Суббота, 18.05.2024, 14:33
Hush kelibsiz Mehmon | RSS

Kimsasiz makon (Sokina yozgan hikoya) - Giyos/FORUM

[ Yangi izohlar · Qatnashchilar · Forum qoidasi · Izlash · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Giyos/FORUM » ASOSIY » HIKOYA VA MONOLOGLAR » Kimsasiz makon (Sokina yozgan hikoya) (Hikoya)
Kimsasiz makon (Sokina yozgan hikoya)
SokinaДата: Воскресенье, 24.06.2012, 20:01 | Сообщение # 1
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Bu hikoyamda bir xonadon misolida fayzu-barakaning kötariliwi haqida bayon qilmoqchiman.Nega wunday böldi? Fayzu-barakot tuwunchasiga asosiy e'tiborni qaratmoqchiman,inwaAlloh.

Добавлено (23.06.2012, 17:02)
---------------------------------------------
Qiwloq chetidagi bu xaroba uyni qiwloqdagilar "ajina tom" deb atawadi.Hatto,bolalar ham bu uyga yaqin yölamaydi.Wu jumladan menga ham u uyga yaqinlawmaslik haqida tayinlangan.Meni qiziqtirgan jihati wunday katta bog'i bor uy nega hech kimga kerak emas? Bu xonadon egalarining taqdiri qanday kechgan? Ular hozir qayoqda?.Bu savollarni xolamga berganimda,qiziqmaganing ma'qul,degan qisqa javob oldim.Butun qiwloq biladigan narsaga qiziqmasdan bölarkanmi,sirtimda xöp dedimu,ammo ichimda baribir kimdandir sörab bilib olaman,deb öylab qöydim.Kunlardan bir kun qiwloqning kayvoni onaxonlari jamul-jam yig'ilgan dasturxon atrofida wu savolni örtaga tawladim.Xolam,menga qarab lablarini qimtib qöydilar.Demak,men xato qildim,jim böliwim kerak.) Yana hech kimdan javob ololmadim,faqat men doimo, malikai Turandod deya hazillawib yuragigan onaxonim keyin, deb menga qarab jilmayib qöydilar.Menda sabr degani möl emasmi,baribir qachondir bilib olib wu haqda hikoya yoziwga ahd qilib qöydim.Dasturxonga duo öqigan onaxon fayzu-barakaga alohida urg'u berib rosa duo öqidilar.Ana wunda demak savolimning javobini suhbat davomida oliwimni angladim.Demak,bu fayzsiz xonadon haqida dasturxon bowida gapirib bölmaydi.Bilasizmi,kampirwo dugonalarim(men ularga hazillawib wunaqa murojaat qilaman) yonida doimo mana wunaqa qovun tuwiraverganimga,hatto ular ham örganib qoliwgan).

Добавлено (24.06.2012, 04:40)
---------------------------------------------
Dasturxonni tezlikda yig'iwtirib ,idiw-tovoqni saranjomlab,kampirwo dugonalarim yoniga kelib ularning og'zini poyladim.O'riklarini qanday qilib terib,qanday quritib olganini erinmay gapirib bergan "malikai Turandod dugonam",menga qarab gap bowladi.- Qizim,har doimgidek sizning tarbiyangizdan nuqson izlamaymiz.Tarbiyangiz a'lo darajada berilganiga wubhamiz ham yöq.Lekin ba'zi örinlarda "dugona" emas,ona bölib tuwuntirmasak bölmas.Agar bu iwni qilmasak,haqiqiy johillik qilgan bölamiz.Ammo,ba'zi bir gaplarni dasturxon bowida sözlab bölmagani uchun onajoningiznikiga öxwagan sabringizni andak sinovda qoldirdik.Hozir men sözlab beradigan hikoyani ehtimol onajondan ewitgandirsiz,balki yöq.Ammo,har qanday holatdayam uvol yomonligini eslatib ötmoqchiman,deya "ajina tom" hikoyasini bowladilar...

