Суббота, 18.05.2024, 18:24
Hush kelibsiz Mehmon | RSS

Oltin duo (Sokina yozgan hikoya) - Giyos/FORUM

[ Yangi izohlar · Qatnashchilar · Forum qoidasi · Izlash · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Giyos/FORUM » ASOSIY » HIKOYA VA MONOLOGLAR » Oltin duo (Sokina yozgan hikoya) (Onajonlarga bag'ishlanadi.)
Oltin duo (Sokina yozgan hikoya)
SokinaДата: Понедельник, 18.06.2012, 00:10 | Сообщение # 1
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
OLTIN DUO.

Onajonlarimizga bag'iwlangan bu hikoyam ona duosining tengsiz va bebaholigi haqida.Allohning kalomu ila bowlab Uning madadi ila yakun qiliwni ato etsin,inwaAlloh.

Ne'matilla tong qorong'usida iwga otlandi.Belbog'iga yarimta nonni örab beliga boglab oldi.Havoning avzoyi buzuq,iwxonaga yetib olguncha jala quymasa bölgani.Iwga kiyadigan eski ,qalin paxtalik korjomasini kiyib,onasi yotgan xonaga ötdi.Qorong'u xonaga derazadan g'ira-wira yorug'lik tuwib turibdi.Oygul momo örnida oyoqlarini uzatgancha uqalab ötirardi.Onajon,oyog'ingiz yana bezovta qilayaptimi?-deya xavotir aralaw ichidan allanechuk öksiniw bn söradi.Onasi ham uni avayladi,yöq,bu yil Xudoga wukur unchayam og'rimayapti.Yozda qumga kömganing foyda berdiyov-deya jilmayiwga harakat qildi.Ammo,qorong'uda Ne'matilla buni payqamadi.Aslida söramasa ham Oygul momoning sovuq tuwiwi bn toki,bahorning issiq kunlari yetib kelguncha öyog'i og'rib yuradi.Bod kasaliga chalingan,davolatiwga esa qurbi yetmaydi.Chorasizlik yomon,Ne'matilla harchand pul jamg'arib onasini davolatiwga harakat qilmasin topgani tomog'idan ortmaydi.Noiloj qolganda onasiga dalda berib,Xudo xohlasa hali katta odam bölib ketaman,kurort-sanatoriylarga olib boraman sizni,-deya onasining ozg'in yelkalaridan quchib,yuzidan mehr bilan öpib qöyardi.Oygul momo ikkinchi jahon uruwi tufayli uch farzandini yerga bergach,farzand dog'ida adoyi tamom böldi.Choli ham bu kuyukka chidolmay qon qusib uzoq vaqt yotib qolib,oxiri joni uzuldi.Wundan beri ona-bola bir-biriga suyanchiq bölib yawab kelayapti.Yig'layverib közlari ham xiralawib qolgani uchun rözg'or iwlariga ham unchalik yaramaydi.Yaxwiyamki baxtiga wugina ögli va mahalla -köy bor.

Ne'matilla yow bölsada,kattalardek mulohaza yurita oladi.Uning keng fe'li,odamoxunligi va tiriwqoqligi uchun ham köcha-kuyda obröyi yaxwi.

Добавлено (11.06.2012, 09:53)
---------------------------------------------
Oygul momo ög'liga iwga ketiw oldi,nonuwta tayyorlab bera olmasligi uchun özidan xafa bölib ketardi.Qorong'uda timirsklanib bir-ikki marta qoqilib yiqilib tuwgandan keyin,Ne'matilla yolg'on iwlatiwga majbur böldi:-endi menga tongdan nonuwta tayyorlamasangiz ham böladi,iwxonadan beradigan böliwdi,-dedi. Ichida esa onasining sog'ayib ketiwini chin dildan Allohdan sörab nola qildi...Onasining har doim aytadigan duosi,unga moyday yoqadi.Hozir ham Oygul momo qoqsuyak qöllarini havoda hovuch qilib:Olganing oltin bölsin,umr-bowingga baraka bersin,deya berilib duo qildi.Ne'matilla ham yuziga fotiha tortgach:Ona,zaril iwingiz bölmasa tawqariga chiqmang,havoning avzoyi buzuq,deya xonadan chiqib ketdi.

