Суббота, 20.04.2024, 10:19
Hush kelibsiz Mehmon | RSS

Giyos bilan "To'g'risini aytganda" loyihasi - Giyos/FORUM

[ Yangi izohlar · Qatnashchilar · Forum qoidasi · Izlash · RSS ]
  • Страница 1 из 2
  • 1
  • 2
  • »
Giyos/FORUM » ERKIN MAVZU » Do'stim bilan suhbat (DBS) » Giyos bilan "To'g'risini aytganda" loyihasi (Sayyod.uz forumdan ko'chirma.)
Giyos bilan "To'g'risini aytganda" loyihasi
GiyosДата: Суббота, 03.08.2013, 00:33 | Сообщение # 1
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Forumchilardan kelgan savollarni BOBO berib boradilar.

1.Узингизни кискача таништириб утсангиз

Man G'opporov G'iyosiddin Ziyaviddinovich. 1988 yil 25 yanvarida Toshkent

shahar Sergeli tumanida tug'ilganman. Hozirda Toshkent Tibbiyot

Akademiyasi, Tibbiy-pedagogika fakulteti 6 kurs talabasiman.



So'ngi rasmlarimdan qo'ydim. 1 chisi Qiriqqiz bulog'ida tushilgan. Yaqin

kunlar shu haqida yozib o'taman. 2 rasmda tog'amnikida hashar. Yonimdagilar

tog'imni o'g'illari. 3 rasmda kanikul boshlanganda, britva bilan urishib

qolib yurgan paytimda tushgandim. Qo'limda Sokina. 4 rasm.... O'ylanib

o'tiribman. Bugun qanaqa savollar kelar ekan deb)))

Цитата (БОБО)
2. Asarlaringiz qahramonlarini hayotdan olasizmi?

Aralash, Ba'zilari hayotdan. Ba'zilar to'qima. Ko'proq hayotdagi

qahrammonni to'qima turini yasayman.
Цитата (БОБО)
3. Tasavvur qiling, sizni biror-bir kompaniyaga boshliq etib

saylashdi. Ishni nimadan boshlaysiz?

O'zimni tanishtirishdan. Xodimlar bilan tanishishdan. Va qoidalarni yana

bir bor eslatib qo'yishdan. Tushinib ishlashni aytishdan.
Цитата (БОБО)
4. Hayotda nimani yo'qotishdan qo'rqasiz?

Ota onamni va yaqinlarimni. Oxirida sog'lig'imni. Odam shularsiz biror

narsaga erisha olmaydi.
Цитата (БОБО)
5. Shahar ko'chalaridan biriga, katta bannerga o'zingiz

xohlagan narsani ifodalash imkoniyati berildi. Nimani tasvirlagan

bo'lardingiz?

Sayyod.com "Qon topshirish" hayriya aksiyasini tasvirlatardim. Ayni damda.
Цитата (БОБО)
6. Nimadan afsuslanasiz?

O'zi kam afsuslanaman. O'tib ketgan narsadan afsuslanish to'g'rimas.

Qaytaga xatolar ustida o'ylab, kelasi safar qaytarmaslik kerak.

Afsuslanishim, ko'p bekorchi vaqtni behuda o'tkazib yuboraman. Foydali ish

qilmayman. Shundan afsuslanaman ko'proq.

Цитата (БОБО)
7 савол. Айтишларича Гиёс уз мухаббати учун курашмаган. У киз

хозир оилали. Буйи узун хар томонлама Гиёсга мос булган экан. Нега

мухаббати учун курашмаган. Ёки унга кимдир ёки нимадир тусик булганми?


U paytda hali yosh edim. Keyin uni yoqtiramanmi, sevamanmi hali bilmasdim.

Keyin uni manga bo'lgan tuyg'usi qanaqa ekanini ham bilmasdim. Aytgani

qo'rqganman. Balki kech qolgandirman. Chunki to'yi bo'lib ketgan. To'ydan

keyin bu yoqtirish emasligini bilganman. Va 2 oydan qayta o'zimga

kelganman. Man u payt, hali uylanish haqida uydagilarga aytishga yoshlik

qilardim. Endi 21 ga to'lgandim. Yaxshi qiz edi. Hozirda qizchasi bor.

Manimcha o'sha payt aytishim kerak edi. Aytgandimam, hazillashib. Jiddiy

aytishim kerak edi. Taqdirda yo'q ekan, nasib bo'lmagan. Hayot hali

oldinda)

Цитата (БОБО)
8 савол. Нега айнан бошкаларга савол бераётганингизда купрок

елгонга таянасиз ёки узингиз ичингиздан уйлаб топасизми купрок?

Yolg'onga tayanmayman. Bo'rtiraman. Oshiribroq ko'rsataman. Manda usha

savol haqida kichkinagina ma'lumot bo'lsa, yatarli. Uyog'i hikoya))

Цитата (БОБО)
9савол. Буйингизни узунлиги сизга панд берган вактлар хам

булганми?

Pand bermaganu, bir hillarida boshimni qattiq urib olsam, jahlim chiqadi.

Keyin bozorda o'zimga mos kiyim topishga qiynalgan paytimda jahlim chiqadi.

Lekin bo'yi balandlikni yutuq tomonlari ko'p.

Цитата (БОБО)
10 савол. Форумда хамма биладики Гиёс жуда тез гапиради. Хеч

тез гапирганингизда тилингизни тишлаб олган вактингиз хам булганми?


Savol egasi, manga taqlid qib, tez gapirib, keyin tillarini tishlab

olgandan keyin shu savolni o'ylab topgan bo'lsalar kerak))))) Manda unaqa

bo'lmagan)

Цитата (БОБО)
11 савол. Тасаввур килинг Гиёс Узбекистонда сохаларни

ривожлантириш яъни молиявий томонлама рахбар булдингиз. Энг биринчи кайси

сохани ривожлантирган булардингиз. Яъни эътиборни ва сармояни асосан кайси

сохага сарфлаган булардингиз?

Tibbiyotga. Sog'liq bo'lgan joyda, hech qanday muammo bo'lmaydi.

Цитата (БОБО)
12. Хаётда нимадан қўрқасиз?

4 savol bilan o'xshash ekan. Javobi bir hil.

Цитата (БОБО)
13. Жуда ҳазилкашсиз, бировнинг устидан кулиб ҳам турасиз.

Сизнинг ҳам устингиздан ўзингиз жавоб қайтаролмай қоладиган даражада

кулишган пайт бўлганми? Вазиятдан қандай чиққансиз?

Ha. Bunday holatlar bo'lib turadi. Kayfiyatim yo'g'ida, hech narsa degim

kelmay qolganda bo'ladi. Yaxshisi indamayman. Gapirib qolaveradi. Ertasi

kuni mani galim keladi keyin))

Цитата (БОБО)
14. Молларимга қарай, деган пайтингизни эшитганмиз. Сиздан мол

ҳиди келяпти, деб қизлардан танбеҳ эшитмаганмисиз?)))

Man uyda mol boqaman. Chunki boshqa ishim yo'q. 10 yoshimdan beri boqaman.

Unaqa gap eshitmagaman. Chunki man molxonaga ko'cha kiyimida kirmayman.

Цитата (БОБО)
15. Форумда энг ҳурмат қиладиган форумдошингиз борми? Ҳурмат

қилмайдиганингизчи? айта оласизми?

Ha, bunday forumdoshlar ko'p. Ko'pchilikni aytishim mumkin. Hurmat

qilmaydiganlarim yo'q hisobi. Lekin bor. Ismlarini ayta olmayman.

(Qo'rqaman)))

Цитата (БОБО)
16 савол. Емаган сомсангизга пул тулаган вактларингиз

булганми?

Ha, bo'lgan. Lekin boshqa yo'l qolmagandan keyin, majbur bo'lgandam

to'laymiz. Lekin kam bo'lgan.

