Четверг, 18.04.2024, 08:21
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Sayt menyusi
Kirish joyi
Izlash
Taqvim
«  Август 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
Bizning so'rov
Hikoyalarim yoqdimi?
Umumiy javoblar: 51
Hisobot

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » 2012 » Август » 24 » Kim aybdor? Aybdor emas, qiz uvol …(hikoya)
02:47
Kim aybdor? Aybdor emas, qiz uvol …(hikoya)

Kim aybdor? Aybdor emas, qiz uvol 

Latif. U taksistlik qilib kun ko'radi. Ertalab ketib, kechga yaqin keladi. Kun tartibi shu. Uylangan. 2 ta jajji qizi bor. Xotini metis. Chiroyli. Uyda onasi bor. Otasi ancha oldin olamdan o'tgan. Ishlari yaxshi edi. Nima falokat bo'ldiku, ichib mashinasini haydab, urib oldi. Hayriyat o'zi sog' qoldi, faqat mashina. Bechora mashinani sog' joyi qolmadi. Avariya bo'lgan joyidan metalalolga topshirib yubordi. 1 oy uyda siqilib o'tirdi. Qo'li ishga bormadi. Ishlay desa qo'lida arzirli hunari ham yo'q. Boqadigani shu mashinasi edi. Yangi olishga puli yo'q. Qarz olishga do'stlari kamlik qildi. Taqdirga tan berdi. Bir ikki joyga ish so'rab bordi. O'xshamadi. Uyga qaytdi, burnini oqizib. Yana 1 oy o'tirdi. Uyda qora qazon zo'rg'a qaynayapti. Onasini pensiyasi ro'zg'orni tebratyapti. Xotini ham ishlamaydi. Bolalari hali yosh. Kattasi 4 yosh, kichigi 2 yosh. Latif siqildi. O'zini koyidi. Ichib mashina haydagan kunini lanatladi. O'ylab o'ylab bir qarorga keldi. Hovlisi katta. Ushani yarimini sotaman, baribir bir o'zim bo'lsam. Kimga kerak shuncha uy dedi. Ko'chaga e'lon osdi. "Uy sotiladi".

Xaridor ham tayyor ekan. Darrov kelishishdi. O'rtaga dallol ham aralashmadi. 1.500 dollarga uyni yarimi sotildi. . . Latif pulni oldi. Uyga kirib onasiga berdi. Shuni saqlab bering, mashina topsam qaytib olaman dedi. Onasi pulni yashirdi. Nechi hafta o'tdi. Latif mashina ko'rgani bozorga ketdi. Tushlik payti bo'ldi. Latifni xotini qaynonasini oldiga kirdi. Qaynonasiga: "Oyijonim, mehribonim. Suyunchi bering. Latif akam mashina topibdilar. Qo'shni boladan aytirib yuboribdilar. Pulni berar emishsiz. Men olib borar ekanman. Ishqilib yaxshi mashina tanlagan bo'lsinlar" dibdi. Qaynona ham hursand bo'lib, pulni berkitgan joyidan olib, keliniga berib yuboribdi. Unga oq yo'l tilabdi. Kelin 2 qizini unga tashlab, yo'lga ravona bo'libdi... Kechki payt Latif bir o'zi qaytibdi. Onasiga: "Mashina ko'rdim, yoqmadi, kelasi hafta yana tushaman" deb aytibdi. Onasi undan xotinini so'rabdi. Latif hayron bo'libdi. Ona bor gapni aytibdi, pulni berib yuborganini ham aytibdi. Latif o'ylab qolibdi.

Tezda ortiga qaytib, xotinini onasinikiga yo'l oldi. Hayolda har hil gumon, har hil o'y. Bordi. Eshikni taqillatdi. Hech kim ochmadi. Yana qattiqroq taqillatdi. Xotini eshikni ochdi. Latif undan jahl bilan pulni so'radi. Qaytib ber deb so'radi. Xotini esa "men pulni olmadim" dedi. Latif darg'azab bo'ldi. Devorni urdi, tepdi, lekin xotini tan olmadi. Latif onasini olib keldi. Foydasi bo'lmadi. Baribir tan olmadi. Latif unga taloq berdi. Xotini qizlarini ham so'ramadi. Ulardan ham voz kechdi... Ayb kimda? Pul ketdi. Pulni berib yuborgan ona aybdormi? Yo'q. U qanday qilib keliniga ishonmasligi mumkin. U ishondi, berib yubordi. O'rtada nima bo'ldi. Hovlini yarimi ketdi, Latifni oilasi buzuldi. Qizlari onasiz qoldi. Kim aybdor? Aybdor emas, qizlari uvol. . . Latif boshqa uylanmadi. Ayollarga zarracha ishonchi ham qolmadi. Tupirdi bariga. Kutmagandi bunday bo'lishin. Axir ahil oilia ediku.