Добавлено (12.06.2012, 12:51)
---------------------------------------------
Tawqariga chiqqan zahoti faslning izg'irin havosi yuzini chimchilab ötgandek böldi.Yayov yurgancha har xil öy-xayollarga hamroh bölib ketaverdi.Iwxonasigacha biroz fursat yuriwlik masofa bor.Yölda keta-ketguncha köproq onasi haqida öylab ketdi...Inson bowiga tuwgan har körgulikka bardow berarkan.Oygul momo ne umidlar bilan ulg'aytirib,kelin tuwuriw orzu-havasi bilan yurgan paytlari uruw bowlanib qoldiyu,birin-ketin ög'illarini uruwga chaqiriwdi.Ona bechora farzandlarining ölimini avvaldan sezgandek ularni zor-zor qaqwab frontga jönatdi.Katta ög'li Yahyobekdan hech qancha vaqt ötmay bitta xat keldi.Bolasidan xabar kelganidan sevinib bir töyib yig'lab oldi.Xatni közlariga surib bolasi bilan diydorlawgandek böldi.Biroq,sevinchi uzoqqa chözilmadi,uruwdan qora xat keldiyu,bolasining jasadini körmagani uchun iwoniwiniyam,iwonmasliginiyam bilmay gam kulfat bilan arosatda qolib ketdi.Ikkinchi ög'li Yaminbekdan uruwning sönggi kunlari "...Berlin ostonasida qahramonlarcha halok böldi..." degan mazmundagi bir parcha qog'oz,qora xat keldi.

Добавлено (14.06.2012, 12:08)
---------------------------------------------
Oygul momoning uchinchi ög'li Hakimbek anchayin qiziqqon,fe'li tor tajang yigit edi.Katta akasi Yahyobekning ölim xabarini ewitgach,voenkomatga borib rosa janjal-töpolon qildi.Uni tezda qamoqqa oliwdi.Otasi mirwabxonaga uch-tört qatnab,umidi sönib qaytib kelaverdi.Bechorahol omi bu odam dalada mehnat qilib kun kechirib kelardi.Dala ham ancha olisda,tong qorong'usida ketib,xuftonda horib-charchab uyiga qaytib kelardi.Oygul momo esa, Rossiyaning qaysidir bir wahridan köchirib kelingan fabrikada iwchi bölib iwlardi.Fabrikada ham ahvol wu,hech qanday waroyit yöq,bowliqlar esa faqat iwlawni talab qiliwardi...O'wa davrlarda davom etayotgan qahatchilik bu oilani ham chetlab ötmagandi...Wu orada Hakimbekni ham qamoqdan tög'ri frontga jönatib yuboriwdi.Ota-onasi yana g'am-kulfatda qolib ketdi.Ikki farzandining hasratiga chidolmay adoyi-tamom bölib ötiriwganda,yana bir bolasining hajrida kuygancha jigar bag'ri tilka-pora bölib qolaverdi.Hakimbek wu ketgancha, dom-daraksiz ketdi.Na xat na xabar keldi.Otasi Hamid ota brigadirdan arang ruxsat olib,öglini suriwtiriw uchun voenkomatga borganda,tiwlari söyloqdek voenkomat xodimi öwwayib qarab: bitta jinoyatchi kamaysa kamayibdi-da,sizning savolingizga javob beriwdan bowqa qiladigan iwim yöqmi!,deya döq-pöpisa bilan javob qaytardi.Wu bilan dardi ichida qolgancha uyiga qaytgan choli Hamid otani,Oygul xöp,nowudlikda aybladi.Unga qöwib butun olamni q'arg'ab chiqdi.Wundog'am dard-alam bilan tölib qaytgan Hamid otaning yuragi sanchib mazasi bölmasdan ,joyida yiqilib qoldi...Wu yiqilgancha uzoq vaqt yotib qoldi.Oygul momo ketma-ket farzandlaridan ayrilganiga telbalardek bölib qolgan,cholidan vaqtida xabar olgisi kelmas edi.Faqat biroz es-huwini yig'iwtirgan mahallarda e'tibor qaratar,wundayam ming ta'na-yu, malomatlar bilan norozi bölib qarardi.U farzandlarining ölimini Hamid otaga tönkardi.Gohida jahl qilib u yotgan xonadan baqir-chaqir qilib q'arg'ab chiqib ketardi.Hamid ota esa yotgan joyida közlarida yow bilan ilojsizligidan orlanib chin dildan öziga Xudodan ölim tilardi...