Цитата (БОБО)
17 савол. МС ни нега халигача китоб холида чикартирмадингиз?

Крилл вариантини хам якинда олибсиз. Умуман МС хакида фикр, максадлар

канака?

Kitob qilib chiqarmoqchi edim. Lekin uni varroqlari ko'p ekan. Keyin

xatolari ham ko'p. Uni to'g'rilaguncha, sochim to'kilsa kerak)). Lekin

chiqarsam, kam tirajda chiqardi. Hammaga yetmasdi. Shu sababli chiqarish

fikridan qaytib, o'rniga 12 ta hikoyani chiqarmoqchiman. Hozir hikoylar

yozuvchilar uyushmasida. MS ni kiril varyantini Bek8111 (Bekzod aka)

tayyorlab berdilar. Fursatdan foydalanib, yana ularga rahmat aytib qolaman.

MS ni endi gazetaga chiqarmoqchiman. Hordiq gazetasiga olib bordim. 3 kunda

ko'rib chiqamiz deyishdi. Bugun fikrlarini aytishlari kerak edi. Telefon

qilganimda majlis ekan. Keyin qayta telefon qilmadim. Ertaga qilaman. Agar

ularni badiy kengashidan o'tsa, chiqadi. O'tmasa boshqa gazeta eshigini

taqillataman.

Цитата (БОБО)
18 савол. Асосан угил болалар билан гаплашганда лугатингиздан

кайси сузларни купрок ишлатасиз. Вахоланки кизлар билан гаплашганда бу

сузларни умуман ишлатмас экансиз? Бу сузларни эшитган форумдошлар хам бор

экан


Har hil. Vaziyatga qarab. Ko'cha tilida ham gapiraveraman. Lekin kam

ishlataman. Salomiga yarasha alik beraman ko'proq. Ommaviy joylarda yomon

so'zlarni ishlatmayman.

Цитата (БОБО)
19 савол. Идеалилаги кизни учратишни хамма йигитлар хам орзу

килишади. Сизни идеалингиздаги аёллар ва кизлар бизни форумда хам бор экан.

Хозир идеалдаги кизни топиш амримахол. Сиз идеалингиздаги кизни айнан кайси

хислатини ёки одатли булишини хохлардингиз?


Manga uni hislati va odati shart emas. Mani yarimta gapimni ham tushunib

olsa, shu kifoya. Hislat odatlari o'zgartirsa boladi. Tushunmaydiganini

tushunadigan qilish amrimahol)) Endi qizlarni kitobda yozilgan zo'r

hislatlarini sanab o'tirmadim.

Цитата (БОБО)
20 савол. Айтишларича укишни тугатиб уйланганингиздан кейин

форумни вактинча тарк этаркансиз? Бунга сабаб нима? Оилангизми?

Bunaqa bo'lmasa kerak. Tark etmasamam, kamnamo bo'lishim mumkin. Ish va

oiladan ortmay qolsam. Endi Vijdon (Jamshid aka) ga o'xshab, 1-8 oy

komandirovkaga ketmayman))

Цитата (БОБО)
21 савол. Модераторлик хукуингизни суистеъмол килган

вактларингиз хам булганми?

Yo'q. Unday bo'lmagan. Man forumda oddiy userdek yurishga, hamma bilan teng

bo'lib yurishga harakat qilaman. Hech qayerda man moderman deb maqtanmayman

ham. Lekin kimdir majbur qilsa, moderator ekanimni eslataman.

Цитата (БОБО)
24 савол. Сизнинг шахсий хурматингизга сазовор булган Форум

устунлари, яъни форумга озми купми хиссаларини куша олган 10 та усер.

(Бемалол санайверинг хеч ким хафа булмайди)

Qiyin savolda. Mayli, sanayman. tartib son qo'ymayman. Hammaligi birdek.
Anvarbek, toxaclub, oybek aka, Komol aka, Faxriddin, Loading, BOBO,

Bek8111, Vijdon, Dilshod_A, Xasan Xusan, Futbolchi yigitlar. (Qizlarimizni

yozmadim). Ko'proq joy berganilarda yozardim)) Umuman hammani forum ustuni

deb bilaman. Har kimni o'z o'rni bor.

Цитата (БОБО)
25 савол. Форумда хикоя ва шеър ёзганларни куролмаслик

одатингиз бор дейишади. Бу ростми? сизга ёкмаганини интернетдан излаб,

кучирилганми йукми деб излаб кураркансиз? Бу куролмаслик одатингизданми?

Нега булмаса кидирасиз?

))) Ko'ra olmaganimda qanday o'qirdim. Yoqmaganini o'qimayman. Yoqqanini

o'qiyman. Keyin o'zi yozganmikan deb qidirib ko'raman. Agar o'zi yozgan

bo'lsa iliq fikrlar aytmoqchi bo'laman. Keyin boshqa forumdoshlar ham

ko'chirilgan deb aytishadi. LS da. Shunda o'zim yana qidirib ko'raman.

Masalan, Bekzod aka qo'yayotgan hikoyalar menga yoqdi. Qiziqarli

hikoyalarga qo'yayaptilar. Bu mavzuda boshqalar yozgan hikoyalar qo'yiladi.

Shunday bo'lsada uni ham qidirib ko'rganman. Manbasini topa olmaganman

lekin. Bu haqida ular bilan bo'lgan DBS da ham aytib o'tgan edik.
O'zi yozganlarni ko'ra olaman va ularni qo'llab quvvatlayman. Lekin

ko'chirib, o'zim yozdim deganlarinimas.

Цитата (БОБО)
26)Forumda,forum uchrashuvlarida juda"chuvstvo yumora"si kuchli

odamsiz,oila davrasida ham shunaqamisiz?oliygohdachi?bu xislatiningizga

e'tiroz bilan qaraganlar bo'lganmi?

Uyda kamroq. Chunki gapirishimga imkoniyat kam. Uyda bo'lganimda ko'p

vaqtim xonamda o'tadi. Keyin uydagilar bilan ko'proq jiddiy mavzuda suhbat

bo'ladi. Oliygohda har hil. Kimnidir boshi og'riyotgan bo'lsa, boshimni

og'ritib yubording deb, e'tiroz bildirishi mumkin.
Цитата (БОБО)
27)Botir

Qodirovning"Aldamadim"taronasini aytganingizdan keyin,sizni Sayyod.uzga

a'zo ekanligingizni bilmaganlardan"bu sizmi G'iyos"degan savol oldingizmi?


Loading Sayyodga jo'natgan buni. Ko'proq mani fikrimni eshitmoqchi

bo'lishgan. Tanimaganlardanmas, sal taniganlardan Abbosbek soch

yoygandilar. Odnoda, kommentda. Ular Botir Qodirovni ashadiy muhlislari

hisoblanadilar. Bunday ijroni hazm qila olmay, bor dardlarni chiqarib

yubordilar. Buni atilatdan etilgan deb o'yladilarmi... Keyin 10 marta

aytganman. buni forum uchrashuvida o'zim uchun etganman deb. Kech yetib

borgan... Kommentlarida Bu Botir Qodirovmas deb yozilgan joyi ham bor edi.

Bo'lmasa Sayyod yozgandi. Forumchi aytgan deb. Menimcha o'qimaganlar bu

joylarini...

Цитата (БОБО)
28)Sayyodning to'yida kelin guldastasini siz ilib olgan

edingiz,shu gulni nima qildingiz?

Guli so'lidi... Keyin ketdi. Tagidagi ushlaydigani, suvinerlarim orasida

turibdi. Bu esdalik)

Цитата (БОБО)
29)Varrak-shoudan keyin mahallangizdagilardan e'tirozlar

bo'lgan bo'lsa kerak...bu e'tiroz qanday edi?

quvlashganmi,do'pposlashganmi?yoki burama shokoladdan bahramand

bo'lganmisiz?

