Суббота, 20.04.2024, 06:27
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Sayt menyusi
Kirish joyi
Izlash
Taqvim
«  Август 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Bizning so'rov
Hikoyalarim yoqdimi?
Umumiy javoblar: 51
Hisobot

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » 2013 » Август » 27 » 50 km. (Qiriqqiz bulog’i)
03:00
50 km. (Qiriqqiz bulog’i)

50 km. (Qiriqqiz bulog’i)

 Ertalabdan onamni ovozlarini eshitib uyg’onib ketdim. Nima deyotganlarini boshida anglay olmadim. Sal uyqim o’chib, o’zimga kelganimda, ular meni uyg’otayotganliklarini bildim. Erinibgina uyg’ondim. Kechasi, kechroq uhlagandim. Soatga qaradim. 5 bo’libdi. Yoz bo’lgani uchun kun allaqachon yorishgan. Gandiraklab, esnab hovliga chiqdim. Yorug’ ko’zimni qamashtirdi. Ko’zimni yumib oldim. Onam hovlida turgan ekanlar.

-          Turdingmi "Toychog’im”.

-          Ona. Axir qanaqasiga toychog’im. Men 25 ga kirdim. Ertaga uylantiraman deyotgan bo’lsangiz.

-          Mayli, unda ot. Otsan.

-          Uff. Odammizku. (kulib qo’ydim).

-          Mahalladagilar tog’ga ketishayotgan ekan. Senam birga borib kel.

-          Men tog’da nima qilaman?

-          Aylanib kelasan? Havo almashtirib.

-          Sizam borasizmi?

-          Yo’q, men bora olmayman. Dodangni ko’rgani borishim kerak. O’rnimga sen borasan.

-          Borishim shartmi? O’rnimga kimdir boraversin. O’zi qaysi tog’ga ketayapmiz?

-          Qiriqqizga.

-          Qayerga? Qayerda ekan u? Meni 40 ta qiz kutib oladimi? (Kulib qo’ydim)

-          Joyni nomi shunaqa. Qiriqqiz bulog’i. Usha buloqlardan suv olib kelasan. Idishlarni tayyorlab qo’ydim.

-          Do’kondan, mineral suv olib, ichib qo’ysak bo’lmaydimi?

-          U suv, har hil kasallikka da’vo ekan. Borib olib kel!

-          Bo’ldi. Hop dedimku.

-          Yuzingni yuvib, choyingni ichib ol. Keyin ketasizlar. Avtobus keladi.

-          Kecha etsangiz bo’lardiku...

-          Gapni ko’paytirma. Tezroq bo’l. Qolib ketasan bo’lmasa.

 

