Пятница, 19.04.2024, 12:37
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Sayt menyusi
Kirish joyi
Izlash
Taqvim
«  Август 2011  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031
Bizning so'rov
Saytimni baholang
Umumiy javoblar: 80
Hisobot

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » 2011 » Август » 23 » Hasta
08:29
Hasta

Hasta

 

Ko’chada odamlar orasida kun issiq bo’lsa ham qalin, eski kiyim kiyib olgan, soch -soqollari o’sgan, sal oqsoqlanib yuradigan, ozg’in bir yigit ko’zga alohida ajrlab turibdi. Yoshi taxminan 25-30  larda. Qo’lida xalta. Ichiga elim idishlar va yana nimalarnidir solib olgan. U borib bir bekatni bo’sh o’rindig’iga o’tirdi. Yonidagi odamlar burnini berkitib turib ketishdi. Atrofiga tushunmagandek  qarab, hursand bo’lgandek  bo’ldi. Xaltasini o’rindiqga qo’yib, boshini qo’yib yotdi. Uni oldiga hech kim yaqinlashmay qo’ydi. Usha yerda bir barzangi yigit mayda chuda bilan savdo qilar ekan. Odam kamaygani uni savdosiga ham ta’sir qildi. Uhlab yotgan yigitni oldiga kelib, tepib uyg’otdi. U cho’chib uyg’ondi. Atrofga olazarak qarab tepasida turgan barzangini ko’rib cho’chib ketdi. Barzangi unga qarab: "" Kesha” (kesatib aytdi) tur o’rningdan. Hali qorong’u tushmadi. Uyinga bor! Uyingda uhla!” – dedi. "Kesha” bir nima dib g’udirladi. Barzangi uni yana tepdi. Gapini yana takrorladi. Hich kim ularga ahamiyat ham bermayapti. Oldindan bu yerda yotib yurarkanmi deb o’yladim. Yo’q. Barzangi undan uyi qayerdaligini so’rayapti. "Kesha”ni gaplari juda chunarsiz. Barzangi yana urdi. "Kesha”ni boshidagi shapkasi tushib ketdi. Olaman deganida barzangi oyog’i bilan bosib oldi. Keyin shapkasiga qo’shib qo’lini ham bosdi.  "Kesha” shapkasini qo’yib yuborib qo’lini tortib olmoqchi bo’ldiyu, ammo kuchi yetmadi. Faqat chunarsiz baqirardi. Barzangi hoholab kulardi. Shu yerdagilar hech nima bo’magandek o’tib ketaverishar. Kimdir kulsa, kimdir achinardi. Barzangiga gapirishga hech kimni haddi sig’masdi. Uni qiynoqlarini ko’rib ko’pchilik qo’rqib qolgan edi... Barzangini mayda chuydasiga haridor kelgan edi, savdo qilgani ketdi. Usha yerda yoshgina er - xotin turar edi. Ular kelib "Kesha” ni ovutishga tushishdi. Er unga barzangi kesa himoya qilishini aytdi. Xotini yerdan shapkasini olib berdi. "Kesha” ularga parvo qilmay og’riyotgan qo’lini uqlardi.  