Добавлено (24.06.2012, 05:04)
---------------------------------------------
Bu uy taxminan 60-70 yillarda qurilgan,ba'zi odamlarning aytiwicha,undan ham oldinroq.Men özim eslawim böyicha,bu bebaraka uy göyo tug'ulganimdan buyon bordek.Xullas,bu uyda allaqaerdan köchib kelgan befarzand er-xotin yawawardi.Eri sal bukchayib yurgani uchun odamlarga közini öqraytirib pewonasidan qarayotganga öxwardi.O'wa odamning biror marta jilmayganini körmaganman.Doimo qovog'i solig' yurardi,muomulasi ham haminqadar edi.Xotini esa uning aksi,hamma bilan kulib gaplawardi.Hatto,erkaklar bilan ham yelkalariga urib,beparda hazillawib gaplawardi.Ularning tomorqasi avvaliga unchalik katta emasdi,lekin oradan köp ötmay dahwatli bir voqea böldi.Hali aytdimu,xotini bepardaroq edi,deb.O'wa xotin eri uyda yöq payti qöwnisi Begimqulni uyiga taklif qiladi,biroz fursat ötmay Begimqulning xotini ham keladiyu,wu orada janjal bowlanadi.Haligi makkor Halima nimanidir bahona qilib suvdan quruq chiqadi,albatta bu gapga Begimqul ham qöwiladi va sodda xotinni ikkovlawib aldab tinchitiwadi.Ammo,oradan biroz vaqt ötib Begimqulning xotini va uch farzandi zaharlanib vafot etgani va bitta bolasining og'ir ahvolda yotganligi haqida wumxabar tarqaldi.Tekwiruvlar hech qanday natija bermadi.Aksiga olib Begimqul ham wu kuni dalaga ketgan.O'lding -öchding,deganday yil ötgandan keyin yaqinlaridan bowqa hech kim ularni eslamay qöydi...

Добавлено (24.06.2012, 05:26)
---------------------------------------------
Wu orada Halima farzandlik böldi.Dimog'i chog' bölib hech kimga gap bermasdi. U yanada suyuqlawib ketgandi.Bolasini körgan ayollar Begimqulga öxwatiwib,wu orada bölib ötgan dahwatli voqea haqida yana gap oralab qoldi.Begimqul qolgan bitta farzandini qaynonasiga berib yuborgandi.Bola faqir bir umrga nogiron bölib qoldi.Bu gap yana qözg'alganidan sarosimaga tuwgan Begimqul, uy-joyini Halimaga tawlab,özi qayoqqadir qochib ketdi...

Добавлено (24.06.2012, 05:26)
---------------------------------------------
Wu orada Halima farzandlik böldi.Dimog'i chog' bölib hech kimga gap bermasdi. U yanada suyuqlawib ketgandi.Bolasini körgan ayollar Begimqulga öxwatiwib,wu orada bölib ötgan dahwatli voqea haqida yana gap oralab qoldi.Begimqul qolgan bitta farzandini qaynonasiga berib yuborgandi.Bola faqir bir umrga nogiron bölib qoldi.Bu gap yana qözg'alganidan sarosimaga tuwgan Begimqul, uy-joyini Halimaga tawlab,özi qayoqqadir qochib ketdi...

Добавлено (24.06.2012, 05:34)
---------------------------------------------
Halima uchun bu hol ayni muddao böldi,u "Begimqulning uy-joyini sotib oldim", deb qiwloqda gap tarqatadi.O'wa paytlarda hech kimda uyining hujjati bölmasdi.Har kim ota-bobosiga qarawli yerdan uy-joy qurib olaverardi.Bölmasayam,qiwloqning chekkasidan qurib olib yawayverardi.Köchib ketadigan odam,wundoq tawlab ketaverardi.Sotmoqchi bölsayam arzon garovga berib ketardi.Og'zaki oldi-sotdi bölardi.

