Четверг, 25.04.2024, 10:37
Hush kelibsiz Mehmon | RSS

Odamning paydo bo'lishi.(Sokina yozgan hajviy hikoya) - Giyos/FORUM

[ Yangi izohlar · Qatnashchilar · Forum qoidasi · Izlash · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Giyos/FORUM » ASOSIY » HIKOYA VA MONOLOGLAR » Odamning paydo bo'lishi.(Sokina yozgan hajviy hikoya) (tizimsiz dunyo haqidagi haqiqat.))
Odamning paydo bo'lishi.(Sokina yozgan hajviy hikoya)
SokinaДата: Среда, 30.10.2013, 23:44 | Сообщение # 1
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Yer yuzida odam degan bir jonzot bor.Uni taniysiz-a?
Ha taniysiz , tanimayman deb ko'ring-chi naq anqayib turgan aftingizga ko'zgu tutib , bu kim odam bo'lmay, deb zahrimni sochaman. Shu tobda o'zi alamimni kimdan olishni bilmay turibman! O'zingizni tanishtirmay qo'ya qoling.Siz ham menga o'xshagan bir odamsiz-da. Tunov kuni tarix darsida xuddi sizu-menga o'xshagan ikki oyoqli ,kal bosh domlamiz, xayolim qorin qayg'usida ketib mudrab o'tirganimni sezib qoldi shekilli,Maqsudov odam qanday savol bo'lgan deb savolga tutib qoldi.Shuyam savol boldi-yuv! Peshonamdan sovuq ter chiqib ketdi. Shu payt kallamga(miyamga!) antiqa fikr kelib qoldi.O'zim ham dahoman-da! Xumkallamdan o'rgilay! Xumkallam dedimmi,ha mayli bunisi muhim emas edi-yu,aytib qo'yganim yaxshi ,laqabim " xumkalla".
-Domla,odam ota-onadan paydo bo'lgan!
Hamma saboqdoshlarim menga qaradi.Bu ko'zlar har birida ikkitadan bo'lganda ,ana endi butun guruhning ko'zi jamini hisoblaganda nechta bo'ladi?! Yaqindagina onaginam folbinga olib borganda folbin xotin bolangiz ko'zga yaqin ekan,ko'zikib qolibdi deb qamchi,doirasi bilan balo qazoni daf qiluvdi-ya.Yana harajat qilish kimga yoqadi,folbin xotinning o'rgatganlari yodimga tushdi.Ichimda boplab so'kdim,he ko'zlaring teshilib o'llaring yeb qo'yaman deb qaraydi-ya.Shu payt ko'zim guruhimizning eng chiroyli qizi Shaxnozaga tushdi.Unga qarab tirjaydim,ichimda bu gap senga tegishlimas,sening ko'zlaring menga qarasa erib ketaman,deb xayolimdan o'tgan gapga o'zim sevinib ketdim.
I-ya ,Shaxnoza labini burdimi? Ha aniq buni shu ikki ko'zlarim bilan ko'rdim.Ko'rmasam rozi edim.
Domla menga qarab istehzoli tirjaydi.
-Maqsudov,ota-ona qanday paydo bo'lgan?
Bu kalbosh domlam aqlini yeb qoyibdi.Ota-onamning ham ota-onasi bor ya'ni mening bobo va buvilarim!
-Ota-ona,ota-onasidan paydo bo'lgan.
Shu gapimni aytishim bilan butun auditoriya kulgidan portlab ketgandek bo'ldi. Betamizlar, tag'in bular do'st emish. Jahlim chiqdi.Telefonimda saqlangan bobo-buvilarimning suratlarini hammasiga birma-bir ko'rsatib boplagim kelib ketdi.Shoshma , dedimda shartta "doda" telefonimni shunday g'ilofidan oldimda, daliliy ashyo -suratlarni tezda izlab topdim.Telefon tutgan qo'limni shunday ko'tardimda,mana isboti ,deb ovozim boricha baqirdim.Negadir ovozim chiyillab chiqqanday tuyuldi.Jahldan bo'lsa kerak.Hammasini ovozi o'chadi,deb o'ylovdim. Esiz,men kutgan natija bo'lmadi.Aksincha,bu safar yanada qattiqroq kulgu ko'tarildi.Boshqasi-ku mayli,Shaxnoza kulmasa bo'lardi.Axir u bobo-buvilarimni tanisa,meni tarafimni olib ha Maqsudov to'g'ri javob berayapti desa biron joyi kamayib qolarmidi.
-Siz,Maqsudov deyman bu dargohga bilimingiz kuchlilik qilib imtihonsiz qabul qilinganga o'xshaysiz.Mayli, bu sizga vazifa odamning qanday paydo bo'lganini yanagi darsgacha bilib keling.
Yana jahlim chiqdi,ichimda bu kalbosh ko'p kitob o'qiyverganidan tomi ketib qolgan .Shu bugun Berdi chilim bobomnikiga borib avlod-ajdodimni surishtirib bilib olmasam-mi!...
Joyimga indamay o'tirdim.Bu paytda kulgi biroz pasayib shivir-shivirlar kuchaygandi.Kalbosh domlam ko'zimga baloday ko'rindi.Har turli hayvonga o'xshatib ichimda boplab so'kdim.Battar bo'lsin!

