Пятница, 29.03.2024, 12:09
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Sayt menyusi
Kirish joyi
Izlash
Taqvim
«  Январь 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Bizning so'rov
Saytimni baholang
Umumiy javoblar: 80
Hisobot

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » 2013 » Январь » 31 » Kelsam Kutmaysan, Kelmasam Ketasan. (K.K.K.K.) (Duet monolog)
21:50
Kelsam Kutmaysan, Kelmasam Ketasan. (K.K.K.K.) (Duet monolog)

Kelsam Kutmaysan, Kelmasam Ketasan. (K.K.K.K.)

Qiz:

Seni sevib qiynalguncha, daraxt eksam bo'lardi. Sen meni tashlab ketding, u yonimda qolardi. Uyim to'rida turib qalbimga ko'rk berardi. Yillar o'tib oradan shirin meva solardi. Uni sevganim uchun, Menga vafo qilardi. U bir joyda tursa xam bunga shukur qilardi.  Jonsiz daraxt bo'lsa xam sof sevgimni bilardi. Lek sen bo'lolmading shu jonsiz daraxt kabi, Uchding chiroy boylikka, Unutding bir tush kabi. Bir kun kelib bizni xam o'z tengimiz bo'ladi, Men uni sevganimdek u xam meni sevadi...

 

Yigit:

Daraxting so'ndi, ko'karmay.

Uni ekding mehr bermay. 

Men ketdim, mehrga bo'lib tashna, 

Sen qolding, yoshlaring arta. 

Umiding daraxtdan edi 

U meva qilmadi. 

U juda ham katta, lekin qurigan. 

Termulasan unga ma'nosiz, 

Kutasan meni tinimsiz. 

Men ketganim chiroygamas, mehrga. 

Men ketganim boylikgamas, shirin so'zga. 

Senda faqat sevging bor, 

Yanachi? 
Toza qalbmi? . . . .

 

Qiz:

Sen yana o’shal yolg'on so’zlaring menga faqat ravo ko’ryapsan. Shuning uchun ketganing yaxshi  Senda faqat yolg'onlar bisyor rosting yo’q.. Usiz qolgansan..  Sendan kechgandir balki. Faqat yolg'on senga yor  endi ko’nik... Daraxtmi? Men ekan nihol bu...? Qara tengin topibdi darhol.Yonidagi yor daraxt uning ....Baxtliligin sezdirdi oshkor.  Mening baxtim  kelmoqda qara...Tenglamasdan ketganding meni:   Tengimikan.... Bejavob.

 

Yigit:

Sen o'rganibsan, rostimni ham yolg'on deya. O'zingku qochding mendan yiroqlarga. Ortingdan kutdim, qaytmading. Ketdim, kelibsan. Men yashadim faqat seni o'ylab, yashadim seni deb. Qaytdim, ket dema faqat. Sensiz qiyin bo'lmoqda menga. Ko'rdim daraxting, cho'zibdi ancha bo'y. Havas qildim ularga. Nega biz unday emas. . .

 

Qiz:

Yo’q endi kech...BOR endi ket. Mendan afzal ko’rganing borku .Orqanga ham qaramasdan ket. Qarama yo’q  bo’lsa ham Yurak... yulib tashla aybdor u...

 

Yigit:

Mayli. . . Men ketaman. Faqatgina birgina istagim bor. Ko'zlarimga qarab, shu "ket" degan so'zlaringni takrorla. Shu so'zni aytayotganingda nigohlaring qochmasmikan, lablaring titramasmikan. Bir bora ko'ray. Shuni qila olasanmi? Agar nigohingni ko'zimdan qochirmay, lablaring titratmay aytsang, bu chindan bo'ladi. Meni boshqa ko'rmaysan keyin. Agar bunday bo'lmasa, bu alamingdan aytayotganing bo'ladi. Bu bilan meni haydolmaysan. Hech qachon yoningdan ketmayman. Qochaman desang, qo'yib yubormayman...

 

Qiz:

Agar, agar men sen uchun o’zimni asraganimdek o’zingni asray olganingda edi, asraganingda.... Oyog'ing ostidagi yurakni bosib o’tmasding...MENku qarayman ko’zlaringa ammo o’zimni ko’ra olmayman unda, boshqa chehralar almashinadi. Bu yaqqol namoyonku. LABlarimda faqat bitta ism tun-u kun jaranglab titroqsiz, titroqli eshitiladi. Hm, u ham bo’lsa sening ismingda....SENingchi lablaring o’zinga bo’ysinmasdan bilmadim ne deyar... TASANNO! Ko’rmoq istabsan... QARAY OLASANMI? Birinchi kun nigohi ila...O’YLANDINGA .

