Четверг, 25.04.2024, 00:22
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Sayt menyusi
Kirish joyi
Izlash
Taqvim
«  Март 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Bizning so'rov
Saytimni baholang
Umumiy javoblar: 80
Hisobot

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » 2012 » Март » 17 » Beg'uborim edingku. . .
04:59
Beg'uborim edingku. . .

Beg'uborim edingku. . .

 

Erta Bahor. . . Illiq yomg'ir ezib yog'moqda. Akmal darchadan kirayotgan yomg'ir hididan to'yib to'yib nafas oldi. Bu hid uni hotiralarini qo'zg'atib yubordi... Afsus bilan esladi...

 Erta Bahor. Singlim... Hoy singlim. Bu yoqga kegin. Meni ko'ylagimni tugmasi uzilibdi. Ushani taqib bergin. Ishga kech qolayotgandim. Men sen tikguningcha choy ichib turaman. Akmal singlisi Nargizaga ko'ylagini berib o'zi oshxona tomon ketdi. Nargiza akasi uchun oshxonada nonushta tayyorlab qo'ygandi. Akmal nonushta qilib bo'lib, xonasidan ko'ylagini oldi. Yangi taqilgan tugmani tekshirib ko'rdi. Mustaxkam. Xonadan turib singlisiga "rahmat" deb baqirdi. Singlisi unga javoban "Bitta shokalad sizdande" deb kulib qo'ydi. Akmal kiyinib bo'lib shoshib chiqib ketdi.