Добавлено (30.10.2013, 14:19)
---------------------------------------------
Amallab darsni tugatib jahd bilan "tintuv" o'tkazish uchun bobomnikiga qarab yo'l oldim.Qarasam, mendan sal oldinroqda Shaxnoza ketayapti.Yugurib unga yetib oldim.
-Uygami,uyiga ketayotganini bilib so'rayman.
Menga qaramasdan hm,deb lab burib qo'ydi.Mensimaslik qilayapti.Noz qilayaptimikan yoki?Qizlarni nozi bo'ladi.Ayniqsa, chiroyli qizlar o'zlariga juda bino qo'ygan bo'lishadi.Shunday chiroyli qiz bilan yonma-yon ketayapman!
Atrofga viqor bilan qarayman.Yigitlar menga havas bilan qarayotgandek tuyildi.Taltayib beo'xshov iljaydim.Bu iljayishim o'zimga yoqdi.
-Shaxnoz, bugun nima uchun hammaga qo'shilib ustimdan kulding?
Shaxnoza qiqirlab kulib yubordi.Unga kulish yarashadi.
-O'zing-chi,nega unday deding. Savod ham g'ovlab ketgan ekanda.
-Nega unday deysan,Shaxnoz. Javob to'g'ri edi.Faqat meni falsafiy fikrlarmni uncha-muncha kallali odam ham tushunmaydi! O'zimdan o'zim g'ururlanib bu gaplarni aytdim.
-Maqsudov, sen qaysidir bir bilimdonning o'rniga o'qib yuribsan.O'zingning ham umring befoyda o'tib ketayapti.Vijdoning qiynalmaydimi?
-Nega qiynalsin?Tekinga o'qiyapmanmi?, Gaping qiziq, otam meni o'qisin, deb ozmuncha ter to'kdimi?Hozir ham shu, hamma harajatlarimni to'layapti.
Shaxnoza menga boshqacha yovvoyi nigohda alamnok bir qaradi-yu,lekin hech nima demadi.
Menga uning bunday yovqarashi alam qilib ketdi.
Ajab bo'pti birovni o'rniga o'qiyotgan bo'lsam.Bu dunyoni pul boshqaradi,oyimcha.Sen bu narsalarni qayerdanam bilarding.Boshingni kitobdan ko'tarmaysan-ku,yana menga aql o'rgatasan.Aql kitobda,deb o'ylaysanda kalbosh domlangga o'xshab!Bu gaplarni Shaxnozga xayolan aytdim.
Bopladim,dedim yana ichimda.