Добавлено (14.06.2012, 12:43)
---------------------------------------------
Wunday paytlarda,Hamid ota yowlik yillarini köp eslaydi...Bu qaytar dunyo ekan,hech bir amal hisobsiz qolmas ekan bu dunyoda.Bu dunyoda wuncha azob,narigi dunyoda qanday qilarkanman,deya og'ir öylarga botardi...O'wanda Oygulga uylanmasa bölarkan,birinchi ayoli vaboga yöliqib vafot etganda unga, Mohigul ismli bir qizaloq yodgor bölib qolib ketdi.Ammo,u köra-bila turib qizalog'ini ota mehridan ham judo qildi.Qirq kun ötar ötmas ota-onasi uni yana uylantiriw tawviwiga tuwib qoliwdi.U ayolini juda yaxwi körardi,faqat kasalga chalinib yotib qolgandan keyin uncha e'tibor bermay qöygandi.Qaynonasi zor-zor yig'lab öz uyiga olib ketayotganda ham hatto, xayrlawiwga yuzi chidamadi,tögrirog'i botinolmadi.Onasi, kasali yuqib qoladi,deya unga ruxsat ham bermasdi,ammo nevarasi Mohigulni negadir ayamadi.Qizaloqni ham onasi bilan birga jönatib yubordi...Oradan hech qancha vaqt ötmay ayolining vafoti haqida xabar keldi...Oygul ularga qaysidir tomondan uzoq qarindow,bir körganda Hamidga yoqqanday böldiyu,lekin negadir yuragini g'awlik chulg'ab oldi.Wunday bölsada, Oygulga uylandi,uning fe'lidagi qusurlarni avvaliga yowligiga yöyib qöyardi.Oygul esa,yillar ötgan sayin,vazminlawiw örniga jangari xotinga aylanib ketaverdi.Ayniqsa,ketma-ket ögillari tug'ilavergach,uning fe'liga hatto chidab bölmay qoldi...Mana endi ahvol ayanchli darajaga kelganda,Hamid ota wu og'ir xotiralar bilan yolg'iz kurawib yotiwdan özga chorasi qolmagandi.Tögri,kenjatoyi Ne'matilla undan hol-ahvol sörab,könglini kötaradigan gaplar aytib turardi.Ammo,u hali yow bola köp narsalarga aqli yetmaydi...Wunday qilib ölim haq,Hamid otaning ham omonat jonini qabzga oldiyu,ketdi...

Добавлено (14.06.2012, 13:16)
---------------------------------------------
Hamid ota vafot etgandan söng Oygul momo köp narsalarni tuwunib yetganday böldi,ammo juda kech bölgandi.Inson qadrini nimalar bilan ölchaganini,hatto farzandlariga ham notögri tarbiya berganiga ich-ichidan iqror böldi.Bu iqrorlik unga dunyoda wukr qiliw ne'mati ham borligini anglatdi.Endi,Ne'matilladan bowqa suyanchig'i qolmaganini töliq anglab yetganda,qilgan gunohlarini öylab, höng-höng yig'lardi.Wunday paytlarda ögli onasiga dalda bölar,yow bowi bilan uni ruhan qöllab-quvvatlawga harakat qilardi.Oygul momoning fe'lida köpgina qusurlari bölsada,u birinchi navbatda ONA edi.Bolalarini urib-qarg'asada,u darajada onalik mehridan judo bölmagandi.U bir narsani juda kech tuwunganidan juda afsusda edi:ona bölib farzandlarini biron marta duo qilmabdi.Bölib ötgan ketma-ket iztirobli ayriliqlardan söng,yolg'iz jigarporasi Ne'matilla haqqiga tinimsiz duo qilardi...