Oilada ular 3 kishi yashashardi. Akmal, Nargiza va onasi. Akmal avtobus xaydardi. Ishga erta ketib, kech qaytardi. U o'z ishini yoqtirardi. Avtobus haydashni bolaligidan yoqtirardi. To’g’ri bu kasbni orzu qilmagan bo’lsa ham, lekin yoqtirardi. Maktabni a'lo baholarga o'qib bittirgandi. Kollejda ham qizil deplom bilan bitirgan. Hamda o’quv fanlaridan o'tkazilgan olimpiadalarda Respublika bosqichada 2 ta fandan qatnashib, ikkalasidan 1 chi o'rinni egallagandi. Bu degani hohlagan oliygohiga imtixonsiz o'qishga kirishi mumkin degani edi. Lekin Akmal o'qishga sharoiti yo'q edi. Yolg'iz o'g'il. Onasini bir o'zi ishlaydi. Topgani yeb ichishdan ortmaydi. Keyin kiyim kechak degan narsalar. . . Bularni hammasiga bir o'zi qiynalardi. Keyin u tungi payt ishlab, kunduzi uyga kelib dam olardi. Akmal "oilani o'zim tebrataman” deb hamma orzularidan kechdi. U o'ziga yoqadigan haydovchilik kasbini egaladi. U endigina 23 yoshga kirgandi. 1 yildan beri avtobus haydaydi. Singlisi Nargiza undan 5 yosh kichik. Bu yil kollejni bitiradi. Akmalni yana 1 orzusi singlisini oliygohlarni birida o'qitish. "O'zim o'qimaganga yarasha singlim o'qisin” deydi. Singlisiga juda mehribon. Hech qachon hafa qilmagan. Nima so'rasa yo'q demaydi. O'qishiga nima kerak bo'lsa, hamma sharoitni qilib beradi. Singlisini juda yaxshi ko'radi. Kimdir singlisini hafa qilib qo'ysa, uni tazirini bermay qo'ymadi. Mahallada deyarli hech kim Nargizaga "gap otish" uchun ruhi betlamsdi. Akmal o’zi uylanishidan oldin singlisini uzatadi. U uchun singlisni baxti muhim. Afsuski singlisi uchun ko’p vaqtini ajrata olmaydi. Singlisi deyarli yolg’iz o’sdi. Akmal "ish ish” deb hammasidan voz kechdi. Akmal otasini deyarli eslay olmaydi. Onasidan so’rasa "otang o’lgan” degan javobni oladi. Otasiz o’zi o’stirdi. Kuni o'z ishi, avtobus haydash bilan o'tadi. Bir xil kun tartibi. Yoshligidan ish ish, onasiga yordam berish bilan katta bo’ldi. Deyarli ishlamasdan o’tgan kunini eslay olmaydi. Shu sababli o'rtoqlari bilan bundoq choyxona va kafelardagi ziyofatlarda o'tira xam olmadi. Endi oyoqqa turib, kollejdagi kursdoshlari, ishxonadagi hamkasblari bilan ulfatchilik qila boshladi. Unda ham oyda 1 marotaba. Akmal oldin bunday o'tirishlarda bo'lmagani uchun o'zini noqulay sezardi. O'tirish tong otar davom etardi. Mayshat avjiga chiqgan payt qizlar chaqirilardi. Ziyofat endi qizlar bilan davom etardi. Qizlarni yetaklab alohida xonalarni band qilishlar boshlnardi. Akmalga bu holat begona edi. Bu yerda o'zini begonadek his qilardi. Oldin qizlar bilan yurmagan, qo’lini ham ushlamagan bola edi. Qizlarni farishtadek ko'rardi. Ko’chada bolalar qizlarga gap otsa jahli chiqardi. Aytardi, axir senlarni uyingda ham singling, yoki opang bordir! Ularga begonalar gapirsa senlarga yoqadimi? deb. Bu yerga kelgan qizlarni ko'rib, fikri o'zgardi. "U meni atrofimda yaxshi qizlar bo'lgan ekan. Endi-endi qizlarni olasini ko'rayotgan ekanman. Nega bu qizlarni oilasi erkin qo’yib yuborgan ekan? Bularni  akasi, otasi yo’qmi? Nazorat qilmaydimi? Exx essiz...” deb o'ylardi. Shunaqa o'tirishlardan 1 - 2 tasidan keyin, o'rganib ham qoldi. Bunday qizlar u uchun oddiy holdek bo’lib qoldi. Hattoki qizlar bilan alohida xonaga ham kirdi. Albatta o'z hohshi bilan emas. Hamkasblarini taklifiga binoan qizlardan biri uni taklif qildi. Yarim yalang'och qizga kim yo'q deyrdi. Akmal ming tarbiyali bo'lgani bilan u ham yigit kishi. Unda ham nafs bor, extiros bor. Qizni noz karashmalarga bo'yin egolmadi. Qo’l ushlashib xonaga kirib ketdi... Xonadan chiqishi bilan hamkasblari baqir chaqir qilishdi: "Tabriklaymiz! Erkak bo’lding. Malades!!! Yashavor