Qanday qilib to'g'ri ayoli pul deb oilasidan kechdi. Afsus. Ichida shuncha g'ayriligi bor ekan, bilmabdi. Qizlarini o'zi katta qildi. Ijaraga mashina olib haydadi. 
10 yil o'tdi. 
Bu orada onasidan ham ayrildi. Qizlari katta bo'lib qoldi. Latif kechasi ham taksistlik qildi. Kunduzi ham. Sotgan yarim hovlisi ham bu orada 2 - 3 marta qo'lma qo'lma qo'l sotildi. Ekin ekib qo'yilgan. Hech qaysi biri uy qurmadi. Haftalar o'tdi, oylar o'tdi. . . 14 yoshli qizi to'sattan homilador bo'lib qoldi. Hamma yoqda qiy chuv bo'ldi. Latifni boshi egildi. Kutmagandi bunday vaziyat. Militsiyaga arz qildi. Qizi bir yigitni ko'rsatdi. Otasi shu deb. Yigit tan olmadi. Yana bo'ldi to'palon.

Yigit aytar: "menga tuxmat bu, qo'limni ham tekizmaganman. Men unaqa bola emasman" deydi. Latif: "unda kim aybdor, sen bo'lmasang. Ana qizim seni aytayaptiku" deydi. Yigit bo'lsa: "Men qayoqdan bilaman kim aybdorligin. Balki o'zingizdir qizingiz bulg'agan. Xotingiz yo'q, uylanmagansiz. Ayolsiz yashash qiyin. Siz qizizdan foydalanib, endi menga tuxmat qilayotgandirsiz?" dedi. Latif tutaqib ketdi. Uni urmoqchi edi, qo'shnilar ushlab qolishdi. Latifni qizi esa, bolani tug'aman deydi, nomussiz. Latif so'ngi so'zni aytdi: "Bola tug'ilsa DNK tekshiruvini o'tkazamiz. Keyin seni (yigitga qarab) qamoqda chiritaman" dedi. Endi kutishayapti bola tug'ilishini. Kim aybdor? Aybdor emas, qiz uvol bo'ldiku. Aybdor qidirib ne naf endi. Kimga foyda bundan. Qizlarini qarovsiz, tarbiyasiz qoldirgan Latif aybdormi? Yoki aybdorsan deyilayotgan yigitmi? Yoki pulni o'marib, qizlarini tashlab ketgan ona aybdormi? Aybdor izlaymiz, o'zimizdan ayb qidirmaymiz. Aybdor izlaymiz, o'zimizdan aybni voqif qilamiz. Qizni taqdirini kim o'ylaydi. Endi uni bir bolasi bilan kim uylanadi. Menmi? Yo'q, men undaylarga uylanmasdim. Taqdirini tamom qilganku u. Uni ham omadi kelsa, baxtini topar. Kimnidir ilintirar agar o'zgarmasa. Yoki ikkinchi xotin bo'lib erga tegar. Ja omadi kelsa ajrashganga erga tegadi. Mana uni taqdiri. Shuni kim o'ylaydi. Hech kim. Ular kim aybdorligini qidirishayapti. Topisharmikan! Topishadi. DNK tekshirishmoqchiku. Lekin qizni baxtini, uni yoqotgan nomusini topisharmikan? Buni kim qidiradi? Hech kim. Chunki ularga aybdor kimligi muhum. Asray olishmadi qizni. Kim aybdor? Aybdormas, qiz uvol. Buni kim to'g'rilaydi? Hech kim!

 

Просмотров: 2072 | Добавил: Giyos | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Flag Counter