Пятница, 19.04.2024, 20:09
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Sayt menyusi
Kirish joyi
Izlash
Taqvim
«  Декабрь 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31
Bizning so'rov
Hikoyalarim yoqdimi?
Umumiy javoblar: 51
Hisobot

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » 2012 » Декабрь » 3 » Baxt tiladim, lekin baxtlimisiz deb so'ray olmayman.(monolog)
00:07
Baxt tiladim, lekin baxtlimisiz deb so'ray olmayman.(monolog)

Baxt tiladim, lekin baxtlimisiz deb so'ray olmayman.

"Salom. Nimalar qilayapsiz? O’qishlaringiz yaxshimi? Manda hammasi zo’r. Bu pochta adresimga oxirgi kirishim. Siz bilan xayrlashib ketay deb kirdim. Hudo hohlasa bir necha kundan keyin to'y. Oshga keeeling. Ja hursand ekan deb o’ylashingiz mumkin. Ha albatta hursandman... Kuyov bola to’ydan keyin, barcha tanishlardan yani (yigtladan) aloqani uzishimni aytdilar... Siz bilan qurgan shirin suhbatlarimizni doim bir hayajon bilan eslayman, siz yaxshi do’st boldingiz. Rahmat. To’y shu yerda bo’ladi......”

 

Salom. Tabriklayman. Chin dildan. Juda hursand bo'ldim. To'y? Usha yerdami? Yaxshi xabar ham  eshitar ekanmanku. Lekin shu paytgacha rosa ko'p baxt tilaganman). Mana bunaqa deyrdim. "Man ko'chada sizni ko'rganimda, kulib turib baxtliman desangiz, man baxtliman va hursandman” deyrdim. Lekin sizni ko’rganda baxtlimisiz deb ayta olmayman. Chunki sizni umuman ko’rmaganman. Ko’rsam ham tanimayman. Siz mani rasmimni ko’rgansiz. Ko’chada ko’rganingizda taniysiz. Chunki man hammadan ajralib turaman. Agar ushanda hohlasangiz, faqat baxtli bo’lsangizgina, mani to’xtatib, "ushaman, siz bilan internetda shirin suhbatlar qurgan” desangiz bo’ldi. Ushanda sizni taniyman. Ungacha... Ming bora ko’rsam ham, yoningizdan sizga qarab o’tsam ham tanimayman. Baxtlimisiz deb so’ray olmayman.... Esingizdami? Bir marta suhbatimizda man, internetni, internetdagi suhbatlashayotganlarni poyezd bekatidagi yo’lovchiga o’xshatgandim. Hamma yo’lovchilar gaplashib o’tiradi. Kimnidir poyezdi kelsa, turib ketadi. U suhbatlashayotgan yo’lovchi qolib ketadi. Keyinroq boshqasi bilan suhbatlashishi mumkin. Keyin u o’z poyezdida ketadi. Avvalgi suhbatdoshi ham qaytadi. U ham.... Shu zaylda kunlar o’tadi. Kimdir qaytmaydi.... deb o’xshatgandim. Shunda siz "Agar hohlasangiz siz bilan, sizni poyezdingizda ketardim” degandingiz. Afsuski man keta olmasdim siz bilan birga. Mana endi o’z hamrohingizni topib, o’z poyezdingizda ketayotgan ekansiz. Faqatgina bu bekatga qaytmaydigan bo’lib. Bekatga olingan barcha chiptalarni tashlab yubordingiz. Mani ham qaysidir poyezda, kimdir kutib turgandir. Birga ketamiz deb. Qachon kelarkin usha poyezd. Juda yaqin qolgan bo’lsa kerak... Siz manga baxt tilamadingiza? Bugun bo’lmasa ertaga poyezdim kelardiku. Baxt tilang, siz baxtlimisiz deb so’ray olasizku.....

Просмотров: 1416 | Добавил: Giyos | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 10
10 bek88  
Daxshat omad.

9 Hilola  
Baxt tiladim, lekin baxtlimisiz
deb so'ray olmayman.
3 marta ketma ket o'qibman,
qziq manham bizham, bir kun mana shu gapni so'ray olarmikanmiz?
Bizga ham bir kun,aniq manzillar,tanish raqamlar begonaga aylanganda
Baxt tilaymizu ammo,baxtlimisiz deya soray olamizmi,?
Bizning ham poyezdlarimiz kelganda chin qalbdan baxt tilay olamizmi?
Qiziq kimning poyezdi birinchi kelarkan?
Uni aytishi bo'yicha maniki birinchi kelarkan,man o'shanda sanga chin qalbdan baxt tiliman,mani poyezdimga hali kamida 4 yil bor...
...

7 Loading  
Klass brat!

6 Hilola  
Bugun 10-marta öqishim.
Bugun sal kayfiyatim yöqroq edi.
Odnoklassnikiga kirib,saxifamni közdan kechirdim.yaqin bir ikkita 'druzya'larimni juma bilan tabriklayotsam sms kelipti.
-HILOL örtojon nima bövotti sanga-a?
Örto böldi sqlma.
Biron nimaga chalg'i!

Hayron bölgancha söradim:
-tinchlikmi?biron kimni xafa qildimmi,bilmasdan?!

-yö xafa qmadin statusingda yozgan manologga etvomman,sqlmagin,hammasi yaxshi böladi)

tög'risi nima yozishni bilmay 'hmmm' db yozvorimman...

Man axir Giyos yozgan monolog db yozib qöygandim.
Umuman olganda bu monolog nafaqat manga balki köpgina druzyamdagilarga maqul kelganini shaxsiy xabarlarida aytishdi.
Sizni har statuslaringizni közda yosh bilan öqiyman,özingizning hayotingizmi-a?Xudo xoxlasa baxtli kunlariz keladi dyshadi va yana özlarini xotiralari bilan bölishishadi.
Nima dyishga xayron qolaman)

8 Giyos  
Haa)))
Manga ham maslahatlar berishgandi))

5 Hilola  
yana bir nimala dmoxchman.
Hozirda ko'pchilik aholini dardi yoritilgan bu monologni qayta qayta oqib bir nimala degim keladyu lekn
baxt albatta keladi
) Bahtni kuting u albatta
keladi !
Xudo xoxlasa!

4 Hilola  
intrnetdagi ekanu...
Lekin yaxshi chiqibdi boshqa hech nima demiman.

3 Shahzod  
Ajoyib ) Bahtni kuting u albatta keladi !

2 Xusan_uz  
Mani xayotimga o'xshab ketarkan ...

1 Xusan_uz  
Gap yo'q! Qoil

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Flag Counter