erkak!” deb uni maqtashdi. Bunday kayfi safo Akmalga ham hush yoqa boshladi. Ishdan charchab kelib maishat qilish kimga yoqmasdi. Mana bugun ham kollejdagi sobiq kursdoshlari bilan ziyofat bor. Tong otar ziyofat. Tushlik mahal Akmal avtobus haydab ketayotib bir narsa esiga tushgandek sapchib ketdi: "Vay Nargizaga bugun kelmayman, deb aytmabmanu. Havotir olmasin” deb singlisiga telefon qildi. Lekin singlisi telefonni ko’tarmadi. Onasiga telefon qildi. Onasi ham javob bermadi. "Onam bunday payt uyg’oq bo’lardilarku. Nega javob bermayaptilar, Nargiza ham” deb hayol qildi. 15 daqiqlardan keyin Nargiza qaytib telefon qilib, eshitmay qolganini aytdi. Shundan keyin Akmalni ko’nglidagi g’ashlik ketdi. U singlisiga bugun tug’ulgan kun borligini uyga kech kelishini aytdi. Shu bilan kun kech bo’ldi deganda Akmalni avtobusi buzulib qoldi. Bu o’lganni ustiga tepgandek bo’ldi. Ustaxonaga qaytib kelib , avtobusini tamirlatdi. Avtobus tamirdan chiqguncha yarim tun bo’lib qoldi. Rosa charchadi. Uyga qaytib bordi. Ziyofatga boradigan ahvoli qolmadi. Uyi oldiga kelishi bilan hamkasblaridan biri telefon qilib nega kelmayotganini so’radi. Akmal charchaganini bahona qildi. Hamkasbi gapga usta bola edi. U Akmalni kelishga ko’ndirdi. Hozirda Akmalni nozik joyi bo’lib qolgan "qizlar”ni ham kelib bo’lishganini aytdi. Akmalni tezroq kelishi uchun qo’shib qo’ydi: "Yosh yoshidan. Kollejni studentkalari. Bittasi seni kutib o’tiribdi. Seni rosa maqtadim. Sen kelganingda haydovchiman demagin. Seni Bankir deb tanishtirdim” deb. Akmal miyg’ida kulib qo’ydi. Akmal eshikda qulfni ko’rib ajablandi. Nargiza qayerga ketibdi? Menimcha onamga yordam bergani ketgan bo’lsa kerak. Men onamga aytgandimku, Nargizani chaqirmang deb. Baribir olib ketibdilar” deb o’ziga o’zi gapirdi. Va nihoyat aytilgan joyga yetib bordi. Kursdoshlari qarsak chalib uni kelishini kutib olishdi. To’rdan joy berib, oldiga aroqdan quyib uzatishdi. Akmal charchoq bosdi qilib aqorni bitta ko’tarishda ichib yubordi. Ketidan ovqat berishdi. Kursdoshlari endigina yeb bo’lishgan ekan. Akmal ham tezda yeb bo’ldi. Xonada yarim yalang’och qizlar yigitlarni tizzasiga o’tirib olib nimanidir gaplashib o’tirishardi. Keyin telefon qilgan kursdoshiga menga "atalgani” qani deb so’radi. Kursdoshi tirjayib "ichkarida” deb ishora qildi. Akmal dadillik uchun yana aroq ichib oldi. Ichkari xonaga kirmoqchi edi kursdoshi to’xtatdi. "Hozir u band, vaqtli kelmading! Seni kutib turolmadi. Hozir chiqib qoladi” dedi. Akmal qizlarga qarab hayol surib o’tirardi. U oldingidek hayol surmasdi. Hozir o’zgargan. Aroq ichadi. Chekadi. Qizlar bilan "yuradi”. Onasini bergan tarbiyasini unutib bo’ldi hisobi. Ona tarbiya beribdiku, lekin irodasini tarbiya qilishni unutibdi. Shaytoni do’stlari uni yo’ldan adashtirishdi. Akmal charchagani uchun ko’zi yumila yumila boshladi. Ko’zi g’ira shira ko’rardi. Alohida xonani eshiki ochildi. Ichkaridan bir kursdoshi yalang’och qizni quchoqlab chiqib keldi. Akmalni uyqusi o’chdi. Qizni yuzini ko’rishga qiziqdi... Ko’rdi. Ko’rdiyu turgan joyidan qaytib o’tirib qoldi. "Nargiza” deb oxista pichirladi. Hamma narsa ko’zi oldidan tezda o’tdi. Ichgan arog’ini kayfi ham tarqadi. 