Пятница, 19.04.2024, 01:41
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Sayt menyusi
Kirish joyi
Izlash
Taqvim
«  Январь 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Bizning so'rov
Saytimni baholang
Umumiy javoblar: 80
Hisobot

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » 2013 » Январь » 7 » Do'lli
22:53
Do'lli

DO'LLI

Ko'chada yomg'ir sharros quymoqda. Yomg'irda qolib ketdim. Panaroq joy ham topa olmadim. Yoz yomg'iri bo'lgani uchun kuchli yo'g'ib hamma yo'gimni jiqqa ho'l qilib tashladi. O'zi uydan chiqayotganimda onam: "Ozgina shoshmay tur. Yomg'ir yog'adi hozir. Keyin borasan" degalariga ahamiyat ham bermasdan chiqib ketgandim. Yoshim endi 7 ga to'layotgandi. Eshikdan chiqib 500 metr yurmasimdan yomg'ir quyib yubordi. Uyga qaytishga erindim, "yomg'ir tezda tinar" deb yo'lda davom etaverdim. Men amakimnikiga ketayotgandim. Uyligi uzoq emas, qo'shni ko'chada turishadi. Ularnikiga borgunimcha yuvib, quritilmagan kiyimni kiygandek bo'lib qolgandim. Yetib borib eshikni taqillatdim. Ha deganda, hech kim chiqmadi. 1 daqiqalar chamasi, amakim yomg'irpo'shni ko'tarib chiqib keldilar va usti boshimga qarab, indamasdan ichakariga olib kirib ketdilar. Ularni o'g'illari yo'q edi. 2 ta men qatori qizlari bor edi. Kelinoyim ichkari xonadan chiqdilar, salom berdim. Amakim meni yomg'irda kelganim uchun koyigan bo'ldilar. Keyin kelinoyimga qarab, menga kiyim olib chiqishlari tayinladilar. Kelinoyim sal chunarsiz qarab turgan edilar, amakim "bo'laveradi hozirga" deb aytdilar. Men hech narsaga tushunmadim. Keyin menga "ustingdagilarni yech, kelinoying hozir quritib beradi, bo'lmasa shammollab qolasan" deb ustimdagilarni yechishga yordam berdilar. Kelinoyim esa bu paytgacha boshqa kiyim olib chiqib, ustimdagi kiyimlarni olib ketdilar. Menga ustimdagi kiyimlar yoqmayotgan edi. Na iloj. 10 daqiqalardan keyin yomg'ir tindi....