E'tirozlar asosan, nega chaqirmading edi. Unga javobim tayyor edi.

Chaqirgin deb aytganmiding? deyrdim. Bo'ldi, tinchidi...

Цитата (БОБО)
30)Ota-ona farzand uchun....davom ettiring

Ota ona farzand uchun eng birinchi o'rinda.

Цитата (БОБО)
31)Keyingi"DBS"kim bilan?(Hali aniq emas,kim hohlasa,o'ylab

ko'rmadik-degan javob bo'lmasin).

Keyingisi, Ro'za tugagandan keyin. Lekin kim bilan ekanini aytmayman.

Doimgidek.))

Цитата (БОБО)
32)Bir jiyanchangizni ismi"Sokina",bu ismni"Dilrabo"ga

havasingiz kelib qo'yganmisiz,yoki bu ismni unga ota-onasi

"Dilraboni"bilmasdan qo'yishganmi?

Dilraboga havas qilib qo'yganman. Ota onasini oldida Sokinani kitobdan

topib berganman. Keyin shu ismni qo'yamiz deb aytganman. Boshqa ismlar

bilan ovoznomada yutib chiqqan va qo'yilgan. Ozgina o'tib, xolamni qizi,

meni oldidan Sokina ismli tanishim borligini onamga aytgan.

(Odnoklassnikida Sokinani hikoyalarini qo'yganimda o'qigan ekan). Shundan

bilishgan. Bo'lmasa keyinroq bilib olishardi. Internetda agentlari ko'p))

Цитата (БОБО)
33.Birinchi forumga kelgan paytingizdagi userlar bilan,hozirgi

kundagi userlarni farqi nimada?(yangi,eski degan gap yo'q bizda-degan

javobingiz qabul qilinmaydi,aniq,to'liq javob berishga harakat qiling)

Birinchi kelganimizda forum yangi edi. Oppoq qog'oz. Hech kimni tanimasdim.

Meni ham tanishmasdi. Hozir esa, avval kelgan forumchi haqida forumdan

bemalol ma'lumot topish mumkin. Yengi kelgan userlar uchun bu +. Oldin

hamma bilan gaplashardim. Hozir esa unaqa emas. MailAgentim deyarli o'chiq.

Цитата (БОБО)
34)Odnoklassniki.ru saytida,bir statusingizda"ota-onam aytgan

qizga uylanaman,mani orzularimdan ularniki muhim,ular ham dunyoga bir

martta kelshadi"degan ma'nodek status yozgan edingiz...Deylik,ota-onangiz

aytgan qizga uylandingiz ham,lekin bir-biringizni tushuna olmasangiz nima

qilasiz?

Menimcha onam, men yo'q deganimni majburlab olib berishmaydi. Shu sababli

tushunmovchilik bo'lmaydi. Agar shunday bo'lsa, ko'nikishga harakat

qilaman. U ham ko'nikadi. Keyin o'rganib ketamiz)))

Цитата (БОБО)
35)Forum ochilganidan 1yil vaqt o'tgan bo'lganda ham,bot-

bot"mavzu ochinglar"degan gapni takrorlar edingiz,o'sha vaqtda

o'ylaganmisiz,hozirgi kunda shunchalik mavzular ko'payib ketishini?

Ha albatta o'ylaganman. Lekin bunaqa sekin emas. Boshida meni rejam

bo'yicha 2 oyda shunaqa bo'lib ketishi kerak edi... U paytda yosh edim.

Kaltaroq o'ylaganman)) Internetda yosh edim. Lekin baribir rivojlanishiga

ishonganman. FOrumda sanoqli userlar bo'lardida))

Цитата (БОБО)
36.Bilamizki, talabasiz, yow emassiz. Qo'wimcha biror iw b.n

wug'ullanasizmi yo haligacha ota-onangizdan pul olasizmi? Agarda wunday

bo'lsa, bundan qiynalmaysizmi?

Qo'shimcha ish qilib turardim avval. Keyin ishga kiraman deb, o'qish

ko'payib, imtixonlar ko'payib, qilmay qo'ydim. Mana yaqinda borib ishga

kira olmadim. Yana ota onam qaramog'ida qoldim. Albatta bu qiyin. Kop kotta

bo'lib, uyda yotish. Endi mani asosiy qo'shimcha ishim. bu mol boqish. Har

kuni dalaga borib, o't o'rib kelaman. Shu bilan kun o'tadi. Balki yana

boshqa qo'shimcha ish toparman. Kimdadir shunqa ish bo'lsa, yani bilsa, va

o'qish tartibimga to'g'ri kelsa ishlayveraman)

Цитата (БОБО)
37. Bugun 1 avgust... O'qiwga kiriw imthonida yuqori ball

olgansiz, shpargalka yoki wunga o'xwaw nimadandir foydalanganmisiz?


Manda harbiy xizmatdan olib kelgan imtiyozim bor edi. Asosan shunga

ishonganman. Kontraktga kirishim aniq edi bu bilan. Xizmatdan may oyida

qaytganim uchun, tayyorlanishga ulgurmadim. Shunday bo'lsada topshirdim.

Kontraktga kirsam, o'qimochimasdim. Imtixon paytda yonimdagi sherigim bilan

tanishib, birga ishlab, o'qishga kirganmiz.

Цитата (БОБО)
38. "Men Sevmaymanku" hikoyangizda G'opporni o'rnida

bo'lganingizda, ya'ni to'ydan bir kun oldin achchiq haqiqatni bilib

qolganingizda siz ham Sayyoraga uylangan bo'larmidingiz?.

Bu qiyin savol. Javob bera olmasam kerak.... Mayli javob berishga harakat

qilaman. Yo'q, javob bera olmasakanman. Chunki bu usha vaziyatda hal

bo'ladi. Javob bera olmadim.((

Цитата (БОБО)
39)-Sizningcha, baxtli turmush nima orqali quriladi?

Bir biriga ishonch orqali. Va bir birini tushuna olishi orqali.

Цитата (БОБО)
40) Талабалик даврингиз бн боглик энг кизик вокеа

Qiziq voqealar ko'p bo'ladi. Boshlarinidagini va hozirgacha eslab

kelinadiganini aytaman. Anatomiya darsi edi. Bosh miya ni o'tayotgandik.

Domla javob berishga mani chaqirdilar. Keyin qo'limga miyaning mulyajini

berib, gapir dedilar. Habenula degan joyini aytishim kerak edi. Hech

tilimga kelmadi. Eslay olmayapman. Hhhhh. haaa. Esladim. Aytdim. Faqat

Habibullo deb chiqdi.)) O'zbekcha qib aytdimda)) Hoziram bir birimizni

ustimizdan kulganimizda manga shuni eslatishadi))). Hammani o'z yeb qo'ygan

joyi bor))

Цитата (БОБО)
41)Сизнинг хайратингиз ва нафратингиз сабабчиси

Hayotdagi ba'zi nohaqliklarda, odamlardagi eng yomon illatlardan, keyin

nahotki shuni inson farzandi qilgan deb ham hayratlanaman, ham

nafratlanaman... Bir xillarida odam, bolasiga hayvondek ham qaray olmaydi.

Bazida hayvon bolasiga odamdan ham yaxshi qaraydi...

Цитата (БОБО)
42. Xurmatli forumdosh, tahsil olayotgan maskaningiz tibbiyot

sohasiga asoslangan, lekin sizning jurnalistikaga qiziqishingizni boisi

nimada?

Man jurnalistikaga qiziqmayman. Kim aytdi?

Цитата (БОБО)
43. Giyos aka, keyingi vaqtlarda xayotingizdagi tashvishga

solayotgan narsa nima? Ya'ni... Nima qilsangiz ko'nglingiz xotirjam

bo'ladi?

Meni hozir hech narsa tashvishga solmayaptiyu. Shu ubu ishga kirsam, yaxshi

bolardi.