5 soniya o’tirgan bo’lsa ham, bu u uchun uzoq edi. Nima bo’layotganini anglashga aqlli ojizlik qila boshladi. Nargiza ham qotib qoldi. Nima qilishini bilmay qoldi. Akmalni kursdoshi hammon uni ko’tarib turibdi. U kulib: "Men bu bilan 6 oydan beri uchrashib yuraman” deb yonayotgan yog’ ustiga benzin sepdi. U bu qiz Akmalni jonajon singlisi ekanini qayoqdan bilsin. Akmal chiday olmadi. Stol ustida turgan pichoqni olib kursdoshi tomon yugurdi. Nargiza tushib, yerdan kiyimlarini olib qochdi. Akmal kursdoshini ko’kragiga pichoqni tiqib-tiqib oldi. "Senmi meni singlimni ifatini buzadigan” deb qo’ydi. Hamma yoq qon bo’lib ketdi. Hech kim nima bo’layotganini tushunmasdi. Nargiza ketib bo’lgan. O’rtada ko’zlari nafratga to’lgan, usti boshi qon bo’lgan Akmal qo’lida pichoq ushlab turibdi. Yerda esa kursdoshi jon bermoqda. Pichoq uni yuragiga sanchilgandi. Hech kim Akmalga yaqin yo’lashga botinolmasdi. Hamma qo’rqayotgandi. Akmal eshik tomon yurib: "Meni singlim bilan ham shunday ish qilasanlarmi?” deb ohista gapirib chiqib ketdi. Endi hamma nima bo’lganini tushunib yetdi. Akmal usti boshi qon ahvolda, qo’lida qonli pichoq bilan o’zi bilmagan tomonga qarab ketib borardi. Boshida turli hayollar. Turli o’ylar... Nomusini yoqotgan singlisi uchun or nomus qila boshladi. O’zini nomusini yangi yoqotgan qizchadek his qilardi. Mahallasiga qaytib borsa hamma uni ustidan kulib, ola qaraydigandek. U sharmanda bo’ldim dedi. U uchun hayot mazmuni bo’lgan singlisi fohisha bo’lib yetishibdi. Nahotki sezmadim deb takrorlardi.  Shu zailda tongga qadar yurdi. Yurib yurib o’z uyiga kelib qolibdi. Qo’lida hamon pichoq turibdi. Uni hayoliga singlisini o’ldirish keldi. Bu sharmandalikdan, fohisha singlisidan uni murdasi afzal dedi. Eshikda qulf yo’q, demak singlisi uyga kelgan. Uyga kirdi. Uni onasi kutib oldi. Endigina kelgan ekan. Qo’lidagi sumkasini qo’ymagan ham. O’g’lini ahvolini ko’rib qo’lidagi sumka yerga tushib ketdi. Akmal onasiga qarab: "Ona siz meni usti boshimni ko’rib hayron qolib qo’rqib ketdingiza? Ha men odam o’ldirdim. Hozir odam o’ldirib kelyapman. Shuning uchun usti boshib shu ahvolda (Qo’lidagi pichoqni yerga zarb bilan urib sanchib qo’ydi). Ona agar siz hozir ichimni ham ko’rganingizda edi... qo’lingizdagi sumka emas, o’zingiz yerga tushib ketardingiz. Meni kechiring. Biz sharmanda bo’ldik (Bu payt ona yerga cho’kkalab o’tirib qolgandi). Onajon meni kechiring. Sizga munosib o’g’il bo’la olmadim. Oq sutingizni oqlay olmadim. Meni kechiring” dedi. Ona hamon bir nuqtaga tiklib o’tirardi. U nima bo’lganini endi endi anglab yetayotgandi. Uni o’g’li qotil bo’lgandi. Qo’li qonga belangandi. U nega bunday bo’lganini tushunmayotgandi. Gapirishga majoli ham yetmadi. Zo’rg’a qaltirab "nega?” deya oldi. Akmal eshikka suyangan holda: "Siz ish-ish deb bolalaringizni to’liq tarbiyasini esdan chiqardingiz. Siz bizga irodani o’rgatmadingiz. Nafs quli bo’lib, nima qilayotganimizni esdan chiqardik.  Mana oqibati. Nargizaga e’tibor qilmay qo’ydingiz. U fohisha bo’lib ketibdi. Men uni ushlab oldim. (Ona tamom bo’ldi hisob, yuzidan rangi qochdi.) Siz meni kechiring. Ona men odam o’ldirdim. Meni endi qamashadi. Yana bir bor bergan oq sutingizga rozi bo’ling” dedi. Shu payt eshik taqillab, eshikdan Militsiya xodimlari kirib kelishdi. Akmalni qamoqxonaga olib ketishdi. Yerda qotib qolgan onaizor hamon tikilib o’tirardi. O’g’limni olib ketmanglar deb yig’lashga ham holi qolmagandi. Qancha vaqt o’tirdi bilmadi. Sal o’ziga kelib, o’rnidan turdi. Uy ichkarsiga tebrana tebrana keta boshladi. Ona ichkarida qo’lini tomirini kesib, o’lib yotgan qizi Nargizani murdasi borligini bilmasdi... bu zarbaga chiday olmadi. Eshik ostiga yiqildi... farzandlarini rohatini ko’raman degandi. Lekin u do’g’ini ko’rdi. Shu alamlar bir bo’lib ko’kragida qattiq o’g’riq bo’ldi. Qancha vaqtdir eshik ostida yotdi. Turg’azadigan o’g’li endi yo’q. Og’ziga suv tomizadigan qizi yo’q. Onada alam o’ti ko’kragida yondi. Allohdan qilgan gunohlari uchun kechirim so’radi. U qilgan xatolarini anglab yetishga ulgurmadi. Joni uzildi...