Ichkaridan kelinoyim kiyimlarimni dazmollab quritib olib chiqib berdilar. Qizlar kiyimini tezda yechib, o'zimni kiyimimni kiyib oldim. Amakim menga ketdik deb tashqariga yurdilar. Men orqalaridan ergashdim. Ular menga: "Jiyan kel, avval menga qarashib yubor. Boya yomg'ir yog'masdan oldin hashakni panaga yig'ib qo'ygandim. Ushani joyiga qaytarib qo'yaylik" dedilar. Menga bitta kichik payshaha berdilar. O'zlari ham boshqasini olib, ishga kirishdilar. 15 daqiqada ishni bitirdik. 
Keyin amakimga yuzlandim: "Men keta qolay. Uyga qaytgim kelyapti" dedim. Ular menga ma'noli qaradilar. Qarab turib: "O'zi nega kelganding" dedilar. Men aslida ularnikiga kuchuk bolasini olib ketgani kelgandim. Yaqindagi kuchukligi "To'rtko'z" bolalagandi. Ushanda 1 ta bolasini menga va'da qilgandilar. Shuni etdim. Haa dib qo'ydilar. Keyin kuchukchalarni chaqirdilar. Kelishmadi. Menga o'zing chaqirib, tutib olib ket deb o'z ishlari bilan mashg'ul bo'ldilar. 6 ta bolalagandi. Hozir 2 ta qolibdi. Qora va oq ranglisi. Menga qorasi ko'proq yoqayapti. Bo'ynida qo'ng'iroqchasi ham bor ekan. Lekin unisini olishimga ruhsat berishmadi. Oq kuchuk bolani chaqirdim, lipilab yugirib keldi. Ko'tarib olib, endi xayr dimoqchidim, uzoqroqdan To'rtko'zni g'irillagan ovozini eshitdim. Keyin men tomonga qarab yugurib kelayotganini ko'rdim. Qochdim. . . Ulgurdim. Eshikdan vaqtida chiqib yopib qo'ydim. Kuchuk bola qo'limda. Amallab olib ketdim. Yo'lda charchab qo'yib qo'ydim. O'zi yurarmikan desam, o'tirib olib, joyidan jilmadi. Yana ko'tarib uyga olib bordim. 
Uyga olib keldim. Uncha kirishib ketmadi. Uyni bir chetida o'tirdi. Oldiga idishda suv qo'ydim. Keyin bir burda non tashadim. Yemadiyam, ichadiyam. Bekorga ovora bo'lganim qoldi. Ikkita akam bor. Ular unga uy yasashdi. Ushatga bog'lab qo'ydik. Bog'laganimiz unga yoqmadi. G'inshidi. Na iloj chidaydi endi. Shunday qilib asta sekin yangi sharoitga o'rgana boshladi. 
Endi yangi kuchukda, qiziq. Ko'chaga chiqayotganda birga yetaklab chiqardim. Zo'r edi. Oldinlari ham kuchugimiz bo'lardi. Lekin unda man kichkina bo'ganimga uncha qaray olmasdim. Bir marta esimda juda kichkina edim. Do'ndiq degan kuchugimiz bo'lardi. Hoziram elas elas eslayman. Adam zanjirini qo'limga berib qo'ydilar. Ko'chada turibman. Endi u ham uyda turaverib zerikkanku, aylangani tortqilaydida. Qani to'xtatishga kuchim yetsa. Adam uyga kirib ketganlar. Hech to'xtata olmayman. Kuchim yetmaydi. Oxiri yig'lab yubordim. Adamni chaqirdim. Qochib ketadi deb baqiraman. Lekin qarashmaydida hech kim. Meni yiqitib ketib qoldi... Keyinro qaytib keldi. Men qaydan bilay uni qaytib kelishini. Uydan qochib ketayapti deb o'ylabmanda. Mana endi Doliga qarayapman. Ha aytgande. Unga Doli deb nom qo'ygandik. Shunchaki, chiroylida. Qatga borsam Doli bilan boradigan bo'ldim. Boshida zanjiri bilan sudrab yurdim. Keyinchalik 1 - 2 yildan keyin yechib yuborsa o'zi birga ergashib yuradigan bo'ldi. Uni akkilashi chiroyli edi. Birinchi marta eshitganimda rosa hursand bo'lgandim. Rosa zo'r kuchuk bo'lgandi. 
Bir marta akalarim uzoqroq joydagi qarindoshimizikiga borishayotgandi. Birga olib ketishdi. Uyam ergashib ketaveribdi. Yarim soatlardan keyin bir o'zi qaytib keldi. Keyinroq, kechki payt akalarim kelishdi. Dolini so'rashdi. Uyda dedim. Uyam anqayib qayerdandur chiqib qoldi. Keyin aytib berishdi. Yo'lda mashinani tagida qolib ketibdi. O'rtasida. Keyin yo'q bo'lib qolibdi. Usha payt u uyga qaytgan ekan. Kuchuk soppa sog'. Bundan keyinam 1 marta mashinani o'rtasida qolib ketgandi. Shundan keyin mashina yo'lga chiqmaydigan, mashinadan uzoqroq yuradigan bo'ldi. Bir xillarida jahlim chiqganida oyoq ostidan chiqsa huddi u aybdordek urib yuborardim. Gap eshitsam u aybdordek gap ham eshitardi. Odamni rosa tushunardi. Aytgan buyruqlarni hammasini qilardi. Shungami bir xillarida ko'chaga chiqmoqchi bo'lganida ba'zida chaqirsam birga yurmasdi. Qattiqroq baqirib chaqirganimdan keyin chiqardi. Shunda ham hohlamay borardi. To'g'ri bir xillarida uzoq bog'lanib qolgan bo'lganda yechib yuborganimda uchib chiqardi. Endi sharoitga qarabde.