Добавлено (30.10.2013, 15:14)
---------------------------------------------
Shaxnoza biroz yo'l bosganimizdan keyin menga qarab Maqsudov, sen tizimsizlikni keltirib chiqarayotganlarning bittasisan ,dedi.
O'lay agar gapiga zarracha tushungan bo'lsam!
O'zimni Shaxnozaga "lox" qilib ko'rsatgim kelmadi.-Hm ,nima desam ekan gaping bir tomonlama to'g'ridir... qolganiga nima deb gapirishimni bilmay chaynaldim.
-Kel,senga yordam bera qolay.Men senga hozir domlani savoliga javob topishing uchun qisqacha tushuntirish beraman.Qolganini o'zing kitobdan o'qib, anglab olarsan.
-Xo'p . Yur ,mana bu o'rindiqqa o'tiraylik,dedim yo'lak chetidagi o'rindiqni ko'rsatib, sevinchimdan og'zim qulogimga yetgudek bo'lib iljayidim .
-O'tirishimiz shart emas,yo'l -yo'lakay tushuntirib ketaveraman.Berdi bobongnikiga borayapsanmi?
-Ha,deyman tarvuzim qo'ltig'imdan tushib ketgandek shalpayib.Taklifimni rad etgani chatoq bo'ldi-da!
-Maqsudov, sen domlani savoliga javobni oilang tegrasida emas,insoniyat tarixi,dunyo tarixi tegrasida o'ylab ko'rishing kerak.Agar inson, bashariyatning qanday paydo bo'lgani haqidagi farazlardan xabardor bo'lsa o'zining ichki olamini kashf qilishi hamda boshqalarning fikr-mulohazalarini tushunishi ham osonroq bo'ladi.
Shaxnoza yana nimalardir deb biroz gapirdi.So'ng tushundingmi,deb "leksiya"sini tugatdi.Men o'zimni xuddi dunyoni kashf qilayotgan odamdek tutdim.Menga odamning qanday paydo bo'lishi haqidagi cho'pchaklar emas,yonimdagi chiroyli qizning men uchun jon kuydirayotgani qiziqroq va yoqimliroq edi.
Shunda to'satdan kallamga bir g'aroyib fikr keldi.Meni sevib qolgan bo'lsa-ya? Bo'lmasa,menga yordam bergisi kelmasdi.Otamning aytganiday har bir yaxshilikning tagida bir yoki bir nechta manfaat yotadi.Hech kim senga bejizga yaxshilik qilmaydi,deb otam aytadiku.Ha demak, shunga ko'ra Shaxnoza meni sevib qolgani aniq.Shuning uchun bu gaplarni aytayapti.Men ham suqsurday yigitman-da.Mamnun iljaydim.
-Shaxnoz, aqlli qizsan-da , bu yaxshiligingni quruq qo'ymayman, unga go'yo minnatdor odamdek xushomad qildim.Albatta, seni munosib taqdirlayman.Menda pul ko'p,istasang hammasi seniki bo'ladi,unga bu gaplarimni ayta turib ko'zimni qisib qo'ydim.
-Maqsudov,bekorga seni xumkalla deyishmas ekan.Hammani o'zingning qariching bilan o'lchama!Men shuni miyasini ishlatishga sabab bo'lay desam,sen menga pora ilmoqchimisan?!
-Shaxnoz ,men seni haligi,choyga takif qilmoqchi edim,deya kallamga kelgan birinchi bahonani aytib yubordim.
-Choying o'zingga siylov,xumkalla.Bo'pti,men ketdim.
Shaxnozani jahli chiqdi. Tez-tez shaxdam qadamlar bilan odimlab ketib qoldi...
O'sha kuni bobom choyxonaga chiqib ketgan ekan.Buvim ham uyda emas, qaysidir dugonasinikiga gashtakka ketgan ekan.Hozir o'yin-kulguga yoshlardan ko'ra qariyalar faolroq.
Xullas,savol javobsiz qoldi.Odam qanday paydo bo'lgan ? Siz bilmaysizmi,maboda?

Добавлено (30.10.2013, 15:19)
---------------------------------------------
Tamom!

Добавлено (30.10.2013, 16:01)
---------------------------------------------
Hikoyaga biroz aloqasi bo'lgan yoki bo'lmagan taxminiy mushohada.

5-6 ASRLAR.
Qish. Ota va o'g'il issiq tancha atrofida suhbatlashib o'tiribdi.
O'g'il:Ota ,odam qanday paydo bo'lgan?
Ota: Katta otadan paydo bo'lgan.
O'g'il:Katta ota-chi?
Ota: Xudolar biladi.
O'g'il:Xudo ko'pmi?
Ota:Ko'p o'g'lim ko'p.
Ogil:Ular qayerda?
Ota tanchaga ishora qildi va qo'lini og'liga sermab ovozingni ochir ,degandek imo qildi...

7-8 ASRLAR.
Bahor. Ota va o'g'il omoch qo'shilgan ho'kiz bilan kelgindi arab bosqinchisining "yer"(?)ini haydab berayapti.
O'g'il:Ota,odam qanday paydo bo'lgan ?
Ota:Loydan paydo bo'lgan.
O'g'il:Loyni kim paydo qilgan?
Ota:Xudo .
Ogil:Xudo kim?
Ota:Sherigi yo'q kuchli zot.
O'g'il:Arabdan ham kuchlimi?
Ota: arabdan ham kuchli,hammadan kuchli.
Jim, ko'p savol beraverma gapimizni arabni qullari eshitib qolmasin...

