Четверг, 25.04.2024, 14:41
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Sayt menyusi
Kirish joyi
Bo'limlar
Izlash
Bizning so'rov
Saytni qayerdan bildingiz?
Umumiy javoblar: 75
Hisobot

Онлайн всего: 6
Гостей: 6
Пользователей: 0

Каталог файлов

Главная » Файлы » Мои файлы

Lochinbek - Ikki go'dak (dialog)
[ Ko'chirib olish/Скачать (1.20 Mb) ] 26.04.2013, 21:21

Homilador ayolning qornida ikkita go’dak suhbatlashishayapti. Ulardan biri iymonli. Boshqasi iymonsiz. Iymonsiz go’dak:

-         Sen tug’ilishdan keyin hayot borligiga ishonsanmi?

Iymonli go’dak.

-         Ha albatta. Tug’ilishdan keyin hayot borligini hamma tushunadi. Bizni bu yerda ekanimizni sababi, biz keyingi hayotga tayyorlanish va yetilib kuch to’plashdir.

Iymonsiz go’dak.

-         Bo’lmagan gap. Tug’ilishdan keyin hech qanday hayot bo’lishi mumkin emas. Sen tasavvur qilayapsanmi? Qanday bo’lishi kerak?

Iymonli go’dak.

-         Men barcha tavsilotlarni bilmayman. Lekin u yerda yorug’lik ko’proq bo’lishiga ishonaman. Va bo’lishi mumkinki, biz u yerda o’zimiz yura olamiz va o’z og’zimiz bilan yeymiz. 

Iymonsiz go’dak.

-         Bo’lmagan gap! Qanday qilib o’zimiz yura olamiz va qanday qilib o’zimiz yeymiz? Bu kulguli. Bilasanmi, bizni oziqlantiruvchi kindik ichakchasi bor. Bilasanmi, tug’ilishdan keyin hayot mavjud bo’lishi mumkin emas. Chunki bizni hayotimiz kindik ichakchasi. Uyam juda kalta.

Iymonli go’dak.

-         Men tug’ilishdan keyin hayot borligiga ishonaman. Faqat hammasi sal boshqacharoq bo’ladi. Buni tasavvur qilish mumkin.

Iymonsiz go’dak.

-         Lekin u yerdan hech kim, hech qachon qaytib kelmaganku. U yerga chiqish bilan hayot yakunlanadi. Umuman hayot bu qorong’ulikda azob chekishdir.

Iymonli go’dak.

-         Yo’q, yo’q. Tug’ilishdan keyin hayot qanday bo’lishini aniq bilmaymanku, har holda biz, onani ko’ramiz va u bizga g’amxorlik qiladi.

Iymonsiz go’dak.

-         Nima? Onani? Sen onaga ishonasanmi? Qayerda ekan?

Iymonli go’dak.

-         U hamma yerda, bizni atrofimizda. Biz uning ichidamiz. U tufayli biz harakatlanamiz va yashaymiz. Usiz biz mavjud bo’la olmasdik.

Iymonsiz go’dak.

-         Bu bo’lmag’ur gap. Men hech qachon onani ko’rmaganman. Demakki u yo’q.

Iymonli go’dak.

-         Bu gapingga qo’shilmayman. Axir atrofda hamma narsa tinganida, uning kuylashini eshitish mumkinku. Bizning olamimizni silayotganini sezishimiz mumkin. Qat’iyan ishonaman. Bizni xaqiqiy xayotimiz tug’ilishdan keyin boshlanadi. Ona mehribon, men onaga ishonaman. Sizchi?

 

Категория: Мои файлы | Добавил: Giyos
Просмотров: 1168 | Загрузок: 573 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Flag Counter