Lekin baribir zo'r kuchuk. Unaqasi hech qayerda yo'q edi men uchun. U uydaglardan ko'proq onamga bog'lanib qolgan edi. Onam maktabda ishlaganlari uchun, birga maktabga ketar edi. Men maktabni bitirdimam, u bitirmadi. Deyarli har kuni borar edi. Oxirgi paytlar bog'lamay ham qo'ydik. Erkinlik tarafdori bo'lib. Maktabda kimdir onamni qidirishsa Do'lini mo'jjal olib borishardi. U onam kirib ketgan xona eshigini oldida poylab turgan bo'lardi. Onamsiz uyga qaytmasdi. U bu joylarni aylanib yurganida onam uyga ketib qolsalar mabodo, kechki paytgacha usha yerda poylab turardi. Keyin qaytib kelardi. Bir xillarida o'qituvchilar "uyga ketdi, senam ket" diyishganda ketardi. Ko'p hollarda onam ketishlaridan avval, uni chaqirardilar. Ja bo'lmasa hushtak chalardilar. Qayerda bo'lsa ham tezda yetib kelardi. Qoyil qolmasdan iloj yo'q. Kunlar, oylar, yillar o'taverdi. Bu orada xarbiy xizmatga borib keldim. Usha yerda ham kuchugimni so'rardim. Akam ham xizmatga borganda so'rardi. Yaqin edida. 
2010 yil 16 yilga to'ldi. Bir kun bilardim, Kuchigimdan ayrilishimni, lekin qanday qlib buni bilmasdim. Aytishardi. Yahshi kuchuklar o'ligini egasiga ko'rsatmaydi deb. Ko'chada o'zi chet joyga borib, o'lim topadi deb. Meni Do'lligim ham yahshi kuchukmidi? Bilmadim. Fevral oylari sovuq keldi... Do'lli kasal bo'lib qoldi((( 