 

Yigit:

Men termulaman senga unsiz. Men qilmagan ayblar bo'ynimda og'ir yuk, boshim egik. Sendan boshqani demadim aslo, faqat seni deya yashadim faqat. Seni o'ylab o'tkazdim tunlarni bedor. Yerdagi yurakni bosmagandim, olib ketgandim bosib bag'rimga. Mana hali ham turibdi. Urayapti sevgim qudrati bilan. Borgan kunim sarim, umidlarim yulduzga aylanayapti. Sendan esa oy isi kelmoqda. Lablarim pichirlab, aytar sening isming. . .

 

Qiz:

Unda aytgin aybing shu Ketgan edim shu sabab deya....SENsiz o’tgan kunlarim to’ldir....

 

Yigit:

Meni aybim, senga sababin aytmay ketganim. Ayta olmasdim. Ayta olmayaman. Sen qiynalgandek qiynaldim men ham axir. Majbur edim. Tushun. Man qaytdimku. Endi doimo sening yoningdaman. Hech qachon uzoqlashmayman. Ketmayaman hech qachon. Ketsam, seni birga olib ketaman. Ayt, qanday to'ldiray mensiz kunlaringni. . .

 

Qiz:

Mana yana xuddi bir yil oldin etilgan gaplar...O’zgarishsiz takrorlading vo ajab...Yana nimalar demaysan ozgina kutsam... Balki bu gaplaring rost  ma'lum vaqtgacha... Huddi har yilda qo’zg'ab turuvchi kassalik singari. Qaytaraverasan, qaytaveradi. SENSIZ o’tkan kunlarim istasam, istamasam qaytarolmaysan. Ko’z yoshlarim to’ldirolmaysan. Singan qalbimni but qilolmaysan bunga sabring yetmaydi. Yurak erishin kutolmaysan sen. Faqat Kelsam Kutmaysan, Kelmasam Ketasan.

 

Yigit:

Faqat kulaman telbalarcha, sening bu azoblar qilgan meni Majnun. Sening vasling ilinjida sarson bo'lay endi. Mayli roziman gar sen shu desang. Mayli itar meni ko'ksimdan, qulay jarlikga. Maydalanib yo'q bo'lib, aylanay tuproqga. Usha tuproqdan unib chiqsin bir nihol. Faqat unga o'zing qara. Mehr berib avayla. Sening nafasin olib bo'lsin katta.

 

Qiz:

Jarga borar kunimizni ayt...? Guvohlarsiz ketamizmi? Yo....?

 

Yigit:

Ikkimiz ketsak, nihollarga kim qaraydi? Ikkalamiz, jarlik bo'yida qolamiz. Qilgan xatolarimizni o'ylab...

 

Qiz:

Mening aybim ayb ish qildimi? Sening aybingla aybdormanmi yo... Hm, mening aybim seni sevganim. Shuni aytmoqchisan-a....? O’zimdan o’zim hafaman... Nega bo’lardi Shuncha vaqt senga Seni Sevaman... Aytolmagandim qara qanday kunda aytmoq istadim. Agar bu so’z meni sendan ayirishga sabab bo’lishini bilganimda o’sha PARchalaganing yuragimda saqlayverardim... Tinch joy ...! Aybdorman, qaraya gunohkor  ham men, ne  deb atay o’zimni....? Sevgisin oshkor etolmagan QIZ...

 

Yigit:

Sening aybing, bu senliging. Men seni sevib qolganim. Faqatgina shudir aybing. Meni sevishingni bilardim. Lekin o'zingdan eshitishni shunchalar hohlagandimki. . . Buni so'z bilan hech ham ifodalay olmayman. Hattoki shoir bo'lganimda ham. Sening yuraging butun. Hattoki ortiqroqdir ham. Chunki meni butun yuragim senda. Sevishingni izhor qilishingni qanchalar kutdim sevgilim. . . Men seni, sendan ham ko'proq sevaman. Bu yolg'on emas.

 

Qiz:

Seni ko’rgim keldi.....,SOG'INGANIM uchundir balki.O’zimni yolg'iz his qildim shu damda....

 

Yigit:

Men yoningdaman. Ko'zlaringni yumsang meni ko'rasan. Qara. Yoningda qo'llaringni ushlab o'tiribman. . .

Просмотров: 1931 | Добавил: Giyos | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 2
2 Loading  
Giyos forumiz qani? Nega men savardimku bosh saxifada yo'q?

1 BumBumCHa  
judayam ajoyib yozilgan ekan cry

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Flag Counter