Пятница, 29.03.2024, 19:59
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Sayt menyusi
Kirish joyi
Izlash
Taqvim
«  Март 2011  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Bizning so'rov
Saytni qayerdan bildingiz?
Umumiy javoblar: 75
Hisobot

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » 2011 » Март » 5 » CHEMODAN KO’TARIB KETMOQDAMAN…. (monolog-hikoya)
23:20
CHEMODAN KO’TARIB KETMOQDAMAN…. (monolog-hikoya)

CHEMODAN KO’TARIB KETMOQDAMAN….

Bugun safarim uzoq. Hech o’ylamagan yerimga ketyapman. Bunaday bo’lishini hech kutmagandim. Nahotki sevgim kuchi menga qarshi chiqib yenga oldi. Bir qizni deb hayotim ostin ustun bo’ladi deb o’ylamagdim. Lekin shunday bo’ldi. Men uni oldiga AMERIKAGA ketyapman. Qo’limda og’ir chemodan. Ketishimga hamma qarshi bo’ldi. Ota onam, aka- ukalarim ham. Hatto yaqin do’stim ham. Baribir o’zimni aytganimni qildim. Men sevgim uchun kurashaman didim. Bir narsa qiynaydi. U meni sevarmikan. Bu yerda yurganida sevardi. U yoqda unitib yubormadimikan. 6 yildan beri hali gaplashmadim. 1 hafta oldin internetda ko’rib qoldim. U hammon go’zal. Men uni sevaman. U meni tashlab ketmadi. U ona yurtini tashlab ketdi. Tug’ilib o’sgan yerini tashlab ketdi. Qanday qilib o’sib ulg’aygan yeridan voz kechish mumkina. Oldin menga shu yerda tug’ilib o’sayotganidan fahirlanib aytardi. Yurtimni hech narsaga alishmayman derdi. Har bir zarra tuprog’ini oltinga tenglashtirardi. Endichi? Hammasini 1 soniyada unitdi. Aeroportda oilasi bilan samalyotga chiqayotib ortiga qaradi, keyin menga qaradi. Bir ho’rsindi. Uzoq termulib turdi… Onasi hayolini buzib samalyotga chorladi. Oxirgi ko’rganim ko’zidagi ikki tomchi yosh edi. Bu yoshdan uni boshqa qaytib kelmasligini bilsa bo’lardi. Qo’lidagi ro’molchaga ko’z yoshini artdi va ortiga burilib kirib ketayotganda qo’lidagi ro’molcha tushib ketib shamol tasirida oldimga uchib keldi. U hammon menga tikilardi. Shamolda sochlari yonga taralib unga ajib go’zallik berardi. Ro’molchani unga bermoqchi bo’lgande uzatdim, u uzoqda bo’lsa ham turaversin sizda degande ishora qildi. Styuardesa uni olib kirib ketmaganda hali turardi. Yonimda do’stim turar edi. Unga iltijoli najot bilan boqdim. Axir yolg’iz sevgimdan ayrilayotgandim. U ham nailoj qoli. Meni ovutish uchun aqali birorta so’z topa olmadi. Yelkasiga bosh qo’yib yig’lardim. Ha yigit boshim bilan yig’lardim. U meni bu yerdan olib chiqb ketdi. Ortimga qarab samalyotga qarardim. U bilan ketishni hohlardim. Ammo men keta olmas edim. Meni uyim bu yerda edi. Internetda uni ko’rdim. Avvalgidek go’zal edi. Unga birinchi bergan savolim "nega meni tashlab ketdingiz” bo’ldi. Va yana aytdim. U javob bermasa ham. Men sizni sog’indim. Sizsiz menga hayot qorong’u. Sizni vaslingiz ilinjida adoyi tamomlar bo’ldimku. Bunchalar mani hijron azobiga giriftor qildingiz. (undan javob kelamasdi) sizni kutaverib ko’zlarim ko’r bo’ldi misoli. Sizdan hammon darak yo’q. ahir xabar bersangiz bo’lardiku. Siz sevgimni paymol etdingiz. Siz sevgimni o’yinga yo’ydingiz. Sizni ortingizdan bormoqchi edim, lekin sizni qayerdaligizni bilmadim. Bilganimda borardim usha Amerikaga. Undan javob keldi. "Menga oson deb o’ylayapsizmi? O’z hohshim bilan ketdimi? Ota onamni yolg’iz tashlab qo’ya olmasdimku. Keyin sizni uylangan deb do’stingiz aytdi. Meni u sizdan oldin topdi. Sizga aytmadimi?”. Nima deyishni ham bilmadim…… Do’stimdan buni kutmagandim. U meni sevishimni bilib turib, shuncha qiynalayotganimni ko’rib menga aytmabdi. Kamiga yana sevgi izhor qilibdi. Bu menga do’st emas, qo’ynimda saqlagan ilon ekan. Nega oldinlari internetga kirmagan ekanmana. Do’stimdeb barcha sirlarimni ochsam u mandan sevgimni tortib olmoqchi bo’libdi. Men uni aslo kechira olmayman. Hozir samalyotga chiqamanda Amerika yo’l olaman. Chemodanim og’irlik qilmoqda. Amerikaga borib otasidan uni qo’lini so’rayman. Bersa mendek yigitga qizini beribdida. Otasi qattiqqo’l bo’lsa ham men ularni ishonchini oqlay olaman. Men maqasad qo’ydimmi erisha olaman. Muhimi sevgilim rozi bo’lsa bo’ldi. Men ham endi ketyapman u singari. Ona vatanimni tashlab. Uyimni, onamni, otamni, akalarimni hamma hammani ko’rmayman boshqa. Man boshqa qaytmayman endi. Qayta olmayman ham. Samalyot uchadigan vaqt bo’ldi. Chemodanni qoldirib ketaman. U menga kerak emas. Sumkamni o’zi yetadi. Endi men Amerikada yashayman sevgilim bilan. Menda ham yurtdan ayrilish qiyin bo’lmoqda, lekin majburman… Uydagilar hali ketayotganimda behabar. Uyga xayr men baxtimni izlab ketdim deb xat qoldirdim xalos. Chemodanni bekor olib kelibman. Bu manga ortiqcha edi… Amerikaga keldim. Men kelganimda sevgilim hali behabar. Menga bu yerda internet kafe kerak, lekin qayerdan topaman. Sevgilimni telefon nomerini ham olib qolmabman. Mayli hozir internet topaman. Chat house dib yozilgan joyga kiraychi. Kopiyuter rasmi bor ekanku. Hech bo’lmasa kimdandir so’rarman… Borakan. Pochtamga kiraman avval. Xat kelibdi. Iya akamdan kelibdiku. Meni qidirayotgan bo’lsalar kerak. Xatlarni o’qiyman: "Hov ahmoq qayerda yuribsan, nimalar qilib ketding. Do’stingni nega o’ldirding. Chemodaningni aeroportdan topib ochishibdi. Ichidan do’stingni murdasi chiqibdi. Hozir mentlar uyni bosib ketgan seni qidirishyapti”. O’qib kulgim qistadi. Birinchidan u endi meni do’stim emasdi. Endi meni bu yerdan hech kim topa ololmaydi…  

Просмотров: 972 | Добавил: Giyos | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Flag Counter