Среда, 24.04.2024, 06:27
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Sayt menyusi
Kirish joyi
Izlash
Taqvim
«  Июнь 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Bizning so'rov
Saytni qayerdan bildingiz?
Umumiy javoblar: 75
Hisobot

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » 2012 » Июнь » 12 » Bizning yo'llarimiz boshqa ekan...
01:33
Bizning yo'llarimiz boshqa ekan...
BIZNI YO’LLARIMIZ BOSHQA EKAN... 

Iltimos ko’zlaringni yoshlama. Nega yig’lamoqchi bo’layapsan? Men bunday bo’lishini hohlamagandimku. Afsus shunday bo’layapti. Nima ham qila olardim. Qara, meni ham ko’zlarim yoshlandi. Romolchang bilan artib qo’ymaysanmi? Seni deb yoshlandi. Biz endi ayrilayapmiz. Endi yo’llarimiz o’zgardi. Shu yergacha birga ekan. Men o’zga yo’ldan ketayapman. Sen ham boshqa yo’ldan ketishing kerak. Men endi boshqa bilan ketishim taqdirimda bor ekan. Bu yo’lga sen sig’mas ekansan. Mendan hafa emasmisan? Shuncha mani kutganingdan afsusda emasmisan? Oz bo’lsada mazmunli hayot kechirdikku. Kamlik qilishi mumkin. Lekin shuni hotirasi bilan yashasa anchaga yetadi. Ko’zlarimdagi yoshlarni artib qo’y... Ko’zim to’lib, ko’rmay qolayapti. So’ng marta seni to’yib to’yib ko’rib olay. Seni endi boshqa ko’rmaymanku. Meni kechra olasanmi? Senga bergan va’dalarimni bajara olmaganim uchun kechira olasanmi? Hozir oldingda turish menga noqulay bo'lyapti. Ko’zlaringga tik qarashga ham uyalayapman. Lekin so’ngi marta to’yib qaray olmasik.... juda og’ir. Sevgi izhorlarimizni hech qachon esdan chiqarmayman. Usha maktab paytidagi hotiralargacha eslayveraman. Sen esa esdan chiqar. O’zingni xotiralar bilan qiynaman. Men qiynoqqa arziman. Bu ham kam. Sen uchun kurasha olmadim. Harakat ham qila olmadim. Yo’llaringda hech qachon qoqilma. Baxtli bo’l... (Mana bu maktub senga, so’ngi so’zlarim bitilgan...) 

"Hammon yodimda usha vaqtlar. Seni birinchi marta ko’rganim, sen bilan birinchi marta gaplashganlarim... unda hali bola edik. 1 sinfga endi qadam qo’ygandik. Vaqtlar o’tdi. Katta bo’ldik. Ulg’aydik. Maktabni tugatdik. So’ngi oqshom! Usha payt senga dilimdagi barcha gaplarni ayta oldim. Sevgimni ayta oldim. Hech narsadan qo’rqmadim. Seni rad javobingdan ham. Sen rad qilganing bilan baribir do’st bo’lib qolaverardikku. Sendan javob kutganimda, uyalib yerga qaraganding. Yuzlaring qizarib ketgandi. Gapira olmasligingni bilib, senga qo’limni cho’zdim. Qo’limni tutsang bu sevgimni qabul qilishing edi. Sen oz muddat o’ylab, keyin qo’lingni cho’zding. Bilasanmi? Shu payt men qanchalar hursand edim. Men qanchalar baxtli edim. Buni senga so’z bilan ifoda eta olmasdim. Olmayman. Esda qolarli "So’ngi oqshom” edi. Biz har kuni uchrashdik. Har soniya eslashdik. Vaqtlar ayovsiz yana o’tib ketdi. Bir birimizga yozmagan she’rlarimiz qolmadi. Bir birimizga atagan nomalarimiz qolmadi. Endi esa oila ostonasi boshlandi. Bilasan. Onamni juda yahshi ko’raman. Men ularga sen haqingda aytib berdim. Onam seni taniydilar. Men ularga seni borligincha aytib berdim. Sendan boshqasisiz yashay olmasligimgacha aytib berdim. Hamma hammasini. Sevishimgacha aytdim. Onamga buni aytish qiyin edi. Lekin sevganim kuchi bilan aytdim. Onam kulib qo’ydilar. Lekin hech narsa demadilar. Men o’rtada qoldim. Ertasi kuni yana shu haqida gap ochdim. Onam meni ko’zlarimga diqqat bilan qarab: "O’g’lim. Men senga kecha indamadim. Bugun aytaman. Sen unga uylanmaysan. Chunki senga boshqa qiz topib qo’yganman. Ancha oldin topib qo’yganman. Dugonamni qizi. Ko’rasan. U senga yoqadi. Juda odobli, esli-hushli, o’qimishli qiz. Men yaqindagina ko’rib keldim. Undan boshqasini olmaysan. Bilasan, meni gapim gap”, dedilar. Ularni bu gaplarni aytib menga qarashlari yuragimgacha borib yetdi. Har bir gaplarini quloqlarim bilan emas, yuraklarim bilan eshitayotgandim. Har bir gaplari miyamga xotirlanmadi, to’g’ri yuragimda saqlandi. Ona rozi, xudo rozi. Onamga hech qachon qarshi chiqa olmaganman, chiqa olmayman ham. Ularni har bir gaplarini so’ziz, hech bir inkorsiz bajarganman. Lekin senga bergan va’dalarimchi? Sen meni kutganlaringchi? Qanchadan qanchasini meni deb rad etganlaringchi? Bularni xunini kim to’laydi endi? Seni oldingda men endi qanday odam bo’ldim? Aytishing mumkin: "Sevgi uchun kurashmayapsiz”, deb. Ayt, hohlaganingcha aytishing mumkin. Chidayman. Hamma hamma gaplaringga chidayman. Lekin sen bunaqa ayta olmaysan. Sen indamasdan ko’zlaringni yumasan halos. Huddi hech narsa bo’lmagandek. Keyinchi, keyin ich etingni yemirasan. Alam bo’g’zingga tiqilib, yig’lashga bermaydi. Faqat ko’zlaringdan bir tomchi yosh chiqadi. U ham uzoq turmaydi. Yuzingni yuqori haroratiga chiday olmay qurib, uchib ketadi. Sen ham meni tushunishingni so’rardim. Menga oson deb o’ylasana? Hech qachon. Sendagi azob menda ham bor. Sendan ming chandon ortiqroqdir balki. Sendan men ayrildim. Mendan esa sen ayrilmading. Men o’zim, seni ayirishga majbur bo’layapman. Bu bilasanmi, huddi o’zim hohlab nafas olishni to’xtatayotganga o’xshayman. Lekin baribir nafas olib yuboriladiku. Baribir sendan voz kechgim kelmayapti. Nima qilay? Kim menga yordam bera oladi? Meni kechir. Va’damni bajara olmadim.”.... (Maktubni hohlasang saqlab qo’y, meni untmoqchi bo’lsang tashlab yubor. Seni hohshing. Meni kechir...) 

Audio mp3 ni ko'chirish uchun: http://giyos.ucoz.org/load/0-0-0-18-20 (882.9Kb)
Просмотров: 1273 | Добавил: Giyos | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
1 Loading  
Va nixoyat bu monologga yetib keldim. Giyos a j o y i b!
Manga ayniqsa onasiga qarshilik qilmagani tasir qildi. Sevgi qay biri kuchli edi?

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Flag Counter