Цитата (БОБО)
44. Faraz qiling, siz xayotda bitta odam bilan baxslashib

qoldingiz. Siz unga ko'nglizdagi gaplarni tushuntirolmayapsiz va ushbu

holatda siz judayam qiyin vaziyatga tushib qoldingiz. O'sha payti siz

qanday yo'l tutasiz?

Boreeee dib, uni yonidan ketib qolaman. Bu darajada tushunmasa, mani sabrim

chidamaydi. Lekin vaziyatga qarab. Agar bemor bo'lsa, maximal harakat

qilaman. Shunda ham uddalay olmasam, boshqasini oldiga borishini maslahat

beraman.

Цитата (БОБО)
45 савол. Айтишларича форумда бир киз булган экан. Биринчи

Фазлиддинни кейин эса Гиесни роса конфетни когозга урагандек ураб ташаган

экан. Шу гап ростми? Кандай изохлайсиз буни?

Savol egasi adashdi. Man birinchi edim. Lekin o'rashga ulgurmagan. Mani

o'rnimga Fazliddin o'z jonini tikkib, mani qutqarib qolgan. Fazliddin

rahmat))
 
GiyosДата: Суббота, 03.08.2013, 00:33 | Сообщение # 2
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Цитата (БОБО)
46 савол. Хозир хам форумда бир кизни ектираркансиз. Унга

бефаркмас экансиз. Буни у кизга айтганммсиз? Яна биринчи мухаббатингиздек

афсусланиб колишдан куокмайсизми?

Kimni? Usha qiz manga birinchi yozsin, keyin man unga aytaman)) Yo'q.

Afsuslanmayman.

Цитата (БОБО)
47 савол. Хаетда купинча буйи узун еки гигант одамлар нарса ва

буюмларнинг кичигига кизикар экан. Масалан бу нарса сизда хам бор. Кичкина

нетбукдан фойдаланасиз. Телефонингиз хам унака гишт телефонмас. Бунга хеч

узингиз эьтибор беоганмисиз?

Bu noto'g'ri. Netbok olganim sababi, sumkamga sig'ishi va ko'tarib yurishga

qulay bo'lgani uchun. Hozirgi Samsung telim juda kichik ham emas.

Цитата (БОБО)
48 савол. Охирги вактларда савол берганингизда сурок белгисини

тескари куйиб фойдаланаяпсиз. Бу Бек акага ухшаб эьтиборни тортиш

максадидами еки бошкалардан ажралиб туриш учунми?

)))) Bir hil paytlar to'g'ri so'roq belgisi ishlamay qoladi. Shunda

ushandan foydalanaman)) Biror belgi qo'yish kerakku. Undovdan ko'ra. Bek

akada nuqta ishlamay qoladi. Shunga undov qo'yadilar. Man so'roq gapga

undov yoki nuqta qo'ysam, bo'lmasa kerak. Shunga ishlagan teskari so'roqni

qo'yaman. "?" mana hozir ishalayapti))

Цитата (Vijdon)
49. Xurmatli moderatorimizni forumistonda yoki fan-

clubimizdagi davrlarida eng xursand bo'lgan aniq bir kunlari? Ya'ni nima

voqea yuz berib, o'sha vaqtda sizni boshingiz ko'kka yetgan edi?))

FC uchrashuvlarida doim hursand holda yuraman. Lekin bir marta, aksiyada

SIROP tarqatilgandi. Ushanda kim hohlasa olaversin deyildi. Sardor aka

tarqatayaptilar. Boshida 4-5 ta odam oldi. Ularga ikki-to'rta odam qarsak

chaldi. Man chiqganimda ko'pchilik qarsak chaldi. Shunda Sardoraka,

G'iyosni muhlislari ko'p ekanmi degandilar. Shunda o'zimni boshqacha his

qilganman. Aksiya videosida shu joyi bor. Faqat ustidan musiqa qo'yilgan.

Past ovozda eshitiladi.

Цитата (Vijdon)
50. Muxtaram ijodkor! Siz ijodni qilishni sevadigan,

forumdoshlaringizni ko'pchiligini qoyil qoldirgan, maqtov va tahsinlarga

sazavor bo'lgan monolog, xikoya, hamda bir qancha loyihalarni muallifisiz!

Barchamizga ma'lumki, ana shu ijod namunalaringizni ba'zilarida sheva aks

etgan...
Endi sizga savol:
Nima deb o'ylaysiz? Ijod - shevada yozilsa, uni o'qigan kitobxonga tez

ta'sir qiladimi yoki sof o'zbek tilidagisi ta'sirchan chiqadimi?


Shevada asosan hikoyalar yozilgan. Buni yozishdan maqsadim, aynan qaysi joy

ekanini yetkazish. Endi buni yetishi o'quvchiga bog'liq. Shevasi bir

bo'lganlarga osonroqdir. Lekin boshqa shevadagilarga erish tuyuladi. Shu

sabab oxirgi yozmalarda adabiyda yozayapman.

Цитата (Vijdon)
51. Sizning tasavvuringizcha forum nima? Forumni nimaga

qiyoslay olasiz?

Uni oldinam ko'p aytganmiz. Forum bu bir oila. Yoki bir jamoa.

Цитата (Vijdon)
52.Qadrdon forumdoshimiz Giyosiddinbek.
Yaqin orada forumdoshlariz uchun qandaydir ko'ngilochar loyixalarni

rejalashtirib qo'yganmisiz?Va(shu savolga tasdiq ma'nosida boshizni tepadan

pastga bir-ikki marta silkitib ishora qilgan bo'lsangiz) qachon?

Afsuski yo'q.
Lekin yaqin kunlarda Qirqqiz bulog'i haqida ma'lumot, rasmlari bilan

qo'yaman.

Цитата (БОБО)
53/Фараз килайлик сиз кайсидур кузга куринган бир клиникани бош

врач хирургисиз. Сизда анчадан бери бир жуда хам ночор бемор даволанаётган

эди. Кунларнинг бирида сизга жуда хам якин булган жигарингиз

кариндошингизни туй оши ёки унинг туйида сиз бош булиб хизмат килмокдасиз.

Бирданиги уша куни сизга клиникадан телефон килиб уша сизда даволанаётган

беморингиз жуда огир ахволга тушиб колгани, уни камида 8 соат давомида

операция килиниши ва ушбу опреацияда шахсан узингиз иштирок этишингиз

(сизни бу борада ута кобилиятли хирур сифатидатан олинган эдингиз)

кераклигини тугрисида телефон килишди. Шунда сизнинг харакатингиз.

Клиникага бориб операцияда иштирок этсангиз сиз учун кадрли булган инсонни

кайтарилмас никох туйи, бир тарафдан эса сизнинг беморингизни хаёти

турибти. Бунда сиз кандай иш тутган булар эдинг, факатгини тугрисини

виждонан жавоб беришингиз кераклигини илтимос киламан

Inson hayoti hamma narsadan ustun. Buni to'y egalari ham tushunadi.

O'rinmga to'yda bosh bo'ladigan odam topish qiyinmas. Klinikaga boraman.

TO'yni esa, diskda ko'rsa ham bo'ladi. Yoki ertasiga supraqoqdi qilsa ham

bo'ladi.

Цитата (БОБО)
54.Qachon uylanadi?
Aytishlaricha bo'lajak turmush o'rtog'ingiz forumdan ekan.

Shu yil, yoki kelasi yil. Bo'lajak turmush o'rtog'im hozir qayerda ekanini

bilmayman. Bilganimda javobga yozardim)) Bu o'zimga ham qiziq)

Цитата (БОБО)
55.oilangiz xaqida?

Otam onam. Ikki akam. Uylanishgan. Katta akamda 3 ta farzand. Kichigida 2

ta.

Цитата (БОБО)
56.G'iyos sizning ichki dunyoingiz tashqi dunyoingizdan farq

qiladimi ?

