Суббота, 20.04.2024, 09:20
Hush kelibsiz Mehmon | RSS

DBS 5 Parvina - Giyos/FORUM

[ Yangi izohlar · Qatnashchilar · Forum qoidasi · Izlash · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Giyos/FORUM » ERKIN MAVZU » Do'stim bilan suhbat (DBS) » DBS 5 Parvina
DBS 5 Parvina
GiyosДата: Воскресенье, 28.08.2011, 04:12 | Сообщение # 1
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
5 son
 
GiyosДата: Воскресенье, 28.08.2011, 04:13 | Сообщение # 2
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Mana bugungi 5 chi suhbatdoshimiz Parvina. Ular hozir Toshkentga keldilar. Biz ular bilan bog’lanib suhbatga chorladik. Ular bilan “Milliy bog” da uchrashdik. Bugun yana Sayyod.uz/forum forumchilarini uchrashuvi ham bor edi. Shu sababli uchrashuvga kelgan forum ishtirkchilari ham bor edi. Ular boshqa alohida stolga o’tirishdi. Biz esa suhbatni boshladik.



Parvina haqida qisqacha ma’lumot: Parvina Ubaydullaeva Amonovna 1990 yil 9 sentyabrda Buxoro shahrida tug`ulgan. Millati O’zbek.

GIYOS: Saytga kiradigan Nickingiz haqida to’xtalib o’tsangiz.

PARVINA: Oddiy ismimdan kelib chiqqan. Oddiygina kamtarona qilib ismimni nick qilib olganman.

GIYOS: O`zingiz haqingizda?

PARVINA: O’zim juda sho’x qizman. Juda ham qunvoqman. Hamma bilan kelishib ketaman. Bitta tojikcha bitta o`zbekcha qo`shib gaplashaman, bir amallab gapimni tushuntirishga harakat qilaman. Birovni kamchiligini o`ziga aytmayman, ko`nglim ochchiq kim nima so`rasa beraman. Ko`nglim bo`sh. Tez yig`layman.

GIYOS: Qiziqishingiz. Nimalarga qiziqasiz?

PARVINA: Qiziqishlarim forum va sport. Sport bilan shug’ullanib turaman.



GIYOS: Sportni qanday turi bilan shug’ullanasiz?

PARVINA: Yengil atletika bilan. Yugurish, koptokcha otish, 100 metrga yugurish (kross), qumga sakrash. Sog`lom odam kuniga 3 kilometr yugurishi yoki yurib turishi kerak. Shunda qon aylanish sistemasi normal holatga keladi.

GIYOS: Yengil atletikadan erishgan yutug`laringiz bormi?

PARVINA: Yo`q. man o`zimni sog`lig`im uchun shug`ullanaman. Tanlovlarga qatnashmaganman.

GIYOS: Kasbingiz haqida...?



PARVINA: Kasbim hisobchi. Hozirda kasbim bo`yicha ishlamayman. Buxoro shahridagi Qurulish va yengil sanoat kasb-hunar kollejini bitirganman. Hisobchi bo`lishim kerak edi. Baxtga qarshi ish yo`q ekan. (kuladi)

GIYOS: Hozir nima bilan shug`ullanayapsiz?

PARVINA: Hozirda Buxoro Med.institutida rektor kotibasi bo`lib ishlayapman. Ishim yaxshi.

GIYOS: Ish joyingizga nimada va soat nechida borasiz?

PARVINA: Ishxonaga borish uchun soat 8-00 da uydan chiqaman. Ishxonamni uyim bilan orasi juda yaqin bo`lganligi sababli piyoda boraman.

GIYOS: Yoshligingizda qaysi kasb bilan shug`ullanishni orzu qilgansiz.?

PARVINA: Yoshligimda futbolist bo`lib, ayollar kamandasida to`p surishni orzu qilganman. Afsuss… to’g’ri kelmadi.

GIYOS: Oilangiz haqida?

PARVINA: Oilamda 5 kishimiz: otam, onam, o`zim singlim va ukam.