Добавлено (24.06.2012, 10:20)
---------------------------------------------
Yillar ötaverdi.Halimaning ög'lini odamlar "valadi zino" deya qayerda bölsa turtkilawardi.U bolaning fe'lida juda yomon qusurlar köp edi.Xullas,bola emas balo edi-da.Vaqt ötgan sayin öz bolasi emasligini bilgan haligi bukri odam,qiwloqda umuman körinmay qoldi. Halima erining daragini söragan odamlarga ,waharga tog'asinikiga ketib qoldi,deya javragancha ig'vo qiliwga tuwib ketardi.Qachon qaytarkan,degan savolga ,burnini yerga iwqab bir kun qaytib keladi,kör bölib,deb qöyardi...Oradan uzoq yillar ötsa-da,u odamning daragi bölmadi.Halima endi katta bog'ning egasi edi.U qiwloq bolalariga u-bu narsa berib aldab tomorqasiga iwlatardi.Bundan xabar topgan onalari Halima bilan uruw-janjal qilib ketardi.O'zining bolasi esa uning aytganini mutlaqo bajarmasdi.Hatto,onasi kasal bölib qolsa bir choynak choy damlab bermasdi.Wunchalikka bordiki,onasi uning aytganlarini bajarmasa kaltaklawdan ham qaytmasdi...Negadir odamlar ularning borliginiyam eslawni istamasdi.Bölmasa qiwloqda hamma bir-biridan xabarlawib,biror kattaroq yumuwi bölsa hawar qiliwib bir pasda bitkazib qöyiwardi.Ammo,Halimani borgan sari göyo yakka moxovdek ajratib qöyiwayotgandi...Haligi bola katta yigit bölganda Begimqulning özi böldi,qöydi.Uni hech kim öz ismi bilan chaqirmasdi.Beggi, deb chaqirardi.Yigit ham göyo bu holat ahamiyatsizdek,tirjayib turaverardi.U odamlarga umuman samimiy ohangda gapirmasdi.Iwtoni yöq,tizzasi yirtiqqa kulibdi,deganlaridek odamlarning ustidan kulib,masxaralagandek gapirardi.U hammaga özining gapini ötkaziwga harakat qilardi.Ammo,odamlar u bilan hisoblawib ötirmasligini bilmasdi,qisqasi unga gap ham ta'sir qilmasdi-da...Bir kuni ariq böyida suv talawib, butun qiwloq hurmat-ehtirom körsatadigan Tolibxon ewon buvangga qarata,sening xudoying menga bir tiyin,yana birbalolar,deb rosa sökkan.Ewon buva esa,- yaxwiki Alloh demading,Allohning qahridan qörq,sen bola deya insofga chaqirib indamay ketgan.O'wa yerda turgan odamlar bu qilig'idan tutaqib, uni tutib olib döpposlayotgan paytda,Tolibxon ewon buva orqaga qaytib,odamlarga qarata,- uni urmanglar uni xudo urib qöygan özi,sizlar xaromdan hazar qilinglar,deya nasihat qilib uylariga ketganlar.Wundan keyin köp ötmay Beggining yuzi-böyni aralaw ola bölib pes tuwdi.Hamma uning bu holatiga battar bölsin,ewon buvamni og'rintirgani uchun ola pes bölib qoldi,deya gapiriwardi.Halima ög'lini qarg'ab-qarg'ab ewon buvangnikiga boribdi.-Sizni sökkani uchun bolamni qarg'absiz,ewon buvajon.Uni kechiring,ewigingizda qul bölay mayli, faqat qarg'iwingizni qaytarib oling.Wundan bowqa bolam bölmasa,tepkilab kömadigan,deya rosa zorlanib yig'lagan.

Добавлено (24.06.2012, 17:53)
---------------------------------------------
Tolibxon ewon buva esa vazmin ohangda javob beribdi. - Kim aytdi meni, sening öglingni qarg'adi,deb? Tuhmat qilma.Men hech kimni qarg'amayman,ög'lingga tarbiya bermagansan ona bölib.Avvalo,özing uvoldan qörqmagansan.Halol-haromni ajratiwni örgatmagansan bolangga.Senlarga meni yomonligim yöq,undan keyin men ewigimda qul saqlamayman, -deya gapni chört kesibdi.Halima yana ög'lini qarg'ab-qarg'ab ortiga qaytibdi.Uyga kela solib,ewon buva seni qarg'agani aniq,endi biring ikki bölmay pesing ketmay ölib ketasan,deya buzuq fikr qilib,ög'liga xöp qarg'anibdi.U Tolibxon ewon buvaning gaplarini tuwunadigan darajada ongli emasdi-da.Bölmasa uning dastidan wuncha odam uvol böldi,xarom-hariwning farqini bilmasa,nahsga botib fayzu-barakani uchurgandi-da u johil ayol.U mol qilsa moli ölib qolardi.Ekin eksa qurt-malax yeb ketardi.Xullas,bu xonadondan baraka kötarilgandi,hamma qöwnilar hazar qilardi.Hech kimning u bilan qöwnichilik aloqasi yöq edi.Waharlarda bowqacharoq,g'armi-ög'rimi,tögrimi oldi-berdi qilaveradi,ammo qiwloqda unaqa emas.Har kimga özini teng qiliwdan or qiladi,qozon-tovog'iga xarom narsa aralawtirmaydi.Hamma öz kuniga omon bölsin deydiyu,lekin xaromga yaqinlawmaydi.Halima ög'liga kelin qidirib,qöwni qiwloqlarga ham borib keldi.Ammo,hech kim qiz bermadi...Bir kuni Beggi qölida katta sumka,yölga otlanib ketayotgan ekan.Uni körgan bir-ikki wum tenqurlari,ha Beggivoy,yöl bölsin quyon oviga ketayapsanmi,deyman -deya masxara qiliwib savol beriwgan.Beggi esa közlari ola-kula bölib ,ha özim wunday ,deya qadamini tezlatib ötib ketgan...Uch-tört kundan keyin uy atrofidan ötgan kiwining burniga masliq isi urulaveradi.