Ha, farq qiladi. Mani birinchi ko'rganlar, yaxshi fikr bildirishmaydi.

Ularda yaxshi ta'surot qoldirmayman. Keyinroq yaqindan bilgandan keyin,

fikrlari o'zgaradi.

Цитата (БОБО)
57 G`iyos akani armoni bormi?

Hali hayot oldinda. Armonga ulgurmadim) Harakat qilsa, hammasi bo'ladi.

Цитата (БОБО)
58) Faraz qilaylik, sizga imkoniyat berildi, ya'ni sizga o'tgan

25 yillik umringizni istalgan joyidagi xatti harakat, vaziyat, yohud

bosilgan qadamni o'zgartirish imkoniyati berildi. Shunda siz aynan nimani

o'zgartirgan bo'lar edingiz?

Avval bir marta quyosh tutilganda, quyoshga ko'p qarab yuborganman. Ushanga

qaramasdim. O'ng ko'z bilan. Keyin usha paytlar, o'rtog'imni boks qolqopini

yoqotib qo'yganman. Ushani yoqotmasdim. Chunki uydagilar atilatdan

to'lashim uchun pul berishmagan. Uyam har kuni pulini so'rardi. Qimmat

qo'lqop edi. Man maktab o'quvchisi edim. Uydagilar baribir pul

berishmagan. Keyin yozda ipadromda kampot sotib, to'laganman.
Boshqalari uncha mani qiynamagan.

Цитата (БОБО)
59) Forumda mavjud eski moderatorlar uzoq o'tirib qolmadikimkin

deb xech o'ylaganmisiz? Balki yangi userlardan u bu mosiga imkoniyat berish

fursati kelmadimikin?

Buni ko'p aytamiz. Masalan o'zim, moderatorlikka mos sanoqli userni ayta

olaman. BOBO va Bek8111 ni. Boshqa nomzodim yo'q. Hozir amalda ikki

moderator ishlayapmiz. Anvarbek va man. Amaqi bir bir kirib ketayaptilar.

SarVario ni bilmadim. Agar o'rnimizga kuch va g'ayratga to'lgan yoshlar

bo'lsa, man joyimni bo'shatib beraman. Marhamat.

Цитата (БОБО)
60) Shu paytgacha u bu user BAN olishida qaysidir foizlarda

bo'lsada bilib bilmasdan xissa qo'shganmisiz? Va bundan afsuslanasizmi?


Ko'pchilik BAN olgan. Albatta o'z aybi bilan. Har bir berilgan BAN uchun

javob beramiz. Ayniqsa hozirda e'tirozchilar guruhi aktiv paytda.

Afsuslanmaganman. Agar nohaq bo'lsam afsuslanaman.

Цитата (БОБО)
61) Giyosning kelajakdagi turmush o'rto'gi qaysi soxa vakili

bo'lsa ma'qul va qaysi soxa vakili bo'lgani noma'qul? Va sabablari ham


Aynan qaysi sohaligi man uchun ahamiyatsiz. Lekin tillar bo'yicha bo'lsa

yaxshi edi. Noma'quli, doktor. Sababi, doctorlarni ishi og'ir. Ikkalmiz

doctor bo'lsak, uy qarovsiz qolib ketadi. Navbatchilik boshqa....

Цитата (БОБО)
62. Ilhom manbayi nimada? Nimadan ko'pro ilhomlanasiz?

Ko'chada odamlardan. Odamlarni kuzatib. Avtobusda ba'zilarini suhbatini

eshitib qolib. Keyin uni o'zgartirib. (Asosan hikoyalarda) To'g'risini

etirayapsizlar. CHiroyli qizlarni ko'rsam)))) (Asosan monologlarda)

Цитата (БОБО)
63. Agar forumdoshla sizga sovg'a qilib to'yizda biror

san'atkorni dejurga chaqirib berishsa, kimni tanlardiz?

Manga buni ahamiyati yo'q. O'zligi micrafonni olib aytishsa ham. Man

artistlarga qiziqmayman). Iloji bo'lganda, ikkita kalonka, disk , DJ va

boshlovchi bo'lsa yetardi. Boshlovchilikka Lochinbek borlar.

Цитата (БОБО)
64. Siz uchun eng muhimi?


Sog'liq.

Цитата (БОБО)
65. Nurbek osh qilib beraman deb va'da bergandi.. Lekin

haligacha oshdan darak yo'q siz ham kutyapsizmi shu oshni.? Yoki uje umidni

uzdizmi.?

Endi, umidni uzsak ham bo'ladi. Quloqqa osib ketdilar. Balki osh bizni

Xorazmda kutayotgandir. Borsak, oshdan qochmasalar kerak. (Undan ko'ra,

yo'lkiraga 5 marta choyxona qilsak bo'ladi))) Yaxshisi umidni uzdik))

Цитата (БОБО)
66.G`iyos aka forumdan zerikib. eeeeee forumingayam )))

divorgan paytiz bo`ganmi?

Zerkibmas, Boshqa payt eyy divorganman. Charchab ketgan paytlar. Forum

tarixida bunga guvohlar bor))

Цитата (БОБО)
67.Мана шу мавзуни Равшанбек очдию,бир марта Шахло билан сухбат

утказдию,форумда камёб булиб колдилар. Энди савол мавзуни очиб узи ялло

килиб юрса,биров мехнатини килса,сиз шуни кандай бахолайсиз модератор

сифатида.Кандай адолатли карор кабул килган булардингиз?

Agar loyiha egasisiz qolsa, u yopiladi. Bu ham yopilgandi. Lekin Madina

davomlayman deb, qayta ochdirdi. Mana endi manimcha BOBO davomlayaptilar.

Цитата (БОБО)
68.bolajak rafiqasini qando tassavur qdi?

Tasavvur qila olmayapman. Hayot hamisha tasavvur qilganimizdek emasku.

Цитата (БОБО)
69.boyidan uyalgan payti boganmi

Juda ko'p bo'yi pastlar oldida turib qolsam, o'zimni noqulay his qilaman.

Lekin uyalmaganman. Yana bir narsa yoqmaydi. Avtobusda, ko'chada qizlar

mani ko'rsatib, pichirlashlari.

Цитата (БОБО)
70.giyos.aldadi, moderligini suistmol qilgan

Yog'e))) Yozing. Qachon, qatta va nimaga? Balki xotiramdan ko'tarilgandir)

Цитата (БОБО)
71) Uylanish uchun uchrashuvlarga chiqayotgan ekansiz,

sizningcha bo'lajak turmush o'rtog'i tanlovida aynan qaysi faktorlarga

ahamiyat berish kerak. (uchrashuvdagi holat yuzasidan)

Endi... atigi 2 marta chiqdim. Hali uncha tajribaga ega emasman. Bunga

uylanganlar yoki tajribaga egalar javob bersa ma'qul edi.

Цитата (БОБО)
72) Bo'ydoq Giyos va uylangan Giyos... Ta'riflaringiz...


Bo'ydoq G'iyos kechasi ham netda. Uylangan G'iyos kechasi netda yo'q)) Bu

hazilomus javob. Albatta o'zgarishlar bo'ladi. Bu haqida uylanganimdan

keyin aytaman.

Цитата (БОБО)
73) Nima uchun tibbiyot soxasini tanlagansiz? Bunga kim yoki

nima sababchi bo'lgan. 6 yillik o'qish davringizda xech boshqa soxada

o'qisam bo'lmas edimi degan paytingiz bo'lganmi? Yoshlikdagi orzuingizdagi

soxa nima bo'lgan?

Boshqa sohada o'zimni ko'rmaganman. Bunga onam sababchilar. Ham qiziqishim.