GIYOS: (Parvinani oldin rasmlarini ko’rganimda boshqa boshqacha pardozda bo’lar edilar. Keyin shu savolni bergim keldi) Kunida nechi marta pardoz qilasiz?

PARVINA: Bir marta. oynaga ko`p qaramayman..

GIYOS: Kiyinishingiz ham har hil. Bir hil uslubda kiyinmaysiz. Asosan kiymlaringizni qayerdan olasiz?

PARVINA: Kiyimlarim sport uslubida. Ko`ylakcha kiyib yura olmayman. Ishxonamga olib kelishadi, tanlab olaman. Anchadan buyon kiyim xarid qilmadim. Vaqtim bo`lmaydi. Lekin yaqinda bozordan krasovka sotib olgan edim.

GIYOS: Milliy o`zbekona kiyinish deganda qanday kiyinishni tushunasiz? (Bu savolga sal qiynalib javob berdilar. Bu savolni kutmaganliklarini aytib o’tdilar)



PARVINA: Kimda qanday kiyinish qulay. Ko`ylak ishton kiyib yurishi yoki ro`mol urab yurishi shart emas. Inson qalbida milliylik, o`zbeklik ruhi bo`lsa, uni tashqi qiyofasi keling o`sha kiyinishiga qarasak ham o`zbek tili bo`lsa kifoya!

GIYOS: Zamonaviy o`zbekona kiyinish deganda qanday kiyinishni tushunasiz?

PARVINA: Bu savolga tayyor emas edim. Qanday kiyinishni hohlashsa ushanday kiyinaverishsin. (Kuladi)

GIYOS: Hayotda nimadan qo`rqasiz?

PARVINA: Hayotda hatto soyamdan ham qo`rqaman. Mushukdan qo`rqaman.
Qo`rquv manda qayerdan paydo bo`lgan? 2006 yil 18 dekabr kuni baxtsiz voqea yuz bergandi. Mani mashina urib yuborgan. Nexia mashinasi edi. O`shandan buyon qo`rqoq bo`lib qolganman. Narkozlar olganman. (Manga qarab )Sizga ham savol berganmanu bir marta narkozni ta`siri qanchadan keyin ketadi deb? O`shandan kelib chiqqan.

Добавлено (28-Июл-2011, 04:08)
---------------------------------------------
GIYOS: Sevgi – muhabbat degan hislar siz uchun nima?

PARVINA: Sevgi – muhabbat man uchun juda ham yashirin tuyg`u. Faqat odamni ichida bo`lar ekan. G`ururni olg`a surib, tan olish qiyin bo`lar ekan. Lekin tan olish kerak ekan VAQTIDA. Aynan siz yoqtirgan, sizni qiziqshingiz oshgan insonga nisbatan mehringiz unga aytadigan shirin-so`zingizni ayamasdan kech qolmasdan .. u kutgan paytda aytib uni ko`nglini ko`tarish kere ekan. Juda ham shirin tuyg`u! Aynan man ozgina kech qolganman.

GIYOS: Sizni ham sevgan yoki sevadiganlar bormi?

PARVINA: Juda ko’pchlik sevadida mani. (Kuladi) Nafaqat Buxoroda. Ha har qayerda, Toshkentda, Andijonda, Ko’pchiligi AGENTdan, ODNOKLASSNIKIdan ham joyda mani sevishadi. Hatto Sayyod.uz/forum da ham desam a?. (ROSA QOTIB KULDILAR)

GIYOS: Hozirda siz ham sevasizmi?

PARVINA: Sevganim bilan foydasi yo`q ekan!

ANV@RBEK: Demak maqsadga hali erisholmadingiz?

PARVINA: Kech bo`lib qoldida, ulgurolmadim. Xatolarim bir ikkita, kamchiliklarim. Odam ideal bo`lishi kerak ekanda har tomonlama. Eng yomoni Rashk birinchi dushmanim bo`lgan. Shu narsaga e`tibor bermaganman.

ANV@RBEK: Hech qiz bolani og`zidan bunaqa gapni eshitmaganman. Fazliddin (Loading)ni kitoblarini qayta yozish kerak!