Добавлено (14.06.2012, 13:54)
---------------------------------------------
Ne'matilla uchun onasi dunyodagi eng yaxwi ona.U onasini juda yaxwi tuwunadi,farzand dog'iga bardow beriw oson ekanmi?! O'limning qanchalar achchiq ne'mat ekanini u otasining qazosidan söng tuwundi.Akalarini u doim bir kunmas bir kun qaytib keladi,degan ilinj bilan kutib yawardi.Mohigul ismli opasi borligini bilsada, opasini hech qachon körmagandi.Wu zayl yillar ötaverdi...Ne'matilla kuch-quvvatga tölib navqiron yigit böldi.Maktabni bitirib wu yerga iwga kirdi...N'ematilla jamoasi bilan tuwlikka chiqiwganda,bölim bowlig'i hammani yig'ib,Leningrad (Sankt-Petrburg) wahriga bir guruh yowlar öqiwga yuboriladi,deya röyxatni öqidi.Röyxatda N'ematilla ham bor edi.Bu xuwxabardan sevinchi ichiga sig'magan Ne'matilla,ayni damda onasini yolg'iz tawlab ketiwga ham közi qiymasdi.Lekin,öylab körib qöwnisining qizi Nozimaga tayinlab ketaman,wu bahonada dilimdagi gaplarimni ham aytib ketaman,degan qarorga keldi...Nozima juda mehribon,husu-fe'li joyida bir qiz.U iwga ketgan paytlarda onasining ow-ovqatidan xabarlawib,rözg'or iwlarini ham tindirib ketadi.Gohida iwdan ertachiroq borib qolsa,Ne'matillaga salom beradiyu,tezda uyiga chiqib ketadi.Ne'matilla qizga befarq emas,faqat qizlar bilan gaplawiwga nönoqroq bölgani uchun dardi ichida.Nozimaga buvisi köp tayinlaydi,miskin-chorasizlarga yordam berib duosini ol,savob böladi,deya gohida qöwnisinikiga nevarasi bilan birga ötadi.Oygul momo ham qöwnisi yöqlaganidan dimog'i chog' bölib gurunglawib qoladi.Nozima iwlarni bir pasda bajarib,ularning suhbatiga xalaqit bermaslik uchun oyoq uchuda ohista yurib kelib, kampirlarning suhbatini tinglab ötiradi. Buvisi gohida imo-iwora qilib,sen boraver,deydi.Gohida indamay qöyadi.Keyinchalik buvisidan söraganda,buvisi: sen ewitadigan gaplar bor,sen ewitmaydigan gaplar bor deya,taqmoqlab javob berardi...

Добавлено (14.06.2012, 13:58)
---------------------------------------------
Bugun Ne'matillani yana bir xuwxabar kutib turganidan u bexabar edi...

Добавлено (17.06.2012, 05:24)
---------------------------------------------
Iw tugagach Ne'matilla uy tomon owiqdi.Köcha sovuq,wibbalab yomg'ir-qor aralaw yog'ayapti.Izg'irin unga unchalik ham bilinmadi.U tezroq uyga yetib olsayu,xuwxabarni tezroq onasiga aytsa.Uyga kirib bordi,hovli yuzi har doimgiday top-toza,ob-havo qanday böliwidan qat'iy nazar Nozima doimo supurib,hammayoqni yaraqlatib qöyadi.Nozimaning bu odatini onasining odatiga öxwatadi.Ichkariga oyoq hatlawi bilan onasining waraqlab kulgan ovozi ewitildi.Yaqin yillarda onasining bunaqa kulgusini ewitmagandi,ayvonda ayollar tuflisi turibdi.Kim böldi ekan?,deya da'fatan kelgan savoliga özi javob topolmadi.Ewikni sekin chertib:onajon,dedi.Ichkaridan,ana Ne'matillangiz keldi,deya onasi quvonib xitob qildi va,kiraqol bolam begona yöq,deb ög'liga javob qaytardi.Ne'matilla ikkilanib ewikni asta ochib xonaga kirdi.