Oldindna doctor bo'lasan degandilar. Med kollejda o'qidim. Keyin Jiyanlarim

tug'ilishdi. Shunda jiyanlarimni duo qilayotganlarida, katta bo'lsa doctor

bo'lsin dedilar. Shunda, shu orzularini man vaqtliroq erishtiray deb, TTA

ga kirdim. Ko'plar kirishimga ishonishmasdi. Lekin man uddaladim. 5 yillik

desak to'g'ri bo'ladi. 6 yili endi boshlanayapti. Bo'lgan. Qiyin imtixon

paytlarida tayyorlanayapganda. Hozir boshqa instda bo'lganimda bitirgan

bo'lardim degan gaplar...

Цитата (БОБО)
74) VIP guruhidagilar orasida sizningcha noloyiqlari bormi?


Man Sardorakaga ishonaman. Noloyiq bo'lganda u guruhga qo'ymasdilar. Bu

guruhga ancha kuzatib, keyin oladilar.

Цитата (БОБО)
75) Realda ko'rishmagan userlardan qaysi biri bilan real

ko'rishgiz keladi?

Realda ko'rishmagan sanoqli userlar bor. Smiley bilan.

Цитата (БОБО)
76) Qizlar bilan ham qo'polroq xazil qilishingizni tan

olasizmi?

Masalan? Hazillardan misollar keltirsangiz, aniq aytardim. Savol mavhum.

Chunki man o'zimni hazillarimni qo'pol deb bilmayman. Juda ham nozik))))
Lekin mumkin. Qizishib ketganda, bilib bilmiy qo'llagandirman. Misol

keltirmabsizda)

Цитата (БОБО)
77.Ayrimlarga ma'lumki,ko'p qizlarga ko'ngil

qo'ygansiz.Xotiralariz ham yangilanib turadi.

Yo'g'e... Men sevmaymanku) Ko'p qizga ko'ngil qo'ymaganman. Qayerdan ma'lum

qilib oldingiz?)) Manda usha eski xotiralar ham o'chib ketgan))

Цитата (БОБО)
78.To'g'risini eting,ularning nechtasi bilan avtobusda

tanishdiz-u nega aynan 3tasiga baxt tiladiz?

Avtobusda atigi bitta qiz bilan adashib, tanishib qolganman. Mana bunqa

bo'lgandi. Man o'tirgandim. Yonimga bir qiz keldi. Qo'limda tel edi.

Sayyod.com intervyu edi. Adashmasam Ziyoda bilanmidi. Esimda yo'q, Joy

berdim. O'tirdi. Sumkamni so'radi. Berdim. Intervyuni o'qib bo'ldim.

Chiroyli qiz edi. Keyin birinchi marta gap otdim. Tushadigan bekatga yetib

keldik. Telini so'radim. O'zimda kuch topib. Yo'q didi. Keyin yana

so'radim. Bugun tel qilmayman dedim. Yo'q dedi. Keyin manga tel qiling deb.

Raqamimini berdim. Keyin man boshqa avtobusga chiqdim, U boshqaga. Man

chiqagan avtobusda tog'am haydovchi ekanlar. Yonlariga borib gaplashib

so'rashdim. SMS keldi. "Яхши етиб олинг" degan. Man siz ham deb javob

yozdim. Va ertasi kuni tel qildim. U nega kecha tel qilmadiz didi.

Aytgandimku, ertaga tel qilaman deb dedim. SHu bilan 2 oychami gaplashdik.

Va kichik muammo sabab aloqa uzildi))) Afsus degan monolog bor. Ushaga

birinchilardan yozilgan. Qog'ozga yozganman. U paytda netda yozmasdim.

Shundan keyin boshqa avtobusda tanishmaydigan bo'ldim. Shunaqa.
3 baxt tiladim, bu manga yoqqan va o'zimga mos deb bilgan qizlar.

Цитата (БОБО)
79.O'sha atir hidli qizga uylangan bo'larmidiz?Sabab faqat

atirmi?

Yo'q. Sabab atitmas, atir uni eslatishi. Usha hid uni ko'rinishini

eslatishi. Haligacha usha hid kelsa, u bu joyga qarab qo'yaman. U monolog

shundan ilhomlanib yozilgan.

Цитата (БОБО)
80 Форумдаги юсерлар тугрисидааклингизга келган бешта

бешталикни санаб беринг -1. Энг аклли юзерлар 2. Энг куп гапирадиган

юсерлар 3. Узингинг харакати, форумдаги ёзишмалари оркали энса котиридаган

юсерлар 4. Энг хазилкаш ва гапга уста юсерлар 5. Форумдаги ёзишмалари

буйича калами уткир юсерлар

))) Boya aytganizda tugatsak bo'larkan))) Mani qiynalishimni

hohlamaganakansizda)))
Qiyin savolde.
1. BOBO, NOZI, Ledy, komol_76, SmartDent (Qolgan yozmaganlarim ulardan

aqlli))) )
2. Jahongir aka, Loading, Nilufar 93, Zinnura K. Abbosbek
3. bek88. boshqasi hozir kallamga kelmayapti.
4. Jahongiraka, Vijdon. Loading, Ravshanbek, Giyos
5. Manimcha o'zi sanoqli userlarimiz yozishadi. Oxirgi paytlar uzgabekni

she'rlarini o'qiyapman. Lochinbekni she'rlarini. Mohinur yozyaptilar.

Madina. Loading, ma'nolarni berkitib yozadilar. Sokina. Yana ko'plar bor,

faqat yozmay qo'yishgan.

Цитата (БОБО)
81.G'iyos : bo'lajak qayniotangiz sizga, qiziga uylanganiz

uchun PRADO aftomobilini sovg'a qildi. .
Xo'sh bunda siz nima qilasiz? Yoki qanday yo'l tutasiz.?

Qiziga ulanganim uchun bo'lsa yaxshi. Lekin xaqiqatdan yiroq ekan. Hozir

qiziga uylanganga Prado berishmaydi)) Bir nimasi bo'ladida)))
Qiziga bo'lsa, olmasdim. Chunki uni hayday olmayman. Ko'p benzin yeydi.

Student bo'lsam. Qanaqa qilib uni yurgazaman. Lotareyadan yutib olganimda,

sotib, kichikroq matizmi yoki Sparkmi olib, haydashim mumkin edi. Sovg'ani

sotib bo'lmasa, uyda chang bosib yotadi bekorga))Uni keyin kim yuvadi?)))

БОБО, Sizga ham katta rahmat. Shunchalik ishingiz bilan parallel ravishda 5 yarim soat mobaynida loyihani olib bordingiz.
Savol yuborganlarga ham rahmat. Endi manga yoqgan savolni tanlash qiyin. Shuning uchun barcha savol egalariga sovg'a bor!
Alohida sovg'a esa mana bu savol egasiga.

38. "Men Sevmaymanku" hikoyangizda G'opporni o'rnida bo'lganingizda, ya'ni to'ydan bir kun oldin achchiq haqiqatni bilib qolganingizda siz ham Sayyoraga uylangan bo'larmidingiz?.

Chunki bu savolga javob bera olmadim. Qiylanib ham ko'rdim. Javob ham berib ko'rdim. Bo'lmadi Javob bera olmadi. Bu man uchun kutilmagan va qiyin savol edi. Bu vaziyatni o'zim hayolan boshdan o'tkazganman. Lekin real hayotda boshimdan o'tkazish... Ha ham deya olmadim. Yo'q ham. Ha deganim bilan ichimda yo'q degan gap chiqadi. Yo'q desam, ha chiqadi. Shu savol aniq javobsiz qoldi. Tabriklayman. BOBO shu forumchimizni kimligini aytib yuborsangiz.

Bek akani savollari ham ajralib turdi. Tanidim okaaaa)) Hali yana gaplashamiz)))

Ko'pchilikni o'z yozuvida qo'yganiz uchun tanish oson bo'ldi.

E'tiboringiz uchun rahmat!
 