PARVINA: Agar shu kunlar qaytganida. Bittagina sms bahona bo`lgandi. O`sha smsni o`chirib tashar edim. Chiin ko`ngildan.

ANV@RBEK: Hozirgi paytda sevganingiz bormi?

PARVINA: Yo`q hozirgi paytda. Hozir sevmay qo`ydim.

ANV@RBEK: Nimaga, demak siz yengildingiz?

PARVINA: Yo`q kurashmadim. G`ururim yo`l qo`ymadi. Berib qo`ydim.

ANV@RBEK: Kechirasiz shu o’rinda bitta savol. Sevganingiz hozir baxtlimilar?

PARVINA: Yo`q. Uylandi. Onasi aytganini olgan edi. Buxoro juda ham kichik, hamma narsadan xabardor bo`lib turamiz. Aynan uning hayotini tinch emas, 2 oy bo`lgan bo`lsa turmush qurishganida oilasida alaqachon janjal. Lekin bitta narsani aytishim mumkin xotiniga nisbatan sevgisi manga nisbatan kuchliroq.

http://content.foto.mail.ru/list/axborot/69/i-84.jpg

SHOU-BIZNES HAQIDA!

Giyos: Hozirgi o`zbek shou-biznes qay ahvolda?

Parvina: Endi kim qanaqa bo`lsa o`zi uchun! O`qisa o`qisin, etsa etsin, klipga chiqsa chiqsin, kino olsa olsin, yoqsa ko`ramiz, yoqmasa ko`rmaymiz. Baribir proba snimat qilishadiyu. Xalq tanlashi kere. Man aytmayman u yomon, uni ko`p uchratamiz, undan bezidik yoki doimiy chiqadiganlardan deb. Xalq tanlashi kerak! U hammasi rejessyorlarni ishi.

Anv@rbek: Demak siz ko`chirmachilik, sifatsiz, ikkinchi darajali san`atni ham bir xil qaraysiz..

Parvina: U haqida hech narsa deyolmayman, eplashayaptimi qilishsin, ehitayapmiz u narsa hammada bor. O`zichi dunyo bo`yicha 7 nota bor! 7 mlrd xilda ritm, tonini o`zgartirib kuylashayaptiyu. Har kim o`z uslubida kiyinishi yoki o`sha tanlangan yo`nalishi bo`yicha kuylashayapti. Shou – Biznesga e`tirozim yo`q.

Giyos: Hozirda qaysi honandalarni qo`shig`ini eshitayapsiz?

Parvina: Juda kam. Toxir Sodiqov, Rayhonni eshitaman...

Anv@rbek: Qiziq 1 bo`lib Toxir Sodiqov eshitar ekanlar..

Parvina: o`zgarib turish kere! bir xillik yarashmaydi. (Kuladi)

Giyos: O`zbek filmlar haqida, qaysi filmalarni ko’rdiz?

Parvina: Yaqinda “Aldangan ayol”ni ko`rdim. Sevgi muhabbat mavzusidan ko’ra manga shunaqa mavzudagi filmlar yoqadi.

Giyos: O’zbek xonandalaridan kuchli beshlikni tuzing?

Parvina:
1. Ozodbek Nazarbekov
2. Toxir Sodiqov
3. Shaxzoda
4. Bojalar
5. Rayhon

[img] http://content.foto.mail.ru/list/axborot/69/i-74.jpg[/img]

SAYT VA FORUM BO’YICHA SAVOLLAR.

Giyos: Saytga qanday qilib kirib kelgansiz?

Parvina: Asalya degan qiz bo`lardi. Rayhonni muhlislaridan. O`sha telefon qilib Parvina opa Sayyod.comga kiring, Shaxzoda bilan Rayhonni mavzusini olib chiqqanlar dedilar. O’sha manzilni yozib men shu saytga kirganman. A ro`yhatda o`tish masalasida hatto Asalyanini o`zi ham manga o`rgatmagan. O’zim ro’yhatdan o’tganman.

Giyos: Forumga kirishingiz?