Добавлено (17.06.2012, 18:43)
---------------------------------------------
Onasining yonida örta yowlardagi chiroyli bir ayol ötiribdi.Ayol közlarida yow bilan:ukajonim özimni,böylaringdan aylanay,deya sevinib ukasining yelkalarini silab köriwdi.Ne'matilla ham umrida körmagan opasi Mohigul ekanini yuragi sezib,u bilan quyuq sörawib köriwdi.Ikkovlon bir-biridan qayta-qayta hol-ahvol sörawib, rosa diydorlawiwdi.Ne'matilla ich-ichidan uning ham opasi borligidan sevinib ketayotgandi.Bu dunyoda ayrim qöwnilarining orqavorotdan gapiriwicha ,Hamid otadan keyin qolgan yolg'iz tirnoq emasligini his qilgan sayin opasiga mehri owayotgandi...Mohigulni onasi kasallikdan vafot etgandan keyin,Andijon wahrida yawaydigan befarzand xolasi farzandlikka olib ketgandi.Uni öqitib,tarbiyalab voyaga yetkazgach,yaxwi bir xonadonga töy qilib uzatdi.Uning turmuw örtog'i öqimiwli yigit bölib,hozirda obröli lavozimda iwlardi.Ularning ikki farzandi bölib ahil-inoq kun kechiriwardi.Mohigulning özi esa institutda dars berardi.U bir umr otasining diydorini sog'inib armon bilan yawadi,axiyri qalbidagi og'riqlarga barham beriw uchun mana bugun otasini izlab keldiyu,afsuski uni topolmadi.Uning örniga közi ojiz ögay onasini körib,dili battar xufton böldi.Ukalari haqida suriwtirgach Ne'matillaning daragini ewitib,ichida hayriyat bittagina bölsa ham ukam bor ekanku deya tinchlangandek böldi...Hozir ukasining chehrasini ,uning xotirasida muhrlangan otasining qiyofasiga öxwatib közlaridan tinimsiz yow quyulardi...Oygul momo opa-ukani yolg'iz qoldirib,özi sekin paypaslangancha tawqariga chiqdi.Devor tomon borib,qöwniii,deya chözib qöwnisini chaqirdi.Bir pasdan keyin Nozima,hov,labbay momojon,deya yugurib darvozadan kirib keldi.-Sovuqda turmang,momojon wamollab qolasizku ,deya Oygul momoning qölidan tutib,uy tomon bowladi.Uning ovozi ichkariga ewitilib turardi.Ne'matilla qizning ovozini ewitib,sog'inch hissini tuydi.Keyin özicha,-tavba,menga nimalar bölayapti,uni deyarli kunora körib turamanku,deya özining ahvolidan hayron böldi.Oygul momo, Nozimaga past ovozda nimalarnidir tayinladi va uyga yakka özi kirib keldi...

Добавлено (17.06.2012, 22:53)
---------------------------------------------
Biroz vaqt ötib Nozima kattakon barkawda non,qand-qurs,yong'oq-mayiz,jiyda,qoq-turwaklardan töldirib kirib keldi.Uyalgancha salom berdiyu,barkawni xontaxta ustiga qöyib xonadan chiqib ketdi.Mohigul alik olib,zimdan ukasiga qaradi.Ukasi yerga tikilgancha ötiribdi.Oygul momo hammani dasturxonga taklif qildi.Nozimani duo qilib qöydi,olgani oltin bölsin,umr-bowiga baraka bersin,deya ögliga bir qarab olib,- juda oyoq-qöli chaqqon qizda wu qizim,qöwni turamiz,deya qizi Mohigulga taniwtirib ötdi.Mohigul ha,deya tasdiq iworasini qildi va gapi quruq chiqqanday bölib,yana qöwib qöydi:andiwali qiz ekan.Ne'matilla onasi va opasining gaplarini öziga nisbatan ilmoqli gap qiliwayapti,deb tuwunib kiyimlarini almawtiriw bahonasi bilan xonadan chiqib,owxonaga bordi.Nozima samovar qaynatayotgan edi.Ne'matillani choyga kelgan,deb öylab hozir qaynay deb qoldi,deya yana tagiga ötin tawladi.Ne'matilla gapni nimadan bowlawni bilmay,axiyri: - Nozi men öqiwga ketayapman kelgunimcha kutasan-a?,deb tomdan tarawa tuwgandek qizga savol berdi.Nozima uning gapini ewitdiyu,ammo ewitmaganga olib,qanaqa choy damlasam ekan,uyimizda pamil choy bor edi,yaxwisi wuni olib kela qolay,deb chiqib ketdi.Ne'matilla qovun tuwurganidan xijolat tortdiyu,yana özini tinchlantirdi,: yaxwiyam gapimni ewitmadi.Samovorjon ovozingdan,senga rahmat,bölmasa nozigimni xafa qilib qöyardim,deya özining gapi öziga na'wa qilib,kulib qöydi...Xonasiga kirib kiyimlarini almawtirdiyu,yelkasidan tog' qulagandek yotib oldi.Söngra,charchoqdan tin olgan tanasi böwawib uyquga ketganini özi bilmay qoldi...