14-15 ASRLAR.
Yoz. Ota va o'g'il mahalliy boydan ijaraga olgan yerida bug'doy o'rayapti.
O'g'il:Ota,odam qanday paydo bo'lgan?
Ota: Alloh Odam ato va momo Havvoni yaratgan.Shulardan odam nasli tarqalgan.
O'g'il: Boybuva ham ularning naslimi?
Ota:Ha.
O'g'il: Boybuva sizning akangiz ekanda?
Ota:boy ota bo'ladi og'lim ,boyota.
Ogil:Unda bobom sizga kim boladi?
Otani ko'ziga mung cho'kdi va bobong ham otam bo'ladi.Bu gapni boy ota eshitmasin deb o'g'lini ogohlantirib qo'ydi.

18-19 ASRLAR.
Kuz.
Ota va o'g'il proletariat degan "sharaf"li nomga loyiq toplilib paxta zavodga ishga qabul qilingan.
Ogil:Ota odam qanday paydo bo'lgan?
Ota:maymundan paydo bo'lgan.
O'g'il:maymun qanday paydo bo'lgan?
Ota:tsss,ko'p savol beraverma."Siyosiy hushyor" kimsalar bor...
O'gilning gapi og'zida qoldi.
(davomi bor)

Добавлено (30.10.2013, 22:22)
---------------------------------------------
19-20 ASRLAR.
Sovet kommunistlari "baxtli hayot"qurushga kirishib ketdilar.Bu tuzum rahnomalari o'zgacha ilg'or fikrlaydigan, ongu-tafakkurli va e'tiqodli kishilardan o'latdan qo'rqqandek qo'rqishardi...
Ota va og'il bir shisha aroqni ortaga olib "maydalab" suhbatlashib o'tirishibdi.
O'gil: Ota, odam nimadan paydo bo'lgan?
Ota:Maymunsimon odamdan.
O'gil: Ularni kim odsmga aylantirgan?
Ota: Charlz Darvin.
Ogil:ota,Darvin odamsimon maymun bo'lganmi?
Ota: Yoq ,Darvin maymunga aylanolmagan odam bo'lgan.
O'gil: Ota, nega momom odamni xudo yaratgan derdi?
Ota: ovozingni chiqarma , xudo yo'q. Onam, ya'ni seni momong miyasi aynigan kampir ,eskilik sarqiti edi.
Og'ilni ovozi o'chdi.Uning xayolida momosi ertaklardagi yovuz jodugardek namoyonlandi...
Gapirmaslik uchun sigaretni buruqsitib tutatdi.

Добавлено (30.10.2013, 22:26)
---------------------------------------------
20-21 ASRLAR.
...

Добавлено (30.10.2013, 22:35)
---------------------------------------------
Bu tizimsiz dunyo bizning yaratilish tariximizni zamonlar osha mavjud tuzum mafkurasi bilan har tusda isloh va ifoda etadi.Aslida qay biri haqiqatga yaqin tushuncha? Men ataylab 20-21 asrlarni yozmadim.Bu haqda kelajak avlodlarimiz yozsin. Dunyo- aylanma chiziq.Uning tegrasida esa faqat birgina qonuniyat abadiy hukmrondir. Tizim ham Uning qo'lida. Boshqarish prinsiplari ham bizga noma'lum...
Barchasi yolg'iz Yaratganga ayon haqiqat.

Добавлено (30.10.2013, 22:44)
---------------------------------------------
Istasangiz siz ham bu haqda biroz mushohada yuritib ko'ring.


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
FC_PAXTAKORДата: Четверг, 31.10.2013, 02:06 | Сообщение # 2
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Репутация: 7
Статус: Offline
E gap yo'q. Mushoxadani boplabsiz
 
SokinaДата: Среда, 11.12.2013, 18:39 | Сообщение # 3
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Rahmat.

Добавлено (11.12.2013, 17:39)
---------------------------------------------
Rahmat.


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
Giyos/FORUM » ASOSIY » HIKOYA VA MONOLOGLAR » Odamning paydo bo'lishi.(Sokina yozgan hajviy hikoya) (tizimsiz dunyo haqidagi haqiqat.))
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:
Flag Counter