Parvina: Forumga o’zim kirib kelganman.Saytni o`rganib olish uchun 2-3 kun kuzatganman. Forumni ko’rib, keyin ishtirok etganman. Darrov hamma bilan kelisha olmaganman. Keyinchalik ko’nikib ketganman.



Giyos: Forumda kirishizdan maqsad?

Parvina: Vaqt o`tkazish ishxonada. O`ylanglar 8 dan 18 gacha bitta joyda qamalib turib, yana oldingizga VIP internetga ulangan bo`la turib, kirmaslikni iloji bormikan. Maqsadim do`stlarimni ko`paytirish, uzoq yaqinmi farqi yo`q. Toshkent - Buhoro qilib yuraveramizde.

Giyos: Forumda o`zingizga nima ola olasiz?

Parvina: Ola olamanmi? Yo ola oldimmi?

Giyos: Olasiz o`zingiz?

Parvina: O`zbekchani bilib oldim. O`zbekchani bilaman, ammo uni mag`zini chaqa olmas edim. Esingizda bo`lsa forumdagi “Kun fikri” mavzusida umuman boshqa narsa yozib qoldirganman. Chunki bizada bunaqa gaplarni ishlatishmaydi. Qolgan ucerlarni postlarini kuzatib o`zimga ancha narsalarni oldim.



Giyos: Forumda siz yoqtirgan va yoqtirmagan mavzular?

Parvina: Manga umumiy qilib aytganda hammasi mavzular yoqadi. Faqat ko`p mavzular qaytarilganligini aytishim mumkin.

Giyos: Ko`p postlaringizda ko`pincha Rayhon, Rayhon deb yozasiz? Rayhoni Reklama qilganingiz uchun pul olasizmi?

Parvina: Qani edi pul berganida yaxshilab reklama qilgan bo`lar edim. Afsus pul bermaydida.(Kuladi)

Giyos: Nima sabab bunaqa yozasiz?

Parvina: Muxlisiman!
 
GiyosДата: Воскресенье, 28.08.2011, 04:14 | Сообщение # 3
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Giyos: Fevral oyidaToshkentga kelib ketgan paytingizda tushgan rasmlaringiz Toshkent mavzusiga qo`ygansiz? U yerda faqat 1-2 rasmda manzara ko`ringan a qolganlarida esa o`zingizni rasmlariz bor. Bu o’zizni reklama qilish edimi? Yoki....

Parvina: Yo`q shoshmang. Qayerdan bilasiz? Balki bu reklamamasdir. Bo`sh vaqtim ko`pligi ham internetimni skorosti yaxshi bo`lgandir. Rasmlarni yuklagan bo’lsa shu payt qilib olgandirman. Reklamaga kirmaydi lekin. Yo sizni ismingizni yozib qoldirganimda cho`chiyapsizmi? (Kuladi)



Giyos: Yo`q cho`chimayman bunaqa narsalardan.

Anv@rbek: Mana siz sport sahifasidagi bo`limda tayyor xabarlarni shundoq ko`chirib, forumga joylaysiz? Axir o`ziz o`z tilizda yozsangiz bo`ladiyu?

Parvina: Xa bu mani kamchiligim. Endi xarakat qilamiz.

Anv@rbek: Forumda ancha bo`lgan kiriganingizga. Nega haliyam siz tema ochmagansiz?

Parvina: Tema bor!

Anv@rbek: Nega mashhur emas?

Parvina: Podderjkangiz kerak. Mani bir o`zim katta yukni ko`tarib olib ketaolmayman.

Anv@rbek: Demak siz qiziqtirmagansiz?

Parvina: Yo`q nega manda “Sevgi ishori dunyo tilllarida” degan mavzum bor edi. Chat bo`lib ketgani sababli o`chirib yuborilgan! Undan keyin ochmay qo’ydim.

Anv@rbek: Rayhonni muhlisisiz? Fan-clubi bilan qayday aloqadasiz?