Bundan oldin ham it boqganimizda uzoq yashamagandi. U hozir 16 yil yashadi. 1994 yil yozda tug’ilgan bo’lsa, 2010 yil feval oyi. Bir necha yil oldin bitta kichkina kuchukcha olib kelgandi akam. Katta bo’ladigan deb. Do’lli arazlab yurdi. Hafa bo’lib. Keyin kichkina kuchukni berib yubordik. Do’lli hozirda Qanaqadir yo’talardi. Vetenarga tanishga telefon qilsam, 16 yil yashabdi. Qarigan deb qo’ya qoldi. To’g’rirog’i tuzatolmayman deya olmadi. Sovuq. Inida yotgisi ham kelmadi. O’rniga yerto’laga tushib yotardi. Ertalab u yerdan qaytib chiqardi. Zinalari baland bo’lsa ham qiynalib chiqaverardi. Ozgina kun o’tgandan keyin orqa oyoqlari yahshi yura olmay qoldi. Iniga yana ko’rpachalar tashlab, issiq qilib berdim. Boshqa iloji yo’q, yotdi. Ozgina sudralib yuradi, keyin yana kirib yotadi. Yotali hirillashga o’tdi. Kun isiy boshladi. Inidan chiqib qaytib kirmadi. Bitta yashikka jiyanlarim matolarni tashlab qo’yishgan ekan. Usha yerga yotib oldi. Keyin qaytib tura olmadi. Tagiga yana ko’rpalardan solib qo’ydik. Kechasi ustini ham yopib qo’ydik. Yoniga suv qo’ydik. Ichmadi. Ovqatini ham yemadi. Faqat kelgan odamga termulib yotardi. Boshini silaganimda ko’zini pirpiratib qo’yardi. Nima kasal ekanini ham bilmasdik. O’zi ham rostan ham qarigandi. Yoshligidagi sho’xliklari tugagandi. Qora rangli tuklariga oq tushgandi. Hozirgi yotishi esa daxshat edi. To’g’risi o’limini poylayotgan edik. Ertalab uyg’onib, yuzni yuvmasdanam unga qarardik. Tirik, hayriyat. Usha gaplar esimga tushdi. Yahshi it uydan uzoqda, egasini ko’ziga ko’rinmidigan joyda o’ladi. Lekin bu yura olmayapti. Onam ham shu gapni etdilar. Keyin manga itni maktab hovlisini chekkasi qo’yib kelishimni, shunda o’sha yerda o’lishini, bo’lmasa uyda o’lmasligini aytdilar. Men qanaqa qilib o’z kuchugimni, 16 yil birga yashagan kuchugimni ko’chaga tashlab kelaman. Ko’rganlar aytmaydimi deb hazilomus qilib javob berdim. Ko’p bora aytdilar, men unamadim. Do’lli yashikda yotaverdi. Na o’lmadi. Na tuzalib ketmadi. Og’ziga suv quyib turdik. Sho’rva ichirib turdik. O’zi yemaydi, ichmaydi. Faqat ma’nosiz tikilib yotardi. Bir necha kun o’tib (mart oylari), kun yana salqinlay boshladi. Men vaqtli uhladim. Kechasi bir uyg’ondim. Onam hali uyg’oq ekanlar. Do’llini ahvolini so’radim. Aytishlaricha akam unga sovuq qotmasin deb aroq ichiribdilar. Ensam qotib, yana uhladim. Ertalab tursam, adam: Do’lli o’libdi deb qoldilar. Onam ham adamni fikrlarini ma’qulladilar. Borib qaradim. Yashikda qimirlamay yotibdi. Yashikni surib ko’rdim. Qimirlamadi. Avvalari surib ko’rganimda ko’zini ochardi. Qotib yotibdi hozir. Achindim. Ko’chaga ham chiqa olmadi. O’ligini ham berkita olmadi deb. Men bilardim. Do’lli yahshi kuchuk edi. Faqat u yura olmay, ko’chaga chiqa olmadi. Shuncha kun tuzalishini kutib yashadi. Afsus chiday olmadi... Uni ko’mishim kerak edi. O’qishga ketishga hali ancha vaqtim bor. Ko’mgani olib ketaman dedim. Yerto’ladan, ketmon va belkurakni olib chiqdim. Hayvonlarni pastga, yani uyimizdan pastroqda joylashgan suv bo’yiga, do’ngliklarga, hech kim yashamaydigan ovloq joyga ko’mardik. Nomini negadir past deb atardik. Avvalari ham o’lgan kuchuklarmizni usha yerga ko’mgandik. U paytda akalarim ko’mishgan. Men kichikina bo’ganim uchun. Endi menga qolibdi. Do’llini yashigi bilan olib ketishga qaror qildim. Ustiga qop yopib olib ketaman dedim. Va qo’limga qop oldim. Yonimga 2 ta jiyanlarim kelishdi. Ular qarab turishibdi. Qopni asta yopdim. Jiyanlarim: Voy ko’zini ochib yumdi deyishdi. Men ko’rmadim. Ularga shunday tuyilgan deb o’yladim. Chunki o’zim qarab turibman. Ular yosh bola bo’lsa. Ko’ziga har narsa ko’rinaveradida. Har holda yahshi ko’rgan kuchigi edi. Keyin aravaga yashikni ortib pastga ketdim. Yashikni aravadan tushirib, yerni kavlay boshladim. 1 metr qazidim. Yonlarini yashik sig’adigan darajada kengaytirdim. Endi ko’msam bo’ladi. Yashikni chuqurga tushurdim. Iya  qadrdon Do’lligim bilan xayrlashish qolibdiku. Qaytib olib ustidagi qopni asta ochdim, bir uchi Do’llini boshini silab o’tdi. Shu payt Do’lli ko’zini ochib yumdi. Aniq ko’rdim. Ko’krak qafasiga qaradim. Nafas olayapti. Hayron qoldim. U o’lmagan ekan. U tirik ekan. Men tirik itni ko’mishimga oz qolibdi. Yahshiyam xayirlashay debman. Bo’lmasa uni tiriklay ko’mib yuborgan bo’lar ekanman. Qanaqasiga tirik. Axir menga o’lgan deyishgandiku. Haya. Unga kecha aroq ichirishgan. Ushani ta’sirida qotib uhlagan. Ex. Jiyanlari  ham boya aniq ko’rishgan ekan. Endi nima qilaman. Adamga telefon qilaman. –Allo, ada. Do’lli o’lmagan ekanku. Mana nafas olayapti. Meni aldabsizlar. Nega bilmaysiz. Siz aytdingizku. Hop. Hozir onamga ham telefon qilaman. – Allo. Ona. Do’lli tirik ekanku. Nega menga uni o’libdi dedinglar. Hop qoldirib kelaman shu yerga. Sizlar atilatan kelishib, Do’llini ko’chaga olib chiqishim rejasini qilgansizlar. (Oxirgi gapimni hazilomus, kulib gapirdim). Mayli. Hali o’qishdan qaytib xabar olaman. Do’llini yashigi bilan chekkaroqqa qo’ydim. Yomg’ir tomchilay boshladi. Do’lli, mendan rozi bo’l deb pichirlab uyga qaytdim... kun bo’yi hayolib pastda qolgan Do’llida bo’ldi. Darslarim tugashi bilan uyga tezlik bilan qaytib keldim. Adam ham uyda ekanlar. Onam pastga Do’llidan xabar olgani ketibdilar. Men ham kiyimlarimni almashtirib, usha yerga otlandim. Uydan 100 metr uyrmasimdan onam qaytayotgan ekanlar. Qo’llarida ketmon. Savol nazari bilan qaradim. Ular: O’libdi. Ushlab ko’rdim. Sovugan. Keyin toshdek qotgan. Yashiksiz ko’mdim, dedilar. Chuqur ho’rsinib qo’ydim. Onam o’z qadrdon itlarini ko’mibdilar deb o’yladim. Do’lli yahshi it. Chunki u uydan tashqarida o’ldi. Bunga u erishdi. Undan faxrlansam arzidi. Qoyil qoldim... Bir necha oydan keyin u ko’milgan joydan yo’lim o’tdi. Yana ho’rsinib, uni eslab qo’ydim. Doim uyga kelganimda u bo’lardi. Hozir yo’q. Undan uyda yerni beton qilayotganda, qotmasdan yurganda qolgan izlari turibdi. Va rasmlari. Bir necha marta yo’lim tushardi. 2012 yoz oylarda yana yo’lim tushdi. Pastni endi sotib, xususiylashtirib olishigandi. Do’ngliklarni traktorda tekislab tashlashibdi. Tep tekis yer bo’lib qolgan. Usha yerlarni aylandim. Shu atrofga Do’llini ko’mgandik. Mana shu joylar edi. Lekin do’nglik yo’q. Do’llini birorta suyagni ham topa olmadim. Onamga bir kun: Boshqa kuchuk olib kelaymi deb so’radim. Onam: Yo’q, boshqa kuchuk boqmaymiz. Bizda faqat Do’lli bor edi. Boshqasi bo’lmadi, deb javob berdilar. Menga ham shu ma’qul edi. U borida ham boshqa kuchuk olib kelganimizda hafa bo’lgandi. O’lgandan keyin hafa bo’lmasligi uchun ham boqmaymiz...