Er – xotin boyagi joyiga qaytib turib olishdi. Barzangi yigit savdosini qilib bo’lib ko’zi yana "Kesha”ga tushdi. U o’nglanib olganini ko’rib, jahli chiqdimi yana keldi: ""Kesha” sen meni gaplarimga tushunmadingmi? Senga men nima degan edim? Seni deb meni savdoyim yurishmayapti. Tushuniyapsanmi? Sen menga yoqmayapsan. Uyingga yoqol! Gapiradigan tiling bormi???” – deb boshiga qarab tepdi. "Kesha” o’rirgan joyidan yerga dumalab tushdi. Boyagina yordam berishni va’da qilgan er yordam bergani kelmoqchi edi. Xotini yo’lini to’sdi. Boshi bilan kerakmas ishorasini qildi. Er ichida jon jon deb turgan ekanmi indamasdan joyiga borib voqeani kuzatib turdi. Usha bekatda yana bir yigit o’tirardi. Qo’lida kitobi bor edi. Bir kitobga qarar edi, Bir bo’layotgan voqeaga. Yordam bergisi kelardiyu, lekin barzangidek devga kuchi yetmasligini bilarmidi, yoki aralshgisi kelmadimi joyida kitobini o’qib o’tiraverardi. Barzangi esa kuchidan, qilgan ishidan mag’rur holda hursand bo’lib kulib qo’yardi. Yerda "Kesha” boshini changallab yotardi. U yana "Kesha”ni qorniga tepdi. "Kesha” og’riyotgan boshi qolib qornini ushlab bukchayib qoldi. Barzangiga hech kim g’ing demaydi. Uni hamma tanisa kerakde. Shu yerda savdo qilar ekan. Insofi va odamgarchiligiga xaridor kelgan bo’lsa sotib yuborganmi deb qolaman. "Kesha”ga yana nimalardir deb baqirdi. Tepmoqchi bo’lgandi bir ayol orqasidan "tegma” deb baqirdi va o’zini "Kesha”ni ustiga tashladi. U "Kesha”ga: "Bolaginam nima qildi senga? Hech qayering o’g’rimayaptimi? Ahvoling yahshimi? Tur bolajonim, turaqol. Uyga ketamiz.” – diyishi bilan "Kesha” tipirchilab "yq – yq. uga borsmimn. Adm urad (Yo’q – Yo’q. Uyga bormayman. Adam uradilar.) ” – deb bir amallab gapirdi. Ayol o’rnidan istamaygina turdi. Orqasida barzangi bu ayol kim ekan deganday qornini qashib turardi. Ayol unga o’grilib: "Senga ham atalgani bordir! Sendan ham kuchlilar hali chiqib qolar! Kuching shu kelib kelib hasta bolaga yetdimi? Uni urgincha meni uraqol. Kel meni ur. Indamayman. Og’risa tanam og’ridi, yuragim emas. Bu bechora nima qilsin. O’zi nogiron, hasta bo’lsa. Uyga borsa o’gay otasi urib bunga kun bermasa. Uydan ko’chaga qochib chiqsa sendaka zo’ravonlar kun bermasa! Bu bola nima qilsin. Uyga kirsinmi, ko’chaga chiqsinmi?  O’zini o’ldirsinmi? Ayt o’zni o’dirib senlarda qutilsinmi? Men nima qilay axir. Ikki o’tni orasida qolib, kuyib bo’ldimku!!! Bir oyog’im uyda, bir oyog’im ko’chada bo’lib qoldi. Har kuni shu o’g’limni qorni ochmadimikan dib ko’chada qidirib yursam. Rahmlaring kelamaydimi???? Qachongacha bu bolamni xo’rlaysan. Seni dastingdan o’lar bo’lsa o’lib bo’ldiku!!! Men ham seni shu ahvolda ko’rmasam rozi emasman!!!” – deb baqirardi. Barzangi pinagin ham buzmay: "Eplasang tug’da” – deb ketib qoldi. Ona o’g’lini bekatga o’tkazib nimalardir dedi. U kallasi bilan yo’q ishorasini qilgandan keyin ona ketdi. "Kesha” ni oldiga kitob o’qib o’tirgan yigit kelib undan hol ahvol so’radi. Unda  "Qorning ochmi? Non yeysanmi?” -  deb so’radi. "Kesha” ha ishorasini qildi. Kitobxon yigit do’konga kirib ketib qo’lida non bilan 1 litrlik idishda suv ko’tarib chiqdi. "Kesha” Nonni olib, suvni ichdi. Qo’lini ko’ksiga qo’yib chunarsiz rahmat deb aytdi. Kitob o’qiyotgan yigit o’rindiqdan kitobini olib ketdi....

            Bir qancha vaqtlar o’tib, yana usha bekatga borib qoldim. Odamlar orasida usti boshi kir, yirtiq, soch soqoli o’sgan, baquvvat , yoshi 30-40 lar atrofidagi bir kishi ajralib turardi. U oqsoqlanib bektdagi o’rindiqga o’tirdi. Yonidagi odamlar burnini berkitib turib ketdi. Men uni tanidim. U bir necha yil oldin shu yerda ko’rgan barzangi yigit edi...

Просмотров: 1213 | Добавил: Giyos | Теги: Hikoya | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Flag Counter