Добавлено (24.06.2012, 18:45)
---------------------------------------------
Haligi Beggining tenqurlari ,bu yerda bir gap bor,deya gapni bir joyga qöyib uyning hammayog'ini tekwirib chiqiwadi va bog' örtasida yangi qazilgan tuproq orasidan ayol kiwining sochi chiqib turganini körib qörqib ketib qochib qoliwadi.Uydagilariga aytiwib,tegiwli organga xabar beriwadi.Kelgan organ xodimlari öwa joy atrofidan erkak kiwining suyaklariniyam topiwadi.Aniqlaniwicha,bu Halimaning eri bukri odamning suyaklari ekan.Beggini darrov tutiwgan.Ancha yillardan keyin bir qaytganini eslayman.Bir haftacha uyida turgan.Wundan keyin,esi og'ib tentak bölib qolibdi degan miw-miwlarni ewitgandim...Odamlarning guvohlik beriwicha,Beggi sudda qiwloqqa qaytib bormayman degan ekan,ammo nega qaytgani hammaga noma'lumligicha qoldi...Tolibxon ewon buva uyni aylanib Qur'oni karim suralaridan rosa öqiganlar.Söng,odamlarga yuzlanib,birodarlar bu yer Allohniki,öliklarning ozoridan köra tiriklarning ozoridan ehtiyot bölmoq kerak.Kimning ta'bi tortsa biron yillardan keyin bu bog'dan foydalansa böladi.Hozir köpchilikning oldida aytsin,unga hatlab beramiz,deganlar.Bir köp farzandli kiwi faqat bog'dagi daraxt hosiliga egalik qiliwni istihola bilan aytgan.O'wa odamning rostdanam tomorqasi kichkina edi.Uyiga wu gapni aytib borsa,xotini yumma talabdi,bebaraka nahs bosgan joyda bitgan hosil menga kerakmas.O'zingizga kerak bölsa borib yawayvering,ammo bolalarimning birortasiyam qadamini bosmaydi,deya.Haligi odam ham böw kelmabdi,ewon buvamni özlari duo öqib tozaladilar.Xöp,özim yeyman hosilini bir kun tuwunib yetsang sen ham yersan,deya javob qaytaribdi.Bir emas ikki ölikning qonini wimgan hosilni yeb qonxör böliwingiz qoluvdi endi.Bahorda jala quysa ,yoki sug'orilsa suv hamma joyga murdalarni yuvib olib boradi-ku,yer tuprog'i g'ovak-böw bölsa-deya erini mulzam qilib qöyibdi.Haligi odam ha tögri aytasan,ewon buvam ham ancha yildan keyin foydalansa böladi,deb aytuvdilar,hammani oldida aytdim,yer bizniki bøldi endi,deb murosa qilib qöyibdi...Hozir öwa odamning ög'li moliga ekin-tekin ekib foydalanib yuradi.Meva-chevalarni esa sotadi.Uyga biron kiwi yaqinlawgani ham yöq,endi bu voqealar odamlarning yodidan chiqib ketganda,kimdiram xarobani buzib tawlab uy qurib olsa kerak.Yanayam bilguvchi Alloh...,wunday deya hikoyani yakunlagan onaxon og'ir uf tortib qöydi.Bowqa onaxonlarim ham jimgina bow irg'ab ma'qullawdi.

Добавлено (24.06.2012, 19:01)
---------------------------------------------
Hikoyani ewitib etlarim jimirlab dahwatga tuwdim.Na'uzu billahi min zalik.Astag'furulloh,deya oldim,xolos...Olgan xulosalarimni tölig'icha yoritolmasligim aniq...Allohni unutganni,Alloh ham unutadi.Begimqulning nogiron ög'li haqida avval ewitgandim,ammo voqea bu darajada johillik bilan sodir etilganidan bexabar edim...Fayzu-barakada gap köp.Halol pokiza joyda hamma baraka böladi.Alloh hidoyatidan ayirmasin...Siz ham öqib xulosa chiqaring,wu hikoya sabab bir qadam yaxwilik sari qadam tawlasangiz baraka toping,ilohim.


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
GiyosДата: Среда, 04.07.2012, 10:12 | Сообщение # 2
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Ha. Odam halol yo'ldan yurmasa oxiri baribir qoqiladi. Hikoya ajoyib. Rahmat. +
 
Giyos/FORUM » ASOSIY » HIKOYA VA MONOLOGLAR » Kimsasiz makon (Sokina yozgan hikoya) (Hikoya)
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:
Flag Counter