Akmal qamoqxonada darchasidan kirayotgan yomg’ir tomchilarini yuziga tushishidan zavqlanardi. Yuzidan yomg’ir oqishi huddi uni onasi silayotgandek bo’lardi. Yuzidagi yomg’ir tomchilariga ko’z yoshlar hamrohlik qila boshlashdi. Bo’g’ziga bir nima tiqildi. O’kirib yig’lab yubordi. Yig’lab yerni urardi: "Neeeegaaaaa? Nega unday qilding. Ahir jonajonim endingku! Meni beg’uborim edinku!!! Men senga yomonlik qilmasdimku!!! Nega onamni ham olib ketding? Men yo’lg’iz qoldimku...

P.S. Bir qaraganda hayotimizdagi oddiy holatdek ko’risnishi mumkin. Lekin birgina noto’g’ri qadam uchun 3 kishini umri zavol bo’ldi. Bu yerda kimni ayblash mumkin? Hamma har hil varyantni etishi mumkin. Kimdir akani odam o’ldirganlikda, agar u odam o’ldirmay, uyga singlisini ortidan kelganda singlisi o’lmasdi, o’zi qamalmasdi deyishi mumkin edi deydi. Kimdir singilni. Kimdir onani to’g’ri tarbiya bermaganlikda...  hammani o’z fikri bor, o’z qarashi bor. Hozirda qizlarni ko’p iffatini saqlay olmay nafs quliga aylanishmoqda. Agar qizlar bu yo’lga kirmasa yigitlar hech narsa qila olmaydi... yigitlar ham nafsini tiyishi kerak edi. Bu yo’lga kirganlarda iroda yetishmaydi. Irodasi kuchli bo’lsa, sabrli, o’zini turli qiyishiq yo’llardan saqlay oladigan bo’lardi. Ona tarbiyasiga kelsak. Uni ayblash mushkul. Hamma ona farzandim yomon bo’lsin demaydi. Tuni kun farzandim boshqadan kam bo’lmasin deb yelib yuguradi. Shu orada tarbiya ham berishi kerak. Yosh bola xato qilsa onani ayblasak bo’ladi. Bola yoshlik qildi, ota-ona yahshi tarbiya bermabdi deya. Endi katta yigit kishiga, qizga bunday deb bo’ladimi? Uylantirsa, turmushga chiqarsa bolalik bo’lib, o’zini bolasiga tarbiya beradigan bo’lsa! Katta bo’lgandan keyin u o’ziga o’zi tarbiya berishi kerakmasmi? O’zi oq va qorani ajrata olish kerakmasmi? Kim aybdorligini topish kerakmasdir. Balki to’g’ri xulosa chiqarish kerakdir. Kimdir bu xatolarni takrorlamasligi uchun harakat qilish kerakdir. Kim biladi. Taqdir kimga nimalarni hozirlagan ekan...

(C) Giyos@mail.ru

Просмотров: 9019 | Добавил: Giyos | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Flag Counter