Добавлено (17.06.2012, 23:10)
---------------------------------------------
Tongda uyg'ongan Ne'matillla har doimgidek iwga otlanmoqchi ediyu,bugun dam oliw kunligi yodiga tuwib,yana biroz uxlaw uchun joyiga yotdi.Ammo,neki uyqusi kelsa...Opasi bilan onasi nonuwta taxlab uni kutib ötiriwgan ekan,birgalawib nonuwta qiliwdi.Opasi gap bowlab qoldi,Nozima duppa-durust qiz ekan,wu qizga bugun onam bilan sovchilikka ötsak nima deysan?-deya Ne'matillani wowirib qöydi.Gapni onasi ilib ketdi,wu qizni kelin qilsam men ham kelindan yolchiyman,-deya ög'lidan gap kutdi.Ne'matilla taraddudlanib,yaxwikuya menga könmaydimi,deymanda.Nozima meni öziga teng körsa,deya qulog'igacha qizib ketdi.- Undan keyin meni zavoddan öqiwga ham yuboriwayapti.Ona bu kutilmagan xabardan xursand bölib ketdi.Miyasida har xil rejalar tuzib,qizga fotiha qilib qöysak,buni öqiwi bitgandan keyin töy qilamiz,deya wu öylarini bolalariga bildirdi...Ona-bola sovchilikka ötiwdi.Avvaliga,Nozimaning buvisi unnamadi,yöq bölmaydi,deya qattiq turib oldi...


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
SokinaДата: Понедельник, 18.06.2012, 13:33 | Сообщение # 2
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Mohigul rosa gapga öqigan ekan,qofiyasini keltirib,gapini maqollar bilan töldirib ukasini xöp maqtadi.Oygul momoning özi hatto ,ög'li haqida wuncha ma'lumot bilmaydi.Umrida birinchi marta körgan ukasini bunchalar ta'riflaganiga qöwnilarning es-huwi ketib hayron bölib qoldi.Nozimaning buvisi Ne'matilla haqida juda yaxwi fikrda wundog'am,axir uni bolaligidan taniydiku,lekin rozi bölmayotganining sababi,Nozimani hammadan qizg'anardi.Mohigulning,ukajonim Leningradga öqiwga ketayapti,mayli deyaqoling köngli tinchib ketsin,degan gapidan keyin,sal yon berganday bölib,qani,unda kengawib köraylikchi,deya gapni qisqa qildi.Söng,u yoq,bu yoqdan suhbatlawib ötiriwgach,ona-bola qözg'aliwdi.Ne'matilla yuragida xavotir aralaw allaqanday his-hayajon bilan ularni kutib ötirgandi.Mujmal javobni ewitgach,harqalay yöq,demabdiku ,-deya öziga dalda berib qöydi.

Добавлено (18.06.2012, 09:22)
---------------------------------------------
Nozima buvisiga Ne'matillaning gaplarini aytib bergandi.-Qizi kelibdi,yaxwi bölibdi endi Oygul momongnikiga chiqma,deya nevarasiga tayinlab qöydi...Oradan bir hafta ötib Nozima bilan Ne'matillaning unawtiriw fotiha töyi böldi.Töyda Mohigul oyoq-qöli chaqqon bölib xizmat qildi.Andijondan ham köpchilik töyga mehmon bölib keliwdi.Oygul momo hammadan ham baxtiyor edi.O'tirgan joyida közlaridan sevinch yowlari quyulib,hadeb duo qilardi...Fotiha töydan bir kun ötib,Ne'matilla köngli xotirjam bölib öqiwga jönab ketdi.Onasini opasi Mohigul u qaytib kelguncha,Andijonga olib ketadigan böldi.Hovli-joyga ma'sullik esa,bölg'usi kelin Nozimaga topwirildi...

Добавлено (18.06.2012, 09:35)
---------------------------------------------
Yillar goh quvonchli,goh sertawviw kunlar bilan bir pasda ötdi...Oygul momo uyiga qaytganda ancha yowarib ketgandek edi...Mohigul uni taniqli wifokorlarga rosa davolatdi.Moskva wahriga olib borib közini operatsiya qildirib,bahonada ukasi Ne'matilla onasi va opasini wahar aylantirdi.Ular bir ahil oila bölib sirlawib suhbatlawardi...Wundan buyon yana biroz vaqt ötib ona-bola qadrdon uyiga qaytiwdi.Mohigul töy xabarini ewitiwim bilan yetib boraman,deya öz uyida qoldi...