RaVsHaNBeKДата: Суббота, 03.08.2013, 01:37 | Сообщение # 3
Майор
Группа: Talaba
Сообщений: 163
Репутация: 4
Статус: Offline
iiii man chunmadim 67 savolga

Добавлено (03.08.2013, 00:11)
---------------------------------------------
eee ana rossa yozganim yana o'chib ketibdi(( telda bo'masakan((

Добавлено (03.08.2013, 00:19)
---------------------------------------------
1-dan man yallo qip yuradigan yoshdan o'tganimga 6 yil bo'ldi...

Добавлено (03.08.2013, 00:23)
---------------------------------------------
2-dan man bu loyixani uzim uchunmas forum uchun ochganman bunda aynan mani qatnashishim muximamas..

Добавлено (03.08.2013, 00:27)
---------------------------------------------
3-dan shu savolli berganga va yana kimlagadir mani mavzuyimda boshqalani mexnati malol kelyatgan bo'sa marxamat mavzuni yopamiz... manga keremas unaqa minnatli mexnat...

Добавлено (03.08.2013, 00:30)
---------------------------------------------
man musofir yurtda ishliman va yashiman manga kooo'p narsaladan ishim ustunro turadi shuni uchun oxirgi paytlada netga umuman voqt bo'mi qogandi o'shapaytlada keyin mavzuni yoptirdim

Ozod akani etirozlaridan keyin mavzu qayta ochildi va madinaga topshirdim boshlovchilikni ...

Добавлено (03.08.2013, 00:34)
---------------------------------------------
shu qizgayam koottakon raxmat bu loyixani shu darajaga opchiqishda mexnati aancha muncha.

Добавлено (03.08.2013, 00:37)
---------------------------------------------
Moderator Giyos bilanam yaxshi o'tibdi)) javobla manga yoqdi

 
FC_PAXTAKORДата: Суббота, 03.08.2013, 02:06 | Сообщение # 4
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Репутация: 7
Статус: Offline
Meni bitta savolimni Madina jo'natmapti, 53ga o'xshash edi, lekin umuman boshqacha qib berudim
 
ShohiДата: Суббота, 03.08.2013, 10:47 | Сообщение # 5
Подполковник
Группа: Talaba
Сообщений: 838
Репутация: 12
Статус: Offline
Shu loyiha zo'r o'ttida hands meni savolim tanlangani undanam zo'r bo'ldi yahoo tongue

Bu yerdayam o'sha o'sha gap) Baxt meni kutmoqda, olis....olisda!))
 
SoginchДата: Суббота, 03.08.2013, 12:26 | Сообщение # 6
Группа: Qadrli mehmon





Manga Sokinalar haqidagi javob yoqdi.Savolni kim bergam bolsayamki deb qoydim))

Man Sokinaga oxwagan qiz bosin deb havas qilib qoyilgan yana ikkita qizchani taniyman.Uchinchisi sizni jiyanchayiz.Bu qizchalani hammasini qarashi manoli xuddi katta odamlarnikiday))))
Man ana wunga hayronman.
.Opasiga oxwagsn har jixatdan yetuk ,aqlli farosatli qiz bolsin.
Sokinaga bu gaplarni aytganimda tagin forumda yozib otirma degandi.Man ichimdagi gapimni aytmadam yorilib oladiganlar xilidanman)))))

Keyin kop savolla waxsiy bop qopti.Ayrimlari detskiy savolla))))
Qachon uylanasiz,uylangandan keyin ozgarasizmi,sevgan qiziyizni soni nechta))))))

Keyin manga toyni tawlab kasalga yordam beraman degan jovobiyizam yoqdi.Ana wu savolni berganga raxmat.))

Wohini savoliyam zor savol bopti.Odamni joyidanam qimirlatmaydigan savol boptida))))
rosdanam oylanadigan savol.Man ogil bola boganimda uylanmasdim.Bir umr jiraknip yawagandan korasi toq otgan yaxwi derdimda))

manga savolladan kora jovoblar yoqdi.
Teppa tekin
maslaxatim
Smileyni amerikaga borib korib keling.)))
Muxabbatxe muhabbar bop qoliwi mumkin yurakkinayiz bekorga dukulamiyapkandir))))

Добавлено (03.08.2013, 11:26)
---------------------------------------------
Manam togrusini aytdim)))
Xafa bolganlar xolva yesin))))

 
FC_PAXTAKORДата: Суббота, 03.08.2013, 13:09 | Сообщение # 7
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Репутация: 7
Статус: Offline
biggrin
 
SokinaДата: Суббота, 03.08.2013, 16:46 | Сообщение # 8
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Soginch ham gapga usta-da boshqamizga gap qoldirmabdi-Ya! Shunchalar gapi ko'pki, gohida nima deyotganini o'zi ham bilmay qoladi!
Xolva emas,xurmo tavsiya qilsang bo'larmidi)

Demak!

Giyos, ko'pchilikni hurmat va etiborida ekanligingiz shu loyihadan ham ma'lum bo'ldi.Bunga osongina erishmaganingizdan ham xabardormiz.)

Suhbat yaxshi va qiziqarli o'tibdi.Savollarning ko'pchiligining ma'nosi o'xshash.Ataylab qiyin vaziyatga tushurish uchun berilgan qaltis savollar ham bor.
Lekin, so'z ustasiga buni ahamiyati yo'q!
Haqiqatanam,javoblarga hozirjavoblik va ustamonlik bilan so'z tanlab a'lo darajada javob bergansiz.
Moderatorlikni boshatib qoyish haqidagi savol yoqmadi.Menimcha,forum moderatorlari orasida sidqidildan hammani baravar ko'rib (!) ish yuritayotgan moderator bu -Siz!
Buni eski user sifatida bilganim va kuzatganim bo'yicha aytayapman)
Ijodingiz haqida berilgan savollar yoqdi.Halol ijod qiladiganlarni qo'llab -quvvatlashingiz haqidagi fikringizga to'liq qo'shilaman.Buni shu forumingiz va ijodiston ham tasdiqlab turibdi.

Mavzular bo'yicha
Ravshanbekni fikriga qo'shilaman.Forumda mavzular forumdoshlar uchun ochiladi.Mavzuning davomiyligi esa forumdagilarning aqliy va ijodiy salohiyatiga bog'liq deb o'ylayman.

Ozod akaning boshlovchilik mahorati va ijodiy iqtidoriga esa ta'rifga so'z yetmaydi.
Smileyni men ham juda hurmat qilaman.Forumdagi eng beozor va samimiy qizlardan biri , deb hisoblayman.

Sokina asalchaga esa Allohim yomon ko'zlardan O'zi asrasin,sog-salomat va umri uzoq bo'lsin deb niyat bildiramiz.Etibor va hurmat uchun tashakkur.)
Suhbatni tashkil qilishgani uchun Ozod aka,Madinaga va Jamshid akagayam rahmat.
Sizga esa original javoblar uchun alohida rahmat!