Nonushta qilib, safarga kerakli narsalarimni olib, avtobus kelishi kerak bo’lgan joyga bordim. Mikroavtobus turibdi. Ichida 4 ta xotin o’tiribdi. Salom berib, avtobusni oldi o’rindig’iga o’tirdim. Keyin qolganlar kelib o’tirishdi. Hammasi ayollar. Bitta ham erkak yo’q. Hartugul haydovchi bor. Onamga ham hayronman. Shuncha xotin-halajni ichiga meni tiqib yubordilar. Undan ko’rasi, men dodamni ko’rib kelsam bo’lardi. Soat 6-30 larda mashina qo’zg’aldi. Qiriqqiz qaydasan deya, yo’lga tushdik. Haydovchidan uni qayerda ekanini so’radim. Uni aytishicha, Olmaliq shahridan 4-5 chaqirim uzoqlikda ekan. Ha. Toshkent viloyati, Olmaliq shahri. Bahonada u tomonlarini ham ko’rib kelaman. Ko’p tanishlarim bor edi. Hozir qaysi birini topaman. Keyin shuncha xalq, men tanishlarim bilan so’rashishimni kutib turishmaydiku. 1,5-2 soat deganda, Olmaliq shahriga yetib bordik. Ajoyib tabiat. Uzoqdagi zavod minorasidan chiqib turgan tutunni ko’rasiz. U atrofga tarqalmoqda. Har holda havosini toza deb bo’lmasa kerak. Har holda odamlar shu yerda yashab, ishlashayaptiku! Biz oddiy bir mehmonku. Olmaliq bozori yonida to’xtab, haydovchi, shu yerdagi haydovchilardan, Qiriqqiz bulog’iga boradigan yo’lni so’rab oldi. O’zi ancha oldin kelgan ekan. Yo’l esidan chiqibdi. 25 minutlar deganda, cho’lu adir orasiga kirib bordik. Bug’doy o’rilgan. Somonlar preslanmoqda. Hamma yoq sap sariq. Yashil o’tni uchratish qiyin. Dala bo’ylab kirib ketayapmiz. Tog’ga boramiz deyishgandi. Tog’ ko’rinmaydi. Uzooooqda ko’rinayapti. Faqat u yoqqacha bormasak kerak. Sekinlik bilan, bitta mashina sig’adigan yo’l bo’ylab, kira bordik. Ajoyib manzara ko’rindi. Katta chuqurlik. Ichi daraxtzor. Sekin kirib borayapmiz. O’ylayapman. Hech kim bo’lmasa kerak deb. Odam ko’rinmaydigan joylarda. Yo’l pastga tusha boshladi. Keyin avtomabillar turar joyi ko’rindi. Yo’q, ko’p mashinalar bor ekan. Adashibman. Mashinadan tushdik. Olib kelgan narsalarimizni ko’tarib, o’tirish uchun, mo’ljallangan joylardan biriga bordik. Shu kuni qandaydir tadbir bo’layotgan ekan. Bir ayol, ravon so’zlab, mehnat ahlini maqtamoqda. Atrofga qarasam, yo’lakda 4 ta stol turibdi. Ular har hil bezatilgan. Birida, qo’lda yasalgan, hunarmandlik buyumlari. Birida, non mahsulotlari va bug’doy, birida mevalar. Birida esa qishloq ahlini tadbirlardagi rasmlari. Qiziq, hosil bayramini qilishayotganmikan? Tadbir bo’layotgan joyga yaqinroq bordim. Mikrafonni bir qiz oldi. Adashmasam, boshlovchi. Ha, bu safar adashmadim. Boshlovchi ekan. So’zni, maktab rahbariga berdi. Boshlovchi qizning nutqi.... Takrorlanmas... Yoqimli... E’tirobor tortadigan... mayin... shirin... Bundan gapiradigan qizni, avval uchratmagandim. Husni ham chiroyli. Bo’ylari balandgina. Sochlarini bitta qilib, o’rib olgan. Qulog’ida ziragi bor, husniga husn qo’shib turibdi. U qiz haqida ko’p gapirib yubordimmi? Nahotki?! Bo’lishi mumkin emas. Uni yoqtirib qolayapmanmi? Rosti ham, men kutgan 40 ta qizni o’rnini bir o’zi bosadigan qiz ekanda. Tanishib olsam, zarar qilmasa kerak. Onamga telefon qilib, kelin topdim desammikan?... Telefonni antenasi yo’qku. Pastlikda bo’lganimiz uchundir. Mayli. Yoniga bordim. Unga sizga bir ikki savolim bor edi, - dedim. U keyinroq suhbatlashishini aytdi. Odob bilan! Qoyil qoldim. Hozir tadbirda yana so’zga chiqar ekan. Suhbatni yarim bo’lib qolishini istamas ekan. Menga, bo’sh o’rindiqlardan biriga o’tirib, tadbirni kuzatishimni so’radi. Kuzatdim. Rasq bo’ldi. 10 tacha bir xil kiyingan qizlar o’ynashdi. Atrofni kuzatdim. Sanasa rosti ham, 40 ta qiz chiqadi. Kam bo’lsa, yosh kelinchaklarni ham qo’shib sanarmiz. Hazil. Gapda. Zerikkanda. Nihoyat tadbir tugadi. Tadbir tugamasa, men tugashim aniq edi. Ungacha yonimda o’tirganlardan, Qiriqqiz haqida so’rab o’tirdim. Ular aytarli, ma’lumot bera olishmadi. Avval ham shu haqida turli, rivoyat, afsonalar eshitgan, o’qigandim. Qayta o’qiyman desam, o’sha o’qigan manbamni topa olmadim. Internetdan ham qidirib, hech nima topa olmadim. Keyin kallamga, shu yer haqida, internetga ma’lumot kiritish haqida fikr keldi. Shunga ma’lumot so’radim. Hozircha hech kim yozishga arzirli ma’lumot bermadi. Attang.  Joyga gap yo’q lekin. Kun issiq bo’lishiga qaramay, bu yer juda salqin. Tepa juda issiq. Bu yer, oqayotgan suv hisobigami, yoki daraxtlar hisobigami, salqin. Havo ham nafis. Shularni hayol qilib o’tirgandim. Boshlovchi qiz kelib qoldi. Kutirgani uchun uzr so’radi. Men gap boshladm.


 Davomi va to'liq forumda (Bu yerga hammasi sig'madi) http://giyos.ucoz.org/forum/3-228-1 ni bosib, yoki ko'chirib o'ting. 

Giyos/FORUM » ASOSIY » HIKOYA VA MONOLOGLAR » 50 km. (Qiriqqiz bulog’i) (Giyos yozgan hikoya) (Hikoya)

Просмотров: 2027 | Добавил: Giyos | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 2
2 bek88  
Bahonada bilmagan joylarimni bilib oldim. Yana shunaqa hikoyalariz bo-lsa kutamiz.

1 bek88  
Ajoyib hikoya ekan.

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Flag Counter