Добавлено (18.06.2012, 09:48)
---------------------------------------------
Ne'matilla onasi va opasi bilanku telefonda gaplawib,xat yoziwib diydorlawib turardi.Undan keyin onasining közini davolatiw uchun Moskvaga boriwganda ham rosa bir oy diydoriga töygandi.Ammo,Nozimaga bir necha marotaba xat yoziwiga qaramasdan undan javob ololmagandi.Keyin orada ham öqib,ham iwlab hatto,özi uchun ham vaqt topolmay qoldi.Wu zayl yillar bir lahzada ötib ketgandek tuyuldi...Ona-bola hovliga qadam bosiwi bilan uyning orastaligiga hammayoqqa ekilgan anvoyi gullar va rayhonlarga közi tuwib,köngillaridan wodlanib ketiwdi.Sal ötmay qöni-qöwnilarning hammalari yig'ilib kela bowlawdi,faqatgina Nozima kelmadi...

Добавлено (18.06.2012, 10:21)
---------------------------------------------
Ne'matilla uchun eng muhimi Nozimani köriw edi.Bowqa qöni-qöwnilarning gurungi unga ahamiyatsizdek tuyula bowladi.Zerikib köchaga chiqdi,Nozimalarning darvozasi tomonga uzoq vaqt qarab turdi,hech kimdan darak yöq.Waxt burilib,uyga kirib bir enlikkina xat yozdi va bir boladan unga tayin beriwini aytib kiritib yubordi.O'zi esa diqqinafaslik bilan bolaning darvozadan chiqiwini kutib köchada turdi.Biroz vaqt ötib bola özining xatini qaytarib keldi.Yuragi wuvullab,nima bölganiga tuwunmay,diqqinafasligi yana ortdi.Xatni yirtib tawlamoqchi edi,orqa tomonida qora qalam bilan chiroyli xusnixatda yozilgan mayda yozuvga közi tuwdi: "momom bilan eson-omon yetib kelgan bölsangiz böldi."Wundan bowqa hech nima yozilmagan.Ne'matillaning bir öyiga ming öy qöwilib,adoyi tamom böldi.Nozimaga közma-köz bölib hamma gapni uning özidan sörayman,deb ahd qilib turgan joyida ichkaridan birin-ketin qöwnilari gangur-gungur qilib chiqa bowlawdi.Ewik yonida mahalla oqsoqoli Ne'matillaga sinovchan tikilib,biror kun hawar qiling,ota ögil töy oldi uy-joyni tartibga keltiramiz,deya xayrlawib jönadi.Hamma tarqalgach, 2-3 ta qöwni qizlar uy-hovlini supurib, owxonani tartibga soliwdi .Iwlarni bitirgach ular ham chiqib ketiwdi.Ona-bola supa örtasiga joy soliwdi.Ammo,Ne'matillaning köziga uyqu kelmasdi,u özini qöyarga joy topolmasdi.Onasiga ,siz uxlayvering degancha köchaga chiqib ketdi.Nozimalarning darvozasi yoniga borib ancha turdi.Söng, sekin ewikni qiya ochib qaradi,Nozima buvisi bilan nimalarnidir miriqib suhbatlawayapti,ora-orada qiqirlab kulib ham qöyadi.Ne'matillaning miyasiga qon quyulgudek böldi,bag'ritow qiz,men nima ahvoldayu,buni esa parvoyi falak,deya jahl bilan ewikni yopib,tong otguncha mahallani aylanib yurdi...

