Четверг, 09.05.2024, 03:55
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Sayt menyusi
Kirish joyi
Bo'limlar
Izlash
Bizning so'rov
Hikoyalarim yoqdimi?
Umumiy javoblar: 51
Hisobot

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Каталог файлов

Главная » Файлы » Мои файлы

Lochinbek&Giyos(text) - Sening hiding (monolog)
[ Ko'chirib olish/Скачать (3.01 Mb) ] 05.11.2012, 19:58
Seni hiding . . . 


Bilmadim u kim edi. Farishtalar odamga ko'rinmasa, odam desam odamda unday fazilatlarni topish mushkul. Farishta deyeshimga yana bir sabab u o'z o'zidan g'oyib bo'lib qoldi. Izsiz yo'q bo'ldi. Hech qayerdan topolmadim. Yuz ko'rinishlari ham yodimdan chiqib ketdi. Hech narsasini eslay olmayapman. Lekin bir marta ko'rsam taniman. Ko'chada hamma qizlarni yuziga qarayman, "u emasmikan" deb. Afsuski begona. Yaqinda uni "hidi"ga o'xshash hid burnimga urildi. Qayerdan kelayotganini qidirdim. Ichimda sevinyapman. Yana uni ko'raman deb. Qidiryapman. Oxiri kimdan kelayotganini topolmadim. Lekin u mani yaqinimda yo'q edi. U yo'q. Butunlay yoqolgan... 
Yana bir qancha vaqtlar o'tdi . . . yana tanish atir hidi! Bo'ldi u meni oldimdan qochib keta olmaydi. Uni hozir topib ushlab olaman. . . Yana men dog'da qoldim. U yo'q. Butunlay. U kelayotgan hid ham yo'q bo'ldi. Armondaman. . . 
Ko'chada yolg'iz o'tiribman. Ko'zim biroz ilindi. Tushimga yana usha hid kirdi. O'o'o' Parij! Dengiz bo'yida sayohat. . . U yonimda . . . Ha yonimda. . . uyg'onib ketdim. Lekin hid hali ham dimog'imda edi. Yo'q hid o'ngimda ham kelayotgan ekan. U meni oldimda bo'lgan. Meni oldimda turgan. Keyin ketib qolgan. . . Lekin qayerga? Hali shu atrofda bo'lishi kerakku. Ana uzoqda bir qiz ketmoqda. Bu aniq usha. . . yaxshi qiz . . . Yo'q. Begona ekan. Bu atirni bitta u ishlatmaydiku. Ko'pku sepadiganlar. Bu atirni nomini ham bilmayman. Bu hidni hidlaram hayolimga faqat u keladi. Faqat u. Birinchi va oxirgi marta ko'rganlarim... Ko'rinishi sal pal esimga ham keladi. 
Vaqtlar o'tdi. . . yana tanish hid. Qayerdan kelayotganiga qaramadim ham. Baribir bekor. U yo'q kelmaydi. Ketgan, butunlay ketgan. Yo'q bo'lgan u. Qaytmaydi endi. . . orqamdan tanish ovoz. . . Qadam tovushlari. . . Oldimda tanish chexra va yana tanish hid! Undan so'radim: " Hidingni, seni hidingni nomi nima!?". . . 
Категория: Мои файлы | Добавил: Giyos
Просмотров: 1148 | Загрузок: 108 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Flag Counter