Bu 2009 yil yoz oylarida eshikdan uyga kirmoqchi bo'lib qarab turgan rasmi. (Moy Mirga joylagandim usha payt. Mana hozir ham turibdi.)

Do'lli

Tamom.

Manba: giyos.ucoz.org

Mualif: Giyos

Просмотров: 1376 | Добавил: Giyos | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 2
1 Hilola  
anu kuni Dollini yozdim dganizda kirib oqisam hali tugamagan ekan.
Oz profilimdan malum sababga kora kiromaganimdan keyin dugonamni prof.ilidan Giyos sayyod.uzni razvetka qb turdm gapni ochigi Dollini oqiman deb,
oqish davomida bir kulaman,bir yigliman,sodda va insoniylik bilan yozilgan tanish voqealar,
shu orinda Beqiyos shoir MUXAMMAD YUSUFning satridan keltirib otishni maqul kordim.
...kapalaklar insonlardan mexribon...
Chindan ham bazi vaqtlarda odam odamni tushunmi ketarkan.it esa har doim vafo timsolida qadrlangan.
Maniyam kopgina itlarim o'ligini korsatmi ketkan. Dolli ham vafo nomiga sodiq ketbdi,
Hikoya desam uyatli bolar hayotiy manga tanish satrlar uchun Raxmat!..

2 Giyos  
E'tibor uchun sizga ham rahmat)

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Flag Counter