Добавлено (18.06.2012, 11:19)
---------------------------------------------
Ertasiga Oygul momo kattaroq tugun qilib qudasinikiga ötdi.Töy kunini belgilab,ayollarga taalluqli masalalarni maslahatlawiw uchun uch-tört qöwni ayolni ham chaqiriwdi.Töyda bow qudalar sifatida kuyovi Jörabek va mahalla oqsoqoli Inomjon ota bow böliwini aytib ötdi...Oygul momo xuwkayfiyatda uyga qaytdi,Ne'matillaga qarab:ertaga döstlaringni hawarga chaqir,töy kunini pochchang va opang bilan maslahatlawib keluvdim,bugun qudalarga ham ma'qul böldi.Sen bu yog'ini tezlat,deya ögliga buyruq berdi.Ne'matilla onasidan Nozima haqida söramoqchi böldiyu,yana andiwa qilib indamay qöydi.Ertasiga döstlari,qöni-qöwnilar mahalla oqsoqoli Inomjon ota bowchiligida hawar bowlab yubordi.Köpdan quyon qochib qutulmas deganlaridek,qari kampirni (eski uyni) bir pasda kelinchaklardek yasatiwdi...Wom payti hawar yakunlanib,hovli umuman bowqa köriniwga kirgandi.Göyo,bir kunda eski uy örnida,yangi uy qurulib paydo bölib qolgandek taassurot uyg'otardi...Indiniga bozorga borib töy harajatlarini harid qilib keliwdi.Zavod jamoasi,qöni-qöwnilar ham qarab turiwmadi.Hammalari jamul jam bölib baholi qudrat töyga hozirlik köriwdi.Jörabek va Mohigul ham tölib-towib kirib keliwdi...Yakwanba kuni töy nihoyatda fayzli davrada bölib ötdi.O'z-özidan bu ikki yow uchun hamma xayrihoh edi.Mahalla oqsoqoli uzoq gapirdi,qadrdoni Hamid otaning va ögillarining haqqiga duo qildi.Yowlarga tilaklarini birma-bir aytib töyni yakunladi.Ertasiga kelin-salomga xotin-xalaj,bola-baqralar yig'iliwdi.Oygul momo Moskvadan niyat qilib olgan tilla uzuk va sirg'ani kelini Nozimaga hadya qildi.Söng közlari sevinch yowlariga tölib,butun vujudi qalbga aylanib duo qildi: -"OLGANING OLTIN BO'LSIN,UMR-BOWINGGA BARAKA BERSIN!"...Ne'matillaning qulog'iga chalingan onasining har doim takrorlaydigan duosi,bu safar har galgidan köra jarangdorroq va yanada yoqimliroq tuyuldi.U ona duosining kuchini,tengsiz va bebaholigini öz hayoti misolida allaqachon anglab yetgandi.Ne'matilla onasiga nisbatan ich-ichidan mehri tovlanib duo qildi: "onajonim,olganingiz oltin bölsin,umr-bowingizga baraka bersin,baxtimizga omon böling",deya yuziga fotiha tortdi...

Добавлено (18.06.2012, 12:33)
---------------------------------------------
Xotima.Hikoya sarlavhasini wartli raviwda "Oltin duo" deb nomlagandim.Nihoyasida ham wu nomda qoliwini ma'qul topdim.Negaki,oltin zanglamas,asl aynimas,naqliga amal qilib Onajonlarning duosi ham asl,toza,va bebaholigiga wu oltinning ma'naviy qiymati orqali nisbat bergim keldi.O'qib xulosa qilganlar baraka topsin.


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
GiyosДата: Среда, 20.06.2012, 22:04 | Сообщение # 3
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Juda mazmunli hikoya bo'libdi. Hikoyada urish davrini qiyinchiliklari qisqa bo'lsa ham, juda aniq qilib bildirilib ketilgan. Opa va ukani bir birini bir marotaba ham ko'rmasdan turib, mehr berishlari taqsinga loyiq.Qizni to'ydan oldin, bo'lajak turmush o'rtog'iga ko'rinmasligi o'zbek qizlarini odob ahloqini ko'rsatib bera olgan.... Fikr ko'p, hammasini yozsam hikoyani davomi bo'b ketadi()))))
 
GiyosДата: Пятница, 29.06.2012, 23:01 | Сообщение # 4
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Oltin duo. Onalar duosi oltinga teng. Nega oltinga tenglashtirishadi. Chunki oltin zanglamayadi. Sokinadan yangi hikoya "Oltin duo"... davomi komentda.. 23 июн
2 12
Сб 00:53
Giyos - Sayyod uz
O'qish uchun silkani bosing http://giyos.ucoz.org/forum/3-75-1

Fikrlar bildirilmadi.
 
Giyos/FORUM » ASOSIY » HIKOYA VA MONOLOGLAR » Oltin duo (Sokina yozgan hikoya) (Onajonlarga bag'ishlanadi.)
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:
Flag Counter