Man Sayyodcomdan ko`ra Rayhonni saytida anchadan buyon 6 yildan oshgan kirib yurganimga.
Avval fan-clubi bo`lmagan Rayhonni. Faqat chati bo`lar edi. Juda ham inoq, ahil edik. Hozirgi kunda qabila-qabila bo`lib olganmiz. Chatdagilar alohida. Fan-clubdagilar. Chatdagilar bilan uchrashib turishga xarakat qilaman. Bugun bir bola bialn uchrashdim. Hozir bu uchrashuvdan keyin studiasiga borish niyatim bor. O`zim bilan rasmini chizdirib olib keldim. Avtpgraf olish uchun.



Добавлено (28-Июл-2011, 04:09)
---------------------------------------------
Giyos: Hikoya yozib turasiz? Hikoyalarni qayerdan olasiz?

Parvina: O`zim yozaman hikoyalarimni. Hayotda har bir hazil gapni yo yolg`onni ham 30% haqiqati bo`ladi. Demak man ham bir qancha foizini o`zimni hayotimdan kelib chiqib yozganman.
[b]Giyos: Forumdagi yigitlarimizdan qaysi birini sevib qolishingiz mumkin.


Parvina: Hammasini.

Giyos: Aynan

Parvina: Qaysi birini sevgilisi bo’lmasa.

Giyos: Masalan. Aynan qaysi birini o’zizga mos deb bilasiz? (Shu payt oldimizga qo’lida stakanda Coca – Cola ko’tarib SarVario kelib qoldi.)

Parvina: (Qo’li bilan SarVarioni ko’rsatdi)

Giyos: SarVario! (Anvarbek, Man, Shahlo qarsaklar chalib yubordik. SarvVario nima bo’layotganini tushunmadi ham. Nima gap deb qaytib ketdi)


Sherzodni savollariga javob.

1. Manga ta`rif bering?
Parvina: Sherzod samimiy, jiddiy ucerlarimizdan biri.
2. Forumdagi eng ko`ngilsiz voqea?
Parvina: Nazarimda Giyos bilan bo`lib o`tgan voqea. U moderlikni tashlab ketmoqchi bo’laganliklari.
3. Forumga bergan eng katta yordamingiz shu kungacha?
Hech qanaqa yordam bermabman.

UCERLAR HAQIDA!

Giyos: Man sizga userlarni birma bir etib o’taman. Siz ularga Ta’rif berib ketasiz.

Giyos – Oldimda turibdilar. Oddiy bola. Yutug`lari bor. Mediklar. Kamchiliklari yo`q. Endi
aytaman. Forumdagi kamchiligi - Forumda juda ham tez va o`zgaruvchan, bir nima yoqsa, darrov yoqmasligi mumkin.

Loading - U kishiga ta`rifga til ojiz. So`zlar bilan ifodalay olmayman. Juda ham YAXSHI DO`ST bo`lib qolamiz degan umiddaman.

Shahzod – Gapirmasam ham bo`ladi. Biza raqobatdosh, Shaxzoda va Rayhon ko`z oldingingizga kelsin.

Toxaclub – Rahmat manga samimiy ta`rif berganliklari uchun. Adashmasam toshlar sotadilar.. Oxirgi marta kam ko`rinayaptilar. Loyihalari zo’r.

Dilya – Dilya unchalik ham ko`p gaplashmadim. Qizlar bilan unchalik kelishaolmayman.

Anv@rbek - Man intervyularda o`zlarini mahortalarini ko`rsatayaptilar. Katta yutuqlarga ega, imkoniyatlari bor, kamchiliklari gapni o`rtasida savol beradilar.

Sherzod – Samimiy yaxshi yigit. Jiddiy

Dilya – intervyularidan keyin bildim sportsimentka ekanlar. Juda ham xursandman. Sport bilan shug`ullanaversinlar.

Unet – oilali, mehribon otalar!

Smiley – Bir necha marta skayp orqali bog`langanmiz. Juda ham xushchaqchaq. Toshkentni sog`inganlar.

NOZI – oilalilar. Shunga ham qaramay forumda mehrlari boshqacha.

Sabrina – arazlab qolgan ucer. Qayta jamoamizga kirishlarini xoxlardim.