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
GiyosДата: Суббота, 03.08.2013, 18:08 | Сообщение # 9
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
E'tibor va fikrlar uchun rahmat!
Juda ko'p savol bo'lishini kutgandim, lekin bunchalikmas, 50 taga borsa kk degandim.
Ravshanbek, siqilmang). Hammasi.okeyku)
Abror, BOBO aytishlaricha, yana ko'p savollar qolib ketibdi. Va o'xshash dedilar.
Shohi, yana bir bor tabrik.
Sog'inch, u savolda, Men sevmaymanku hikoyasidagi vaziyatda edi. Unda G'oppor ozgina boshqa boshqa xonada yashab, keyin ajrashishga kelishadi. Sayyorani yuzini yorug' qilish uchun. Sayyora buzuq qiz bo'lmaydi, lekin yomon odamlar qurboni bo'ladi. Shuni G'opporga tushuntiradi. U rozi bo'ladi. Yuqoridagi shartga asosan.
Savolda aynan shu vaziyatda G'iyosni taktikasi so'ralgandi. G'iyos esa javob bera olmadi)))
Agar boshqacha vaziyat, Sayyora emas, boshqa qiz bo'lgangada, balki yo'q deb javob bera olardim. Shohi esa, mani nozik joyimdan oldi)) Qoyil)
Sokina, fikrlariz uchun rahmat)
 
SoginchДата: Суббота, 03.08.2013, 19:32 | Сообщение # 10
Группа: Qadrli mehmon





Tuwunganskiy))))
boldi endi bew minut gapirmiyman))))
 
FC_PAXTAKORДата: Воскресенье, 04.08.2013, 02:22 | Сообщение # 11
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Репутация: 7
Статус: Offline
Soginch 7 soat bo'pti gapirmaganizga)))

Giyos menga javobi qiziq edi agar hop desangiz savolimni shu yerda qayta beraman
 
GiyosДата: Воскресенье, 04.08.2013, 02:50 | Сообщение # 12
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Bemalol
 
FC_PAXTAKORДата: Воскресенье, 04.08.2013, 03:11 | Сообщение # 13
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Репутация: 7
Статус: Offline
Tassavur qiling kelajakda
shifokorlik faoliyatingizni olib
borayotganingizda bir vaqtda
ikki nafar og'ir ahvoldagi bemor
kasalhonaga keltirildi. Ulardan
biri sizning yaqin qarindoshingiz
biri esa notanish. Qanday yo'l
tutasiz?
 
Giyos))))Дата: Воскресенье, 04.08.2013, 04:43 | Сообщение # 14
Группа: Qadrli mehmon





Qaysi biri koproq pul bersa owani davolayman)))))
 
MirzoxidДата: Воскресенье, 04.08.2013, 04:50 | Сообщение # 15
Подполковник
Группа: Talaba
Сообщений: 683
Репутация: 0
Статус: Offline
пул улсина дердиму жиддий ёндошилсачи?

Jannatdan gul o'g'irlab Jaxannamda o'stirolmaysan, Jaxannamdan cho'g' olib Jannatni yoqolmaysan!!!
 
SokinaДата: Воскресенье, 04.08.2013, 04:59 | Сообщение # 16
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Mirzohid,buni Soginch hazillashib yozdi.))

Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
MirzoxidДата: Воскресенье, 04.08.2013, 05:08 | Сообщение # 17
Подполковник
Группа: Talaba
Сообщений: 683
Репутация: 0
Статус: Offline
Етибор бермапман))

Jannatdan gul o'g'irlab Jaxannamda o'stirolmaysan, Jaxannamdan cho'g' olib Jannatni yoqolmaysan!!!
 
SokinaДата: Воскресенье, 04.08.2013, 05:12 | Сообщение # 18
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Menda ham Giyosga savol bor edi.O'z vaqtida bexabar qolganim uchun indamay qo'ya qoluvdim.)

Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
GiyosДата: Воскресенье, 04.08.2013, 07:56 | Сообщение # 19
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Tassavur qiling kelajakda
shifokorlik faoliyatingizni olib
borayotganingizda bir vaqtda
ikki nafar og'ir ahvoldagi
bemor kasalhonaga keltirildi.
Ulardan biri sizning yaqin
qarindoshingiz biri esa notanish. Qanday yo'l
tutasiz?

Kasalxonaga kelgan bo'lsa, yana boshqa vrach bo'ladi. Agar bir o'zim bo'lsam, ahvoli og'irrog'iga birinchi yordam beraman. Lekin shifoxonada bitta doctor bo'lmaydi.

Sog'inch, o'layotgan odam, ba'zida uyidan pul olib chiqishgayam ulgurmaydi. Jon talvasasida uchib kelishadi.

Sokina, savol bo'lsa beravering.
 
SokinaДата: Воскресенье, 04.08.2013, 19:35 | Сообщение # 20
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Savollar))
1.Kelajakda shifokorlik faoliyatingiz bilan judayam,judayam band bo'lib , (undan tashqari bola-chaqani boqish tashvishi)) bilan mashgul bolib )
ijod qilishga vaqt va qunt topolmay qolsangiz shifokorlikdan qanchadir bir vaqt chetlashib ijod bilan shugullangan bo'larmidingiz?

2.Hammamizga ma'lumki,meditsina sohasi oldindan jadallik bilan korrupsiyalashgan sohaga kiradi.Aynan siz bu illatga qarshi qanday harakat qilmoqchisiz?
(Rivojlangan demokratik davlatlarda pora olishni o'ziga nisbatan haqorat deb qabul qilishar ekan)

3.E'tiqodingiz haqida o'zingizga qanday baho bergan bo'lardingiz?

Hozircha shu savollarga javob bering keyin yana savollarimizni yozaveramiz))


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
GiyosДата: Воскресенье, 04.08.2013, 22:00 | Сообщение # 21
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
1. Oldin shu savolni o'zimga berardim. Yaqinda bir o'qituvchim bilan gaplashdim. Ular ham oldin she'rlar yozib turar ekanlar. Hozirda ko'p vaqt bemorlarga ketayotgan ekan. Charshab, uyga zo'rg'a borarkanlar. Keyin uyda bemorlar kutib turarkan. Vaqt ajrata olmas ekan.
Hozirda yozmay qo'yibdi.
Shundan xulosa chiqardim. Savolizga javob beradigan bo'lsam, yaxshi shifokorni ishidan chetlatishmaydi, yani uyga keluvchi bemorlar. Menimcha chetlasha olmayman. Lekin kuchli ijod kelsa vaqt ajratishga harakat qilaman.
 
GiyosДата: Воскресенье, 04.08.2013, 22:09 | Сообщение # 22
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
2. Bizni sharoitda hech narsa qilolmasdim. Uning uchun faqatgina bir yo'li, oylikni maximal oshirish.
Doctorlar o'zini ustida yaxshi ishlasin, raqobat bo'lsin deb, oldin oyligini kam qilib qo'yishgan. Yaxshi doctorni xalq o'zi boqadi deb.
 
GiyosДата: Воскресенье, 04.08.2013, 22:11 | Сообщение # 23
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
3. Past baho beraman. Maktab paytimda diniy kitoblarni ko'p o'qiganman. Hadis o'qishni yoqtirardim. Hozirda bularni o'qimay qo'ydim.
 
SoginchДата: Понедельник, 05.08.2013, 09:16 | Сообщение # 24
Группа: Qadrli mehmon





Xozir hadis oqimiyatgan bolsayiz kuchayib ketibsizda bomasa))))
Manam quruq qop ketmay savollardan))))
Savolim juda jiddiy va murakkab agar man oylagan javobni bersayiz qoyil qolardim)))
1. qaysi fasl yoqadi?
2.Sokina katta boganda Sokina opasiga oxwab arazchi ,injiqroq qiz bolsa wu ismni qoyganiyizdan afsuslamaysizmi?)))

Добавлено (05.08.2013, 08:16)
---------------------------------------------
Mana bu taklifim Ravwanbekka.
Man bilwimcha Togrisini aytganda loyihasi sizga tegiwliykan.Wu loyihani wu forumdayam tawkil qilib davom qilsangiz bomaydimi?
Forumda odamam kam sizni vaqtiyizga qarab vaqtni belgilardik.Birinchi iwtirokchi Paxtakor bolsin deb talab qilamiz))))

 
FC_PAXTAKORДата: Понедельник, 05.08.2013, 17:53 | Сообщение # 25
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Репутация: 7
Статус: Offline
Sog'inch men uje qatnashganman tongue
 
Giyos/FORUM » ERKIN MAVZU » Do'stim bilan suhbat (DBS) » Giyos bilan "To'g'risini aytganda" loyihasi (Sayyod.uz forumdan ko'chirma.)
  • Страница 1 из 2
  • 1
  • 2
  • »
Поиск:
Flag Counter