol bo’lgani emas...

Просмотров: 4795 | Добавил: Giyos | Теги: Hikoya | Рейтинг: 2.0/1
Всего комментариев: 1
1 Loading  
0
Ming afsus.
Birovning qizi, birovning o'g'li qing'ir qadam boskanini sezsak o'zimizni darrov panaga olamiz. Bizga qiziq, "qani nima bo'larkin?" axir bu javobi aniq savolku. Suyuq oyoq, Hotinvoz. Ketidan, xaromi, yetimvacha, qarib quyilmagan nomlarini ularga vijdonimiz og'rimay qo'yaveramiz. Bizga qiziq kim aybdorligi. "Meniyam aybim bor. Menga qadami yoqmagandi" deguvchi yo'q.
Gapirsang quloq solmaydigan ayibdorlarimiz sonmingta.

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Flag Counter