Mr_Online – Online lar

Zolushka – man kirdan beri umuman yozishmaganmiza.

Writer – Shaxlo opa deb yurar edim. Bugun shu yerda nuqta qo`yamiz! A Shaxlo opa Nechi yoshdasizz?

Writer - 19 da

Parvina: Vov manda yosh ekansizu!!!)))

Madina – ikkinchi erkatoyimiz.

Dilnoza – og`ir paytda faollashgan ucer.

Anvarshox – sustroq ucer

Miss_Ziyoshkabonu – mehribon ucer, qo`shilib ketadilar. Birga kelmoqchi edim birga kelaolmadik.
Dj_diza – Kirib turadilar. Sustro Navoiyli ucerimiz.

Sarvario – Man bilan kelishib ketadigan user (moder)

Loloshechka – Yosh qizalog`imiz

Qitmir_1 – yozishmaganman.

Farruxbek – Faqat bitta savolni qaytareverar ekanlar. Nagliy user

Nodira_M – Yaqindan tanishmasman.

ABDOU_UZ - Yaqindan tanishmasman.

Sakina – Faollashgan userlarimizdan

Kamola - Yaqindan tanishmasman

Sardorchik - Yaqindan tanishmasman

Aziza – Rasmlari bor forumda.

Giyos: Yosh ucerlarga tilaklaringiz?

Parvina: Inoqlashaylik. Forumda katta kichigi bo`lmasin. Ma`noli postlarni doim ko`raylik!

Giyos: Forumdoshlarga tilaklaringiz!

Parvina: Safimiz ko`paysin. Hamma o`z qiyofasida qolishini istab qolaman. Sizlar bahonangizda
shunaqangi uchrashuvlar uyushtirilaversin.

Anv@rbek: Forumdoshga eta olmagan gaplaringiz bo’lsa bemalol ayta olishiz mumkin.

Parvina: Shahzodga aytaman. U manga Shahzoda haqida aytmasin. Man unga Rayhon haqida aytmayman. (Kuladi)


Suhbatdan keyin forum uchrashuvi bo’layotgan stolga borib o’tirdik. Man Parvina haqida bir narsa ayta olaman. U juda ham Hushchaqchaq qiz ekan. Hech qanday sir saqlamas ekanlar.

Suhabatni Parvina oqga ko’chirdilar.
Rasmlar mualifi Anv@rbek.
Giyos – ushade. )))))
 
GiyosДата: Воскресенье, 28.08.2011, 04:21 | Сообщение # 4
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
 
SokinaДата: Суббота, 23.06.2012, 09:34 | Сообщение # 5
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Parvina bilan köp suhbatlawganmiz.Uning ichki beg'ubor olami menga biroz taniw.Quvnoq,samimiy,beg'araz qiz.Anchagina soddaligiyam bor.O'z mustaqil fikriga ega.Undan ajoyib döst chiqadi.Rus tilida köp öqigani uchun özbekchada fikrini chalkawtirib yozadi,lekin qaynoq qalbidan chiqayotgan taftni his qildira oladi.Yana bir qoyil qoldiradigan jihati mahzunligini quvnoq tabassumi ortiga bekita oladi.Parvina Love alohida dunyo,biz uchun tölig'icha kawf etilmagan olam desam ham böladi.

Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
ParvinaДата: Среда, 29.05.2013, 12:55 | Сообщение # 6
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 24
Репутация: 5
Статус: Offline
Rahmat hozir yig`lab yuboraman,,,,, o`sha damlar qani edi  ortga qaytsa,
 
zulfiyДата: Воскресенье, 05.04.2015, 22:04 | Сообщение # 7
Рядовой
Группа: O'quvchi
Сообщений: 14
Репутация: 0
Статус: Offline
yaxshi suhbat bo'lib o'tgan ekan... smile

"Ben kinci biri değilim. Sadece canımı acıtan insanların, hiçbir şey olmamış gibi hayatlarına devam etmelerini istemiyorum."
 
Giyos/FORUM » ERKIN MAVZU » Do'stim bilan suhbat (DBS) » DBS 5 Parvina
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:
Flag Counter