Пятница, 26.04.2024, 08:29
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Sayt menyusi
Kirish joyi
Bo'limlar
Izlash
Bizning so'rov
Hikoyalarim yoqdimi?
Umumiy javoblar: 51
Hisobot

Онлайн всего: 4
Гостей: 4
Пользователей: 0

Каталог файлов

Главная » Файлы » Мои файлы

Lochinbek&Giyos(text) - Yomg'ir (monolog)
[ Ko'chirib olish/Скачать (3.89 Mb) ] 05.11.2012, 19:51
I


Yomg'irli osmon bermas yomg'ir. Yog'mas sira. Yog' yomg'ir. Yog'a qol. Yuvgin qalbimdagi dardlarni. Yuvgin yurakdagi dog'larni. Qolmasin dilimda armon. Yog'sangchi ey yomg'ir. Ne qilasan meni sinab. Kutaman har tomchingni. Yog'gin sharos quyib, suving bilan ko'mib tashla. Cho'kib o'lay sening domingda... 

Afsus bemehrsan, o'limni ham menga ko'rmading ravo. Dardim ham qoldi bedavo. Sendan foyda yo'q, umid yo'q. Sen hissiz oddiy tomchi. Sen emasman abadi. Vaqt o'tadi, kun o'tadi, yer qariga ketasan shimilib. Seni esdan chiqaraman. Bilasanmi? Sendan to'kilayotgan yaproq yaxshi. Hech bo'lmasa unda dard bor. Mayus bo'lsa ham his bor. Lekin u ham yoshligida bosh egmasdi. Mana vaqt o'tdi, sarg'aydi. Dardga to'ldi. Oxiri yerga to'kildi. Tepani qumsaydi. Qayta olmaydi. Mayus hazon. Shitirlab yordam so'raydi. Hech kim yordam bermaydi unga. Sen mag'rur bo'lma. Mag'rurlik seni yo'q qiladi. . . 


II


Yomg'ir nega bunchalar yig'laysan? Axir hazillashgandimku! Qaragin yig'layverib hamma yog'imni ho'l qilib yubordingku! Ich ichimga o'tib ketdi. Bo'ldida endi. Sen yig'layapsanu, o'zing bilan qo'shib meni ham yig'latayapsan. Ko'z yoshlaring meni ko'zimdan ham oqmoqda. Ko'z yoshlaring mazasini lablarim totmoqda. Bilasanmi? Seni ko'z yoshlaring achiq emas. Men yolg'on gapirgan ekanman. Senda ham hissiyot bor ekan. Senda ham ko'ngil bor ekan. Yig'layverganingdan ko'z yoshlaringda achchiq qolmabdi)). Endi bitta kulib qo'y! 
Seni ko'z yoshlaring hammon sochlarimdan tomib turibdi...


III


Ha yomg'ir! Yana mani yig'latdinga. Endi o'z ko'z yoshlaring mendagi. O'zimni achchiq ko'z yoshlarim. Menga nimani isbotlaysana. Yurakimda ham seni tomchilaring. O'zimga tegding. Mayli indamadim. Soddagina yurakimda nima ayb. Uni ham dardga ko'mish shartmi? Axir sen dardlar yuvguvchi, qalblar yuvguvchi edingku! Exx endi tushundim. Sen o'zgalar dardini olib o'zgalarga ulasharkansan. Qani meni qalbimdagi beg'uborlik. Qani meni soddalik. Kimlarga berding. Bor qaytib olib kel! Kerakmas menga bunday aldamchilik. . . 
Qorong'u kecha. . . Sen va men yolg'iz. Qo'larimni samoga tutgayman. Kaftimda seni tomchilaring. Kechirim so'raydi: "Uzr seni beg'uborligini qaytib berolmayman. Chunki o'zga odam bu bilan hozir baxtli, ular ham baxtli bo'lishi kerakku. Hohlasang o'zgalar baxtsizligi evaziga, qaytib beraman". 
Yooo'q. Menga bunday baxt bo'lsin begona. Mayli yig'layver. Men sen bilan birgaman. O'zing bilan meni ham yig'lataver. 
So'ngi tomching yuragimda abadiy! 
Категория: Мои файлы | Добавил: Giyos
Просмотров: 911 | Загрузок: 126 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
1 Hilola  
buni oqimagan ekanman.
Yomgirni judayam yaxshi koraman.
Ilohiy nemat.
Mana hozir ham yogyapti.
Erta tongdan yog'ishi biram yoqimli. Bilasanmi?
Sendan to'kilayotgan yaproq
yaxshi. Hech bo'lmasa unda dard
bor. Mayus bo'lsa ham his bor.
Lekin u ham yoshligida bosh
egmasdi. Mana vaqt o'tdi,
sarg'aydi. Dardga to'ldi. Oxiri
yerga to'kildi. Tepani qumsaydi.
Qayta olmaydi. Mayus hazon.
Shitirlab yordam so'raydi. Hech
kim yordam bermaydi unga.
Qoyil ichimdagi gaplar yozilganday
Axir sen dardlar
yuvguvchi, qalblar yuvguvchi
edingku! Exx endi tushundim.
Sen o'zgalar dardini olib
o'zgalarga ulasharkansan. Qani
meni qalbimdagi beg'uborlik.
Qani meni soddalik. Kimlarga
berding. Bor qaytib olib kel!
Kerakmas menga bunday
aldamchilik. . .
Qorong'u kecha. . . Sen va men
yolg'iz. Qo'larimni samoga
tutgayman. Kaftimda seni
tomchilaring. Kechirim so'raydi:
"Uzr seni beg'uborligini qaytib
berolmayman. Chunki o'zga
odam bu bilan hozir baxtli, ular
ham baxtli bo'lishi kerakku.
Hohlasang o'zgalar baxtsizligi
evaziga, qaytib beraman".
Yooo'q. Menga bunday baxt
bo'lsin begona. Mayli yig'layver.
Men sen bilan birgaman. O'zing
bilan meni ham yig'lataver.

Men ham yomgir bilan birga,boshqa ilojim ham yoq. . .

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Flag Counter